13.05.2015 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son qaroriga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo axborot hamkorligini takomillashtirish, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish yuzasidan masʼul idora etib belgilansin va unga quyidagilar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri shakllantirilishini, shuningdek davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligini taʼminlash boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish, davlat organlarining maʼmuriy tartibotlarini axborotlashtirish boʻyicha doimiy monitoring oʻtkazish va takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatishda oʻz vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish hisobiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxati bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazilishini va 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri, shuningdek davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda monitoring oʻtkazilishini, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2015-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan barcha davlat xizmatlari, shuningdek foydalaniladigan shakllar va blankalarni, keyinchalik Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestriga kiritgan holda, xatlovdan oʻtkazsinlar va reglamentlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalariga koʻra davlat xizmatlari koʻrsatish uchun talab qilinadigan idoraviy maʼlumotlar bazalarini yaratish va shakllantirish chora-tadbirlari rejalarini hamda tarmoq jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati — ariza beruvchilarning soʻrovlari boʻyicha davlat organlarining funksiyalari amalga oshirilishi boʻyicha davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar. Davlat xizmatini, agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish funksiyalari ularga yuklangan boʻlsa, boshqa tashkilotlar ham koʻrsatishi mumkin;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — soʻrov bilan davlat organiga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda Yagona reyestr deb ataladi) — davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining toʻliq roʻyxatini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa axborotni oʻz ichiga oladigan, Internet tarmogʻidagi ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish natijasi — davlat xizmati koʻrsatish reglamentiga muvofiq davlat organlari tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishda ifodalangan, ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi, shu jumladan ariza beruvchilarga tegishli axborot va hujjatlarning taqdim etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish reglamenti — elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini va unga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yagona reyestr quyidagi maqsadda shakllantiriladi va yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari, shakllari va blankalari toʻgʻrisida batafsil axborotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularni maqbullashtirish va amalga oshirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona reyestr davlat xizmatlarining quyidagi turlarini oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilarning huquqlarini belgilash (bitimlarni, mol-mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatga olish va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma va boshqa shaklda rasmiylashtiriladigan yuridik faktlarni aniqlash (maʼlumotnomalar, guvohnomalar, litsenziyalar, ruxsat berish tusidagi hujjatlarni berish, shtamplar qoʻyish va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot berish (koʻchirmalar berish, axborotni eʼlon qilish va shu kabilar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestr qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlarining boshqa turlarini ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona reyestr davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi hamda rus va ingliz, shuningdek boshqa tillardagi teng qiymatli yoki qisqartirilgan versiyalariga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yagona reyestr operatori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq davlat organlari bilan birgalikda Yagona reyestr operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestr ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yagona reyestrni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat organlari koʻrsatiladigan davlat xizmatlari, ularning ixtiyorida boʻlgan shakllar va blankalarning xatlovini oʻtkazish asosida davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ularning reglamentlarini, shuningdek shakllar va blankalar, hujjatlar va boshqa axborot namunalarini tayyorlaydilar va elektron koʻrinishda Yagona reyestrga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatining reglamentini ishlab chiqishda davlat organi tegishli idoralararo soʻrov yuborilgan paytdan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlar va axborot (arxiv hujjatlari asosida taqdim etiladigan arxiv maʼlumotnomalari va axborotidan tashqari) mavjud boʻlgan manfaatdor davlat organlaridan olish muddatini nazarda tutishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organiga beriladigan hujjatlar va axborotning shakllari va blankalarining namunalari Yagona reyestrga elektron koʻrinishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmati koʻrsatishda boshqa davlat organlari ishtirok etgan taqdirda ushbu davlat xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish, hujjatlashtirish va Yagona reyestrga kiritish davlat xizmati koʻrsatilishining yakuniy natijasini taqdim etayotgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat xizmati koʻrsatilishining yakuniy natijasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilsa, ushbu davlat xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish, hujjatlashtirish va Yagona reyestrga kiritish mazkur davlat xizmati boʻyicha hujjatlar va axborot koʻrib chiqilishini tashkil qilish uchun masʼul boʻlgan davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishchi organi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yagona reyestrga kiritiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq va ishonchli boʻlishi kerak. Ushbu maʼlumotlarda noaniqliklar, qisqartmalar va xatolar boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning taqdim etiladigan elektron nusxalari va ularning matni yaxshi farqlanadigan, nusxalar sifati esa hujjatning oʻqilishini qiyinlashtirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat xizmati olish boshqa organlar tomonidan beriladigan tegishli hujjatlar va maʼlumotnomalarni yigʻishni nazarda tutsa, davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda ushbu hujjatlarning berilishi uchun masʼul boʻlgan organlar