Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAHSULOT (ISHLAR, XIZMATLAR)NI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI TARKIBI HAMDA MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq hamda daromadlar va xarajatlarni buxgalteriyada hisobga olishning yagona uslubiyotini taʼminlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
meʼyorlanadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga sharhni ishlab chiqsin va eʼlon qilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan Nizomning soliq solishning soddalashtirilgan shaklini qoʻllovchi kichik korxonalar hamda yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan qoʻllanilishi boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning qayta koʻrib chiqilishini hamda mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisoboti schyotlari tizimini takomillashtirish haqida” 1994-yil 26-martdagi 164-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 3-son, 19-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1995-yil 18-dekabrdagi 461-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-yil, 12-son, 48-modda).
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
54-son
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo boʻladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi. Soliq solinadigan daromad (foyda) xoʻjalik yurituvchi subyektlar xarajatlarining ayrim moddalarini soliq haqidagi qonunlarga muvofiq soliq solinadigan bazaga kiritish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari mavjuddir.
1-ilovada hisobot davridagi sof foydani hisoblab chiqishda korxona daromadlaridan chiqarib tashlanadigan, biroq soliq haqidagi qonunlarga muvofiq daromad (foyda)dan olinadigan soliqni hisoblab chiqishda xoʻjalik yurituvchi subyektning soliq solinadigan bazasiga kiritiladigan xarajatlar moddalari keltirilgan.
2-ilovada ular paydo boʻlgan paytda soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanmaydigan, biroq keyingi yoki ancha keyingi davrlarda (vaqtdagi tafovut) chiqarib tashlanadigan xarajatlar roʻyxati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
A. MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKLLANTIRISH
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni toʻgʻri va toʻliq aks ettirishga, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yoʻnaltirilgandir.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi koʻrsatkichlari bilan tavsiflanadi:
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YAF=SST-IT,
bunda,
YAF — yalpi foyda;
SST — sotishdan olingan sof tushum;
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
— asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari oʻrtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YAF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX — davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa zararlar;
— xoʻjalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan koʻrilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,
UF — umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;
— soliq toʻlangungacha olingan foyda, u umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (koʻzda tutilmagan) vaziyatlardan koʻrilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF — soliq toʻlangungacha olingan foyda;
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zarar;
— yilning sof foydasi, u soliq toʻlangandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, oʻzida daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar toʻlangunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF — sof foyda;
DS — daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliq;
Keyingi tahrirga qarang.
BS — boshqa soliqlar va toʻlovlar.
B. XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATI BILAN BOGʻLIQ XARAJATLAR ROʻYXATI
Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va davr xarajatlari roʻyxati:
xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xoʻjalik yurituvchi subyektda paydo boʻladigan barcha xarajatlar toʻgʻrisida buxgalteriya hisobi schyotlarida toʻliq va aniq axborot shakllantirilishi;
soliq solinadigan bazani toʻgʻri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ustama xarajatlar;
ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (maʼmuriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
xoʻjalik yurituvchi subyektning umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati boʻyicha xarajatlari:
a) foizlar boʻyicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya boʻyicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qogʻozlarga qoʻyilgan mablagʻlarni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar;
favqulodda zararlar, u daromad (foyda)dan olinadigan soliq toʻlangunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli boʻladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
1.1. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq moddiy xarajatlar
Ishlab chiqarish bilan bogʻliq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli boʻladi:
1.1.1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar koʻrsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar.
1.1.2. Normal texnologiya jarayonini taʼminlash va mahsulotlarni oʻrash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini oʻtkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.1.3 Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qoʻshimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.
1.1.4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy boʻlinmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli boʻlmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega boʻlgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish, isteʼmol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar oʻtkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli boʻladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan xizmatlarga tegishli boʻladi.
1.1.5. Tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq toʻlash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq toʻlash, sanoat korxonalari tomonidan suv xoʻjaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq toʻlash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun — yogʻoch-taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.1.6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilgʻining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish boʻyicha transport ishlari.
1.1.7. Xoʻjalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek xarid qilinadigan energiyani isteʼmol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi).
1.1.8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yoʻqolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yoʻqotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.1.9. Xoʻjalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bogʻliq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq toʻlash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
1.1.10. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
1.1.11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish va oʻrash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi boʻyicha chiqarib tashlanadi.
1.1.12. “Moddiy xarajatlar” elementi boʻyicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qoʻshimcha narx (ustama)dan, taʼminot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan toʻlanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yigʻimlardan, transportda tashishga haq toʻlashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq toʻlashdan kelib chiqib shakllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:
1.2.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq toʻlash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish boʻyicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar.
