Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OZON QATLAMINI HIMOYA QILISh SOHASIDAGI ShARTNOMALAR BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO MAJBURIYATLARINI BAJARISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-sonli “Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 11-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ozon qatlamini himoya qilish toʻgʻrisidagi 1985-yilgi Vena konvensiyasiga (keyingi oʻrinlarda Vena konvensiyasi deb ataladi) va Ozon qatlamini buzuvchi moddalar boʻyicha 1987-yilgi Monreal protokoliga (keyingi oʻrinlarda Monreal protokoli deb ataladi) binoan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash hamda ozonni buzuvchi moddalarni chiqarib tashlashni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda Milliy dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 1-son ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Milliy dasturda nazarda tutilgan loyihalar boʻyicha xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash asosan Global ekologik jamgʻarma grantlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisiga Milliy dasturda nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirishga oid hujjatlarni imzolash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Milliy dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-son ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
5. 2000-yil 1-yanvardan boshlab:
ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni Vena konvensiyasi va Monreal protokoli Tomonlari hisoblanmagan 3-ilovaga* muvofiq mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, shuningdek, ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlarga olib chiqish;
* 3-son ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Vena konvensiyasi va Monreal protokoli Tomonlari hisoblangan mamlakatlardan 4-ilovaga* muvofiq ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
* 4-son ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlar olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi:
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda korxonalar va tashkilotlarning ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatishga qaratilgan harakatlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ozonni buzuvchi moddalarga boʻlgan ehtiyoji va ulardan foydalanishi toʻgʻrisidagi idoraviy statistika hisobotini 2000-yil 1-yanvardan boshlab joriy etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ozonni buzuvchi moddalarning oʻrnini bosuvchi moddalardan foydalanishga oʻtish sohasida, ayniqsa mahalliy resurslardan foydalangan holda, istiqbolli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi ommaviy axborot vositalarida Milliy dastur maqsad va vazifalari tushuntirilishini taʼminlasinlar, ozonni buzuvchi moddalarni siqib chiqarish va ularni ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirish ishlarining borishini yoritsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq toʻldirilsin.
* 5-son ilova rus tilidagi matnda berilgan.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 24-yanvar,
20-son