koʻrsatilgan holda, mazkur hujjatlarning batafsil roʻyxati berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat organi tomonidan Yagona reyestrga maʼlumotlar kiritilgandan keyin Yagona reyestr operatori ushbu maʼlumotlarni bir hafta muddatda koʻrib chiqadi va davlat xizmatini roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob reyestr raqamini koʻrsatgan holda davlat xizmatining Yagona reyestrda roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma elektron koʻrinishda davlat xizmati Yagona reyestrda roʻyxatga olingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida davlat organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat organi tomonidan ushbu Nizom talablari buzilgan holda, notoʻgʻri rasmiylashtirilgan yoki boshqa kamchiliklar mavjud boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlar Yagona reyestrga kiritilgan taqdirda, operator besh ish kuni mobaynida, rad etishning asoslangan sabablarini koʻrsatib, davlat xizmatini Yagona reyestrda roʻyxatga olishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi ish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni uch ish kuni mobaynida bartaraf etadi va davlat xizmati toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni Yagona reyestrga takroran kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklari aniqlangan, Yagona reyestrga kiritilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni oʻzgartirish yoki toʻldirish ularni boshqa davlat organlari bilan kelishish, belgilangan tartibda tasdiqlashga sabab boʻlsa yoki aniqlangan kamchiliklarni ish jarayonida uch kun mobaynida aniqlashga toʻsqinlik qiladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, davlat organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini koʻrsatib, bu haqdagi tegishli axborotni Yagona reyestr operatoriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari aniqlangan va tuzatilmagan kamchiliklar mavjud boʻlgan davlat xizmati toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar takroran kiritilgan taqdirda paydo boʻladigan barcha masalalar davlat organi va Yagona reyestr operatori oʻrtasida ish jarayonida darhol hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yagona reyestrga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yagona reyestrda roʻyxatga olingan davlat xizmati koʻrsatish reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda davlat organi bir kun muddatda, asoslarni koʻrsatib, elektron koʻrinishda tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yagona reyestr operatori tomonidan Yagona reyestrda roʻyxatga olingan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni koʻrib chiqish ushbu Nizomning 12-13-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda Yagona reyestrda kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning sanasi va mohiyati toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmati bekor qilingan taqdirda davlat organi bir hafta muddatda, chiqarish uchun asoslarni koʻrsatib, davlat xizmatini Yagona reyestrdan chiqarish zarurligi toʻgʻrisida elektron koʻrinishda Yagona reyestr operatorini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati Yagona reyestrdan chiqarilganda davlat xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq chiqarib tashlanmaydi, balki ushbu davlat xizmati bekor qilinganligi, shuningdek mazkur xizmat bekor qilingan sana va buning asosi toʻgʻrisida tegishli belgi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bekor qilingan davlat xizmatining noyob reyestrli raqami reyestrdan chiqarilmaydi va Yagona reyestrda yangidan roʻyxatga olingan boshqa davlat xizmatlariga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yagona reyestr operatori va davlat organlarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yagona reyestr operatori quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri rasmiylashtirilgan, shuningdek hujjatlari, shakllari, blankalarida kamchiliklar mavjud maʼlumotlarni Yagona reyestrda roʻyxatga olmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini Yagona reyestrga kiritish yoki unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarining sifatli reglamentlanishini taʼminlashga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yagona reyestr operatori quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarining Yagona reyestrda roʻyxatga olinishini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrdagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portalida eʼlon qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan kecha- kunduz foydalana olishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrning uzluksiz ishlashini, shuningdek undagi maʼlumotlarning saqlanishini va foydalana olish mumkinligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni shakllantirish va yuritish uchun davlat organlarining Yagona reyestrdan foydalana olishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona reyestrda roʻyxatga olishdan oldin ularning toʻliqligi va ishonchliligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini tahlil qilish va davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tartibotlarning takrorlanishini istisno etish, shuningdek muddatlarni va ariza beruvchilardan talab qilinadigan hujjatlar va axborotni qisqartirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat organlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda davlat xizmati koʻrsatish reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat organlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining reglamentlanishini va Yagona reyestrda hujjatlashtirish uchun ular toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish va ular toʻgʻrisidagi Yagona reyestrdagi maʼlumotlarni aktuallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish reglamentlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilgan yoki ushbu davlat xizmatlari bekor qilingan taqdirda davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq davlat xizmatlarini Yagona reyestrda roʻyxatga olish uchun mazkur xizmatlar toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat sirlarining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni Yagona reyestrga kiritish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 23-apreldagi 102-son qaroriga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat organlarida joriy qilish va rivojlantirish holatini oʻrganish asosida Yagona reyestrga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablarini bajarishda davlat organlari va Yagona reyestr operatori oʻrtasida paydo boʻladigan bahslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yagona reyestrda roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi yuzasidan masʼuliyat davlat organlarining tegishli rahbarlari zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Xatti-harakatlar

Subyektlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri axborot tizimini yaratish va ishga tushirish.

Yagona reyestr operatori

2015-yil 1-iyulgacha

2-bosqich

Aholiga va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish va reglamentlash.

Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari

2015-yil 1-sentabrgacha

3-bosqich

Yagona reyestrga davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ularni koʻrsatish reglamentlarini, shakllar va blankalar namunalarini, shuningdek davlat xizmatlari koʻrsatuvchi organlarga beriladigan qoʻshimcha maʼlumotlar va axborotni elektron koʻrinishda kiritish.

Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari

2015-yil 1-oktabrgacha

4-bosqich

Davlat xizmatining uni koʻrsatish reglamentiga muvofiqligi yuzasidan davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish, Yagona reyestrda roʻyxatga olish (oʻzgartirishlar kiritish).

Yagona reyestr operatori

bir hafta muddatda

5-bosqich

Davlat xizmatining Yagona reyestrda roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani yuborish.

Yagona reyestr operatori

roʻyxatga olingan kundan keyin 1 ish kuni mobaynida

Talablar buzilgan taqdirda davlat xizmatining Yagona reyestrda roʻyxatga olinishini rad etish va bartaraf etish uchun aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisidagi bildirishnomani yuborish.

Yagona reyestr operatori

5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va davlat xizmati toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni Yagona reyestrga takroran kiritish.

Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari

3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Yagona reyestrda roʻyxatga olingan davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi reglamentga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron koʻrinishda Yagona reyestrga kiritish.

Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari

oʻzgartirish kiritilgan paytdan boshlab 1 ish kuni mobaynida

Yagona reyestrda roʻyxatga olingan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni ushbu sxemaning 4 va 5-bosqichlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish.

Yagona reyestr operatori

belgilangan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAGONA REYESTRI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat xizmatining noyob reyestr raqami

Davlat xizmatining nomi

Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini beruvchi vakolatli organning nomi

Davlat

xizmati

koʻrsatilayotgan

ariza

beruvchilar

toifalari

Davlat

xizmati

koʻrsatish

shakli

(anʼanaviy va

elektron)