1.2.3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan kompensatsiya tusidagi toʻlovlar, shu jumladan:
1.2.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qoʻshimcha haq;
1.2.3.2. Koʻp smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qoʻshib olib borganlik va xizmat koʻrsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
1.2.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
1.2.3.4. Aloqa, temir yoʻl, daryo, avtomobil transporti va katta yoʻllar xodimlarining va doimiy ishi yoʻlda oʻtadigan yoki qatnov tusiga ega boʻlgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan joʻnagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha toʻlanadigan yoʻlda oʻtgan har bir sutka uchun toʻlanadigan ustamalar;
1.2.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal taʼmirlashda bevosita band boʻlgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning koʻchma va qatnov xususiyati uchun ustama;
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.3.6. Doimiy ravishda yer osti ishlarida band boʻlgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga joʻnab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha oʻtadigan normativ vaqt uchun qoʻshimcha haq;
1.2.3.7. Mehnatga haq toʻlashning rayonlar boʻyicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choʻl, suvsiz va yuqori togʻ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.3.8. Xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yigʻilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yoʻlda oʻtadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga koʻra va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida toʻlanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda).
1.2.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash:
1.2.5.1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qoʻshimcha taʼtillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiyalar, oʻsmirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy koʻriklardan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2.5.2. Majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq toʻlash;
1.2.5.3. Donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toʻlash;
1.2.5.4. Davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yigʻinlar, favqulodda vaziyatlar boʻyicha yigʻinlar va boshqalar) mehnat haqi toʻlash.
1.2.6. Xoʻjalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar boʻyicha ishlar bajarilganligi uchun haq toʻlash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi.
1.2.7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash fondiga kiritiladigan toʻlovlarning boshqa turlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.3. Ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar
Ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
1.3.1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.3.2. Nodavlat pensiya jamgʻarmalariga, ixtiyoriy tibbiy sugʻurtaga va ixtiyoriy sugʻurtaning boshqa turlariga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi boʻyicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing boʻyicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.4.2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli boʻladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni boʻlmagan nomoddiy aktivlar boʻyicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar
1.5.1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat koʻrsatish xarajatlari.
1.5.1.1. Ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan taʼminlash xarajatlari.
1.5.1.2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik koʻrik va qarov, oʻrtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, oʻrtacha, mukammal) tuzatishlarni xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz kuchi bilan oʻtkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi toʻlash xarajatlari va boshqalar) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi
Zarurat boʻlganda, ayrim tarmoqlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish ishlarini oʻtkazish uchun mablagʻlar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zaxiraga ajratmalar “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” elementi tarkibida aks ettiriladi va koʻzda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zaxiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta koʻrib chiqiladi va zarurat boʻlganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zaxira mablagʻlari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa boʻyicha tuzatish kiritilishi kerak; agar haqiqiy xarajatlar zaxiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” elementi tarkibida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.1.3. Yongʻindan saqlash va qoʻriqlashni hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni taʼminlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari.
Idoradan tashqari qoʻriqlash xarajatlari bunday qoʻriqlash mavjud boʻlishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud boʻlgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin.
1.5.1.4. Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari.
(1.5.1.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyundagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 92-modda)
1.5.1.6. Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini taʼminlash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.1.7. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bogʻliq boʻlgan sogʻliqni muhofaza qilish tadbirlari.
1.5.1.8. Tekin koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini toʻlash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi).
1.5.1.9. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular pasaytirilgan narxlar boʻyicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi);
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.1.10. Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari.
1.5.1.11. Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.2. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlgan xizmat safarlariga yuborish boʻyicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.3. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sugʻurta qilish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.5.4. Brak tufayli kelib chiqadigan yoʻqotishlar.
1.5.5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga koʻra bekor turishlar tufayli yoʻqotishlar.
1.5.6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat koʻrsatish xarajatlari.
1.5.7. Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari.
1.5.8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yoʻqolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz toʻlanadigan nafaqalar.
1.5.9. Umumiy foydalaniladigan yoʻlovchilar transporti xizmat koʻrsatmaydigan yoʻnalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish bilan bogʻliq xarajatlar.
(1.5.-kichik boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qarori asosida 1.5.10-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davr xarajatlari
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
“Davr xarajatlari”ga quyidagi moddalar kiradi:
2.1. Sotish xarajatlari
2.1.1. Tovarlarni temir yoʻl, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun toʻlangan jarimalar kiritiladi.
2.1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ishlari xarajatlari, shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.1. Nizomning 1.2-bandida sanab oʻtilgan, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bogʻliq mehnatga haq toʻlash xarajatlari, maʼmuriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari.
2.1.2.2. Nizomning 1.3-bandiga muvofiq, 2.1.2.1. bandga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga xarajatlar.
2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari.
2.1.2.4. Nizomning 1.4-bandiga muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
2.1.2.5. Sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, arzonbaho, tez eskiradigan buyumlar, oshxona idish-tovogʻi va anjomlari eskirishi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.6. Gaz, yoqilgʻi, elektr energiyasi xarajatlari.
2.1.2.7. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari.
2.1.2.8. Savdo reklamasi xarajatlari.
2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chogʻida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yoʻqotilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.10. Oʻrash-joylash materiallari xarajatlari.
2.1.2.11. Mol-mulkni majburiy sugʻurta qilish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari.
2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini oʻrnatish va saqlash, tuynuklar, oʻyiqlar va boshqalarning atrofini oʻrash boʻyicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar.
