O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
buyrug‘i
Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2672]
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-aprel,
30-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 13-apreldagi 30-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi
qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar non pishirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim.
18. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
21. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qo‘llash
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
24. Xodimlar Non ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1871, 2008-yil 19-noyabr) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno.
27. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
30. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish shart-sharoitlari
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, ularga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
38. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
39. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
41. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
(41-bandning uchinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
10-§. Tashkilot maydonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
43. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
44. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari va ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur.
45. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
46. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak.
47. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
48. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
49. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan chiqindi tashlanadigan idishlar bo‘lishi kerak.
11-§. Bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tashkilotdagi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
51. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
52. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur.
53. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
54. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
55. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur.
56. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
57. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
58. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
59. Tashkilotning binolari va inshootlari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
60. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur.
12-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
61. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
62. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish.
63. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
64. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
65. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
66. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur.
67. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 210S, o‘rtacha og‘ir ishda 170S va og‘ir ishda 160S dan past bo‘lmasligi kerak.
68. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 220S dan kam bo‘lmasligi kerak.
69. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
14-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(14-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
71. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak.
72. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
15-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
73. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
74. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
75. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
76. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
77. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
78. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
79. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
80. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur.
81. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak.
82. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
83. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
16-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
84. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
85. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
86. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
87. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar
88. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
89. Non pishirish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi kerak.
90. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi zarur.
18-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talab
Oldingi tahrirga qarang.
91. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
92. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
93. Texnologik jarayonlar parametri va ularni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan diapazon hamda parametrlardan chiqmaslik usullari va vositalari ishlab chiquvchi tomonidan belgilanib, texnologik reglamentda ko‘rsatilishi kerak.
94. Nazorat o‘lchov asboblari (termometr, manometr, hisoblagich) va signal lampalarining joylashuvi ularning ko‘rsatkichlarini bemalol nazorat qilish imkonini berishi lozim.
95. Daraja ko‘rsatkichlarida shaffof element sifatida oyna foydalanilganda, xodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi uskunalar qo‘llanishi kerak.
96. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanishi lozim:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
97. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror-bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
98. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim.
99. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
100. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining uskunalari yaroqli bo‘lishi, nazorat-o‘lchov asboblari soz, apparatlarda blokirovka vositalari mavjud bo‘lganda ishga tushirilishi lozim.
101. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ko‘rilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim.
102. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda to‘xtatilishi bilan yakunlanishi zarur.
103. Texnologik jarayon buzilgan hollarda, buzilish sabablari aniqlanishi va ularni bartaraf etish uchun ish jarayonining to‘xtatilishi hamda xodimlar ish joylarini tark etishlari lozim.
104. Ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki bu xonalarda o‘rnatilgan maxsus kameralarda bajarilishi kerak. Xonalarning kirish joylarida “Yong‘indan xavfli”, “Chekilmasin”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi” degan xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
105. Tashkilotlarda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq ta’minlanishi lozim.
106. Sinovdan o‘tkazilmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
107. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘lgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
108. Non pishirish jarayonida oldindan nazarda tutilmagan yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
109. Tashkilot binolari va xonalari birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
110. Shamollatish tizimlari yong‘in avtomatikasi tizimlari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
111. Suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
112 Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur.
113. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
114. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘limlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi.
115. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilishi kerak.
3-§. Elektr qurilmalari va elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
116. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(116-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
117. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi lozim.
118. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma va tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini;
elektr energiyasi sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligini hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak.
119. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi zarur.
120. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar hamda moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
121. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
122. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
123. Binolar va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
124 Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
125. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
126. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda ishlaydigan yuqori xavfli tashqi qurilmalar;
Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuchlanish kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amalari bundan mustasno.
127. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
128. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
129. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r yerga ulangan bo‘lishi kerak.
130. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi zarur.
4-§. Tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
131. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan me’yorlarda bo‘lishi lozim.
132. Omborlarda yong‘in xavfsizligi, taxlash va saqlash bo‘yicha xavfsizlik qoidalari (yo‘riqnomalar) bo‘lishi kerak.
133. Mahsulotlar omborxonalarda turlari bo‘yicha saqlanishi lozim.
134. Mahsulot saqlash omborxonalarini yashiklar bilan to‘ldirish taqiqlanadi. Yashiklar mahsulotlar sarflangandan keyin ish joyiga yetkazib borilishi kerak. Ish vaqti tugaganda xodimlar tomonidan omborxonalar chiqindilardan tozalanishi zarur.
135. Yashiklarni yig‘ish va saqlash maxsus ajratilgan joylarda bajarilishi lozim.
136. Tayyor mahsulotni omborxonalardan transport vositasi kuzoviga yetkazib berish transportyorlar yordamida yoki boshqacha mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak.
137. Transport vositasi orqaga ketishini cheklash uchun estakada oldida cheklagichlar (chorqirra taxtalar, maxsus moslamalar va hokazolar) qo‘yiladi.
138. Estakadada o‘rnatilgan transportyordan o‘tish uchun zarur hollarda panjarali o‘tish ko‘prikchalari o‘rnatilishi kerak.
5-§. Yuk ortish va tushirish ishlarida xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
(139-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
140. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga ko‘ra mexanizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
141. Yuk ortish va tushirish ishlarining mexanik usuli vazni 50 kg dan ortiq va kam vaznli yuklarni 3 m dan yuqoriga ko‘targanda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablarga rioya qilmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
142. Og‘ir va ulkan yagona yuklarni tashish yuk ortish va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatishi lozim bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
143. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
6-§. Non ishlab chiqarish tashkilotlarida chiqindilar saqlash joylariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
144. Chiqindi yig‘ish o‘ralarining atrofi to‘liq holda kamida 1,2 metr balandlikda to‘siqlar bilan o‘ralishi, balandligi 1,2 metr panjarasi bo‘lgan mustahkam o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlanishi va pastdan ular kamida 0,15 metr balandlikkacha yoppasiga devor bilan yopilishi kerak.
145. Xodimlarni o‘raga tushirishdan avval o‘ralar shamollatib, zararli gazlar ketkazilishi kerak.
146. Uglekislota gazining yo‘qligi kanalizatsiya tubiga yonib turgan shamni tushirish yo‘li bilan tekshiriladi.
147. Chiqindilardan bo‘shatilgan o‘ralar taxta shitlar bilan yopilishi kerak.
148. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
149. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
150. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim.
