11.01.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Polsha Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsad va qatʼiyatlariga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengashning Yakunlovchi aktida, yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengashning boshqa hujjatlaridagi qatʼiyatlarga sodiqliklarini taʼkidlagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengashning aʼzolari boʻlgan davlatlar hududida adolatli va mustahkam tartib oʻrnatish zarurligiga ishongan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning manfaatlari umumiyligini va bu hududda tinchlik, xavfsizlik, totuvlik va hamkorlik uchun birgalikda masʼul ekanliklarini his qilgan xolda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun ikki tomonlama asosda boʻlganidek xalqaro tashkilotlar va muassasalar doirasida ham oʻzaro harakatlar irodasini bayon etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaxshi qoʻshnichilik qatʼiyati Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengash aʼzolari boʻlgan barcha davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solib turishi kerakligiga ishonchni ifodalab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala xalqni birlashtiruvchi anʼanaviy doʻstlikka murojaat qilib, oʻzbek-polyak munosabatlarining eng yaxshi qadriyatlarini qaytadan barpo qilish va har tomonlama rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doʻstona yashash uchun asoslar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Polsha Respublikasi oʻrtasidagi yaqin hamkorlikni rivojlantirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlaydilar, shuningdek, oʻrtalarida mavjud boʻlgan tushunish va ishonchni chuqurlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida suverenitet va tenglik, chegaraning buzilmasligi hududiy yaxlitlik, ichki ishlarga aralashmaslik va xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilash qatʼiyatlariga asoslanib ish koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro tashkilot va idoralar doirasida ikki tomonlama hamkorliklarni, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengash aʼzolari boʻlgan davlatlar hamkorligini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar inson huquqlari va fuqarolarning asosiy erkinliklarini hurmatlash va ularga amal qilish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomiga muvofiq munozaralarni faqat tinch yoʻl bilan hal qilish majburiyatini oladilar va oʻzaro munosabatlarida kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan qoʻrqitishdan oʻzlarini tutib turishliklarini taʼkidlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz qurolli kuchlari faoliyatining xalqaro huquqqa, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomiga, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengashning Yakunlovchi aktiga, yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasiga va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengashning boshqa hujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengashning tegishli hujjatlari qoidalariga muvofiq Yevropada va Markaziy Osiyoda xavfsizlikni saqlash va mustahkamlashga oʻzaro harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar ishonch va xavfsizlikni mustahkamlashning kelishilgan umumyevropa chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etadilar. Zarur boʻlgan hollarda Tomonlar shu turdagi qoʻshimcha choralarni muvofiqlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar yadro qurollarini qisqartirish jarayonini quvvatlaydilar hamda kimyoviy va biologik qurollarni taqiqlash haqidagi konvensiyalar qoidalariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar yalpi qirish qurollarini tarqatmaslik, ayniqsa Yevropada va Markaziy Osiyoda, rejimini mustahkamlash uchun oʻzaro harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar Yevropada oddiy qurolli kuchlar toʻgʻrisidagi Shartnomaning hayotga tatbiq etilishi Yevropada va Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi deb hisoblaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida soʻz yuritilgan xomashyo, jihoz va texnologiyadan qurol ishlab chiqarishda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat oʻrnatishni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar xavfsizlik va qurolsizlanish sohasidagi boshqa masalalar boʻyicha alohida bitimlar asosida oʻz munosabatlarini oʻrnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fikri boʻyicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikka xavf soladigan vaziyat yuzaga kelganda, bunday vaziyat ikkala Ahdlashuvchi Tomonga ham taalluqli boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlar darhol Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomiga muvofiq bu vaziyatni hal qilishga imkon beradigan choralarni topish maqsadida tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar uchinchi davlat yoki uchinchi davlatlar Ahdlashuvchi Tomonlardan biriga qurolli hujum qilsa, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bunday