2.1.2.14. Maxsus kiyim- bosh va maxsus poyabzalning eskirishi.
2.1.2.15. Maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzal va yakka tartibdagi himoyaning boshqa vositalari yuvilganligi, tuzatilganligi va dezinfeksiya qilinganligi uchun kir yuvuvchilar, tuzatuvchilar va boshqa yuridik shaxslarga haq toʻlash.
2.1.2.16. Maxsus kiyim-bosh va poyabzalni yuvish va tuzatishga sarflangan materiallar qiymati.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq toʻlash.
2.1.2.18. Kassa xoʻjaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari.
2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qogʻoz salfetkalar, qogʻoz dasturxonlar, qogʻoz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati.
2.1.3. Sotish bozorlarini oʻrganish boʻyicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar).
Keyingi tahrirga qarang.
2.1.4. Yuqorida sanab oʻtilmagan sotish boʻyicha boshqa xarajatlar.
2.2. Maʼmuriy xarajatlar
Maʼmuriy xarajatlarga quyidagilar kiradi:
2.2.1. 1.2-bandda sanab oʻtilgan boshqaruv xodimlariga tegishli boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari.
2.2.2. 1.3-bandda sanab oʻtilgan boshqaruv xodimlariga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar.
2.2.3. Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari.
2.2.4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari.
2.2.5. Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli boʻlmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari.
2.2.6. Ijara, xizmatlar koʻrsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq toʻlash (ATS, uyali, yoʻldosh, peyjing aloqa).
Keyingi tahrirga qarang.
2.2.7. Shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha haq toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.2.8. Maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq toʻlash.
2.2.9. Maʼmuriy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) xarajatlari.
2.2.10. Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar.
2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mol-mulkni majburiy sugʻurta qilish.
2.2.12. Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish boʻyicha belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar.
2.2.13. Belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha miqdordagi vakillik xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2.2.14. Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq toʻlash xarajatlari.
2.2.15. Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega boʻlgan jamgʻarmalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq joriy xarajatlar, shu jumladan yoʻl qoʻyiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun toʻlovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3. Boshqa operatsiya xarajatlari
Boshqa operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi:
2.3.1. Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.2. Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chogʻidagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga oʻxshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar koʻrish uchun javobgar boʻlgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirilishi mumkin boʻlmagan darajada amalga oshiriladi.
2.3.3. Maslahat va axborot xizmatlariga haq toʻlash.
2.3.4. Auditorlik xizmatlariga haq toʻlash, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektning qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi boʻyicha oʻtkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.5. Oʻzining xizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarishlari va xoʻjaliklarni saqlashdan koʻrilgan zararlar.
2.3.6. Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bogʻliq boʻlmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari.
2.3.7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xoʻjaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari.
2.3.8. Kompensatsiya va ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlar.
2.3.8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga koʻra kompensatsiya toʻlovlari.
2.3.8.2. Bir yoʻla toʻlanadigan mukofotlar va taqdirlashlar, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzining qaroriga koʻra koʻp yillik xizmati uchun haq toʻlash (naturadagi toʻlovlar ham shu jumlaga kiradi), shuningdek, ular boʻyicha ijtimoiy jamgʻarmalarga oʻtkazilgan summalar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.8.3. Qonun hujjatlariga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun haq toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.8.4. Vaqtincha mehnat layoqatini yoʻqotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qoʻshimcha haq.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.8.5. Asosiy ish joyi boʻyicha ishchilarga, xoʻjalik yurituvchi subyekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida oʻqigan vaqtda ish haqi toʻlash.
2.3.8.6. Ikki va undan koʻp bolalari yoki oʻn olti yoshgacha nogiron bolasi boʻlgan ayollarga qonunchilikka muvofiq qoʻshimcha mehnat taʼtili haqini toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yoʻl kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga yoʻllanmalari, sport seksiyalarida, toʻgaraklarda, klublardagi mashgʻulotlari, madaniy-koʻngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va isteʼmoli hamda boshqa shunga oʻxshash toʻlovlari) xarajatlarini qoplash.
2.3.9. Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan toʻlovlar va xarajatlar:
2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlar.
2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar.
2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarga toʻlovlar.
2.3.9.4. Xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam.
2.3.10. Sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sogʻlomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq taʼlimi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi obyektlari taʼminotiga (shu jumladan barcha turdagi taʼmirlash ishlarini oʻtkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qoʻshgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan koʻproq xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.11. Vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari).
2.3.12. Bank va depozitariy xizmatlariga toʻlovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.13. Ekologiya, sogʻlomlashtirish va boshqa xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
2.3.14. Budjetga majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq toʻlanadigan va xoʻjalik yurituvchi subyekt xarajatlariga qoʻshiladigan maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmalarga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.15. Zararlar, jarimalar, penyalar:
2.3.15.1. Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari boʻyicha yoʻqotishlar.
2.3.15.2. Moddiy boyliklarning tabiiy yoʻqolishi normalari doirasidagi va normalardan koʻproq, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlmagan yoʻqotishlar hamda kamomadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.15.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki sotishning sof qiymati boʻyicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar.