7-§. Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
1. O‘yuvchi, zaharli, yong‘in va portlash jihatidan xavfli moddalarni qo‘llashda xavfsizlik talablari
151 Laboratoriya xonalari amaldagi qurilish va sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Umumiy oqma-tortma shamollatish tizimidan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (javonlar) yoki havoni so‘rib olish uchun shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
152. Laboratoriya xodimlari qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yong‘in jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart. Moddalar va materiallar laboratoriyada navlari bo‘yicha saqlanishi kerak. O‘zaro kimyoviy ta’siri yong‘in yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalarni birgalikda saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
153. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga to‘sqinlik qilmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak. Uskunalar oralig‘idagi eng kam yo‘l qo‘yiladigan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
154. Zaharli moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan havo tortuvchi moslamalarga ega bo‘lishi kerak.
155. Zararli, yonuvchi bug‘ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi so‘rmalar, shuningdek suyuqlikning polga oqib tushishining oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Shkafning 15-20 sm gacha ochib qo‘yilgan tabaqalari ko‘ndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/sek atrofida bo‘lishi kerak.
O‘ta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda havoning tezligi 1-1,2 m/sek oralig‘ida bo‘lishi kerak.
156. Tortuvchi shkaflar germetik gaz o‘tkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning vklyuchatellari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni bo‘ylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
157. Olov hamda yonish va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga mo‘ljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan bo‘lishi kerak.
158. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni bo‘lmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud bo‘lib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
159. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yo‘qotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa, sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan bo‘lishi lozim.
160. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yog‘inlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
161. Kislota va ishqorlarni podvallarda saqlash taqiqlanadi.
162. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar qo‘yiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, to‘kilgan kislotani maxsus idishga yo‘naltiradigan tarnovlar qiya bo‘lishi lozim.
163. Kimyoviy moddalar omborlari to‘kilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
164. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam to‘qilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi kerak, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
165. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlarni qo‘lda ikki kishi uzog‘i bilan 25 metr masofaga tekis yuza bo‘ylab tashishga yo‘l qo‘yiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim.
Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest to‘shalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
166. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich ko‘zoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qo‘lqoplardan, ayrim hollarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari kerak.
Kislota va ishqorlar bilan saqlagich ko‘zoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
167. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qo‘l nasoslari vositasida quyish zarur.
168. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi.
169. Qattiq holatdagi o‘yuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yo‘riqnoma olgan tajribali ishchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ochilishi kerak.
170. Bo‘shagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilishi va eritish yo‘li bilan tozalanishi kerak.
Bo‘shagan barabanlarni faqat suv bilan yuvilgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi.
171. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik bo‘laklarini asta-sekin qo‘shib borish zarur, bunda ishqor bo‘laklarini faqat qisqich bilan ushlash kerak. O‘yuvchi ishqorlarning katta bo‘laklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) bo‘lagi bilan yopib, mayda bo‘laklarga maydalash zarur.
172. To‘kilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum to‘kilishi, neytrallanishi va shundan so‘nggina yig‘ishtirilishi kerak. Shisha siniqlarini cho‘tka va hokandoz yordamida yig‘ib olish kerak.
173. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida to‘planishi va neytrallanganidan so‘ng kanalizatsiyaga, loyli o‘raga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, boshqa joyga to‘kilishi kerak.
174. Kislota va ishqorlardan bo‘shagan idishlar zararsizlantirilib, yaxshilab yuvilishi kerak.
2. Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan suyuqliklar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
175. Tez o‘t oladigan va yonuvchi suyuqliklar (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalarda (shisha idishlarda) saqlanishi kerak. Bankalar qopqog‘i jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi kerak.
176. Yashik yetib borish uchun qulay, yo‘laklar va qizitadigan asboblardan uzoqda polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqog‘ining ichki tomonida mazkur xona uchun yonuvchi va tez o‘t oladigan suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy me’yorlari ko‘rsatilgan aniq yozuv tushirilgan bo‘lishi kerak.
177. Tez o‘t oladigan suyuqliklar uchun shisha idishning sig‘imi 1 litrdan oshmasligi, sig‘imi kattaroq bo‘lganda esa germetik yopiladigan metall g‘ilofga ega bo‘lishi kerak.
178. Laboratoriya xonalarida past kislotali moddalarni (dietil efiri, atseton va boshqalar) saqlash taqiqlanadi.
179. Ishlar yakunlangandan so‘ng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xonaga (omborga) chiqarilishi kerak.
180. Dietil (oltingugurt) efiri boshqa moddalardan ajratilib sovuq va qorong‘i xonada saqlanishi lozim.
181. Tez o‘t oladigan va yonuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki g‘ilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
182. Laboratoriyaning har bir ishchi xonasida bir paytda saqlanadigan yong‘indan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi kerak.
183. Tez o‘t oluvchi moddalar va yonuvchi suyuqliklar bilan barcha ishlar ventilyatsiya ishlab turgan xonalarning tortuvchi shkaflarida va gaz yondirgichlar va elektr asboblari o‘chirilgan holatda o‘tkazilishi kerak.
184. Yonuvchan moddalar bilan ishlashni laboratoriyaning tajribasiz xodimiga topshirish taqiqlanadi.
185. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, spirt va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bog‘liq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan to‘ldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
186. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish taqiqlanadi.
187. Yuqoriroq qizish haroratiga ega bo‘lgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi kerak.
188. Tez yonuvchan moddalarni qizdirish uchun qo‘llaniladigan barcha apparatura to‘liq tuzatilgan bo‘lishi, kontaktlar uchqun chiqishining oldini olish kerak.
189. Laboratoriya havosiga ozroq bug‘lanishi bilan ta’sir qiladigan benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalar bilan bog‘liq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi kerak.
190. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bug‘lantirish taqiqlanadi. Bug‘lantirish paytida ozgina qismi kolbada qolishi kerak.
191. Yoqilg‘i suyuqliklari bilan ishlar amalga oshirilgan idishlar ishlar tugagandan so‘ng darhol yuvib tashlanishi kerak.
192. Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni yo‘qotish uchun olib ketilishi lozim bo‘lgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yig‘ish lozim. Yoqilg‘i suyuqliklarini kanalizatsiyaga to‘kish taqiqlanadi.
193. Yong‘in va portlash xavfli suyuqliklar tasodifan to‘kilganda gaz gorelkalari, qizdirish asboblari darhol o‘chirilishi, tashqaridagi umumiy elektr o‘chiruvchi bilan xona uzib qo‘yilishi, to‘kilgan moddalar ko‘p miqdorda bo‘lganda qo‘shni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham o‘chirilishi, to‘kilgan joyga qum sepilishi kerak.
