23.04.2014 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga muvofiq hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini muntazam o‘rganishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishlarning sifatli o‘tkazilishini hamda ularning natijalari xolisona baholanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining har biri bo‘yicha o‘rganish savolnomalarini ishlab chiqishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirishga doir Hukumat qarorlarida ularning oldiga qo‘yilgan vazifalar va talablarning aks ettirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning o‘rganishlarni sifatli o‘tkazishga doir faoliyati muvofiqlashtirilishini;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risida axborot kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 102-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini o‘rganishni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini o‘rganish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, o‘tkaziladigan o‘rganishlarda qatnashishga davlat organlarining, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (keyingi o‘rinlarda AKT deb ataladi) — axborotni yaratish, uzatish, ishlash va boshqarish bilan bog‘liq texnologiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganish — AKTni davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning mansabdor shaxsi — o‘rganishni o‘tkazishga Inspeksiya buyrug‘i bilan tayinlanadigan mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIS.UZ tizimi — AKTni davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish, ishlash va saqlash uchun mo‘ljallangan idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom talablari maxsus maqsaddagi axborot-kommunikatsiya tizimlariga va davlat sirlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga ega bo‘lgan axborotlashtirish obyektlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘rganishlarni o‘tkazishning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. AKTni joriy etish va rivojlantirishning holatini, NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash, shuningdek AKTni davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish o‘rganishni o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar o‘rganishni o‘tkazishning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKTni davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida samarali joriy etish va rivojlantirishning joriy holatini tahlil qilish va bunga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIS.UZ tizimiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan loyihalar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholashni hisobga olgan holda, AKTni davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishni davom ettirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘rganishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan o‘rganishlarni o‘tkazish jadvali tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘rganishlarni o‘tkazish jadvali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKTni NIS.UZ tizimi orqali davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirish samaradorligini har chorakda o‘tkaziladigan baholash natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi takliflari;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi monitoringi natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talablari va takliflari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘rganishlarni o‘tkazish jadvali har chorakning ikkinchi oyidan boshlab uch oylik davr uchun tuziladi va joriy chorak birinchi oyining 10-kunigacha tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabi va takliflariga ko‘ra o‘rganishlarni o‘tkazish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganishlarni o‘tkazishning tasdiqlangan jadvali (jadvalga o‘zgartirishlar) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Inspeksiyaning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘rganishlarni o‘tkazish jadvaliga rioya etish yuzasidan monitoring Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar — ularda xizmat guvohnomasi yoki shaxsini (lavozimini) tasdiqlovchi boshqa hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda o‘rganishga qo‘yiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘rganishlarni o‘tkazish jadvali hamda o‘rganishni o‘tkazishning aniq muddatlari, Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar tarkibi, shuningdek o‘rganishni o‘tkazish savolnomasini nazarda tutuvchi Inspeksiya buyrug‘i o‘rganishni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘rganishni o‘tkazishning boshlanishi to‘g‘risidagi xabarnomani Inspeksiya yozma shaklda, o‘n ish kunidan kechikmay davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mutaxassislar va ekspertlar o‘rganishga shartnoma asosida jalb etilgan taqdirda ularni jalb etish bo‘yicha xarajatlar Inspeksiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar o‘rganish davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan konfidensial axborotni oshkor qilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbariga (rahbar bo‘lmagan taqdirda — rasmiy ravishda uning vazifasini bajarayotgan shaxsga) o‘rganishlarni o‘tkazishning tasdiqlangan jadvalidan ko‘chirma va Inspeksiya buyrug‘ining nusxasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘rganish xolisonalik va qonuniylik tamoyillari asosida o‘tkaziladi, u davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish rejimiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘rganishni o‘tkazishda rasmiy veb-saytning qonunchilik talablariga muvofiqligi, davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishining sifati, axborot tizimlarini, axborot resurslarini va elektron hujjatlar aylanishini joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish darajasi, AKTni joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul shaxslarning mavjudligi/tayinlanganligi, shuningdek o‘tkazilgan o‘rganishlarning natijalarini (AKTni joriy etish va rivojlantirishning joriy holatini) NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborot bilan taqqoslash yo‘li orqali NIS.UZ tizimiga taqdim etilayotgan axborotning sifati va ishonchliligi masalalari hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq uning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘rganishni o‘tkazish davomida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘rganishlarni o‘tkazish muddatlari ularni o‘tkazish jadvalida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. O‘rganish natijalarini rasmiylashtirish va o‘rganish yakunlari bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. AKTni davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishni o‘rganish natijalari yozma shaklda, ma’lumotnoma tarzida, ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek AKTni o‘rganilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul shaxslar (keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxslar deb ataladi) tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat bo‘lganda, o‘rganish natijalari qo‘shma yig‘ilishlarda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’ul shaxslari, rahbarlari hamda Inspeksiya va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mas’ul shaxslar o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotnomani imzolashni rad etishganda imzolashni rad etganlik to‘g‘risida Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ma’lumotnomaning bir nusxasi, shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda — rad etish to‘g‘risidagi dalolatnomaning nusxasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbariga (rahbar bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini rasmiy ravishda bajaruvchi shaxsga) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Inspeksiya o‘rganish tugagandan keyin besh ish kuni mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli xulosani, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organiga esa — ushbu xulosaning nusxasini kiritadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda, o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga hamda AKTni joriy etish va yanada rivojlantirishga doir tadbirlar rejalarini (keyingi o‘rinlarda tadbirlar rejalari deb ataladi) ishlab chiqadilar va ikki hafta muddatda tasdiqlaydilar hamda kelgusida ularning bajarilishi monitoringini yuritish uchun Inspeksiyaga taqdim etadilar.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirlar rejalarida nazarda tutilgan muddatlarda inspeksiyaga ularning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirlar rejalarini bajarish muddatlari asoslangan sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda uzaytirilishi mumkin.