2.3.15.4. Idishlarga doir ishlar boʻyicha zararlar.
2.3.15.5. Sud xarajatlari.
2.3.15.6. Toʻlanishi shubhali qarzlar boʻyicha zaxiraga ajratmalar.
2.3.15.7. Qonunchilikka muvofiq daʼvo bildirish muddati oʻtgan va undirish noreal boʻlgan boshqa qarzlar boʻyicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar boʻyicha toʻlanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar.
2.3.15.8. Hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillar operatsiyalari boʻyicha koʻrilgan zararlar.
2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud boʻlishi va buzilishi, ishlab chiqarishning toʻxtashi va boshqalar tufayli yoʻqotishlar) tufayli koʻrilgan qoplanmaydigan yoʻqotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar.
2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan oʻgʻirliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin boʻlmagan hollarda koʻrilgan zararlar.
2.3.15.11. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan uch va undan koʻp yil mobaynida ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan koʻrilgan zararlar, xoʻjalik yurituvchi subyektning, boshqa mol-mulkini (aktivlarini) sotishdan koʻrilgan zararlar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulklari (aktivlari)ning hisobdan chiqarilishi, tekin berilishi va boshqacha yoʻq boʻlishidan koʻrilgan zararlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.15.12. Xoʻjalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar.
2.3.15.13. Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
2.3.15.14. Toʻlangan boshqa jarimalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.15.15. Boshqa xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.4. Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari
Ushbu boʻlimda sarmoya bilan taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmagan va sarmoya bilan taʼminlanadigan asosiy vositalar qiymatiga qoʻshilmaydigan xarajatlar sanab oʻtilgan.
2.4.1. Xoʻjalik yurituvchi yangi subyektlar, ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni oʻzlashtirishga xarajatlar:
2.4.1.1. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab koʻrish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni ularning oʻrnatilish sifatini tekshirib koʻrish maqsadida (ishlatilmayotgan holatda) kompleks sinab koʻrish.
2.4.1.2. Asbob-uskunalarni ishlab chiqargan zavodlar yoki ularning topshirigʻiga binoan ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj.
2.4.1.3. Qurilayotgan korxona direksiyasining, direksiya boʻlmagan taqdirda — texnik nazorat guruhining xarajatlari (maʼmuriy xarajatlar), shuningdek xoʻjalik yurituvchi yangi subyektlar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar.
2.4.1.4. Yangi ishga tushiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlashga xarajatlar.
2.4.2. Yangi texnologiyalarni yaratish va qoʻllanayotgan texnologiyalarni takomillashtirish boʻyicha, shuningdek ilmiy-tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bogʻliq boʻlgan mahsulotlar sifatini oshirish boʻyicha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.4.3. Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish boʻyicha xarajatlar.
2.4.4. Seriyali va keng koʻlamda chiqariladigan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni hamda texnologik jarayonlarni tayyorlash va oʻzlashtirish xarajatlari.
2.4.5. Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bogʻliq xarajatlar.
2.4.6. Ixtirochilik va ishlab chiqarish tusidagi ratsionalizatorlikka, tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflar boʻyicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinab koʻrish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrgazmalar va koʻriklar, tanlovlar, sertifikatlashni hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflik mukofotlarini toʻlash hamda boshqa xarajatlar.
2.4.7. Qazilmalarni qazib olish sohalaridagi tayyorgarlik ishlari xarajatlari, agar ular kapital xarajatlarga taalluqli boʻlmasa (yaʼni asosiy fondlar sifatida sarmoya bilan taʼminlanmasa).
Keyingi tahrirga qarang.
2.4.8. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar
3.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar boʻyicha, shu jumladan toʻlov muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyicha toʻlovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3.2. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
3.3. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar boʻyicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar.
3.4. Sarflangan (qimmatli qogʻozlarga, shuʼba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan koʻrilgan zararlar.
3.5. Oʻz qimmatli qogʻozlarini chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar.
3.6. Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
4. Favqulodda zararlar
Favqulodda zararlar — bu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va roʻy berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak boʻlgan oʻtgan davr moddalari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
— korxonaning odatdagi xoʻjalik faoliyatiga xos emaslik;
— bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
— boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bogʻliq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xoʻjalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan boʻlsa, u holda — iqlim sharoitlariga bogʻliq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda “bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak” mezoniga javob bermaydi.
V. XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING ISHLAB CHIQARISH — XOʻJALIK FAOLIYATI NATIJASIDA OLINADIGAN DAROMADLAR ROʻYXATI
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy boʻlimlar boʻyicha kiritiladi:
— Sotishdan olingan sof tushum.
— Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari).
— Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar.
— Favqulodda daromadlar.
1.Sotishdan olinadigan sof tushum
1.1. Sotishdan olingan sof tushum mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, undan qoʻshilgan qiymat, aksiz soligʻi va eksport boj poshlinasi, chegirilgan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, daromad (foyda)ni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqaradilar.