194. Yoqilg‘i moddalarining alanga olgan holatida (yong‘in paydo bo‘lganda) tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilishi zarur.
8-§. Ishlab chiqarish xonalari va maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
195. Non ishlab chiqarish tashkilotining hududi va ishlab chiqarish maydonlarining loyihasi texnologik jarayon va mehnatni tashkil etish uchun qulay sharoitlar yaratib berishni ta’minlashi va texnologik loyiha normalari hamda amaldagi boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga binoan bajarilishi kerak.
196. Tashkilot hududidagi ishlab chiqarish va omborxonalar binolari xodimlarga zararli ta’siri yetkazishga yo‘l qo‘ymaslikni hisobga olgan holda joylashtirilishi kerak.
197. Tashkilot hududi ozoda saqlanishi kerak. Yoz vaqtida ishlab chiqarish va sanitariya-maishiy binolar bilan kesishadigan o‘tish joylariga suv sepilgan, qish vaqtida esa muzlikdan tozalanishi hamda qum sepilgan bo‘lishi kerak.
198. Yo‘lovchilar harakatlanadigan yo‘laklar asfalt bilan qoplangan bo‘lishi va korxonaning transport yo‘llari bilan kam miqdorda kesishgan bo‘lishi kerak.
199. Tashkilot hududi va xonalarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan va belgi bilan ko‘rsatilgan maxsus joy bo‘lishi kerak. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun taqiqlangan ishlab chiqarish va omborxonalardagi joylarga taqiqlovchi belgilar osib qo‘yilishi kerak.
200. Harakatlanish yo‘nalishlarining chizmasi transport vositalari to‘xtab turadigan joylarda, korxona hududiga kirish joyida va kerakli boshqa joylarda osib qo‘yilishi kerak.
201. Tashkilot hududida ortish-tushirish ishlarini bajarish uchun maydon nazarda tutilishi kerak. Ortish-tushirish ishlari uchun mo‘ljallangan maydonchaning chegaralari belgilangan va foydalaniladigan transportning yuza o‘lchamlariga mos bo‘lishi kerak.
202. Un qopga solinmasdan maxsus avtotransport vositasida keltirilganda, avtotransport vositasining aylanishi uchun maydoncha nazarda tutilishi kerak.
203. Ishlab chiqarish xonalarining balandligi o‘rnatiladigan uskunaning yuza o‘lchamlari va xodimlarni erkin o‘tishini hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
204. Ishlab chiqarish xonalarining poli tekis, yuzasini tozalash uchun qulay bo‘lishi va teshiklar, bo‘rtib chiqqan turli quvuro‘tkazgichlar bo‘lmasligi lozim. Transheyalarning qabul qilish joylari chidamli qopqoqlar bilan pol sathida berkitilgan bo‘lishi lozim. Metall pollar, zinapoyalar, o‘tish ko‘priklari g‘adir-budir yuzaga ega bo‘lishi kerak.
205. Evakuatsiya yo‘llarini rejalashtirishda xodimlarni xonadan bevosita tashqariga tez chiqishi nazarda tutilishi lozim. Evakuatsiya chizmasi ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi kerak.
206. Evakuatsiya yo‘llarining barcha eshiklari xonadan chiqish tomonga erkin ochilishi kerak.
9-§. Maydonchalar va zinalarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
207. 1,5 metrdan yuqori sathda xizmat ko‘rsatilishini talab etuvchi uskunalar statsionar maydonchalar va zinapoyalar bilan jihozlanishi kerak.
208. Pol sathidan 0,5 m va undan yuqori balandlikda joylashgan maydonchalar, shuningdek ularga keluvchi zinapoyalar va o‘tish ko‘prikchalari atrofi to‘liq holda kamida 1,2 m balandlikdagi panjara bilan, pastdan ular kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga devor bilan yopilishi kerak.
209. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish maydonchalarining kengligi kamida 0,8 m, ularga keluvchi zinapoyalarning kengligi esa kamida 0,6 m bo‘lishi kerak.
210. Zinapoyalar zinalarining eni kamida 0,12 m, ularning balandlik farqi esa ko‘pi bilan 0,2 m bo‘lishi kerak.
211. 1,5 m gacha balandlikda joylashgan maydonchalarning zinapoyalari ko‘pi bilan 450 gacha qiyalikda, 1,5 m dan ortiq balandlikda esa ko‘pi bilan 500 qiyalikda bo‘lishi kerak. Yerto‘lalarga keluvchi zinapoyalarning qiyaligi ko‘pi bilan 450 bo‘lishi kerak.
212. Maydonchalar pollarining qoplamasi g‘adir-budir bo‘lishi, ishlayotgan xodimlar sirpanib ketishining oldini olishi kerak.
4-bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Uskunalarga qo‘yiladigan talablar
213. Tashkilotlar ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
214. Asbob-uskuna va uning uzellari tuzilishi, quvuro‘tkazgichlar va armatura QMQ 3.05.05-98 “Texnologik asbob-uskunalar va texnologik quvuro‘tkazgichlar”, shuningdek mazkur Qoidalar, GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi, shuningdek xizmat ko‘rsatishda, ta’mirlashda va sanitariya ishlovini berishda xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi lozim.
215. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali va tikanli bo‘lmasligi lozim.
216. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
217. Asbob-uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
218. Asbob-uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
219. 2 m gacha balandlikda joylashgan asbob-uskunalarning barcha aylanadigan va harakatlanadigan, tegib ketish ehtimoli bor qismlari, harakat tezligidan qat’i nazar, yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar bilan yopilgan bo‘lishi kerak.
220. To‘siqlar yengil, mustahkam, harakatchan birikmali (oshiq-moshiq, sharnir va shu kabilar), elektr yuritmasi blokirovkali bo‘lishi zarur.
221. Mashina, apparatlar, quvuro‘tkazgichlarning barcha issiqlik chiqaradigan yuzalari ishonchli tarzda termoizolyatsiya qilinishi lozim.
222. Portlashdan xavfli binolar (qopsiz un saqlash sig‘imlari) ishqalanish yoki zarba natijasida uchqun chiqishiga qarshi quyidagi choralar bilan ta’minlanishi lozim:
o‘rnatilayotgan uskunaning panjaralari va uzatma kamarlari orasidagi masofa 100 mm dan kam bo‘lmasligi va uzatma kamarlari ishqalanish paytida paydo bo‘ladigan statik elektrni oladigan uskunalar bilan jihozlanishi kerak;
tishli uzatmalar turli metallardan tayyorlangan bo‘lishi yoki moyli muhitda turishi, lyuklardagi boltlar, ko‘chiriladigan nasoslar shlanglarining birlashtiradigan muftalari, qo‘l jihozlari va asboblar bronza, jez va zarba paytida uchqun paydo bo‘lishiga yo‘l bermaydigan boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak.
