Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2006 04.03.2002 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2006
Hujjat 17.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILMIY-TADQIQOT FAOLIyaTINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar sifatiga qoʻyilgan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy-texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishni, shuningdek mamlakatning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazining, shuningdek Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashining tuzilmasi va shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi toʻgʻrisidagi nizomlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini tashkil etish va mablagʻ bilan taʼminlashning grantli tizimini amalga kiritishni taʼminlash maqsadida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiq boʻlgan innovatsiya loyihalari dasturlarini shakllantirish, taqdim etish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibiga doir normativ hujjatlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi direktori maqomi, moddiy va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha vazirga, Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi rahbari hamda Markaz direktorining oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yildan boshlab Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tugatish komissiyasi tuzsin va Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi balansida boʻlgan asosiy fondlar, mol-mulklar va moddiy boyliklarni Fan va texnologiyalar markaziga hamda Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashiga berishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashining yangi tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmalarini ikki oy muddatda yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fan va texnologiyalar markaziga aspirantlar va magistrant talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiatlarini aniqlash funksiyasi yuklansin. Nomzodlarni koʻrib chiqish va stipendiyalarni mablagʻ bilan taʼminlash Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son va 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarorlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi tasarrufida ilmiy muassasalar boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda ilmiy muassasalar tomonidan bajariladigan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni shakllantirish va mablagʻ bilan taʼminlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublikada ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga doir koʻrilgan chora-tadbirlarni tushuntirish yuzasidan bir oy muddatda Fanlar akademiyasida, tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarida, shuningdek ilmiy muassasalarda keng koʻlamdagi ishlarni tashkil etsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida qoʻshimcha ravishda 4 shtat birligi ajratilgan holda Fanni mablagʻ bilan taʼminlash boʻlimi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi Toshkent shahar, X. Sulaymonova koʻchasi, 29-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda Toshkent shahar, X.Sulaymonova koʻchasi, 29-uyda joylashgan binoni Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi balansiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat patent idorasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga berilishi munosabati bilan uning nomi, rekvizitlari va normativ hujjatlariga belgilangan tartibda ikki hafta muddatda zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 19-fevraldagi 71-son qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 360-son, 1992-yil 9-sentabrdagi 419-son va 1992-yil 8-dekabrdagi 570-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-martdagi 77-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-fevraldagi PF-3029-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi (keyingi oʻrinlarda “Muvofiqlashtirish Kengashi” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muvofiqlashtirish Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnika faoliyati sohasidagi yuqori muvofiqlashtirish organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muvofiqlashtirish Kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShINING ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Muvofiqlashtirish Kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalarning, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan tarkibiy oʻzgartirishlarning ustuvor yoʻnalishlarini iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirish strategiyasi bilan bogʻlagan holda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik ilmiy-tadqiqot dasturlari va texnologik loyihalarning mamlakat manfaatlariga va iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ularning ekspertizasini tashkil etish hamda ular boʻyicha ekspert xulosalarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiq boʻlgan yirik ilmiy dasturlar va texnologik loyihalarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarining har yilgi davlat dasturini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion gʻoyalarni yaratuvchi, jahon ilm-fanidagi yangi, istiqbolli tendensiyalarni doimiy ravishda kuzatib boruvchi va ularni mamlakat manfaatlari yoʻlida foydalanish uchun jamlovchi isteʼdodli olimlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShINING TARKIBI VA TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtirish Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi uning raisi — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi tarkibiga rais oʻrinbosarlari hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha seksiyalarda ishlaydigan Muvofiqlashtirish Kengashi aʼzolari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi Kengash doirasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi seksiyalar tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratik davlatning tashkil topishi va rivojlanishining, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy