13.11.2014 yildagi SQ-454-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mehnat bozorining prognozi va ehtiyojlarini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, mamlakat hududlarini rivojlantirish dasturlarini hisobga olgan holda 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni ishlab chiqishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, barcha bosqich hokimliklarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillari, tadbirkorlik subyektlari bevosita ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining salohiyatini ishga solish, demografik omillarni va mehnat bozorining konyunkturasini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning samarali shakllarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish yoʻli bilan ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks va oʻzaro bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur parametrlari investitsiya loyihalari, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish, korxonalarni modernizatsiyalash hamda texnologik yangilash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotini chuqur qayta ishlash, transport va kommunikatsiya qurilishini, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro aloqador (bogʻlangan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning hududlar va tarmoqlar kesimidagi prognoz parametrlari, ayniqsa mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelayotgan yoshlar, band boʻlmagan shaxslar, ishdan boʻshatilayotgan xodimlar uchun ish oʻrinlariga va mehnat bilan bandlikka boʻlgan ehtiyojdan, shuningdek sanoatni, qurilishni, qishloq xoʻjaligini va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, xizmat koʻrsatish sohasini, kichik biznesni rivojlantirish munosabati bilan ishchi kuchiga talabni hisoblashdan kelib chiqqan holda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni bajarish doirasida mehnat bozorida faol choralarni amalga oshirish, shu jumladan ishsizlarga, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlariga, muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarga, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar oqibatida ishini yoʻqotgan fuqarolarga, shuningdek nogironlarga, koʻp bolalilar va yolgʻizlarga, odam savdosi qurbonlariga va boshqalarga ishga joylashish borasida xizmatlar koʻrsatish davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etilishini, yangi ish oʻrinlari shakllantirilishini hamda ilgari tashkil etilgan ish oʻrinlari barqaror amal qilib turishini, bandlikning samarali shakllari rivojlantirilishini taʼminlashga, shuningdek mamlakat mehnat bozorida faol hamda aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishiga yoʻnaltirilgan vazifalarni izchil roʻyobga chiqarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi “2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 992-II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda hududlar va yoʻnalishlar kesimida 261,6 mingta ish oʻrnini tashkil etish hamda 725,9 ming kishining, jami 987,5 ming kishining bandligini taʼminlash, shu jumladan kasb-hunar kollejlarining 487,7 ming nafar bitiruvchisini va chet eldan qaytib kelayotgan 409,5 ming nafar mehnat migrantini ishga joylashtirish uchun zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini roʻyobga chiqarish boʻyicha normativ-huquqiy bazani mehnat bozori institutlarini va ushbu sohadagi davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish, shuningdek mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining funksiyalarini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash zarurligini hisobga olgan holda takomillashtirishga yoʻnaltirilgan aniq choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda roʻyobga chiqariladigan Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga, sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish, mahalliylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari hamda boshqa maqsadli dasturlarga muvofiq ish oʻrinlarining barqarorligini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish dasturlarini roʻyobga chiqarish, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, ishlamayotgan korxonalarni xususiylashtirish va qayta tiklash yoʻli bilan 2015-yilda tumanlar va shaharlar aholisining bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari samarali bajarilishi yuzasidan zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratish, qonun hujjatlariga muvofiq oilaviy tadbirkorlikni va anʼanaviy milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi bandligini taʼminlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni, birinchi navbatda yoshlarni, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilarini, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini, xotin-qizlarni ishga joylashtirish, jumladan ularni kasbiy qayta tayyorlash, shuningdek boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish yoʻli bilan ishga joylashtirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, jumladan bitiruv kurslarining oʻquvchilarini aniq korxonalarga biriktirib qoʻyish, korxonalar (ish beruvchilar), kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalarning samaradorligini va shartlariga rioya qilishning haqqoniyligini oshirish yoʻli bilan taʼminlash boʻyicha maqsadga qaratilgan choralar majmuini roʻyobga chiqarsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur bajarilishining tizimli va muntazam ravishda monitoring qilinishini, jumladan Dasturni roʻyobga chiqarish natijalarini hisobga olishning davlat statistika, soliq organlari hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining maʼlumotlar bazalari bilan bogʻlangan yagona maʼlumotlar axborot bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish yoʻli bilan monitoring qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amal qilib turgan va yangi tashkil etilayotgan ish oʻrinlarining qisqarishiga imkon berayotgan sabablar puxta oʻrganilishini hamda ilgari tashkil etilgan ish oʻrinlari saqlanib qolishini va samarali amal qilishini taʼminlashga qaratilgan tegishli choralar ishlab chiqilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur bajarilishining borishi toʻgʻrisida yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi Dasturni roʻyobga chiqarish doirasida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni qoʻllash samaradorligi muntazam monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasin, ularning samaradorligini birinchi navbatda yangi ish oʻrinlari tashkil etish nuqtai nazaridan baholab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, asosan qishloq tumanlarda ish oʻrinlari tashkil etilishi nazarda tutiladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun, shu jumladan kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish uchun kredit resurslari koʻpaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga mamlakat mintaqalarida biznesni yaratish va boshqarish asoslariga bagʻishlangan amaliy