21.07.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Quvayt Davlati Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida doʻstlik aloqalarini kuchaytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi yoʻlida turizm sohasidagi aloqalarning muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro manfaatdorlik asosida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini ragʻbatlantiradilar hamda shu maqsadda Tomonlar ikkala davlat hududida oʻzaro yutuqlarini va istiqboldagi imkoniyatlarini namoyish etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hujjatlar, nashriyot materiallari, filmlar va turistik maʼlumotlar bilan almashadilar hamda nashriyot xodimlari va jurnalistlarning oʻzaro ikki davlatga tashriflarini qoʻllab -quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki davlat oʻrtasida turistlar almashinuvining muhim ekanligini anglagan holda oʻz mamlakatlari hududlarida oʻtkaziladigan turistik yarmarka va koʻrgazmalarda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hunarmandchilik va boshqa ishlab chiqarish sohalari, tarixiy obidalardan unumli foydalanish va investitsiyalar jalb qilish, hamda ikkala mamlakatda ushbu sohalarga oid milliy qonunchiligi toʻgʻrisida axborot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ekologik turizmni rivojlantirish sohasida oʻzaro tajriba almashadilar hamda atrof-muhit muhofazasi, madaniy va ijtimoiy sohalarda maʼlumot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xususiy sektorni quyidagilar orqali qoʻllab- quvvatlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkala mamlakat oʻrtasida turizm sohasiga oid qoʻshma loyihalarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikki mamlakatga sayohatlar uyushtirish maqsadida turistik muassasa/kompaniyalarni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ikki mamlakatda yangi sayyohlik va avia yoʻnalishlarning ochilishini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ikkala mamlakatning turizm sohasida faoliyat olib borayotgan hukumat organlari, jamiyatlar va kompaniyalar oʻrtasida hamkorlikning rivojlanishini qoʻllab- quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turizm sohasida investitsiya, reja va tahlillari toʻgʻrisida maʼlumot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki davlat milliy turizm maʼmuriyatlari oʻrtasida BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlari doirasida hamkorlikni muvofiqlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turizm va mehmonxona ishini yuritish sohasida tajriba hamda ikki mamlakatda mavjud turizm institutlari va maxsus markazlarda oʻqitish hamda malaka oshirish uslublari yuzasidan maʼlumot almashadilar. Shuningdek, ikki mamlakatda oʻtkaziladigan turizm sohasiga oid anjumanlar, jumladan, mehmonxona xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirishga oid tadbirlarda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini va turizm sohasidagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat ekspertlari tarkibidan iborat boʻlgan Texnik qoʻmitani tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita yigʻilishlari 10-moddaga binoan navbatma-navbat bilan har ikki davlatda bir yilda bir marta oʻtkaziladi, shuningdek, zarur hollarda Tomonlarning roziligi bilan navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlardan birining boshqa Tomonni ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga koʻra, ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin va mazkur oʻzgartish hamda qoʻshimchalar ushbu moddaning 1-xatboshida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim besh yil muddatga tuziladi va uning amal qilish muddati agar Tomonlardan biri uning amal qilish muddatini toʻxtatish niyati haqida Bitimning navbatdagi amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy ilgari yozma ravishda xabardor qilmasa, ushbu Bitim keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2008-yil 21-iyulda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)