OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYOSATINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2665]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-mart,
214/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/8-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish
QOIDALARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosophy) hamda fan doktori (Doctor of Sciences) dissertatsiyasi (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2665-2, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2665-2/0310-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Dissertatsiyani rasmiylashtirishda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
matn tahririy jihatdan ravon, xatosiz va uni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga muvofiq hamda mantiqiy bogʻliqlikda boʻlishi;
dissertatsiyaning tarkibiy qismlari bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlik va aloqadorlikda hamda tushunarli ravishda mantiqiy izchillikda yoritilishi;
har bir bobda ishning mazmun-mohiyati tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda tizimli ravishda ochib berilishi;
har bir bobning oxirida tadqiq qilingan muammolar boʻyicha xulosa va takliflar berilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
bayon qilingan xulosa dissertatsiya tadqiqotining mantiqiy hosilasi sifatida ishonchli manbalar asosida aniq va qisqa ifodalanishi, chuqur fikr-mulohazalar, yetarli ilmiy dalillar asosida isbotlangan boʻlishi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Dissertatsiyani avtoreferatida tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ishning ilmiy yangiligi, amaliy va ilmiy natijalarining amaliyotga joriy etilganligi hamda ishning mohiyati ochib berilganligi, shuningdek xulosalari bayon etilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Dissertatsiyani rasmiylashtirish
(2-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Dissertatsiyaga qoʻyiladigan talablar
(birinchi paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga koʻra oʻzbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Dissertatsiyaning titul varagʻi mazkur Qoidalarning 1 va 1a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
5. Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻlishi lozim:
mundarija;
Oldingi tahrirga qarang.
kirish (dissertatsiya annotatsiyasi);
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati;
shartli belgilar va atamalar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
ilovalar (mavjud boʻlsa).
6. Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va paragraflarning nomlanishi hamda ularning beti koʻrsatiladi.
7. Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati toʻgʻrisida qisqa, lekin yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy maʼlumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, aniq va ravon boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak:
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati;
tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi;
dissertatsiya mavzusi boʻyicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi uchun);
muammoning oʻrganilganlik darajasi;
Oldingi tahrirga qarang.
dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2665-2, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2665-2/0310-son)
tadqiqotning maqsadi;
tadqiqotning vazifalari;
tadqiqotning obyekti;
tadqiqotning predmeti;
tadqiqotning usullari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqotning amaliy natijalari;
tadqiqot natijalarining ishonchliligi;
tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;
tadqiqot natijalarining joriy qilinishi;
tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi;
tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi;
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
9. Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida toʻrtta bobdan iborat boʻlishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
11. Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti boʻyicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy jihatdan puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda rasmiylashtiriladi.
12. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati dissertatsiya matnida havola qilingan barcha ilmiy va boshqa nashrlar roʻyxatidan iborat boʻlishi kerak.
13. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati quyidagi uch qismdan iborat boʻladi:
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar;
monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy toʻplamlar;
foydalanilgan boshqa adabiyotlar.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni roʻyxatga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Dissertatsiyada foydalangan materiallar manbai, uning muallifi va nomi toʻliq koʻrsatilishi lozim. Dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan hammualliflarning gʻoya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, ular dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida qayd etilishi shart.
15. Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar roʻyxati qismida dissertatsiya matnida nisbatan koʻp uchraydigan maxsus belgilar va qisqartma soʻzlarga izoh berilishi kerak.
16. Dissertatsiyaning ilovalari dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta jildga jamlangan yoki alohida jild shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilovalarga dissertatsiya matnini toʻldiradigan va tasvirlaydigan yordamchi materiallar kiritilishi mumkin.
Ilovalarning ketma-ketligi dissertatsiya matnida ularga havola qilish tartibiga mos kelishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Dissertatsiya matnining rasmiylashtirilishiga qoʻyiladigan talablar
(ikkinchi paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, shartli belgilar va atamalar roʻyxati hamda ilovalar koʻrsatilgan hajmga kiritilmaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Dissertatsiya matni A4 formatdagi standart qogʻoz varagʻining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oraligʻida (“polutorniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda boʻlishi lozim.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 oʻlchamli shriftda “Misrosoft Word” matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
19. Betlar titul varagʻidan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki oʻng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varagʻiga 1 raqami qoʻyilmaydi.
20. Dissertatsiyaning mundarijasi, kirish qismi, har bir bobi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.
21. Dissertatsiya tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari (“Mundarija”, “Kirish”, “Xulosa”, “Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati” va boshqalar) bosh harflarda yoziladi.
22. Boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
Boblar va paragraflar sarlavhalarining yuqori va pastki qismidan 12 oʻlchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Dissertatsiya matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola satr osti eslatmalarda keltiriladi yoki uning foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tartib raqami va shu adabiyotga iqtibos material joylashgan bet qavs ichida, dissertatsiya matnining oʻzida alohida koʻrsatiladi (masalan: [1; 25 — 26-b.]).
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
24. Surat, fotosurat, grafik, chizma, diagramma va shu kabilar “rasm” soʻzi bilan ifodalanib, ular varaqda koʻrish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak.
25. Rasmlar ular joylashgan boblar tartib raqami koʻrsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, rasmning pastida oʻrta qismida raqamlanadi (masalan: “1.1-rasm.”), ilovalarda keltirilgan rasmlar bundan mustasno.
Har bir rasm nomlanishi kerak. Rasmning nomi uning ostiga yoziladi.
Zarur hollarda rasmga izoh berilishi mumkin va u ham rasmning ostiga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Raqamli materiallar jadval koʻrinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Jadvallar ular joylashgan boblar tartib raqami koʻrsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, jadvalning tepa oʻng burchak qismida raqamlanadi (masalan: “1.1-jadval.”).
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Har bir jadval nomlanishi kerak. Jadvalning nomi uning ustiga yoziladi.
27. Dissertatsiya matnida beriladigan formulalar (tenglamalar) “Misrosoft Word” matn redaktorining “Formula” funksiyasi yordamida aniq yozilgan boʻlishi shart. Katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar formulada aniq berilishi kerak.
Formula uchun belgilarning oʻlchami quyidagicha ifodalanishi tavsiya etiladi:
katta harflar va raqamlar 5-6 mm;
kichik harflar 3 mm dan kam boʻlmagan;
daraja koʻrsatkichlari va indekslari 2 mm dan kam boʻlmagan hajmda.
Formula va tegishli material “LaTeX” formatida berilishi mumkin.
Belgilarning maʼnolari bevosita formula ostida ularning formuladagi ketma-ketligi boʻyicha beriladi. Har bir belgining maʼnosi yangi qatordan berilishi lozim. Berilgan maʼnolarning birinchi qatori “bunda” degan soʻz bilan ikki nuqtasiz boshlanadi.
Formulalar matndan alohida boʻsh qatorlar bilan ajratib yoziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlaridan 12 oʻlchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak.
Agar tenglama bitta qatorga sigʻmasa, sigʻmagan qism tenglik belgisi “=” yoki qoʻshish “+”, ayirish “–”, koʻpaytirish “x” va boʻlish “:” belgilaridan keyin koʻchirilishi kerak.
Har bir formula u joylashgan bob tartib raqami koʻrsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, formulaning oʻng tomonida qavs ichida raqamlanadi (masalan: “(1.1)”).
28. Dissertatsiya matnida koʻrsatilgan rasm, jadval yoki formulaga havola qilinganda, qavs ichida tegishli rasm, jadval yoki formulaning raqami (belgisi) keltirilib, “qarang” degan soʻz qoʻllaniladi (masalan: (“1.3-jadvalga qarang”).
29. Dissertatsiya matnida beriladigan izohlar izchil ketma-ketlikda raqamlanadi (masalan: “Izoh 1.:”).
30. Dissertatsiya matnida koʻrsatilgan shaxslarning F.I.O. hamda tashkilot va mahsulotlarning nomlari va boshqa atoqli otlar oʻzgartirilib yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
31. Dissertatsiyaning ilovalari alohida betlarda rasmiylashtirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi va “ilova” degan soʻz bilan ifodalanadi (masalan: “1-ilova”). Ilova tegishli sarlavhaga ega boʻladi.
Ilovalar dissertatsiyadan alohida jildda rasmiylashtirilganda, jildning titul varagʻida dissertatsiya mavzusining nomi va uning ostida bosh harflar bilan “Ilovalar” degan soʻz yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish
(3-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1-§. Dissertatsiya avtoreferatiga qoʻyiladigan talablar
(birinchi paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Dissertatsiya avtoreferati risola koʻrinishida tayyorlanib, uning muqovasi mazkur Qoidalarning 2 va 2a-ilovalariga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda asosiy muqovasi oq-yaltiroq qogʻozda va ichki muqovalari (oʻzbek, rus va ingliz tillarida alohida) oq qogʻozda rasmiylashtiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
33. Dissertatsiya avtoreferati asosiy muqovasining orqa tomonida dissertatsiya avtoreferatining mundarijasi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ichki muqovalarning orqa tomoni mazkur Qoidalarning 3 va 3a-ilovalariga muvofiq shaklda, tegishlicha rus va ingliz tillariga tarjima qilingan holda rasmiylashtiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
35. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻlishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
kirish (dissertatsiya annotatsiyasi);
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
dissertatsiyaning asosiy mazmuni;
xulosa;
eʼlon qilingan ishlar roʻyxati.
