Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. 2008-yil 21-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida hamkorlik boʻyicha Qoʻshma qoʻmita tuzish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida neft va gaz sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Anglashuv memorandumi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida atrof muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish uchun tabiiy resurslarni saqlab qolish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Anglashuv memorandumi tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-noyabr,
PQ-996-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 452-modda)