asoslari seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida jamiyatni maʼnaviy va axloqiy yangilash seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning mineral — xomashyo resurslari salohiyatini rivojlantirish va undan oqilona foydalanish yoʻnalishlari seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligini oshirish, choʻllanishga qarshi kurashning yuqori texnologiyalari, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni koʻpaytirish, atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining yuqori samarali navlari va mollar zotlari, genetika, fizika-kimyo biologiyasi, biotexnologiyalar, tibbiyot va sogʻliqni saqlash seksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish va ularni koʻpaytirish, mamlakatning energetika mustaqilligi va xavfsizligini taʼminlash seksiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda seksiyalar soni va ularning yoʻnalishi Muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga koʻra oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari har qaysi seksiyaning faoliyat yoʻnalishiga muvofiq, mamlakatning yetakchi olimlari va mutaxassislaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seksiyalar rahbarlari Muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga koʻra uning aʼzolari orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Muvofiqlashtirish Kengashining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni mablagʻ bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, innovatsiya faoliyatiga vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlarini, xorijiy homiylar badallarini hamda xalqaro grantlarni jalb etish uchun Muvofiqlashtirish Kengashi huzurida Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShI VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muvofiqlashtirish Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi takliflarini tahlil qilish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvorliklariga muvofiq boʻlgan yirik ilmiy dasturlar va texnologik loyihalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirish ustuvorliklari va strategiyasidan kelib chiqqan holda Ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarining har yilgi davlat dasturini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik ilmiy-tadqiqot dasturlari va texnologik loyihalarning mamlakat manfaatlariga va iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish davlat ustuvorliklariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ularning ekspertizasini tashkil etadi hamda ular boʻyicha ekspert xulosalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion gʻoyalarni yaratuvchi, jahon ilm-fanidagi yangi, istiqbolli tendensiyalarni doimiy ravishda kuzatib boruvchi va ularni mamlakat manfaatlari yoʻlida foydalanish uchun jamlovchi isteʼdodli olimlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli vazifalari masalalarini hal etish zaruriyatidan kelib chiqqan holda Muvofiqlashtirish Kengashi ish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi aʼzolari orasidan uning seksiyalari rahbarlarini, shuningdek seksiyalarning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashining koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash, Muvofiqlashtirish Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni hal etish uchun Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, ilmiy muassasalar va oliy oʻquv yurtlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat ekspert kengashlar tarkibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon ilm-fani va texnologiyalari rivojlanishining ilgʻor tendensiyalari toʻgʻrisidagi maʼruzalarni tinglaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muvofiqlashtirish Kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashining ijro etuvchi organlari hisoblanadigan Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi toʻgʻrisidagi nizomlarga oʻzgartirishlarni tasdiqlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnika taraqqiyoti tendensiyalarini hisobga olgan holda Muvofiqlashtirish Kengashida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha seksiyalar tashkil etish, shuningdek muhimligini yoʻqotgan yoʻnalishlar boʻyicha seksiyalarni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi xulosalari asosida ilmiy dasturlar, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashga (uni toʻxtatishgacha) oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatli va xolisona ekspertizani taʼminlash talablaridan kelib chiqqan holda ekspert kengashlari tarkibini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ijro etuvchi organlari tuzilmasiga ular xodimlarining tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartirishlar va ularning rahbarlari lavozimiga nomzodlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirish vazifalariga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida respublikaning barcha vazirliklari, idoralari, xoʻjalik birlashmalari, korxona va tashkilotlari uchun bajarish majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralardan hamda idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ilmiy tashkilotlardan tahliliy materiallarni hamda oʻz oldida turgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotlarni soʻrab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MUVOFIQLAShTIRISh KENGAShI IShINI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvofiqlashtirish Kengashi raisi uning faoliyatiga rahbarlik qiladi va Muvofiqlashtirish Kengashiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi raisi boʻlmaganda uning funksiyasini oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muvofiqlashtirish Kengashi faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muvofiqlashtirish Kengashi majlisi unda Muvofiqlashtirish Kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchiligi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi majlisida protokol yuritiladi, uni Muvofiqlashtirish Kengashi