davlatga yoki davlatlarga qurolli nizo mobaynida hech qanday yordam koʻrsatmaslik va qoʻllab-quvvatlamaslik majburiyatini oladi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengashining hujjatlariga asosan bu nizoni bartaraf qilishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar davlat idoralari bilan aloqalarni rivojlantiradilar, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat va Hukumat boshliqlarining uchrashuvi Ahdlashuvchi Tomonlar buni maqsadga muvofiq deb topgan hollarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi ishlar vazirlari ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar manfaatdorligining obyekti boʻlgan masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro foydali iqtisodiy, shu jumladan bozor qatʼiyatlariga asoslangan savdo sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradilar va bunday hamkorlik uchun sarmoya qoʻyishni, texnologiyani, patent na mualliflik huquqini himoyalashni hisobga olgan holda bunday hamkorlik uchun qulay sharoitlarni yaratadilar, shuningdek, kapital mablagʻ, ishchi kuchi, tovar va xizmatlarni chegaradan oʻtkazishni tartibga solish boʻyicha tegishli huquqiy chora-tadbirlar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar davlat va xususiy korxonalar hamda boshqa iqtisodiy subyektlarning hamkorligini rivojlantirishga yordam beradilar. Jumladan, ular sarmoya va kapital mablagʻ sohasida oʻzbek va polyak korxonalari kooperatsiyasini rivojlantirishga yordam beradilar, buni qoʻllab-quvvatlash uchun barcha zarur choralarni koʻradilar. Kichik va oʻrta korxonalar hamkorligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar tajriba almashadilar hamda bir-birlariga uqish sohasida, bozor iqtisodini qurish va takomillashtirish jarayonida boshqa yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar zamonaviy fan va texnika imkoniyatlarini hisobga olib, teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida ikkala davlat oʻrtasida tinchlik maqsadlarini koʻzlab fan va texnika hamkorligini rivojlantiradilar va buning uchun qulay sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar mintaqalar, shaharlar va boshqa maʼmuriy-hududiy birliklar oʻrtasidagi sherikchilik hamkorligiga katta ahamiyat beradilar. Ahdlashuvchi Tomonlar bu hamkorlikka yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar mintaqaviy hamkorlikda 1980-yil 21-mayda imzolangan hududiy birlashmalar va hokimiyatlar oʻrtasida transchegaraviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Yevropa umumiy konvensiyasiga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro va tranzit naqliyot aloqa yoʻllari va ular bilan bogʻliq boʻlgan naqliyotning hamma sohalaridagi infrastrukturasini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha hamkorlik olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar telekommunikatsiya aloqasini, xususan telefon, teleks aloqasini va maʼlumotlarni elektr orqali oʻtkazishni zamonaviylashtirish va takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar Yevropada va Markaziy Osiyoda boʻlgani kabi dunyoning boshqa qismlarida ham naqliyot va aloqa sohasidagi hamkorlikka bu sohadagi xalqaro standartlarga va mezonlarga javob beradigan alohida bitimlar tuzish yoʻli bilan yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar mustahkam ekologik xavfsizlikni taʼminlashga yordam berish maqsadida atrof muhitni himoya qilish va tabiiy boyliklardan toʻgʻri foydalanish sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama negizda oʻzaro harakat qiladilar. Ular atrof-muhitning, shu jumladan, suv va havo, yer va oʻrmonning ahvolini yaxshilash, shuningdek oʻsimlik va hayvonot olamini himoya qilish uchun sharoitlar yaratadilar, kengaytiradilar va unga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar atrof muhitni himoya qilish boʻyicha muvofiqlashtirilgan strategiyani yaratishda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar YUNESKO konvensiyalari, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengash hujjatlarida va boshqa xalqaro shartnomalarda belgilangan umum-jahon standartlarini qoʻllab, madaniyat, fan va maorif sohasidagi hamkorlikning har tomonlama rivojlanishini quvvatlaydilar va ikkala xalq madaniy boyliklarini oʻzaro asrash majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tarixi va anʼanalari bilan bogʻliq tarixiy joylar va madaniy boyliklarni asrashga alohida eʼtibor beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtalarida mavjud boʻlgan kelishuv va dasturlar asosida hamma darajadagi madaniy almashuvni faollashtiradilar va kengaytiradilar. Xususan, ular badiiy uyushmalar oʻrtasidagi, shuningdek, madaniy muassasa va tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni hamda oʻzbek va polyak ijodiy xodimlari va artistlari oʻrtasidagi bevosita aloqalarni quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar turli xildagi maktablar, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalar oʻrtasida, xususan oʻquvchilar, talabalar