223. Avtomatik boshqaruv liniyasi liniyaning sozlash tartibidan avtomatik tartibga o‘z-o‘zicha almashuvga yoki sozlash paytida uni markaziy pultdan ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
224. Avtomatik yoki sozlash tartiblari avtomatik liniyalarda turgan mashinalar, avtomatlar va agregatlar texnologik ketma-ketlikda ishlashini ta’minlaydigan blokirovkaga va liniyani sozlash va avtomatik tartibda ishga tushgani haqida ogohlantiradigan, shuningdek mashinalarning detallari sinib qolganligi va texnologik jarayonning buzilganligidan xabar beradigan signal uskunalariga ega bo‘lishi kerak.
225. Masofadan yoki avtomatik ishga tushiriladigan mashinalar atrofida “Ehtiyot bo‘ling, avtomatik yoqiladi!” plakatlari osilgan bo‘lishi lozim. To‘la avtomatlashgan korxonada bunday plakatlar talab qilinmaydi.
226. Tashkilotda namunaviy yo‘riqnomalarga muvofiq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘riqnomalari ishlab chiqilishi lozim, ular ishlovchilarga imzo chektirib tarqatilishi hamda ish joylarida osib qo‘yilishi lozim.
2-§. Apparat va sig‘imlar ichidagi ishlarda xavfsizlik talablari
227. Apparatlar va texnologik sig‘imlar ichida turli xil ishlarni amalga oshirish muhandis-texnik xodimlardan bo‘lgan, ishlarni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsga berilgan sex boshlig‘ining yozma ruxsati bilan o‘tkaziladi. Ishlar faqat naryad-ruxsatnoma mavjud bo‘lganda, kunduzgi vaqtda o‘tkazilishi kerak, tungi ishlarga faqat avariya yuz bergan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
228. Apparatlar va sig‘imlar ichidagi ishlarga 18 yoshdan kichik bo‘lmagan, jismoniy sog‘lom, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi.
229. Sig‘imlar ichidagi ishlar ikki va undan ortiq kishidan iborat bo‘lgan brigada tomonidan o‘tkazilishi kerak (bittasi ishlaydi, ikkinchisi uni kuzatadi). Kuzatuvchisiz (dublyorsiz) ishlashga ruxsat etilmaydi. Portlashdan xavfli muhit bo‘lgan yoki gazdan xavfli sirasiga kiritilgan apparatlar va sig‘imlarda ishlashda kuzatuvchilar ikkita bo‘lishi kerak.
230. Apparat yoki sig‘im ichida ishlashdan avval sex yoki smena boshlig‘i quyidagilarni ta’minlashi lozim:
apparat yoki sig‘imni mahsulotdan yaxshilab tozalashi va keyin uni suv bilan yaxshilab yuvishi, suyuqlikning qoldig‘i ishchini apparatda yoki sig‘imda bo‘lmagan vaqtda ketkazilishi kerak;
apparat yoki sig‘imni suv, bug‘, mahsulot va boshqa xil quvurlaridan jo‘mraklar, tiqin jo‘mraklarini yopish hamda quvurlarda zich tiqinlarni o‘rnatish yo‘li bilan ishonchli o‘chirish;
avvaldan shamollatish uchun, shuningdek butun ish davomida yuqori va quyi tuynuklarni ochish (zarur bo‘lganda majburiy shamollatishni amalga oshirish);
“Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” ogohlantirish yozuvini osib qo‘yish;
apparat yoki sig‘imning ichida havo muhitining tahlilini amalga oshirish, sinamalar yuqori zonada lyukdan kamida 1 m masofada va quyi zonada — tubidan ko‘pi bilan 0,2 m masofada olinadi;
zaruriy ashyolar va asboblarning mavjudligi va sozligi, portlashdan xavfli muhit hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan sig‘imlarda ishlash paytida ashyolar va asboblar zarba tufayli uchqun yuzaga kelishining oldini olishi lozim (asbobga mis qoplanishi lozim);
portlashdan xavfli muhiti bo‘lgan (spirt, konyak, texnik etil spirti qo‘shilgan vinolar va hokazolardan tozalangan) sig‘imlarda ishlash uchun portlashdan himoyalangan turdagi chirog‘i bo‘lgan 12 V kuchlanishli ko‘chma elektr chiroqlari (akkumulyatorli chiroqlar) yoxud boshqa joylarda ishlash uchun suv o‘tmaydigan turdagi chiroqlar mavjud bo‘lishi kerak. Ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi;
himoya muhofaza vositalarining mavjudligi va sozligi, sinov raqami va sanasi ko‘rsatilgan yorlig‘i bo‘lgan shlangli yoki kislorodli to‘liq ajratuvchi protivogaz, qutqarish arqoni bo‘lgan muhofaza belbog‘i. Muhofaza belbog‘i va arqonning pasporti bo‘lishi va u har 6 oyda 5 daqiqa davomida statik yuk bilan (300 kg) sinovdan o‘tishi kerak;
sig‘im yoki apparat ichida ishlashga ishlashning xavfsiz usullariga maxsus o‘rgatilgan ishchilarning qo‘yilishi, shuningdek ular bilan qo‘shimcha xavfsizlik texnikasi ko‘rsatmalari o‘tkazilib, bo‘lg‘usi ishning turi hamda uning xavfsizligini ta’minlaydigan chora-tadbirlar tahlil etiladi.
231. Ishchini sig‘im yoki apparatga tushirishdan avval uning poyabzalini maxsus toza poyabzalga almashtirish lozim. Sex yoki smena boshlig‘i shaxsan ishchida ko‘rsatilgan asboblar, himoya va muhofaza moslamalarining mavjudligini va sozligini tekshirishi va shundan keyin unga apparatga tushishga ruxsat berilishi lozim.
232. Ishchilarning yuqori va quyi tuynuklarga ega bo‘lgan apparatlar va sig‘imlarga kirishi quyi tuynuk orqali, quyi tuynuklari bo‘lmagan sig‘imlarga (amforalar va hokazo) tushish esa, yuqori tuynuk orqali tuynukka ilish uchun ilmoqlari bo‘lgan narvon orqali amalga oshiriladi.
233. Sig‘imlar ichidagi ishlarni bajarish uchun pastidan rezina uchliklari bo‘lgan ko‘chma (tirab qo‘yiladigan) narvonlardan foydalanish lozim.