raisi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muvofiqlashtirish Kengashi majlislari uning vakolatiga kiruvchi masalalar tayyorlanishiga koʻra, biroq har yarim yillikda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muvofiqlashtirish Kengashi majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Muvofiqlashtirish Kengashi raisi va rais oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muvofiqlashtirish Kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Muvofiqlashtirish Kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashining qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan aʼzosi oʻz fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli, uning fikri majlis protokoliga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muvofiqlashtirish Kengashi qarori ijro etish uchun Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markaziga hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashiga, shuningdek manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muvofiqlashtirish Kengashi aʼzolari oʻz ishlarini jamoatchilik asosida olib borishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muvofiqlashtirish Kengashi oʻz nomi yozilgan blankga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-martdagi 77 -son qaroriga
2-ILOVA

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashining
T U Z I L M A S I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtatdagi xodimlar soni - 17 kishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-martdagi 77-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N I Z O M

1. Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni mablagʻ bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, ularning natijalaridan amaliyotda foydalanishning samarali mexanizmini taʼminlash, shuningdek mamlakatning ilmiy-texnik sohasi bilan hamkorlikda iqtisodiyotning real sektorini innovatsiya faoliyatiga jalb etish maqsadida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi (keyingi oʻrinlarda “Muvofiqlashtirish Kengashi” deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazining (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb ataladi) maxsus hisob raqamida jamlanadi. Markaz Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha mablagʻlarni joriy tezkor boshqarishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. JAMGʻARMA MABLAGʻLARINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI VA ULARDAN FOYDALANISh YOʻNALIShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining hisob raqamiga tushuvchi patent poshlinalari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlardan tushuvchi 15% miqdoridagi valyuta va soʻmdagi mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami,2002-y., 11-12-son, 93-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va mamlakatimiz homiylarining badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik hisobidagi tuzilmalarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli maqsadli kreditlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat budjeti mablagʻlari Jamgʻarmaga har oyda, Ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar davlat dasturiga muvofiq innovatsiya faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari yillik hajmining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida alohida satrda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining hisob raqamiga tushuvchi patent poshlinalari va boshqa soliq boʻlmagan toʻlovlardan tushuvchi valyuta va soʻmdagi mablagʻlar har oʻn kunda hisobot davrida amalda tushgan mablagʻlarning 15 foizi miqdorida Jamgʻarmaning valyuta va soʻmdagi hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 93-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijiy va mamlakatimiz homiylarining badallari Jamgʻarmaning hisob raqamiga Markazning xalqaro tashkilotlar va mamlakatimiz tashkilotlari bilan tuzgan bitimlari va ahdlashuvlari natijalari boʻyicha tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalqaro grantlar Jamgʻarmaning hisob raqamiga hukumatlararo bitimlarga muvofiq, shuningdek Markazning xalqaro tashkilotlar bilan ahdlashuvlari boʻyicha tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari Jamgʻarmaning hisob raqamiga ularning ilmiy-tadqiqot ishlari, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarini bajarishga bergan buyurtmalariga muvofiq ularning Markaz tomonidan mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashish shartlarida tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklari va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli maqsadli kreditlari Jamgʻarmaning hisob raqamiga rentabelli ilmiy va texnologik ishlanmalarni amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari bilan tuzgan qarz bitimlariga muvofiq tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmada jamlanadigan mablagʻlardan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni oʻz vaqtida va toʻliq mablagʻ bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy-gumanitar sohadagi innovatsiya loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashish uchun grantlar ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanni koʻplab talab qiladigan ishlab chiqarishlarni, shu jumladan kichik biznes sohasida tashkil etish maqsadida innovatsiya loyihalariga imtiyozli kreditlar sifatida grantlar ajratish.