Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Polsha Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1995-yil 11-yanvarda Varshavada imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Polsha Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
77-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 125-modda)