234. Apparat yoki sig‘imning ichida shlangli protivogazda to‘xtovsiz ishlash ko‘pi bilan 15 daqiqaga ruxsat etiladi, undan keyin ishchiga ochiq havoga chiqqan holda 15 daqiqaga tanaffus berilishi kerak.
235. Shlangning bo‘sh uchi (havo olish uchi) toza havo kelishini ta’minlaydigan joyda mustahkamlanishi lozim.
236. Olib chiquvchi shlangning uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lganda unga purkagich yordamida havo kiritilishi kerak.
237. Apparat yoki sig‘im ichida ishlar tugaganidan keyin sex (smena) boshlig‘i quyidagilarni bajarishi lozim:
apparat yoki sig‘im ichida odamlar, shuningdek ashyolar va asboblarning yo‘qligini shaxsan tekshirish;
apparatlar yoki sig‘imlar ulangan quvur-simlardan yopqichlarning olinishi hamda tuynuklarning bekitilishi uchun yozma ruxsat berish.
3-§. Rolikli, tasmali, shnekli transportyorlarda ishlashda xavfsizlik talablari
238. Transportlanayotgan ashyolar transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi kerak.
239. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish taqiqlanadi.
240. Transportyorning ustida yurish, undan sakrab o‘tish, o‘tirish taqiqlanadi.
241. Transportyor harakatlanayotgan paytda chalg‘imaslik va boshqalarni chalg‘itmaslik kerak.
242. Transportyorlar mustahkam tunuka to‘siqqa ega bo‘lishi kerak. Uskuna va uning mexanizmlaridagi harakatchan qismlarning to‘siqlari nosoz yoki yechilgan bo‘lsa ishlash taqiqlanadi.
243. Faqat uskuna to‘liq to‘xtatilgandan so‘nggina asbob-uskunani ta’mirlash yoki tozalash uchun to‘siqni yechishga yoki uning harakatchan eshigini ochishga yo‘l qo‘yiladi.
244. Ish joyini ozoda tutish, uni tashilayotgan yuklar, chiqindilar bilan to‘ldirib yubormaslik kerak.
245. Boshqarish pultidagi barcha ishga tushiruvchi tugmalar soz holatda bo‘lishi kerak.
246. Qiya transportyorlar, konveyerlar va yuklarni siljitishning boshqa vositalari uzatmalari lenta, zanjir yoki boshqa tortuvchi organning teskari harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan uskuna (xrap, tormoz va hokazo) bilan ta’minlanishi kerak.
247. 0,8 m masofadan yuqorida joylashgan transportyorlar tashilayotgan mahsulotlarning oxirgi o‘lchamlarining kamida yarmigacha keladigan balandlikdagi bortlar bilan ta’minlanishi lozim.
248. Elektr uzatmalarning ishga tushirish uskunalari zanjirda kuchlanish tiklangandan so‘ng, elektr uzatmasining avtomatik tartibda ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan nolli blokirovka bilan ta’minlanishi lozim.
249. Avtomatik oqimli liniyalar sozlash va avtomatik tartiblarda ishlash uchun markaziy boshqaruv pultlariga ega bo‘lishlari lozim.
250. Oqimli avtomatik liniya tarkibiga kiruvchi har bir mashina bevosita mashinaning o‘zida joylashgan boshqaruvning individual vositalari bilan jihozlanishi kerak.
251. Uskunani ishga tushirish va to‘xtatish jihozlarida xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar ular bilan ish joyidan foydalanishlari qulay bo‘lgan tarzda joylashishi lozim. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalar, alohida apparatlar, mashinalar va mexanizmlarning ish joyidan 1,5 m dan ortiq masofada joylashganda, ish joyining bevosita o‘zida o‘chiradigan uskuna ko‘zda tutiladi.
252. 10 m dan uzun transportyorlar va konveyerlar ularga xizmat ko‘rsatishning istalgan joyidan elektr uzatmani to‘xtatish uchun uskunalar bilan, shuningdek ikki tomonlama signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim.
253. Uskuna ishlayotgan paytda tozalash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
254. Harakatlanuvchi uskunalarni tozalashni boshlashdan oldin “Yoqilmasin, odamlar ishlamoqda!” taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qo‘yish kerak.
4-§. Konveyerlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
255. Konveyerlarning tuzilishi, konveyerlar, galereya va qurilish konstruksiyalari orasidagi o‘tish joylarining kengligi amaldagi me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.
256. Konveyerlarning o‘tish joylari uskunalar ustida joylashgan taqdirda, ularning pastki qismi sochilib ketgan materiallarning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
257. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarning barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning trosslari va yuklarning elementlari himoya to‘siqlari bilan to‘silgan bo‘lishi lozim. Himoya to‘siqlarining konstruksiyasi uni yechib olmasdan turib, konveyer mexanizmlarini moylash va podshipniklarning qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi kerak.
258. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uzunasi bo‘ylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yig‘indisiga teng bo‘lgan masofada to‘silgan bo‘lishi kerak.
259. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi, baraban va tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim. Tasmaning yon tomonga chiqib ketishining oldini olish uchun konveyerlar tasmaning siljishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
260. Tasmali konveyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan yoki bo‘shatuvchi tarnovlari to‘lib tiqilib qolgan taqdirda, konveyerning uzatmasini to‘xtatib qo‘yuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
261. Ko‘chmas konveyerlar, ularning uzunligidan qat’i nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi bo‘ylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini to‘xtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
262. 6° dan ortiq qiyalikka ega bo‘lgan tasmali va plastinali konveyerlar, ular to‘xtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
263. Tasmali konveyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega bo‘lishi kerak.
264. Ko‘chib yuruvchi konveyerlar va ularni elektr manbai bilan ta’minlovchi kabellar foydalanishga qulay va o‘tish joylarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
265. Tasmali konveyerlar bilan quruq va changlanuvchan materiallar tashilayotgan paytda ularni ortish va tushirib olish joylari germetizatsiyalangan bo‘lishi va ish zonasi havosidagi changning miqdori ortmasligini ta’minlovchi boshqa choralar ko‘rilishi kerak.
266. Bir nechta ketma-ket o‘rnatilgan konveyerlar yoki texnologik liniyaning boshqa uskunalari bilan bog‘langan konveyerlar bir vaqtda ishlaydigan bo‘lsa, ularning elektr dvigatellari blokirovkalangan bo‘lishi kerak.
267. Metall parchalarini olib tashlash uchun konveyerda magnitli metall ajratgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
268. Tasmali konveyerlar ostidan to‘kilgan materialni yig‘ishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. Materiallarni qo‘lda yoki mexanizatsiya vositalarida yig‘ishtirib olishga faqat konveyer to‘xtatib qo‘yilgandagina ruxsat etiladi.
269. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 sekund davomida konveyerning butun uzunligi bo‘yicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berish vositasi bo‘lishi kerak.
270. Konveyerlarning ustidan o‘tish uchun galereyalarda qo‘zg‘almaydigan ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. O‘tish ko‘prikchalari yaxlit to‘shamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 metr bo‘lishi kerak.
271. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qo‘lda ta’mirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.
5-§. Bunkerlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
272. Unni qopsiz saqlash uskunalari (bunkerlar, filtrlar va quvuro‘tkazgichlar) yonmaydigan yoki qiyin yonadigan materiallardan tayyorlanishi lozim. Bunkerlarni tayyorlashda ularning konstruksiyasi va materialidan qat’i nazar, ichki yuzasi tekis, o‘tkir qirralarsiz, yoriqlarsiz va teshiklarsiz bo‘lishi kerak.
273. Bunkerdagi xom ashyodan namuna olish uchun elektr toki o‘tkazmaydigan materialdan tayyorlangan maxsus moslamani o‘rnatish nazarda tutilishi kerak. Bunkerni xom ashyoni to‘ldirishda yoki uni chiqarib olish vaqtida namuna olishga ruxsat etilmaydi.
274. Bunkerlarni belgilangan hajmdan ortiq to‘ldirib yuborishga ruxsat etilmaydi.
275. Vertikal texnologik sig‘imlar kamida ikkita lyukka ega bo‘lishi, ulardan biri yon devorining quyi qismida, ikkinchisi esa qarama-qarshi yon tomonning yuqori tubida joylashishi kerak.
276. Dumaloq shakldagi quyi lyukning diametri kamida 450 mm bo‘lishi kerak.
277. Qabul qiluvchi bunker va ta’minlovchi shnekning tuzilmasi unni bunkerdan to‘liq chiqarib tashlanishini ta’minlashi lozim.
278. Qopsiz saqlash qurilmalarini masofadan avtomatik rejimda boshqarishda quyidagilar ta’minlanishi kerak:
uskunalar va texnologik parametrlarning normal va avariya holatlari bo‘yicha yorug‘lik signalizatsiyasi;
avariya vaziyatlari to‘g‘risida tovushli signalizatsiya;
avtomatik ravishda yo‘nalishni ishga tushirishdan oldin ogohlantirish signalizatsiya ulangan bo‘lishi;
yo‘nalish bo‘yicha keyingi biror-bir uskuna nosoz holatda bo‘lganda, oldingi uskunaning “To‘xtatish” tugmasi mavjud bo‘lishi.
6-§. Xamir qorish mashinasiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
279. Uzluksiz va davriy ishlaydigan ko‘chmas qorish sig‘imli xamir qorish mashinalari yuqori qismidan qopqoqlar bilan berkitilishi va qorish moslamasi uzatmasi bilan blokrovka qilingan bo‘lishi kerak.
280. Xamir qorish mashinasining ishchi organlari, uzatish mexanizmining aylanish qismi blokirovkali to‘siqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
281. Xamir qorish mashinasiga o‘rnatilgan blokirovka yordamida xamir qorish kamerasi qopqog‘i ochilganda, to‘siqlar yechib olinganda elektr tarmoqdan uzilib, dvigatellari to‘xtashi lozim.
7-§. Deja ko‘targich va ag‘dargichga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
282. Deja ko‘targich va ag‘dargich deja ko‘tarish zonasi to‘siqlari va uni mustahkamlash mexanizmi bilan elektron tarzda blokirovka qilingan bo‘lishi kerak.
283. Blokirovka dejani ochiq to‘siqlar bilan va dejani mustahkamlamasdan ko‘tarishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
284. Barcha deja ko‘targich va ag‘dargich tashkilotning bosh muhandisi tomonidan ro‘yxatga olinishi va jurnalga kiritilishi lozim.
285. Deja ko‘targich va ag‘dargichda dejani yuqori va pastki maydonchalarda to‘xtatish uchun elektr uzgichlar hamda dejani pastka tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslama nazarda tutilishi kerak.
286. Deja ko‘targich va ag‘dargichni ortiqcha yuklanishdan saqlash uchun uning uzatmasi saqlagich elementi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
8-§. Xamir kesish mexanizmida ishlashda xavfsizlik talablari
287. Tayyor xamirni kesish mexanizmining pichoq ishlash zonalarida to‘siqlar bo‘lishi kerak. To‘siqlar pichoqlarning uzatma moslamalari bilan blokirovka qilingan bo‘lishi kerak.
288. Tayyor xamirni kesish mexanizmining pichoq ishlash zonalarida “Ehtiyot bo‘ling, pichoq!” degan plakat yozuv osib qo‘yilishi kerak.
289. Tayyor xamirni kesish mexanizmida ishlovchi xodimlar tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilgan bo‘lishi lozim.
9-§. Non pishirish pechlarida ishlashda xavfsizlik talablari
290. Non pishirish pechlari texnologik rejim va yoqilg‘ining yonish jarayonini nazorat qilish uchun nazorat o‘lchov asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
291. Non pishirish pechlari, unda gaz va suyuq yoqilg‘i bosimi belgilangan darajadan oshganda, alanga o‘chib qolganda, havo berish to‘xtab qolganda, elektr tarmog‘idan avariya holatida uzib qo‘yilganda gaz va suyuq yoqilg‘i berilishini avtomatik ravishda uzib qo‘yishni ta’minlaydigan xavfsizlik moslamasi bilan ta’minlanishi kerak.
292. Isitish kanali bo‘lgan pechlarda portlashdan saqlash klapanlari nazarda tutilishi kerak.
293. Portlashdan saqlash klapanlari o‘choq va gaz yo‘llarining yuqori qismida, gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatilishi lozim. Portlashdan saqlash klapanlarning soni va o‘rnatish joyi loyihada belgilanadi. Bunda bitta portlashdan saqlash klapanining yuzasi 0,05 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
294. Pechlarning tashqi devori yuzasining harorati 45 °C dan oshmasligi kerak.
295. Non pishirish pechlarining konstruksiyasi ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, pishirish kamerasini ta’mirlash va ko‘rish uchun qulay bo‘lishini ta’minlashi kerak.