1.3. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
2.1. Undirilgan yoki qarzdor tomonidan eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida toʻlanmagan qarzlar va xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish boʻyicha daromadlar.
2.2. Hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi foyda.
2.3. Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan renta daromadi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar.
2.4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.5. Daʼvo bildirish muddati oʻtgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.
2.6. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash.
Keyingi tahrirga qarang.
2.7. Davlat subsidiyalaridan daromadlar*.
* — soliq solishda yalpi daromadga kiritilmaydi.
2.8. Xolisona moliyaviy yordam.
2.9. Boshqa operatsion daromadlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
3.1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
3.2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qoʻshgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar boʻyicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar.
3.3. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing toʻlovini olish).
Keyingi tahrirga qarang.
3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar boʻyicha ijobiy kurs tafovutlari.
3.5. Sarflangan (qimmatli qogʻozlarga, shuʼba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan olingan daromadlar.
3.6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
4. Favqulodda foyda
Favqulodda foyda moddalari — bu koʻzda tutilmagan, tasodifiy tusga ega boʻlgan, hodisa yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo boʻladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar boʻlimida aks ettirilishi kerak boʻlgan oʻtgan davrlardagi foyda kirmaydi.
G. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI, TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHLARNI, SHUNINGDEK KELGUSI DAVRLAR XARAJATLARINI BAHOLASH
Ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri mobaynida ishlab chiqarish schyotlarida va tayyor mahsulot schyotida shakllanishi kerak. Biroq bir turdagi mahsulotni seriyali (keng koʻlamda) ishlab chiqarishda favqulodda holatlar tufayli kelib chiqqan favqulodda yoki bir galgi xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki sotish xarajatlari sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri hisobdan chiqarilishi kerak.
Tovar-moddiy boyliklar zaxiralarini, tugallanmagan ishlab chiqarishni, shuningdek kelgusi davrlar xarajatlarini baholash “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Kelgusi davrlar xarajatlari xarajatlarning alohida toifasini tashkil qiladi.Ular joriy davrda amalga oshiriladi, biroq keyingi hisobot davrlaridagi ishlab chiqarish xarajatlariga qoʻshiladi. Biroq mazkur Nizomga muvofiq ushbu xarajatlardan 2-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi xarajatlar chiqarib tashlanadi (ular Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan xarajatlari sifatida aks ettiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
D. SOLIQ SOLINADIGAN BAZANI ANIQLASH
Xoʻjalik yurituvchi subyektning daromad (foyda) soligʻi boʻyicha soliq solinadigan baza quyidagicha hisoblab chiqariladi:
Daromad (foyda) soligʻi toʻlangungacha boʻlgan daromad (foyda) yoki zarar (Nizomning A — G boʻlimlariga muvofiq);
plyus 1-ilovada keltirilgan buxgalteriyadagi foyda bilan soliq solinadigan foyda oʻrtasidagi doimiy tafovutlar;
plyus yoki minus 2-ilovada keltirilgan sarflangan xarajatlarni soliq olinadigan bazadan chegirib tashlash vaqtidagi tafovutlar;
minus Qonunchilikka muvofiq soliqlar boʻyicha imtiyozlar;
teng boʻladi – Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha soliq solinadigan baza.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi toʻgʻrisida Nizomga
1-ILOVA
ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi toʻgʻrisida Nizomga
1-ILOVA
I. SOLIQ SOLINADIGAN BAZAGA* KIRITILADIGAN XARAJATLAR MODDALARI (CHEGIRILMAYDIGAN XARAJATLAR YOKI DOIMIY TAFOVUTLAR)
Ishlab chiqarish tannarxi boʻyicha
1.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan suv xoʻjaligi tizimlaridan belgilangan limitlardan ortiqcha olinadigan suv uchun toʻlov.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy ishdan chiqish normalaridan ortiqcha nobudgarchiliklar, buzilishlar va kamomadlar.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish ishchilari va boshqa xodimlari mehnatiga xarajatlar boʻyicha
1.3. Ayrim tarmoqlar xodimlariga bepul koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan ovqatlar, mahsulotlar qiymati, xodimlarga bepul beriladigan uy-joy haqini toʻlash xarajatlari (bepul berilmagan uy-joy, koʻrsatilmagan kommunal xizmatlar va shu kabilar uchun pul kompensatsiyasi summasi).
1.4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlariga “Ishlab chiqarish tannarxi” boʻlimining 1.2.7-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha toʻlovlarning boshqa turlari.
1.5. Moddiy yordam (shu jumladan kooperativ uy-joy qurilishiga boshlangʻich badal uchun, kooperativ va yakka tartibda uy-joy qurilishiga berilgan kreditni qisman toʻlash uchun xodimlarga bepul moddiy yordam).
Keyingi tahrirga qarang.
1.6. Jamoa shartnomasi boʻyicha xodimlarga qoʻshimcha ravishda (qonunchilikda nazarda tutilgandan ortiqcha) berilgan taʼtillar, ular boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari.
1.7. Xodimlarga beriladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish uchun yordamchi xoʻjaliklar tayyorlaydigan mahsulotlar narxlari boʻyicha tafovutlar.
