13.11.1992 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo munosabatlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida 1992-yil 30-mayda imzolangan Shartnoma qoidalariga amal qilib, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 1992-yil 15-maydagi koʻp tomonlama Bitimni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy qirgʻin qurollari va raketa vositalarini yaratish, ularni yetkazib berish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan xomashyo, materiallar, asbob-uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarni eksport qilishni nazorat etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish toʻgʻrisida 1992-yil 26-iyundagi koʻp tomonlama Bitimni hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni tenglik va oʻzaro foydalilik asosida rivojlantirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir Ahdlashuvchi Tomonning mustaqil tashqi iqtisodiy siyosat oʻtkazish hamda tegishli xalqaro majburiyatlarni bajarishni va eʼlon qilingan maqsadlarni roʻyobga chiqarishni taʼminlashdan iborat suveren huquqidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, xizmatlar, mablagʻlar va ishchi kuchining yagona bozorini barpo etishga yordamlashish niyatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi savdo munosabatlari erkin savdo tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining boj olish hududidan chiquvchi va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning boj olish hududi uchun moʻljallanuvchi bir xil harakatga ega boʻlgan tovarlarning eksporti yoki importiga boj toʻlovlarini, soliqlar va yigʻimlarni joriy qilmaydilar, shuningdek, mazkur Bitim doirasidagi tovarlarni eksport va yoki import qilishga miqdoriy cheklashlarni yoki ekvivalent choralarni qoʻllamaydilar. Savdo tartibini qoʻllash xususiyatlari tovarlarning kelishilgan nomlari boʻyicha, mazkur Bitimning tarkibiy qismi boʻlgan har yilgi ikki tomonlama hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning tarkibiy qismi boʻluvchi alohida hujjatda tovarlarning kelib chiqishini aniqlashning batafsil qoidalarini ishlab chiqishga kelishdilar, unga quyidagilar asos qilib olinadi, yaʼni tovarlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻlaligicha Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida ishlab chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchinchi mamlakatda chiqarilgan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlardan foydalanib, Ahdlashuvchi Tomonning hududida ishlov berishga jalb etiladi va shu munosabat bilan toʻrtta dastlabki belgilaridan kelib chiqqan holda tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashgan tizimi tasnifi boʻyicha mansubligini oʻzgartiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “b” bandda koʻrsatilgan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlardan foydalangan holda ishlab chiqariladi, bunda ularning umumiy qiymati sotiladigan tovarlar eksport narxining qayd qilingan ulushidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Bitimning kuchi amal qiladigan tovarlarni import yoki eksport qilishga nisbatan shunday vaziyatda aynan shunday ichki ishlab chiqarilgan tovarlarga yoki uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga qoʻllanilmaydigan qandaydir maxsus cheklashlarni yoki talablarni joriy qilmaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning biriga tegishli boʻlgan tovarlarni omborlarga joylash, yuklash-tushirish, saqlash, tashish, shuningdek, toʻlovlar va toʻlovlarni koʻchirishga nisbatan shunday vaziyatlarda oʻz tovarlariga yoki uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan boshqacha qoidalarni qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitim doirasida tovarlarni eksport yoki import qilishga miqdoriy cheklashlarni yoki shularga teng choralarni qoʻllashdan tiyilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar miqdoriy cheklashlarni qoʻllash munosabati bilan paydo boʻluvchi barcha masalalarni maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri tovarlarni qayta eksport qilishga yoʻl qoʻymaydilar, eksport qilinadigan ushbu tovarlar ishlab chiqariluvchi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tarifli yoki notarifli tartibga solish choralarini qoʻllaydi. Tomonlar qayta eksport qilinadigan tovarlar roʻyxatini belgilaydilar, shuningdek, tarif bilan va notarif boshqarish choralari qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxatlarini ayirboshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tovarlarni uchinchi mamlakatlarga qayta eksport qilish faqat mazkur tovarlarni ishlab chiqaruvchi mamlakat hisoblanuvchi davlat vakolatli organining yozma roziligi bilan va u belgilaydigan shartlarda amalga oshirilishi mumkin. Mazkur qoida bajarilmagan holda manfaatlariga ziyon yetgan Ahdlashuvchi Tomon bir tomonlama tartibda ruxsat berilmagan qayta eksportga yoʻl qoʻygan davlat hududiga tovarlarni olib ketishni tartibga solish choralarini joriy qilishga haqlidir. Bunda bunday qayta eksportdan tushgan barcha valyuta tushumi tegishli tovarlar chiqarilgan mamlakatga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning maqsadlari uchun qayta eksport deganda ishlab chiqarilgan tovarni Ahdlashuvchi Tomonlardan birining boj olish hududidan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning uchinchi mamlakatga eksport qilish maqsadida oʻz boj olish hududidan olib chiqib ketishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar muntazam asosda boj masalalari, shu jumladan, boj statistikasi yuzasidan toʻla hajmda axborot almashib turadilar. Ahdlashuvchi Tomonlarning tegishli vakolatli organlari bunday axborotni almashlash tartibini kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar uchinchi mamlakatlar bilan savdo-sotiqda qoʻllaniladigan boj toʻlovlari stavkalari darajalarini yaqinlashtirish choralarini koʻradilar va shu maqsadda muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlarida amalda boʻlgan boj tariflari toʻgʻrisidagi tariflardan barcha istisnolar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar insofsizlik bilan qilingan, jumladan, quyidagilarda namoyon boʻluvchi amaliy ishni mazkur Bitim maqsadlariga mos emas deb hisoblaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, ularning birlashmalari oʻrtasida Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida raqobatga xalaqit berish yoki cheklashni yoxud uning uchun shart-sharoitni barbod etishni maqsad qilib qoʻygan shartnomalar tuzishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki bir necha korxonaning oʻz ustunlik mavqeyidan foydalanib, Ahdlashuvchi Tomonlar hududining barcha yoki katta qismida raqobatni cheklab qoʻyadigan xatti-harakatlarni qilishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni tarifli yoki notarifli tartibga solib borish choralarini amalga oshirishda statistik axborotni almashish, boj aʼmollarini bajarish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashgan tizimiga hamda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining birgalikdagi, tarif-statistika nomlanishiga asoslangan yagona toʻqqiz belgili Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovarlar nomenklaturasidan (TIF TN) foydalanishga kelishib oldilar. Bunda oʻz davlatlarining ehtiyojlari uchun Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat boʻlganda Tovarlar nomenklaturasini toʻqqiz belgidan tashqarida rivojlantirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar nomenklaturasining etalon nusxasini yuritishni Rossiya Federatsiyasi tegishli xalqaro tashkilotlardagi mavjud vakolatxonalari orqali, Oʻzbekiston Respublikasi bunday nusxani mustaqil yuritish haqida bildirmagan vaqt mobaynida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar tranzit erkinligi qoidasiga rioya qilish mazkur Bitim maqsadlariga erishishning muhim sharti ekanligiga hamda ularning xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi tizimiga qoʻshilishi jarayonining asosiy elementi hisoblanishiga rozidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning yoki uchinchi mamlakatning boj olish hududida ishlab chiqarilgan hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning yoki istalgan uchinchi tomonning boj olish hududi uchun moʻljallangan tovarlarni oʻz hududi orqali toʻsiqsiz olib oʻtishni taʼminlaydi, eksportchilarga, importchilarga yoki tashuvchilarga tranzitni taʼminlash uchun barcha mavjud boʻlgan va zarur vositalar va xizmatlarni oʻz eksportchilariga, importchilariga yoki tashuvchilariga yoxud istalgan uchinchi mamlakatning eksportchilariga, importchilariga yoki tashuvchilariga aynan shu vositalar va xizmatlarni beradiganidan yomon boʻlmagan shartlarda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transportning istalgan turidagi tariflar, shu jumladan, tushirish-yuklash ishlari uchun tariflar iqtisodiy asoslangan boʻladi hamda tovarlarni omborlarga joylash, yuklash-tushirish, saqlash va tashish xizmatlari haqini istalgan uchinchi davlatning valyutasida toʻlash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishilgan eksportni nazorat qilish siyosatini oʻtkazish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar Davlatlararo muvofiqlashtirish kengashi tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ilgari tuzilgan bitimlar qoidalarini keyingi qoidalar birinchilariga qanchalik nomosligi yoki ular bilan aynanligi darajasiga qarab oʻzgartiriladi. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz vakolatli organlariga mazkur masala boʻyicha tegishli protokol tayyorlashni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning ilgari uchinchi mamlakatlar bilan tuzgan boshqa bitimlari harakatiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimdagi hech bir narsa Ahdlashuvchi Tomonlarning uchinchi davlatlar bilan, shuningdek, ularning birlashmalari va xalqaro tashkilotlar bilan boʻlgan mazkur Bitimning maqsadlari va shartlariga zid kelmaydigan munosabatlarini amalga oshirishga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllanishga doir bahslar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar shunga kelishdilarki, Oʻzbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasida oʻz Savdo vakolatxonasini taʼsis etadi, Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasida oʻz Savdo vakolatxonasini taʼsis etadi. Ushbu Savdo vakolatxonalarining huquqiy maqomi, ularning vazifalari, qayerga joylashishi va tashkil etish tartibi qoʻshimcha kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istalgan davlat, mazkur Bitimga, qoʻshiladigan davlat bilan Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishib olinadigan shartlarda, qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar 1992-yilning oxirigacha imzolash majburiyatini oladigan erkin savdo rejimidan chiqarish toʻgʻrisidagi Protokol ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning buning uchun zarur boʻlgan davlat ichidagi aʼmollarni bajarganliklari toʻgʻrisidagi xabarnomalarni almashishgan paytidan kuchga kiradi hamda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga uning amal qilishini toʻxtatish maqsadi haqida yozma xabarnoma yuborgan paytdan boshlab oʻn ikki oy oʻtgunga qadar oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-noyabrda Moskva shahrida har biri oʻzbek va rus tillarida boʻlgan ikkita asl nusxada tuzildi, bunda har ikki matn bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)