296. Non pishirish pechlari texnologik rejimning parametrlarini (pishirish kamerasidagi harorat, namlashga beriladigan bug‘ning bosimi, pishirish vaqti) va yonish jarayonining parametrlari (gaz yoki suyuq) yoqilg‘i bosimi, gorelka oldidagi havo bosimi, alanganing mavjudligini nazorat qilish va o‘lchash uchun nazorat-o‘lchov asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
297. Elektr non pishirish pechlari normal rejim buzilishini ogohlantiruvchi blokirovka tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Elektr pechlarni boshqarish qutilarida qizdirish elementlariga kuchlanish berilganligini yoki uzib qo‘yilganligini ko‘rsatuvchi “Qizdirish ulangan!” degan signal chirog‘i bo‘lishi kerak. Elektr non pishirish pechlarining boshqarish qutilari hamma tomonlaridan to‘liq to‘silgan bo‘lishi kerak.
298. Non pishirish pechlarini ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash bo‘yicha ishlar non pishirish pechlarini davriy ta’mirlash me’yorini hisobga olib, bosh muhandis tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan reja-jadval asosida amalga oshirilishi kerak.
10-§. Uskunalarni joylashtirishda xavfsizlik talablari
299. Ishlab chiqarish uskunalari ularga erkin yaqinlashish imkoniyati ta’minlangan hamda tozalash uchun qiyin va noqulay joylar qoldirmagan holda o‘rnatilishi lozim.
300. Ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatishda quyidagi kenglikdagi yo‘laklar qoldirilishi nazarda tutilishi lozim:
xodimlar doimiy turadigan va boshqarish joyida xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan asosiy yo‘laklar — 2 m;
mashinalar, sig‘imli apparatlar, mahalliy o‘lchov vositalariga xizmat ko‘rsatish bo‘ylab asosiy yo‘laklar — 1,5 m;
aylanasiga xizmat ko‘rsatilishi zarur bo‘lsa, uskunalar orasidagi hamda ular bilan xona devorlari orasidagi yo‘laklarning kengligi — 1 m;
uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazish, davriy tekshirish hamda rostlashda foydalaniladigan yo‘laklarning kengligi — 0,8 m;
alohida turuvchi nasoslar orasidagi yo‘laklarning kengligi — 0,8 m.
301. Bosim ostida ishlovchi idishlar, issiqlik ishlatuvchi qurilmalar, kompressorlar, yuk ko‘taruvchi mashinalar va boshqa uskunalar xavfli yuklarni qurish va ulardan foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiq joylashtirilishi lozim.
302. Quvurlar GOST 14202-69 “Sanoat korxonalari quvurlari. Tanib olish bo‘yoq belgisi, ogohlantirish belgisi va tamg‘a bosish moslamasi” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
303. Yer ustidan o‘tkazilgan quvurlar xavfli egilishi va deformatsiyalanishining oldini olish maqsadida quvurlarning ilgaklari va gardishli biriktiruvchi qismlarining holati nazorat qilib turilishi, aniqlangan har qanday nosozliklar darhol bartaraf etilishi lozim.
304. Kapital ta’mirlashdan so‘ng, uskunalar va quvurlarning mexanik chidamliligi va germetikligi siqilgan havo bosimi yordamida sinovdan o‘tkazilishi lozim.
305. Foydalanilmayotgan uskunalar yoki quvurlarning klapanlarini ochiq qoldirish taqiqlanadi va ular ishlayotgan uskunalar yoki quvurlardan uzib qo‘yilishi lozim.
306. Muzlab qolgan quvurlarni ochiq olov yordamida eritish taqiqlanadi.
307. Quvurlarni joylashtirishda quvurlarning o‘zini, qulflash va rostlash klapanini, quvurlarga ulangan yoki bevosita yaqin yerda joylashgan uskunalarni montaj qilish, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini xavfsiz va qulay bajarish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
308. Doimiy ish joylari zarur mebel va jihozlar, xususan, stol-stullar, ish va avariya asboblari uchun shkaf, zarur miqdorda yakka tartibdagi himoya vositalari, tibbiyot qutichasi, ishlab chiqarish yo‘riqnomalari to‘plami hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan jihozlanishi kerak.
309. Texnologik uskunalarni ichki ko‘rikdan o‘tkazish va tozalash uchun mo‘ljallangan darchalar to‘silmagan bo‘lishi zarur.
310. Korroziyaga uchrashi mumkin bo‘lgan metall idishlar har 12 oyda ichki ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazilishi kerak.
311. Ta’mirlash, ichki ko‘rik va sinovdan o‘tkazishdan oldin portlash jihatidan xavfli va toksik moddali apparatlarni yuvish, havo yordamida tozalash uchun suv, bug‘ tarmoqlarini ulashga mo‘ljallangan shtutserlar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
312. Idish bilan saqlagich klapani o‘rtasida qulflash qurilmasi bo‘lmasligi lozim.
313. Zaharli, yonuvchan yoki portlash jihatidan xavfli moddalar bo‘lgan uskunalarga o‘rnatilgan saqlagich klapanlarini imkon qadar kam holatda ishga tushishini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi lozim.
314. Zaharli gazlar bo‘lgan uskunalarga o‘rnatilgan klapanlardan chiqadigan havodan og‘ir chiqindilar ularni ishlab chiqarishga qaytarish imkonini beruvchi maxsus yopiq tizimga yuborilishi lozim.
315. Saqlagich plastinasi (membranasi) saqlagich klapanidan oldin, ular o‘rtasida plastina sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma bo‘lgandagina o‘rnatilishi mumkin.
316. Barcha saqlagich plastinalarida (membranalarida) ishlab chiqaruvchi tashkilot tamg‘asi bo‘lishi va unda plastinani ochuvchi bosim ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
317. Korroziya belgilari, egilgan, qirilgan joylari va boshqa mexanik shikastlanishlari bo‘lgan saqlagich plastinalarini (membranalarini) o‘rnatish taqiqlanadi.
318. Portlovchi plastinalarni (membranalarni) o‘rnatishda zararli va portlash jihatidan xavfli gazlarning ajralishi, portlovchi plastinalar (membranalar) ishlab ketgan taqdirda, uchqun chiqishi hamda uning parchalari va qismlaridan jarohatlanish ehtimolini istisno etish choralari ko‘rilishi zarur.
319. Yorilib ketadigan plastinalar (membranalar) o‘rnatilganligi ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinishi va mas’ul shaxs imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
320. Uskunalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari, tasmali va tishli uzatmalari, elektr uskunalari kontakti va vallarning chiqib turuvchi uchlarida olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan g‘iloflar bo‘lishi lozim.