Davlat

xizmati

koʻrsatish

narxi

Davlat

xizmati

koʻrsatish

muddatlari

Davlat

xizmati

koʻrsatish

reglamenti

Davlat

xizmati

koʻrsatish uchun

talab

qilinadigan

hujjatlar

Axborot

hamkorligi

orqali

olinadigan

hujjatlar va

axborotlar

hamda

ularni

beradigan

davlat

organlari

Davlat

xizmati

koʻrsatish

natijasi

Davlat

xizmati

koʻrsatish

natijasida beriladigan

yoki davlat

xizmati

olish uchun

foydalaniladigan

shakllar

va blankalar

Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestriga havola

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13




Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning yagona reyestri davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida” va “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga muvofiq idoralararo elektron hamkorlik tizimini qoʻllagan holda davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov — davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladigan davlat xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron hamkorlik — ariza beruvchilarga davlat xizmatlari koʻrsatishda zarur boʻlgan, davlat organlari ixtiyoridagi hujjatlar va axborotni almashish maqsadida amalga oshiriladigan ushbu davlat organlari oʻrtasida elektron shakldagi oʻzaro hamkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron hamkorlik tizimi — ariza beruvchilarga davlat xizmatlari koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlik qilishni, davlat organlariga zarur boʻlgan elektron hujjatlarni almashishni taʼminlovchi apparat-dasturiy vositalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrov — davlat organining ariza beruvchi soʻrovi asosida soʻralayotgan hujjatlar va axborot bor boʻlgan tashkilotlarga elektron hujjat shaklida yuborilgan, davlat xizmati koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish reglamenti — davlat organlari va (yoki) ularga idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan davlat xizmati koʻrsatish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish natijasi — davlat xizmati koʻrsatish reglamentiga muvofiq davlat organlari tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishda ifodalangan, ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishi, shu jumladan ariza beruvchilarga tegishli axborot va hujjatlar taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestri — davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining toʻliq roʻyxati, shu jumladan elektron shakldagi roʻyxati, shakllar va blankalar hamda boshqa axborot bor boʻlgan ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar davlat xizmatlari koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlik qilish vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari tomonidan oʻz funksiyalarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda samarali bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilarning soʻrovlarini samarali koʻrib chiqish uchun oʻz vaqtida va kelishilgan idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va joriy etish hisobiga davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Idoralararo elektron soʻrovlarni yuboruvchi va berilgan soʻrovlar asosida tegishli hujjatlar va axborotni taqdim etuvchi davlat organlarining masʼul mansabdor shaxslari idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlarining idoralararo axborot hamkorligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan axborot hamkorligining boshqa usullari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo elektron hamkorlik tizimini qoʻllagan holda axborot hamkorligini texnologik taʼminlashga yagona texnologik yechimlar va standartlar, yagona klassifikatorlar va maʼlumotlar tuzilishining tavsiflaridan foydalanish yoʻli bilan, shuningdek elektron hujjatlardan foydalanishda litsenziya cheklovlaridan holi boʻlgan ularning yagona ochiq formati asosida erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi idoralararo elektron soʻrovlar va ularga javoblarni uzatish, ularning ishlashini taʼminlash idoralararo elektron hamkorlik tizimining asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi idoralararo elektron hamkorlik tizimining operatori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Idoralararo elektron soʻrovni yoʻllash va davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va axborotni taqdim etish idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Idoralararo elektron hamkorlik qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Idoralararo elektron hamkorlik qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrovni ushbu Nizomda belgilangan tartibda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan soʻraladigan hujjatlar va axborot bor boʻlgan davlat organlariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari va markazlashtirilgan maʼlumotlar bazalari, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan soʻraladigan hujjatlar va axborot bor boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari komplekslarining idoralararo elektron soʻrovlarni uzatish, ularni ishlash va olish jarayonini avtomatlashtirish uchun idoralararo elektron hamkorlik tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar boshqa davlat organlaridan ular ixtiyorida boʻlgan hujjatlar va axborotni ushbu Nizomga muvofiq ariza beruvchining soʻrovi asosida soʻrash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat organlari tomonidan soʻraladigan hujjatlar va axborot roʻyxati davlat xizmatlari koʻrsatish reglamentlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar davlat xizmati koʻrsatish uchun ariza beruvchining soʻrovi olingandan keyin ariza beruvchining soʻrovi olingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida idoralararo elektron soʻrovni oʻz ixtiyorida davlat xizmati koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborot bor boʻlgan davlat organlariga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Idoralararo elektron soʻrov yuborilgan idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan foydalanuvchilar idoralararo elektron soʻrov yuborilgan kundan keyingi bir ish kuni davomida oʻz ixtiyoridagi hujjatlar va axborotni elektron hujjat shaklida tayyorlaydilar va idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish tartib-qoidasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Idoralararo elektron soʻrovda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrovni yuboradigan davlat organining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrov yuboriladigan davlat organining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatining noyob reyestr