15.02.2000 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SOG‘LOM AVLOD” DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘lom avlodni tarbiyalashga, yuksak umuminsoniy qadriyatlari asoslangan hayotiy o‘rniga ega bo‘lgan ma’naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasida 2000-yilning “Sog‘lom avlod yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘lom oilani shakllantirish va oilada yuksak ma’naviy-axloqiy muhitni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, jamiyat va oila tomonidan sog‘lom farzand tug‘ilishiga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning salomatligini mustahkamlash, ta’lim olishi va har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik” uylarida, maktab-internatlarda va ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanayotgan bolalarga davlat tomonidan yordamni kuchaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy tafakkurda yetuk, har tomonlama kamol topgan va sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas’uliyat psixologiyasini shakllantirishga, sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi masalalari bo‘yicha aholiga yalpi bilim berish tizimini yaratishga yo‘naltirilgan “Sog‘lom avlod” davlat dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Sog‘lom avlod” davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni, ularning ahamiyati va ko‘lamlarini, sarf-xarajatlar hajmlarini va ijtimoiy oqibatlarini hisobga olgan holda, amalga oshirish 2000-yilda va keyingi yillarda tegishli resurslar bilan ta’minlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi topshiriqlarining unda belgilangan muddatlarga muvofiq so‘zsiz bajarilishi uchun o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish vazirliklar, idoralar, hududiy hokimiyat va boshqaruv organlari har bir rahbarining muhim insoniy burchi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyul 358-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — 2004-y., 30-son, 344-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasida jamlanayotgan moliyaviy mablag‘larning miqdorlari va manbalarini tanqidiy baholab chiqsinlar va bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armani “Sog‘lom avlod” davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydigan miqdorlarda zarur moliyaviy manbalar bilan tubdan mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlarda Jamg‘arma filiallarini tashkil etish, ularning tegishli moddiy-moliyaviy bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armani va uning hududiy filiallarini, birinchi navbatda, budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda tasdiqlashga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va kompaniyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari yilning har choragida o‘z majlislarida, manfaatdor organlar va tuzilmalarni jalb etgan holda, “Sog‘lom avlod” davlat dasturining bajarilishini ko‘rib borsinlar. Yilning har choragi yakunlari bo‘yicha yil choragidan keyingi oyning 5-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga hisobot davrida Davlat dasturi topshiriqlarining amalga oshirilishi yakunlari to‘g‘risida tahliliy axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari qabul qilingan “Sog‘lom avlod” davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning roli va ahamiyati keng tushuntirib berilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy televideniyeda va viloyatlar televideniyelarida hamda Toshkent shahar televideniyasida “Sog‘lom avlod — bu bizning kelajagimiz” maxsus muntazam ko‘rsatuvini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Uni tayyorlashga yuqori malakali mutaxassislar, shifokorlar, psixologlar, ota-onalar, tarbiyachilar, yozuvchilar, jurnalistlar, sog‘lom avlod muhofazasiga daxldor barcha kishilar jalb etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 24-son, 200-modda, 2004-y., 30-son, 344-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)