04.03.2015 yildagi KQ-2-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGAShINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2015-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2015-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-2-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 4-martdagi KQ-2-III-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2015-yilga moʻljallangan tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Ikkinchi chorak‎

‎‎“Nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylik, xolislik va oshkoralik — ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning muhim sharti” mavzusida davra suhbati (Fargʻona viloyatida).‎

‎

‎‎Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda parlament, deputatlik nazorati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari: qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyoti” mavzusidagi mintaqaviy seminarlar (Samarqand va Toshkent viloyatlarida).

‎ ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati jarayonida parlament palatalarining hamkorligi amaliyotini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati (Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasi bilan birgalikda, kelishuvga koʻra).

‎ ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini eʼzozlash — Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri” mavzusida seminar (Andijon viloyatida).

‎ ‎

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning xalqaro tajribasi va Oʻzbekiston Respublikasi vakillik hokimiyati organlarining bu sohadagi faoliyatini takomillashtirish masalalari” mavzusida seminar.

‎ ‎

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi‎

‎‎Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr) qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish masalalariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya (Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).

‎ ‎

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati (Oʻzbekiston Milliy matbuot markaz�da).

‎ ‎

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Oʻzbekistonda OIV-infeksiyasi tarqalishini oldini olish masalalarida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro aloqasi va hamkorligi” mavzusida davra suhbati (Samarqand viloyatida).

‎ ‎

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Qishloq xoʻjaligida shartnoma munosabatlarini rivojlantirish va olingan majburiyatlarning ijro etilishi uchun javobgarlik” mavzusida seminar-trening (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida).

‎ ‎

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi‎

‎

Uchinchi chorak‎

‎

‎‎“Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish — ishlab chiqarilayotgan mahsulot raqobatbardoshligini taʼminlashning eng muhim sharti” mavzusida davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida). ‎

‎ ‎

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Yoshlarni ota-onalarni hamda keksalarni eʼzozlash ruhida tarbiyalashda mahalla va oilaning oʻzaro hamkorligini takomillashtirish masalalari” mavzusida seminar (Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondida).

‎ ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Davlat organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalaridagi oʻzaro hamkorligi” mavzusida konferensiya (Navoiy viloyatida).

‎ ‎

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi‎

“Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni jalb qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).

‎ ‎

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Barkamol va sogʻlom avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiya hamda sportning ahamiyati” mavzusida seminar. ‎
‎ ‎

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Atrof-muhitni muhofaza qilish va Oʻzbekiston Respublikasi tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish masalalari” mavzusida davra suhbati.
‎ ‎

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi‎

‎

Toʻrtinchi chorak‎

‎

‎‎“Mintaqalarning eksport salohiyatini yanada diversifikatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash: amaliyot va muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (Buxoro viloyatida, Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).

‎ ‎

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — huquqiy islohotlar asosi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida).
‎ ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

‎“Vatanni himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining konstitutsiyaviy burchi” mavzusida seminar (Jizzax viloyatida).
‎ ‎

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Hozirgi davrda davlatimizning ichki va tashqi siyosatini, milliy manfaatlari himoyalanishini va xalqaro maydonda ilgari surilishini huquqiy jihatdan taʼminlanishining dolzarb masalalari” mavzusida konferensiya.

‎ ‎

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Yolgʻiz qariyalar, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari” mavzusida davra suhbati (nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda).
‎ ‎

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi‎

‎‎“Agrar sektordagi tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari: muammolar va ularni hal qilish yoʻllari” mavzusida konferensiya (Oʻzbekiston Fermyerlari kengashida, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).

‎ ‎

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: rejaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 3-son, 127-modda)