1.8. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari qaroriga koʻra amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish xodimlarining qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan ortiqcha xizmat safarlari bilan bogʻliq toʻlovlar.
Ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar boʻyicha
1.9. Nodavlat pensiya jamgʻarmalariga, ixtiyoriy tibbiy sugʻurtaga va ixtiyoriy sugʻurtaning boshqa turlariga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Asosiy vositalar va moddiy aktivlar amortizatsiyasi boʻyicha
1.10. Jadallashtirilgan usulda amortizatsiyaga ajratilgan summa bilan soliq haqidagi qonunlarga muvofiq belgilangan normalar boʻyicha amortizatsiyaga ajratilgan summa oʻrtasidagi tafovut.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar boʻyicha
1.11. Atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy normalardan ortiqcha tashlaganlik (oqizganlik) uchun toʻlovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.12. Tegishli vakolatli organlar qarorlarisiz toʻlanadigan, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar tufayli mehnat qilish layoqatini yoʻqotishlar bilan bogʻliq nafaqalar.
Davr xarajatlari boʻyicha
1.13. Reklama va marketing uchun belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.14. Xizmat yengil transporti va xizmat mikroavtobusini saqlashga sarflanadigan xarajatlar, ularni yollash va ijaraga olish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.15. Ijara hamda xizmat koʻrsatganlik uchun uyali, yoʻldosh, peyjing aloqa uzellariga toʻlov.
Keyingi tahrirga qarang.
1.16. Shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlar uchun belgilangan normativlardan ortiqcha toʻlov.
Keyingi tahrirga qarang.
1.17. Yuqori organlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.18. Boshqaruv xodimlarining xizmat safarlari uchun belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar.
1.19. Qonunchilikda belgilangan normativ va normalardan ortiqcha vakillik xarajatlari.
1.20. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bepul binolar berish xarajatlari, ularga kommunal xizmatlar koʻrsatish qiymatini toʻlash va boshqalar.
1.21. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita taalluqli boʻlmagan, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni ortiqcha tashlaganligi (oqizganligi) uchun yoʻl qoʻyiladigan normalardan ortiqcha toʻlovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1.22. Xoʻjalik yurituvchi subyekt sohasiga toʻgʻri kelmaydigan kasblar boʻyicha va normalardan ortiqcha kadrlar tayyorlash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.23. Loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obyekt yonidagi omborga tashib keltirilgungacha sodir boʻlgan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish boʻyicha xarajatlar, zanglashdan himoya qilishdagi kamchiliklar oqibatida tekshirib koʻrish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) boʻyicha xarajatlar va shu kabi boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki nobudgarchiliklar uchun javobgar yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirish mumkin boʻlmagan miqdorda, qoplanadi.
1.24. Xoʻjalik yurituvchi subyekt qatnashchilaridan (mulkdorlaridan) birining tashabbusi boʻyicha amalga oshirilgan auditorlik xizmatlari uchun toʻlov.
1.25. Oʻz xizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarishlari va xoʻjaliklariga sarflangan xarajatlardan koʻrilgan zararlar.
1.26. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bogʻliq boʻlmagan salomatlikni muhofaza qilish va dam olishni tashkil qilish tadbirlari xarajatlari.
1.27. Mahsulot ishlab chiqarish (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish, qishloq xoʻjaligiga yordam koʻrsatish va boshqa ish turlari) bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan sarflangan xarajatlar.
1.28. Xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz qaroriga koʻra biryoʻla toʻlanadigan mukofotlar va taqdirlashlar, uzoq yil ishlaganlik uchun toʻlovlar, shu jumladan natura toʻlovlari, shuningdek ular boʻyicha ijtimoiy jamgʻarmalarga oʻtkazilgan summalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.29. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatbaho buyumlarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
1.30. Xodimlar xarajatlarini toʻlash (ovqatlanishga, yoʻl haqiga, davolanish va dam olishga, ekskursiyalarga, sayohatlarga yoʻllanmalarga, sport seksiyalarida, toʻgaraklarda, klublarda mashgʻulotlarga, madaniy-koʻngilochar tomoshalarga, jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga, obunaga va xodimlarning shaxsiy isteʼmol tovarlariga va boshqa shu kabilarga toʻlovlar).
1.31. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar.
1.32. Xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam.
Keyingi tahrirga qarang.
1.33. Sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sogʻlomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq taʼlimi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi obyektlari taʼminotiga (shu jumladan barcha turdagi taʼmirlashlarni oʻtkazish uchun amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qoʻshgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlardan ortiqcha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.34. Ekologiya, sogʻlomlashtirish va boshqa xayriya jamgʻarmalariga (agar ular yuridik shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa), madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
1.35. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita tegishli boʻlmagan moddiy boyliklarning tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha nobudgarchiligi va kamomadi.
1.36. Sud xarajatlari.
1.37. Toʻlanishi shubhali qarzlar boʻyicha zaxiraga ajratmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.38. Aybdorlari aniqlanmagan oʻgʻirliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin boʻlmagan hollarda koʻrilgan zararlar.
