Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 02.04.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2662
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 2-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2662]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 11-iyundagi 264-sonli ““Geologiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2662-1, 27.06.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geologiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 5-sentabrdagi 59 va 10-son “Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2278, 2011-yil 18-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 42-son, 457-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 26-fevraldagi 18, 91-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari (keyingi o‘rinlarda GQI deb yuritiladi) dasturini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb yuritiladi) moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GQI dasturi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan bir yilga mo‘ljallangan GQI dasturi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi — Davlat budjeti parametrlari doirasida GQIni amalga oshirish uchun subsidiya ko‘rinishida budjetdan ajratiladigan mablag‘larni oluvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandiga muvofiq GQIning amaldagi ish hajmi va foydali qazilmalar zaxiralarini o‘stirish prognozi(topshirig‘i)ni bajarish natijalariga qarab kelgusi yilning 1-fevraligacha to‘lanadigan bir yilga mo‘ljallangan GQIga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar umumiy summasining 10 foizi miqdordagi pul mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan faqat GQI dasturiga kiritilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ravishda moliyalashtirilishi belgilangan GQI hajmlari hamda ularga tegishli bo‘lgan xarajatlar moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ko‘rinishidagi budjet mablag‘lari soliq solinadigan daromad sifatida qaralmaydigan GQIni bajarish uchun maqsadli tushumlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan GQIning quyidagi turlari va ularga tegishli bo‘lgan xarajatlar moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) regional miqyosdagi geologik, geofizik, geokimyoviy, gidrogeologik, geoekologik va boshqa xaritalash ishlari, oltin va uran bo‘yicha maxsuslashtirilgan oldindan izlash ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qimmatbaho, rangli, radioaktiv, qora, noyob va nodir metallar, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalari bo‘yicha izlash va baholash ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) foydali qazilma konlarini razvedka qilish (yangidan aniqlangan konlarda mukammal razvedka qilish ishlari), ma’lumotlarni tahlil qilish, mavzuga yo‘naltirilgan ishlar va tajriba-uslubiy ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) geologiya-qidiruv texnikasini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba-konstruktorlik ishlari, maxsus belgilangan ishlar, yer qa’rini muhofaza qilish va mineral xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yer osti suvlarining kamayishi va ifloslanishidan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ilmiy-tadqiqot hamda me’yoriy-tadqiqot ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) geologiya tarmog‘i xodimlarini va talabalarni geologiya sohasi uchun o‘qitish, tarmoq konferensiya va seminarlarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) vaqtinchalik binolar va inshootlarni qurish hamda dala bazalarida qulayliklar yaratish va asosiy vositalarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) konlarni ochganlik uchun pul mukofoti to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va tabiiy gazga oid GQIga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tog‘-ma’dan tashkilotlarini loyihalashtirish va qurish, shuningdek kapital tog‘ inshootlarini o‘tish va burg‘ulash quduqlarining tog‘-geologik, gidrogeologik va tog‘-texnik sharoitlarini qo‘shimcha ravishda o‘rganish bilan bog‘liq GQIga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan konchilik ishlari uchun ajratilgan yer maydonlari doirasida ishlatilayotgan konlarda, shuningdek ushbu konlar chekkalarida bajarilayotgan GQIga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarning joylashish chegaralarini va ularning moddiy tarkibini, shuningdek tayyorlov va qazish ishlari yo‘nalishini aniqlash maqsadida bajarilayotgan foydali qazilma konlaridagi ishlatilayotgan bloklar va karyerlar doirasida geologik tadqiqotlarning barcha turlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. GQI dasturlarini moliyalashtirish parametrlarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har yili GQIni bajarish uchun ish turlari va obyektlar bo‘yicha Davlat budjetidan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlari GQI dasturlari doirasida tegishli budjet mablag‘lari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga, shuningdek foydali qazilma zaxiralarini (prognoz resurslarini) o‘stirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning fizik hajmlariga bog‘liq GQIlar dasturida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. GQI dasturi tasdiqlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilarning e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan hamda GQI dasturini bajarishga mo‘ljallangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. GQI uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar hamda xarajatlar moddalari kesimida taqsimlash Davlat budjetining xarajatlar tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan GQI dasturlarini amalga oshirish uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlari to‘g‘risida ma’lumot olganlaridan so‘ng 5 ish kuni mobaynida joriy yilga mo‘ljallangan GQI dasturida nazarda tutilgan ajratiladigan mablag‘lar umumiy summasidan 90 foiz va o‘tgan yilda bajarilgan GQIlar summasidan 10 foiz bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlar nazarda tutadigan, bir yilga mo‘ljallangan jamlanma xarajatlar smetalarini tuzadilar va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadilar. Shu muddatlar ichida oylar bo‘yicha bo‘lingan alohida smetalar taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga tasdiqlangan GQI dasturlari doirasida budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, o‘qitish va konlarni ochganlik uchun pul mukofotlarini to‘lash, xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq hajmda smetalarga kiritiladi va kalendar yil davomida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi smetalar bilan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga amalda bajarilgan ish hajmlari monitoringini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, GQI dasturi doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning fizik hajmlarini oylar bo‘yicha bo‘lib chiqqan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. GQI dasturini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. GQI dasturini va ularga oid xarajatlarni moliyalashtirish, tuzilgan shartnomalar, yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish uchun so‘rovnoma va yuridik majburiyatlarning qabul qilinishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida Davlat budjetining g‘azna ijrosi qoidalariga (ro‘yxat raqami 2007, 2009-yil 16-sentabr) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar tasarrufidagi va boshqa tashkilotlar bilan, shuningdek o‘zaro GQIning ma’lum hajmlarini pudrat asosida bajarishga shartnomalar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linmalari tomonidan ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish ichki xo‘jalik shartnomalari asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishlarni bajarilganligini (xizmat ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi shartnomalar va ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq bajarilgan GQIni qabul qilish dalolatnomalari (rasshifrovkasiz) budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan to‘lovlarni to‘lash uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarga ko‘ra to‘lovlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining banklardagi hisob raqamlariga, keyinchalik ulardan GQI dasturida belgilangan maqsadlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun o‘tkaziladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar ularni tasdiqlangan smetalarga muvofiq umumiy summasining 90 foizi miqdorida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun g‘aznachilik bo‘linmalariga tegishli moliya yili uchun shartnomalarni taqdim etadilar. Bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlar keyingi yilning 1-fevraliga qadar to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablag‘ oluvchilar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan GQIni bajarishga oid shartnomada hamda unga ilova qilingan moliyalashtirish jadvalida quyidagilar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GQIning birinchi oyi davomida joriy yilga shartnomada belgilangan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi avans to‘lovi;
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan avansni proporsional ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan GQI dalolatnomasiga muvofiq har oyda to‘lanadigan haq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. GQIni bajarish uchun budjet mablag‘larini oluvchi hisobot choragidan keyingi 10 kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga GQI topshirig‘ining bajarilishi to‘g‘risidagi o‘tgan chorak uchun (oylar bo‘yicha) pul va fizik ko‘rinishdagi ma’lumotlarni Moliya vazirligi bilan kelishilgan jadval shaklida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar GQIga oid shartnomalarni tuzishda fors-major holatlarning vujudga kelish imkonini hamda ushbu holatlar bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga mablag‘lar o‘tkazish tartibini aks ettirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fors-major holatlar sababli (tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqalar) GQI to‘xtatib qo‘yilgan hollarda GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar tuzilgan shartnomalarga muvofiq GQI dasturlarida nazarda tutilgan summalar doirasida quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar o‘tkazib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar va mol-mulkni boshqa joyga ko‘chirish, GQI olib borilgan obyektlarda yuzaga kelgan holatlarning odamlarga va atrof-muhitga salbiy ta’sirini cheklash yoki bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida GQIni bajarish uchun asosiy vositalarning ishlash qobiliyatini tiklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi ko‘rsatib o‘tilgan ishlar yakuniga yetgandan keyin ikki haftalik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda bajarilgan ishlar va ular bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq bayon qilingan hisobotni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Foydali qazilmalar zaxiralarini o‘stirishga oid amalga oshirilgan prognozlar (topshiriq) hamda GQIning haqiqiy ish hajmlari natijalari bo‘yicha GQIning yakuniy hisob-kitoblarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar har yili 10-dekabrgacha bo‘lgan muddatdan kechikmay foydali qazilmalar zaxiralarini o‘stirishga oid (prognoz resurslar) hamda GQI ish hajmlariga oid yillik rejalashtirilgan ishlarning yakuni bo‘yicha tahliliy ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar tahliliy ma’lumotda bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlar summasining dastlabki hisob-kitoblarini ko‘rsatib o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlar foydali qazilma zaxiralarini o‘stirish prognozi (topshiriq) hamda GQIning amaldagi ish hajmlari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni ajratish mezonlari bo‘lib, GQI dasturida nazarda tutilgan miqdoriy va diskret (ha/yo‘q) ko‘rsatkichlarga erishish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘rganilganlik darajasi, asoslanganligi va ishonchliligiga ko‘ra foydali qazilmalar zaxiralari A, V, S1, S2 toifalariga, prognoz resurslari — R1 va R2 toifalariga bo‘linadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GQI dasturida alohida satrda ko‘rsatilgan foydali qazilma uchun har bir ish turi yo‘nalishi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning tegishli summasiga muvofiq maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilganlik baholanadi. Agar foydali qazilmalarga oid ish yo‘nalishi yakuniy natijasida foydali qazilmalarning zaxiralarini (A, B, S1, S2 toifalar bo‘yicha) yoki prognoz resurslarini (R1, R2 toifalari bo‘yicha) o‘stirish nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday holda ushbu ko‘rsatkichlarning bajarilishi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq, foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha zaxiralarni yoki prognoz resurslarning o‘sishi bajarilmagan hollarda, u bo‘yicha bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. GQI dasturlari doirasida foydali qazilmalar zaxiralarini va prognoz resurslarini o‘stirishni yakuniy natijada nazarda tutmaydigan GQIlarning ayrim turlari uchun bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lov miqdori, fizik hajmlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fizik hajmlarning bajarilishini baholash har bir asosiy ish turi (burg‘ulash, yer osti va ustki konchilik ishlari) bo‘yicha amalga oshiriladi. Asosiy ish turi bo‘yicha biron-bir fizik hajmlar bajarilmagan hollarda, u bo‘yicha bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ini oluvchi tomonidan GQI dasturining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishganlik to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlovchi hujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi, idoraning ilmiy-texnik kengashi, idoraning doimiy ishlaydigan komissiyasining bayonnomalari va tegishli aprobatsiyalar) bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 10-yanvaridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlarning to‘lanishi lozim bo‘lgan summasining aniq hisob-kitoblari hisobot davridan keyingi yilning 15-yanvaridan kechiktirmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 20-yanvargacha bo‘lgan muddatda hisobotni ko‘rib chiqadi va GQI dasturining tasdiqlangan parametrlari GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan bajarilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Asosli e’tirozlari mavjud bo‘lgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchidan hisobotga zarur aniqlik va qo‘shimchalar kiritilishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilari bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlarning to‘lanishi lozim bo‘lgan summasining hisob-kitobiga o‘zgartirishlar kiritadilar va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga hisobot taqdim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hisobot bo‘yicha hech qanday kamchiliklar bo‘lmagan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lov summasini tasdiqlagan holda GQI dasturi parametrlarining bajarilishi yakunlari to‘g‘risidagi o‘zaro bayonnomani imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bayonnoma GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan o‘zining quyi tashkilotlariga GQI dasturi parametrlarini bajarganligi uchun bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bajarilgan GQI dasturlari natijalari bo‘yicha to‘lovlar hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga belgilangan tartibda topshirilgan shartnomalar va so‘rovnomalar asosida (to‘lov hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchining GQI dasturi parametrlarining bajarilishi yakunlari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonnomasi nusxasini ilova qilgan holda) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. GQI uchun asbob-uskunalar va avtotransport vositalar sotib olishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. GQI uchun asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini sotib olishga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlar smetasida alohida satrda belgilanadi. GQI uchun asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini sotib olishni moliyalashtirish bir yilga ajratilgan mablag‘larning umumiy summasi doirasida, GQI dasturida nazarda tutilgan ishlarning fizik hajmlarining bajarilishiga bog‘lanmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Budjet mablag‘lari hisobidan asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini sotib olish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar GQI dasturida nazarda tutilgan ro‘yxat doirasida va miqdorlarida GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi g‘aznachilik bo‘linmasiga xarid qilinayotgan asbob-uskuna va avtotransport vositalari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan ilova nusxasini taqdim etadi. Zarur hollarda moliya yili davomida GQI dasturida nazarda tutilgan sotib olinadigan asbob-uskunalar va avtotransport vositalari ro‘yxatiga ajratilgan mablag‘ning umumiy summasi doirasida GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchining so‘rovnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. GQI dasturida muayyan asbob-uskunalar va avtotransport vositalarini import bo‘yicha sotib olish nazarda tutilgan hollarda, ularni GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi o‘zining valyuta mablag‘lari hisobiga sotib olib, keyinchalik ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobidan uning qiymati ekvivalentini milliy valyutada qoplashiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchi o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar va avtotransport vositalari uchun haqiqatda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Import bo‘yicha sotib olingan asbob-uskunalar va avtotransport vositalari qiymatini qoplash GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan (to‘lov hujjatlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xulosasini ilova qilgan holda) talabnomalarni taqdim etish orqali belgilangan tartibda g‘aznachilik bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Nazorat va javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar buxgalteriya hisobini yuritishi hamda moliyaviy hisobotlar va GQI bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etib borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. GQI dasturini moliyalashtirishdagi budjet mablag‘larining maqsadli tarzda ishlatilishini nazorat qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. GQI dasturini moliyalashtirish uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larning samarali va maqsadli ishlatilishi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etiladigan hujjatlar, axborot va hisobotlarning ishonchliligi yuzasidan javobgarlik GQIni bajarish uchun budjetdan mablag‘ oluvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi v. b. I. TO‘RAMUROTOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 10-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi Bosh direktori Q. SANAQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori A. FARMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 18-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLAYMAN” Lavozimi :_____(F.I.O.)______ Tashkilot nomi ______________
“BAJARUVCHI” Lavozimi :_____(F.I.O.)______ Tashkilot nomi ______________
(imzo)
(imzo)
“____” ____________ 20__ yil
“____” ____________ 20__ yil
20__yil “___”__________ uchun 20__yil “___”__________dagi ___-sonli shartnomaga muvofiq bajarilgan geologiya-qidiruv ishlarini (rasshifrovkasiz) qabul qilish 20__yil “___”__________dagi ___-sonli DALOLATNOMA
“Bajarilgan ishlar belgilangan geologik topshiriqqa mos”
Bajarilgan ishlarni qabul qildi:
Bajarilgan ishlarni topshirdi:
Lavozimi:_____(F.I.O.)______ Tashkilot nomi ________________
Lavozimi:_____(F.I.O.)______ Tashkilot nomi _______________
(imzo)
(imzo)
“____” ____________ 20__ yil
“____” ____________ 20__ yil
BUYURTMACHI REKVIZITLARI
BAJARUVCHI REKVIZITLARI
___________________ ___________________
___________________ ___________________
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 13-son, 166-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)