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov asosidagi fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni mablagʻ bilan taʼminlash, shuningdek innovatsiya loyihalariga grantlar ajratish Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan mamlakat ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy-gumanitar sohadagi ilmiy faoliyatni mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashish Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va topshiriqlar boʻyicha viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tashkilotlar va ishlab chiqarish tuzilmalarining buyurtmalari boʻyicha ishlarni bajarishga ilmiy muassasalar, ilmiy jamoalar, alohida olimlar va mutaxassislar oʻrtasida tanlov tashkil etish yoʻli bilan Markaz tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilm-fanni koʻplab talab qiladigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida innovatsiya loyihalariga imtiyozli kreditlar sifatidagi grantlarni mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashish mablagʻni qaytarish asosida amalga oshiriladi. Jamgʻarma mablagʻlari loyihaning hisoblangan umumiy qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarmaning homiylar va xalqaro moliya institutlaridan olingan mablagʻlari bitimlar va ahdlashuvlarning tegishli shartlari bilan belgilangan tartibda Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha yoʻnaltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarmaning moliyaviy yili oxirigacha foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarga qatʼiy ravishda yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. JAMGʻARMA MABLAGʻLARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh YuZASIDAN MARKAZNING FUNKSIYALARI VA HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz Jamgʻarma mablagʻlarini joriy tezkor boshqarish uchun Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va ishlab chiqarish tuzilmalarining tanlov asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish yuzasidan berilgan buyurtmalarining mamlakat ilmiy-texnika taraqqiyoti manfaatlari yoʻlida davlatning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalariga muvofiqligini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlariga tanlov oʻtkazish uchun moliyaviy mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobining asoslanganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashish uchun viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ishlab chiqarish tuzilmalari tomonidan taklif etilayotgan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya topshiriqlarining texnik-iqtisodiy asoslanishini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashiga ilmiy-tadqiqot va innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashish shartlari boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga moliyaviy mablagʻlar ajratuvchi homiylar va xalqaro moliya institutlarini izlaydi va ularni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar amalga oshirilishining va mablagʻlardan maqsadli foydalanilishining doimiy monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashiga va Moliya vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida davriy hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaz quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni bajaruvchi ilmiy muassasalar va jamoalardan davriy hisobot olish, loyihalarning amalga oshirilishini baholash va monitoring olib borish uchun boshqa zarur axborotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi va loyihani amalga oshirishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlaridan chetga chiqish hollari aniqlangan taqdirda Muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda qoʻshimcha mablagʻlar jalb etish yuzasidan homiylar va xalqaro moliya institutlari bilan bitimlar va shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashish va kreditlar olish uchun loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini oʻrganib chiqishga mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. JAMGʻARMANING DAROMADLARI VA XARAJATLARI KOʻRSATKIChLARINI KOʻRIB ChIQISh VA TASDIQLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz har yili 1-sentabrgacha boʻlajak yilga Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari yoʻnalishining prognoz parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Muvofiqlashtirish Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi. Prognoz parametrlari quyidagilar hisobga olingan holda ishlab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylar va xalqaro tashkilotlarning Jamgʻarmaga jalb etiladigan mablagʻlarining, hukumatlararo grantlar, kreditlar va budjetdan tashqari boshqa mablagʻ bilan taʼminlash manbalarining rejalashtirilayotgan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosidagi amaldagi fundamental va amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarining amalga oshirilishi darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan amalga oshiriladigan tanlov asosidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsiya loyihalariga xarajatlar miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muvofiqlashtirish Kengashi Jamgʻarmaning boʻlajak moliyaviy yilga daromadlari va xarajatlari prognozini koʻrib chiqadi, uning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi hamda boʻlajak yil davlat budjeti loyihasiga kiritishni koʻrib chiqish uchun joriy yilning 15-sentabrigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaz hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha boʻlgan muddatda Muvofiqlashtirish Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muvofiqlashtirish Kengashi Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari bajarilishi boʻyicha yillik hisobotni koʻrib chiqadi va uni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. JAMGʻARMA MABLAGʻLARIDAN MAQSADLI FOYDALANILIShI BOʻYIChA NAZORAT VA JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ilmiy muassasalarning Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishini tezkor nazorat qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarmaning Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida oʻz vaqtida va toʻliq mablagʻ bilan taʼminlanishi uchun javob beradi hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va mablagʻlarning oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan yillik nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun Markazning Direktori va bosh buxgalteri shaxsan javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 5-6-son, 40-modda; 11-12-son, 93-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 3-4-son, 24-modda)