Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2023 29.03.2002 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2023
Hujjat 29.03.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZGALAR PARVARIShIGA MUHTOJ YoLGʻIZ KEKSALAR, PENSIONERLAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATIShNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturining 3.9-bandini bajarish hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ijtimoiy taʼminot boʻlimlari orqali, mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarni, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish yoʻli bilan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatishga jalb etish topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatishga ijtimoiy taʼminot boʻlimlari orqali jalb etiladigan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash (shu jumladan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar) bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi ishsiz fuqarolarni yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatishga jalb etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, unda bir nafar xodim hisobiga xizmat koʻrsatish normativlarini belgilash, jalb etiladigan ishsiz fuqarolarni ularning muayyan kontingentga xizmat koʻrsatishga yaroqliligi va xohishini hisobga olgan holda komission yoʻl bilan tanlash, ushbu ishlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash tartibi, shuningdek ijtimoiy xizmat koʻrsatishning toʻliqligi va sifatini samarali nazorat qilish mexanizmi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 40-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolarga ijtimoiy yordam koʻrsatishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyuldagi 288-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 29-martdagi 106-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qaroriga kiritiladigan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V qism quyidagi 26-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat boʻlimlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-band 27-band deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining namunaviy roʻyxati”dagi (Nizomga 2-ilova) “Ish mazmuni”ning 4-bandi “va oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish ishlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.