OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2265-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 25-avgustdagi 56, 28-son qarori (roʻyxat raqami 2265, 2011-yil 22-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-aprel,
27-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v. b. B. ZILYAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-aprel,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Qoidalar talablari lizing beruvchilarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari bundan mustasno.”.
2. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijoz — qonun hujjatlari talablariga muvofiq lizing shartnomasiga binoan lizing obyektini oʻz egaligiga va foydalanishiga oluvchi shaxs (lizingga oluvchi);”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.”.
3. 2-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“lizing beruvchi faoliyati sohasidagi tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“lizing beruvchi faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish.”.
5. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ichki nazorat tizimini tashkil etish va oʻrnatilgan tartibda monitoring va nazorat oʻtkazilishi davomida lizing beruvchi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.”.
6. 10-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni koʻrish;”;
ikkinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. 13-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“operatsiya amalga oshirish kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. Quyidagi mazmundagi 131 va 132 -bandlar bilan toʻldirilsin:
“131. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs boʻlganda lizing beruvchilar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim.
132. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olinishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari manbasi yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
lizing shartnomasini yoki avval tuzilgan lizing shartnomalarini tuzish sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
tuzilgan lizing shartnomalari tahlili orqali mijoz bilan ish munosabatlarining monitoringini amalga oshirish.”.
9. 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mijozni identifikatsiyalash quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
16. Mijozni yanada batafsilroq oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish lozim:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilmasi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga.”.
10. 18-banddagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni” degan soʻzlar “Mijozni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. Quyidagi mazmundagi III1 bob bilan toʻldirilsin:
“III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
191. Lizing beruvchi mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi oʻrinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda masʼul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va Departamentga taqdim etilishi lozim.
192. Lizing beruvchi avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
norezidentlar
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardagi manzilga toʻgʻri kelmaydigan mijozlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan mijozlar;
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
masʼul shaxsda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
193. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, lizing beruvchi zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Lizing beruvchi barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot lizing beruvchining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
194. Lizing beruvchi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi kerak. Bu maqsadlarda lizing beruvchi:
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlashi va baholashi lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Lizing beruvchi bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi lozim.”.
12. 20-bandda:
oʻn yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
13. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya ham Departamentga xabar qilinishi kerak.”.
14. 26-bandning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “jismoniy yoki yuridik shaxsni” va “jismoniy va yuridik shaxsning” degan soʻzlar tegishlicha “mijozni” va “mijozning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. V bob quyidagi mazmundagi 281 va 282-bandlar bilan toʻldirilsin:
“281. Masʼul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq yozishmalar, shu jumladan, Departamentga yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va h.k.) dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
282. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul shaxs tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 187-modda)