va stajyerlar bilan almashish yoʻli bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrta va oʻrta hunar maktablarini tugatganlik haqidagi guvohnomalarini, shuningdek, oliy oʻquv yurtlari, unvonlar va ilmiy darajalar diplomlarini, taʼlim olish muddatlarini oʻzaro tan olish haqida Bitim imzolashga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar hamma qiziqqan shaxslarga boshqa mamlakatning tili va madaniyatini oʻrganish uchun imkoniyat yaratib berishga tayyor ekanliklarini tasdiqlaydilar va bu sohadagi davlat va xususiy tashabbuslarni va muassasalarni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa mamlakat adabiyotining koʻproq tarqalishini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa davlat tilini oliy oʻquv yurtlarida va boshqa maʼrifiy oʻquv muassasalarida oʻrgatish imkoniyatlarini kengaytirishni yoqlab chiqadilar. Ular ikkala mamlakat tili, tarixi va madaniyatini oʻrganishga qaratilgan harakatlarni kuchaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻqituvchilar bilan almashish, taʼlim xodimlari malakasini oshirishni tayyorlash, shuningdek, ilmiy qoʻllanmalar yaratish ishini rivojlantirish va yetkazib berishga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Tomonning matbuoti, kitoblari va audio-vizual ashyolarining tarqalishi uchun sharoitlar yaratib beradilar. Ahdlashuvchi Tomonlar, shuningdek, radio, televideniye va matbuot agentliklari sohasida oʻzaro harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikkala mamlakat xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning shakllanishida yosh avlodning alohida ahamiyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi hukumatlari yoshlar hamkorligi toʻgʻrisida shartnoma tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari oʻrtasidagi aloqalarni, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, ijodiy tashkilotlar va ilmiy jamiyatlar, sport tashkilotlari, jamgʻarmalar va boshqa ijtimoiy tashkilot va birlashmalar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar barcha tarafidan eʼtirof etilgan xalqaro standartlar, jumladan inson huquqlari haqida Umumjahon deklaratsiyasi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha Kengashning hujjatlari, xususan, EXHKning inson mezonlariga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasining polyak millatiga mansub, Polsha Respublikasining oʻzbek millatiga mansub fuqarolarining milliy oʻz-oʻzini, etnik, madaniy, til va diniy oʻziga xosliklarini saqlab qolish, namoyon etish va rivojlantirishda hech ham kamsitilmasligi va qonun oldida toʻla tengligini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning l-bandida aytib oʻtilgan shaxslarga ona tillarini oʻrganishlari uchun tegishli sharoitlarni yaratishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 1-bandida aytib oʻtilgan shaxslarga diniy sigʻinish obyektlari va joylariga ega boʻlish va ularga erkin kira olish huquqini, shuningdek diniy tarbiyaga boʻlgan huquqini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar sogʻliqni saqlash va sanitar-gigiyena sohasida, xususan, zamonaviy va yuqumli kasalliklar bilan kurashish va ularning oldini olish sohasida, har tomonlama hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar ish bilan bandlikning huquqiy va ijtimoiy jihatlari, ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy yordam va mehnat munosabatlarini muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, iqtisodiy jinoyatchilik, narkotik moddalar va qurollar, sanʼat asarlarining noqonuniy savdosi, fuqarolik aviatsiyasi va kemalar qatnovi xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof aktlar, qalbaki toʻlov vositalarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish, shuningdek, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolik, oila, jinoiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisida alohida Bitimlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma biron-bir davlatga qarshi qaratilgan emas va Ahdlashuvchi Tomonlar har birining boshqa davlatlar bilan munosabatlarida amalda boʻlgan ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalardan kelib chiqadigan qanday boʻlmasin huquq va majburiyatlarini buzmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 102-moddasiga asosan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatida roʻyxatga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnoma 15 yil muddatga tuziladi. Agar Tomonlardan biri boshqa Tomonni tegishli muddat tugashidan oʻn ikki oy oldin Shartnomani bekor qilish haqida nota yuborish yoʻli bilan ogohlantirmasa, uning kuchi, oʻz-oʻzidan, har safar kelasi besh yillik muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varshava shahrida 1995-yil 11-yanvarda ikki nusxada, har biri oʻzbek, polyak va rus tillarida tuzildi, bunda uchchala matn ham bir xil kuchga ega. Ushbu Shartnoma qoidalarini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda rus tilidagi matnga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)