36. Dissertatsiya avtoreferatining kirish qismi dissertatsiyaning kirish qismi bilan aynan bir xil boʻlishi lozim.
37. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni qismida dissertatsiyaning mohiyati qisqacha bayon qilinib, tadqiqot maqsadiga erishilganligi va vazifalarining bajarilganligi koʻrsatib berilishi kerak.
38. Xulosa qismida dissertatsiya tadqiqoti boʻyicha xulosalar, taklif va tavsiyalar hamda amaliyotga joriy etilishi mumkin boʻlgan natijalar keltiriladi.
39. Eʼlon qilingan ishlar roʻyxatida dissertatsiya mavzusi boʻyicha chop etilgan ilmiy ishlar roʻyxati koʻrsatiladi. Ular quyidagi xronologik tartibda keltirilib izchil ketma-ketlikda raqamlanadi:
monografiya;
patent;
ilmiy maqola;
ilmiy toʻplamlar va boshqa nashr ishlari.
40. Nashr qilingan ilmiy ishlar roʻyxati quyidagi ikki boʻlimdan iborat boʻlishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi boʻlimda — tegishli ilmiy nashrlarda chiqarilgan ilmiy ishlar va olingan patentlar koʻrsatiladi;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 2665-2, 09.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2665-2/0310-son)
ikkinchi boʻlimda — boshqa ilmiy nashrlar.
41. Zarur hollarda, avtoreferatda muhim boʻlgan rasm, jadval hamda formulalar va shu kabilar koʻrsatilishi mumkin. Ular butun avtoreferat boʻyicha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-§. Dissertatsiya avtoreferati matnining rasmiylashtirilishiga qoʻyiladigan talablar
(ikkinchi paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati oʻzbek va rus yoki ingliz tillarida 2 bosma taboq, har bir tilda 1 bosma taboq hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi.
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati oʻzbek va rus yoki ingliz tillarida 3 bosma taboq (har bir tilda 1,5 bosma taboq) hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (rus yoki ingliz) qisqacha mazmuni ham beriladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi texnik talablarga muvofiq tayyorlanadi va risola shaklida chop etiladi:
matn A4 formatdagi standart qogʻoz varagʻining bir tomonida joylashtiriladi;
matn 1 qator oraligʻida (“odinarniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1 sm ga teng va bir xilda boʻladi;
risolaning oʻlchami 21 x 14,5 sm boʻladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
44. Betlar asosiy muqovadan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki oʻng burchagida “5” raqamidan boshlab yoziladi. Asosiy muqova va uning orqa tomoni hamda ichki muqovalar va ularning orqa tomonlariga tegishli betning raqami qoʻyilmaydi.
45. Dissertatsiya avtoreferati tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari (“Mundarija”, “Kirish (Doktorlik dissertatsiyasi annotatsiyasi)”, “Dissertatsiyaning asosiy mazmuni”, “Xulosa”, “Eʼlon qilingan ishlar roʻyxati”) bosh harflarda yoziladi. Ularning tagidan 12 oʻlchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak.
46. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b B. AXMEDOV
2015-yil 16-mart
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHABOV
2015-yil 16-mart
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 16-mart
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 17-mart
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
2015-yil 17-mart
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2015-yil 17-mart
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2015-yil 18-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
2015-yil 18-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijro apparati rahbari O. PARPIYEV
2015-yil 18-mart
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi titul varagʻining
SHAKLI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi titul varagʻining
SHAKLI
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining
SHAKLI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
2a-ILOVA
2a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining
SHAKLI
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining
SHAKLI
Izoh: mazkur Shakl “Times New Roman” matn redaktorining 11 oʻlchamli shriftda rasmiylashtiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga
3a-ILOVA
3a-ILOVA
Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining
SHAKLI
Izoh: mazkur Shakl “Times New Roman” matn redaktorining 11 oʻlchamli shriftda rasmiylashtiriladi.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (roʻyxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 185-modda; 2017-y. 25-son, 573-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2665-2/0310-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)