24.07.2012 yildagi PF-4456-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2017
 LexUZ sharhi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy davlat dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida ta’lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalaridan iborat, yuqori talablarga javob beruvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimi yaratildi.