O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 7-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 14-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2014-yil 14-noyabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda) 11-moddasining beshinchi qismidagi “ikki oy muddatda” degan so‘zlar “bir oy muddatda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
3-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 36-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 38-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini belgilaydigan va uning fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan beriladigan hujjatdir”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya to‘g‘risida”gi 1004-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-modda:
beshinchi xatboshisidagi “fizik” degan so‘z chiqarib tashlansin;
o‘ninchi xatboshisi “kalibrlash laboratoriyasi” degan so‘zlardan keyin “(markazi)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” — metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining belgilangan akkreditatsiya qilish sohasida o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;
“yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditatsiya qilish” — yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining, kalibrlash laboratoriyalarining (markazlarining) belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi”;
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
“sinov vositasi” — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo‘lgan texnik qurilma, modda va (yoki) material”;
2) 4-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“metrologiya masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda qabul qilish”;
3) II bo‘limning nomidagi “FIZIK” degan so‘z chiqarib tashlansin;
4) 5-moddaning nomidagi, birinchi va uchinchi qismlaridagi “Fizik”, “fizik” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
5) 6-moddaning nomidagi va birinchi qismidagi “Fizik” degan so‘z chiqarib tashlansin;
6) 7-moddaning:
nomi “va sinov vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi “o‘lchov vositalari” degan so‘zlardan keyin “va sinov vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Texnika vositalarini o‘lchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi”;
7) 13-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sinov vositalari”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 15-modda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish”;
beshinchi xatboshisi “o‘lchov vositalarini” degan so‘zlardan keyin “sinov vositalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin:
oltinchi xatboshisi “o‘lchovlarning” degan so‘zdan keyin “sinovlarning” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “fizik” degan so‘z chiqarib tashlansin;
10) 16-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiya qilish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi”;
11) 17-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi”;
12) 171-modda:
ikkinchi qismidagi “yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga” degan so‘zlar “yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga, akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini kalibrlash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi”;
13) 181-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“181-modda. Yuridik shaxslarni metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini o‘tkazish, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, sinash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazishni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyatining inspeksiya nazorati belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi”;
14) 20-moddaning:
oltinchi xatboshisidagi “normativ hujjatlarni” degan so‘zlar “normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshisidagi “fizik” degan so‘z chiqarib tashlansin;
15) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, o‘lchovlar bajarilishining uslubiyotlarini attestatsiya qilish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchovlar va sinovlar bajarilishining sifatini baholashga doir metrologiya ishlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan boshqa turlari uchun haq tuziladigan shartnomalar shartlariga muvofiq manfaatdor shaxslar tomonidan to‘lanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi O‘RQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) 144-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, –
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etish, –
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 43-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 2411-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ya’ni tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat xizmati ko‘rsatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini va muddatlarini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash, davlat xizmati ko‘rsatishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni ko‘rsatishdan bo‘yin tovlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotlarni, shuningdek o‘zga hujjatlarni talab qilib olish yoxud nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda qonunga xilof ravishda aralashish, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 2412-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 40-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga” degan so‘zlar “banklarga” degan so‘z bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “dehqon va fermer xo‘jaliklari” degan so‘zlardan keyin “nodavlat notijorat tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 763-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 4, 106-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 22-moddaning to‘rtinchi qismidagi “notarial tartibda tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 23-moddaning matnidagi “ikki oylik muddat” degan so‘zlar “bir oylik muddat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismi 3-bandining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ikki yuz kishi;
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan to‘ldirilsin:
“181-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun noqulay bo‘lgan qonun hujjatlaridagi o‘zgartishlardan kafolatlar
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonun hujjatlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qonun hujjatlarida ularning (yoki ular qismlarining) kuchga kirish muddati ko‘rsatilishi kerak”;
3) 30-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan, ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon axborot tarmog‘i orqali e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik faoliyati subyektlariga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-877-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 11-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2023-y., 03/23/877/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi O‘RQ-1162-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2026-y., 03/26/1162/0821-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
23-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 6-moddasi 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-dekabr,
O‘RQ-381-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 588-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 10.11.2023-y., 03/23/877/0841-son; 06.08.2026-y., 03/26/1162/0821-son)