1.39. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan uch yilgacha ishlatilgan asosiy vositalarni hamda xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa mol-mulki (aktivlari)ni sotishdan koʻrilgan zarar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalarini va boshqa mol-mulkini (aktivlarini) hisobdan chiqarish, tekin berish va ularning boshqacha tarzda kamayishidan koʻrilgan zararlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.40. Xoʻjalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulot yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar.
1.41. Soliq haqidagi qonunlarni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
1.42. Toʻlangan boshqa jarimalar.
1.43. Boshqa xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar
1.44. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalaridan ortiqcha qisqa muddatli bank kreditlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha, shuningdek toʻlov muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyicha toʻlovlar.
1.45. Uzoq muddatli bank kreditlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.46. Qimmatli qogʻozlar chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1.47. Qimmatli qogʻozlar qiymatini muddatidan oldin toʻlash munosabati bilan vujudga kelgan diskont, agar u budjetdan qarzlarni toʻlash bilan bogʻliq boʻlmasa.
Tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholash bilan bogʻliq xarajatlar moddalari
1.48. Qayta baholashni oʻtkazish chogʻida paydo boʻladigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash maqsadida, inflyatsiya jarayonlarini hisobga olish uchun tovar-moddiy zaxiralar qiymatining ortishi qayta baholash zaxira schyotiga kredit qilinadi va xoʻjalik yurituvchi subyekt foydasi tarkibida koʻrsatilmaydi. Biroq soliq solinadigan bazani baholash maqsadida qiymatning bunday oshirilishi teskari tartibda ushbu ilovaga muvofiq balans foydaga qoʻshiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. BANKLAR, SUGʻURTA TASHKILOTLARI, VIDEOSALONLAR, VIDEOKOʻRSATUV, VIDEO VA AUDIOGA YOZISH PUNKTLARI, KIMOSHDI SAVDOLARI, PULLI YUTUQLARI BOʻLGAN KAZINO, OʻYIN AVTOMATLARI, NODAVLAT ORGANLARI TOMONIDAN OʻTKAZILADIGAN LOTEREYA OʻYINLARI, OMMAVIY KONSERT-TOMOSHA TADBIRLARI, SHUNINGDEK 1995-YIL 1-YANVARGACHA AMALDA BOʻLGAN SOLIQ SOLISH TARTIBINI SAQLAB QOLGAN XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI UCHUN SOLIQ OLINADIGAN BAZADAN CHIQARILMAYDIGAN XARAJATLARNING QOʻSHIMCHA MODDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
2.1. Ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha:
2.1.1. Amalda bajarilgan ishlar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq toʻlash shakllari va tizimlariga, shu jumladan mehnat unumdorligini hisobga olish boʻyicha boshlangʻich hujjatlarda nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarga muvofiq ishbay baholar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish tusidagi hisoblab yozilgan ish haqi.
2.1.2. Kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar.
2.1.3. Ish tartibi va mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan kompensatsiya tusidagi toʻlovlar, shu jumladan:
2.1.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan, tungi vaqtda, belgilangan vaqtdan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustama va qoʻshimcha haqlar.
2.1.3.2. Koʻp smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni qoʻshib bajarganlik va xizmat koʻrsatish tegrasini kengaytirganlik uchun ustamalar.
2.1.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar.
2.1.3.4. Aloqa, temir yoʻl, daryo, avtomobil transporti va tosh yoʻllar xodimlari hamda doimiy ishi yoʻlda oʻtadigan yoki qatnov tusida boʻlgan boshqa xodimlar ish haqiga, yoʻlda oʻtadigan har bir sutka uchun, xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan joʻnab ketgan vaqtidan u yerga qaytib kelgan vaqtigacha toʻlanadigan ustamalar.
2.1.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va toʻliq taʼmirlashda bevosita band boʻlgan xodimlar uchun, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ishlar vaxta usulida bajarilganda, ishlarning koʻchma va qatnov tusidaligi uchun ustamalar.
2.1.3.6. Yer osti ishlari bilan doimiy band boʻlgan xodimlarga, ularning shaxtada (konda) ish joyiga joʻnab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha oʻtadigan normativ vaqt uchun qoʻshimcha haq.
2.1.3.7. Mehnatga haq toʻlashning rayonlar boʻyicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq choʻl, suvsiz va yuqori togʻ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan toʻlovlar.
2.1.3.8. Xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joy (toʻplanish punkti)dan ish joyiga va orqaga qaytadigan yoʻlda oʻtadigan kunlar uchun vaxta usulida ishlash jadvalida nazarda tutilgan yoʻlda boʻlingan kunlar uchun, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlari boʻyicha va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida toʻlanadigan summalar (ishlar vaxta usulida bajarilganda).
2.1.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlab hisobga olingan taqdirda va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining normal davom etish muddatidan ortiqcha ishlaganlik munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun beriladigan dam olish kunlari) uchun haq toʻlash.
2.1.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash.
