OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
Qarori
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2093-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi, 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 14-mart,
6/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 14-martdagi 6/6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 13-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy boshqarmasiga quyida keltirilgan zarur boʻlgan hujjatlarni bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi:”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya daʼvogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.”.
2. 21-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi;”.
3. 38-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“filial kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 145-modda)