raqamini koʻrsatgan holda, taqdim etish uchun tegishli hujjatlar va axborot zarur boʻlgan davlat xizmatining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan uning soʻrovini ilova qilgan holda hujjatlar va axborotni taqdim etish uchun uning identifikatsiyalovchi maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrov yuboriladigan davlat organi ixtiyorida boʻlgan soʻraladigan hujjatlar va axborot roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrov yuborilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrovni tayyorlagan va yuborgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, elektron raqamli imzo rekvizitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo elektron soʻrov davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Idoralararo elektron soʻrovni oladigan idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrovni yuborishning huquqiy asoslarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar tarkibini, shu jumladan hujjatlar va axborotni tayyorlash va yuborish uchun zarur boʻlgan, idoralararo elektron soʻrovda bayon qilingan soʻraladigan hujjatlar va axborot roʻyxatini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron soʻrovni olgan tashkilotda shunday hujjatlar va axborotning mavjudligi faktini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻraladigan hujjatlar va axborotni idoralararo elektron soʻrov bilan murojaat qilgan davlat organiga oʻz vaqtida yuborish maqsadida ularni olish uchun zarur choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻraladigan hujjatlar va axborotni ilova qilgan holda idoralararo elektron soʻrovga javobni shakllantiradi hamda uni tegishli hujjatlar va axborotni soʻragan davlat organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Idoralararo elektron soʻrov idoralararo elektron hamkorlik tizimiga yuborilgan sana ushbu soʻrov davlat organidan olingan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Idoralararo elektron soʻrovni olgan davlat organlari tomonidan ushbu organlarda mavjud boʻlgan soʻraladigan hujjatlar va axborotning asosli rad javobi boʻlmaganda taqdim etilmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasligi ariza beruvchiga davlat xizmati koʻrsatilishini rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchining davlat organiga soʻraladigan hujjatlar va axborotni taqdim etishdagi asosli rad javobi asoslangan boʻlishi va idoralararo elektron soʻrov yuborilgan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirilmay yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan idoralararo elektron soʻrovlarni yuborishga hamda tegishli hujjatlar va axborotni taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Idoralararo elektron hamkorlik qilishda davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Idoralararo elektron hamkorlik qilishda davlat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlaridan davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli huquqiy asoslar boʻlmaganda hujjatlar va axborotni taqdim etishni rad etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat organlari tegishli munosabatlarni tartibga solish vakolatiga kirmaydigan tashkilotlarga idoralararo elektron soʻrovlarni yuborish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Idoralararo elektron hamkorlik qiluvchi davlat organlari tegishli idoralararo elektron soʻrov olingan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida soʻraladigan hujjatlar va axborotni (arxiv hujjatlari asosida taqdim etiladigan arxiv maʼlumotnomalari va axborotdan tashqari) toʻliq hajmda taqdim etishga, shuningdek uzatiladigan hujjatlar va axborotning ishonchliligini taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar identifikatsion va autentifikatsion maʼlumotlarning, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish doirasida olinadigan va joʻnatiladigan hujjatlar va axborotning muhofaza qilinishi va zarur tarzda saqlanishini taʼminlashga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo elektron hamkorlik tizimlarida davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchilarni identifikatsiya qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlari — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo elektron axborot almashinuvida boshqa identifikatorlardan foydalanish, ariza beruvchilardan boshqa identifikatorli qoʻshimcha hujjatlar talab qilish taqiqlanadi.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat organlari xodimlari tomonidan oʻzlariga idoralararo elektron hamkorlik qilishda maʼlum boʻlgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning yozma roziligisiz, shuningdek, agar bu ariza beruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan boʻlsa, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir va boshqa axborotning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanuvchilar davlat organlarining idoralararo elektron soʻrovlari boʻyicha soʻraladigan hujjatlar va axborotning oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Idoralararo elektron hamkorlik qiluvchi davlat organlari idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali yuboriladigan hujjatlar va axborotning ishonchliligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Idoralararo elektron hamkorlik tizimi operatori uning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorligini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Xatti-harakatlar

Subyektlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat xizmati olish uchun davlat organiga soʻrov yuborish.

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmati olish uchun soʻrovni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va bajarish uchun qabul qilish.

Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi

Bir ish kuni mobaynida

3-bosqich

Idoralararo elektron soʻrovni shakllantirish va davlat xizmati koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va axborot bor boʻlgan davlat organiga yoki boshqa tashkilotga yuborish.

Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi

Bir ish kuni mobaynida

4-bosqich

Idoralararo elektron soʻrovni yuborishning huquqiy asosini aniqlash.

Soʻralayotgan hujjatlar va axborotning mavjudligi faktini aniqlash.

Soʻralayotgan hujjatlar va axborotni ilova qilgan holda idoralararo elektron soʻrovga javobni shakllantirish va yuborish.

Oʻz ixtiyorida zarur hujjatlar va axborotga ega boʻlgan davlat organi yoki boshqa tashkilot

Idoralararo elektron soʻrov yuborilgan kundan keyingi bir ish kuni mobaynida

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 235-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)