Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2002 08.12.1992 yildagi 570-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA TEXNIKA DAVLAT QO‘MITASI MARKAZIY APPARATI TUZILMASIDAGI O‘ZGARIShLAR TO‘FRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-martdagi 77-sonli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada axborot industriyasini barpo etish va rivojlantirish, innovatsiya faoliyati va xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi zimmasiga axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi markaziy apparati tarkibida shtat soni 8 nafardan iborat bo‘lgan Axborotlashtirish bosh boshqarmasi (Boshaxborot) hamda shtat soni 7 nafardan iborat bo‘lgan xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik boshqarmasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborotlashtirish bosh boshqarmasi va Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Axborotlashtirish bosh boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish sohasida umumdavlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga rahbarlik qilish, ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash, ishlarni muvofiqlashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish sohasidagi loyihalar va takliflarni ekspertiza qilish, xalqaro andozalarni shu sohaga joriy qilish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirilgan axborot va axborot-hisoblash tizimlari va tarmoqlarini, ularni hisobga olish, sertifikatsiyalash va litsenziyalar ham shu jumlaga kiradi, tashkil etilishini, rivojlantirilishini va ularning o‘zaro aloqasini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish sohasida xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish va ilmiy-texnikaviy aloqalarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikada yagona axborot makonini yaratish usullari va vositalarini belgilash va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo bitimlarining ilmiy va texnikaviy hamkorlikka doir qismini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning xalqaro ilmiy-texnikaviy dasturlarini shakllantirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning ilg‘or xorijiy texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish va qo‘shma korxonalar tuzish to‘g‘risidagi takliflarini ekspertiza qilish va amalga oshirishga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro ilmiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining vakilligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning ilmiy va texnikaviy yutuqlarini chet mamlakatlarda targ‘ib qilish va ularning tashqi bozorga chiqishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro patentlarni rasmiylashtirish va litsenziyalarni sotish ishlariga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ilmiy markazlarda. mutaxassislar tayyorlash va ularning ish tajribasini o‘rganishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi markaziy apparatining cheklangan soni 15 kishiga ko‘paytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-fevraldagi 71-son qaroriga o‘zgartirish kiritilib, 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasiga Raisning 2 nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 7 kishidan iborat hay’atga ega bo‘lishiga ruxsat berilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasining taqdimiga muvofiq Qo‘mita markaziy apparatini saqlashga qo‘shimcha mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 8-dekabr,

570-son