2.1.5.1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qoʻshimcha taʼtillar, foydalanilmagan navbatdagi (har yilgi) taʼtillar va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiya, oʻsmirlarning imtiyozli soatlari, onalarning chaqaloqni ovqatlantirish uchun ishdagi tanaffuslari, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash.
2.1.5.2. Asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga toʻlovlar.
2.1.6. Davlat vazifalarini (harbiy yigʻinlar, favqulodda vaziyatlar boʻyicha yigʻinlar va hokazo) bajarganlik uchun mehnat haqi toʻlash.
2.1.7. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasiga belgilangan tartibga muvofiq kiritiladigan boshqa xil toʻlovlar.
2.2. Davr xarajatlari boʻyicha:
2.2.1. Mazkur Nizomning 1.2-bandida sanab oʻtilgan boshqaruv xodimlariga tegishli xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari.
2.2.2. Qonunchilikka muvofiq yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzining qaroriga koʻra majburiy ishga chiqilmagan vaqt yoki past haq toʻlanadigan ish bajarilganligi uchun haq toʻlash.
2.2.3. Mehnat layoqati vaqtincha yoʻqotilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan amaldagi ish haqigacha boʻlgan ustama.
2.2.4. Asosiy ish joyi boʻyicha ishchilarga, xoʻjalik yurituvchi subyekt ishchilari va mutaxassislariga ular ishdan ajralgan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida oʻqigan vaqt uchun haq toʻlash.
2.2.5. Bolalarni tarbiyalayotgan ayollar taʼtiliga qonunchilikka muvofiq haq toʻlash.
* Izoh. Ushbu ilovaning birinchi qismida (1.1, 1.2, 1.11, 1.12, 1.21, 1.35, 1.36, 1.37,1.38, 1.40, 1.41, 1.42, 1.47-bandlardan tashqari) nazarda tutilgan xarajatlar smetasi xoʻjalik yurituvchi subyektning vakolatli boshqaruv organi (qatnashchilar, muassislarning umumiy yigʻilishi, aksiyadorlik jamiyatlarida esa kuzatuvchi kengash) tomonidan tasdiqlanadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi 25 foiz va undan ortiq boʻlgan taqdirda xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida Nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlar (vaqtlar boʻyicha tafovutlar)
Xarajatlarning ushbu moddalari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarida davr xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Biroq ular soliq olish maqsadlari uchun ularni soliq solinadigan bazaga kiritish uchun foydaga qaytadan hisobga olinadi, soʻngra esa ushbu xarajatlarning butun foydali muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, ushbu muddatlardan qaysi birining (vaqtlar boʻyicha tafovutlarning) qisqa boʻlishiga qarab, keyinchalik chiqarib tashlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davr xarajatlari sifatida hisobga olinadigan ikkita eng past tannarx: tannarx boʻyicha yoki sof bozor narxi boʻyicha baholash bilan bogʻliq boʻlgan maxsus ajratmalar soliq solinadigan bazani hisoblashda foyda tarkibiga qaytadan kiritiladi, biroq tovar-moddiy zaxiralar haqiqatan sotilgandan keyin chegirib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1. Xoʻjalik yurituvchi yangi subyektlar, ishlab chiqarishlar, sexlar va agregatlarni oʻzlashtirish xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab koʻrish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning oʻrnatilish sifatini tekshirib koʻrish maqsadida (ishlatilayotgan holatda), kompleks sinab koʻrish xarajatlari.
3. Asbob-uskunalarni yetkazib bergan zavodlar yoki ularning topshirigʻiga binoan ixtisoslashtirilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj xarajatlari.
4. Qurilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt direksiyasining, direksiya boʻlmagan taqdirda — texnik nazorat guruhining xarajatlari (maʼmuriy xarajatlar), shuningdek xoʻjalik yurituvchi yangi subyektlar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar.
5. Yangi ishga tushirilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari.
6. Yangi texnologiyalarni yaratish va qoʻllanayotgan texnologiyalarni takomillashtirish boʻyicha, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bogʻliq boʻlgan mahsulotlar sifatini oshirish boʻyicha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish boʻyicha xarajatlar.
8. Seriyali va keng koʻlamda chiqariladigan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻzlashtirish xarajatlari.
9. Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bogʻliq xarajatlar.
10. Ixtirochilik va ishlab chiqarish tusidagi ratsionalizatorlik, tajriba-sinov ishlari oʻtkazish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari boʻyicha modellar va namunalar tayyorlash va sinab koʻrish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrgazmalar va koʻriklar, tanlovlar oʻtkazish, sertifikatlash hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish xarajatlari, mualliflik mukofotlari toʻlash hamda boshqa xarajatlar.
11. Qazilmalarni qazib olish sohalaridagi tayyorgarlik ishlari boʻyicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga taalluqli boʻlmasa (yaʼni asosiy fondlar sifatida sarmoya bilan taʼminlanmasa).
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 88-modda; 12-son, 92-modda; 19-son, 183-modda; 24-son, 241-modda; 2004-y., 52-son, 523-modda; 2005-y., 52-son, 386-modda; 2006-y., 42-son, 418-modda; 51-52-son, 507-modda; 2007-y., 21-son, 215-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)