321. Uskunalarni ta’mirlash uchun to‘siqlarni yechish uskuna o‘chirilganidan va mexanizmlar to‘liq to‘xtaganidan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
322. Ta’mirlash, ko‘rikdan o‘tkazish va tozalash ishlari yakunlangan uskunalar himoya to‘siqlari joyiga o‘rnatilganidan va uning barcha qismlari mustahkamlanganidan so‘ng ishga tushirilishi kerak.
323. Barcha uskunalar ularni ish joyidan bevosita uskuna oldida turgan holda ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyati bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
324. Transportyorlar va konveyerlarda ularning butun uzunligi bo‘yicha istalgan joydan turib to‘xtatish qurilmalari nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
325. Katta o‘lchamli va og‘ir uskunalarni montaj qilish, ta’mirlash, tozalash, ularni alohida ehtiyotkorlik talab etiladigan joylarda ko‘tarish va siljitish faqat mexanizatsiya vositalari qo‘llangan holda mexanik yoki ishlarni olib boruvchining bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi.
326. Montaj qilinadigan uskunalarni ko‘tarish joyida o‘tish yo‘llari yopiq bo‘lishi kerak.
327. Portlashdan xavfli xonalarda montaj, demontaj va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish faqat davlat yong‘in nazorati mavjudligida hamda sex boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasiga asosan ruxsat etiladi, ushbu ko‘rsatma u yong‘in xavfsizligi boshlig‘i bilan kelishilgan, korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan bo‘lishi kerak.
328. Portlashdan va yong‘indan xavfli xonalarni montaj, demontaj va ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga tayyorlash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
texnologik jarayonni to‘xtatish;
apparatlar, yig‘uvchi moslamalar va boshqa sig‘imlarni portlashdan xavfli suyuqliklardan tozalash, yaxshilab yuvish va suv bilan to‘ldirib qoldirish;
xonani shamollatish;
ishlar o‘tkaziladigan xonada, shuningdek qo‘shni xonalarda havo tahlilini o‘tkazish.
329. Uskunalar montaj va (yoki) ta’mirlangandan keyin ishga tushirish uchun sinov-ishlab chiqarish reglamenti asosida sinovdan o‘tkazilishi kerak.
330. Uskunalarni ishda sinash va tekshirishdan oldin quyidagilarga amal qilinishi zarur:
sinashda ishtirok etuvchi xodimlarni ishlar o‘tkazilishining tartibi va xavfsizlik choralari bilan tanishtirish;
asosiy boltlarning mustahkamlanishi, uskunalar elektr qismining izolyatsiyasi hamda yerga tutashuvining holatini, atrofini o‘rovchi moslamalar, ishga tushirish, tormoz va bloklash moslamalarining, muhofaza va nazorat-o‘lchov asboblarining mavjudligi va sozligini tekshirish;
ushbu ishlarni bajarish uchun tayinlanmagan shaxslarni sinalayotgan uskuna oldiga yoki sinov joyiga qo‘ymaslik;
ish joyining yoritilganligini, yong‘inga qarshi choralarga rioya qilinishi va xavfsizlik texnikasi yo‘l-yo‘riqlarining mavjudligini tekshirish;
uskuna ichida yoki tagida odamlarning, keraksiz buyumlarning yo‘qligini tekshirish va undan keyin lyuklarni yopish;
quvurlar texnologik sig‘imlarining (jumladan, shisha sig‘imlari) mustahkamligi va germetikligini faqat gidravlik usulda tekshirish.
331. Ishlash jarayonida mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni tozalash, moylash va ta’mirlash qat’iy man etiladi.
332. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni ko‘rib chiqish, tozalash va ta’mirlashda ko‘rilayotgan yoki ta’mirlanayotgan mashina (mexanizm) elektr dvigateliga bexosdan kuchlanish berishining oldini olish choralari ko‘rilishi kerak.
5-bob. Ta’mirlash ishlarini bajarishdagi xavfsizlik talablari
1 §. Umumiy talablar
333. Tashkilotning ta’mirlash xizmati xodimlari uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlariga, ularning texnik pasportlariga va texnik yo‘riqnomalariga binoan ta’mirlash ishlarini olib borishlari lozim.
334. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
335. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim.
336. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
337. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
338. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik yozuvlari va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
339. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazilishi lozim.
340. Yechib olingan detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
341. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
342. Havoza va to‘shamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanilishi shart.
343. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim.
344. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
345. Barcha ta’mirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
346. Ta’mirlash tugagach keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi zarur. Barcha turdagi ta’mirlash ishlari tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot ta’mirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
347. Barcha zararli va portlovchi gazlar bo‘lgan hamda gazlar yig‘ilish ehtimoli bor xonalarda ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek ta’mirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
348. Ta’mirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bug‘lar ajralib chiquvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bug‘, gaz bor-yo‘qligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi.
349. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur o‘tkazgich va mufta qobig‘ida turish taqiqlanadi.
350. Barcha portlab yonish xavfi bo‘lgan binolarda tortish shamollatish tizimi o‘chirilganda, rejali va ogohlantirish ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
351. Asbob-uskunada (rezervuarda) ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlardan to‘sqich bilan to‘silgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda o‘tkir bug‘ bilan bug‘lantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak.
352. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa ta’mirlash ishlari ularni bajarish jarayonida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, xavfli vaziyat yuzaga keltirishi sharoitlari aniqlanganda to‘xtatilishi shart.
Ishga tushirish moslamalarida (magnit o‘chirgich tugmalari, rubilniklar va hokazolar) “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” degan yozuvlar osilishi kerak, bunda elektr ulanishi zanjiridan saqlagichlarning eruvchan qismlari olinishi kerak.
353. Non ishlab chiqarish tashkilotlarida uskunalar va texnik qurilmalarni ta’mirlashda bajariladigan alangali ishlar, elektr-gaz payvandlash, uchqunli metallarga ishlov berish ishlari:
umumalmashuv havo kelish-tortishli shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonalarda amalga oshirilishi, bunda keluvchi havo payvand qilinmagan joylarga berilishi kerak;
sig‘imlar, sisternalar, baklar, sig‘imlarda ishlaganda alangali ishlar yuritish joylarida mahalliy havo tortish shamollatish tizimi bilan jihozlanishi va ishlovchining bevosita nafas olish joyiga havo yetkazilishi kerak
6-bob. Ishlar xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
354. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
355. Mansabdor shaxslar va xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(355-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
7-bob. Yakuniy qoida
356. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qo‘rilish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2015-yil 10-aprel
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 10-aprel
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 10-aprel
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 10-aprel
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 10-aprel
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2015-yil 10-aprel
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
2015-yil 10-aprel
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
2015-yil 10-aprel
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 10-aprel
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 19-son, 239-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)