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Inspeksiya taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida tadbirlar rejalarining bajarilishi doimiy monitoringini yuritadi va tahlil qiladi, ularning natijalari bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli xulosa taqdim etadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Inspeksiya tadbirlar rejalari bandlari bajarilganligining ishonchliligini aniqlash uchun monitoring va tahlilni joyiga borgan holda o‘tkazishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tadbirlar rejalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vaqtida yoki sifatli bajarilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Inspeksiyaning tegishli xulosasi asosida ularga nisbatan tadbirlar rejalarini bajarish bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatmalar bajarilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘z vakolati doirasida tegishli qarorlar qabul qilishi mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. O‘rganishni o‘tkazish davrida NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotning ishonchsizligi tasdiqlangan yoki aniqlangan taqdirda Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan AKTni joriy etish va rivojlantirish joriy holatining NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotga nomuvofiqligi to‘g‘risida uch nusxada dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek mas’ul shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mas’ul shaxslar dalolatnomani imzolashdan bosh tortishgan taqdirda imzolashni rad etish to‘g‘risida Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning bir nusxasi, shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda — rad etish to‘g‘risidagi dalolatnomaning nusxasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbariga (rahbar bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini rasmiy ravishda bajaruvchi shaxsga) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi bir ish kuni mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi.
(27-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. AKTni joriy etish va rivojlantirish joriy holatining NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotga nomuvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari dalolatnoma olingan vaqtdan boshlab uch kun muddatda NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan ishonchsiz axborotni bartaraf etishi va NIS.UZ tizimidagi axborot tuzatilganligi to‘g‘risida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini xabardor qilishi shart.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi NIS.UZ tizimiga tuzatish kiritilgandan keyin uch kun muddatda takroriy tahlil o‘tkazadi hamda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining AKTni joriy etish samaradorligi bo‘yicha yangi reyting bahosini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki kun mobaynida yangi reyting bahosi natijasini Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tegishli rahbarlariga kiritadi va uni izoh bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan NIS.UZ tizimida taqdim etilgan ishonchsiz axborot bartaraf etilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qonunchilikka muvofiq o‘z vakolati doirasida choralar ko‘radi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda Inspeksiyaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. O‘rganish o‘tkazilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganish o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘rganishlarni o‘tkazish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha asoslangan takliflar taqdim etish;
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslardan o‘rganishni o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan hujjatlarni, Inspeksiya mansabdor shaxslarining, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlarning xizmat guvohnomalarini, shuningdek o‘rganish davomida ko‘rib chiqiladigan masalalar ro‘yxatini ko‘rsatishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganishlarni o‘tkazish uchun asoslarga ega bo‘lmagan shaxslarni o‘rganishni o‘tkazishga qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya mansabdor shaxslarining o‘rganish predmetiga taalluqli bo‘lmagan masalalar bo‘yicha materiallar bilan tanishishini rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganishlar tugagandan so‘ng Inspeksiyaning mansabdor shaxslardan o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning bir nusxasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning va uning mansabdor shaxslarining o‘rganishlari, xatti- harakatlari va buyruqlari (farmoyishlari) natijalari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning mansabdor shaxslari talabiga ko‘ra o‘rganishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni ko‘rsatish, ularni obyektlarga kiritish, ularga o‘z vazifalarini bajarishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda AKTni joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risidagi sifatli va ishonchli axborotni NIS.UZ tizimiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Inspeksiya va uning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkaziladigan o‘rganishlarda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘rganishni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishni, shuningdek o‘rganish predmeti doirasida tegishli obyektlarga kiritish ta’minlanishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, buning uchun obyektiv asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘rganishni o‘tkazish muddatini qayta ko‘rib chiqish haqida taklif kiritish.
(33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasidagi talablari o‘rganilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, o‘rganishga jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘rganishni o‘tkazish huquqi uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining joriy ishlariga to‘sqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarning oshkor qilinmaydigan konfidensial axborot bo‘yicha talablariga qat’iy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha yozma shaklda ma’lumotnoma rasmiylashtirish hamda uning bir nusxasini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu Nizomning norma va talablariga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 17-son, 195-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)