seminar-treninglar oʻtkazilishini, shu jumladan samarali va asoslantirilgan biznes-rejalar ishlab chiqilishini, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini, ayniqsa yoshlar tadbirkorlik faoliyati yuritilayotgan boshlangʻich bosqichidagi tugʻiladigan muammoli masalalarni hal qilishni tizimli tashkil etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlari Dasturning ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning tegishli hududiy parametrlari bajarilishiga doir qismini roʻyobga chiqarishning borishini har chorakda oʻz sessiyalarida muhokama qilsinlar, masʼul tashkilotlar rahbarlarining axborotini tinglasinlar, shuningdek Dastur koʻrsatkichlari soʻzsiz bajarilishiga qaratilgan taʼsirchan choralarni koʻrib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-454-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-454–II-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etish va mamlakat aholisining bandligini taʼminlash masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-yanvardagi majlisida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilning II yarmi Ish rejasiga muvofiq 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar kesimida mehnat bozorining prognozi va ehtiyojlarini, shuningdek mamlatkatning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, hududlarini rivojlantirish dasturlarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur yangi obyektlarni ishga tushirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, qayta jihozlash va asosan sanoatda, xizmat koʻrsatish va servis sohasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada toʻla foydalanish, infratuzilma, kommunikatsiya va uy-joy qurilishi koʻlamlarini kengaytirish, kichik biznesni, shu jumladan yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, fermer va dehqon xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish, uy mehnati shakllarining imkoniyatlarini kengaytirish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur parametrlari investitsiya loyihalari, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish, korxonalarni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotini chuqur qayta ishlash, transport va kommunikatsiya qurilishini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturlari bilan oʻzaro bogʻlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, barcha bosqich hokimliklar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlarining bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning maqsad va vazifalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy va tarmoq dasturlarining 2014-yil yanvar — sentyabr oylarida roʻyobga chiqarilishi natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 2015-yilda ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 2015-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda ish oʻrinlari tashkil etish hamda aholi bandligini taʼminlash parametrlari va asosiy yoʻnalishlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) band boʻlmagan aholini, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, shuningdek chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Dastur bajarilishining monitoringini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Dasturning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining salohiyatini ishga solish, demografik omillarni va mehnat bozorining konyunkturasini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning samarali shakllarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish yoʻli bilan ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks hamda oʻzaro bogʻlangan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat qilib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarini va mamlakat hududlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy hujjatlarni roʻyobga chiqarish doirasida yangi obyektlarni ishga tushirish va mavjudlarini kengaytirish dasturlarini amalga oshirish hisobiga asosan sanoat, xizmat koʻrsatish va servis sohasida ish oʻrinlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining ish oʻrinlari tashkil etish va ilgari yaratilgan ish oʻrinlarining barqaror ishlashini taʼminlash imkoniyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozoridagi tanglikni bartaraf etishning taʼsirchan vositasi sifatida bandlikning samarali shakllarini, ayniqsa kichik biznesni, uy mehnatini va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni va band boʻlmagan aholini, shuningdek chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini, birinchi navbatda yoshlar, xotin-qizlarni ishga joylashtirish, kasbga qayta tayyorlash va ijtimoiy muhofaza qilish yoʻli bilan mehnat bozorida faol va aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur amalga oshirilishining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar, tarmoqlar va aniq korxonalar kesimida tizimli monitoringi va tahlilini amalga oshirish, zarur hollarda, ish oʻrinlari tashkil etishning 2015-yilga tasdiqlangan parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning prognoz parametrlari va yoʻnalishlari quyidagilarga qaratilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi dastur, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash dasturlari, 2011 — 2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, investitsiya dasturlari amalga oshirilishiga muvofiq ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlikning darajasini oshirish va hududiy tuzilmasini takomillashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish dasturlari, xizmat koʻrsatish sohasini va servisni rivojlantirish, qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishini hamda qurilishda pudrat ishlarini rivojlantirish, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish orqali mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va uni taklif qilishning muvozanatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan ish oʻrinlari saqlanib qolishini va barqaror amal qilishini, ishsizlar hamda band boʻlmagan aholi, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari, shuningdek chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar, nogironlar va aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boshqa toifalari kafolatli tarzda ishga joylashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari, ayniqsa mumkin qadar ishbilarmonlik muhitini yaratishga, kichik biznes subyektlarining kredit va moddiy-xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq oilaviy tadbirkorlikni, anʼanaviy milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga ish oʻrinlari tashkil etilishida kichik biznesning rolini yanada oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan choralar “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga, aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining prinsiplariga hamda xalqaro standartlarga toʻla muvofiq holda ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi 10 yilda dunyoda 600 mln ish oʻrni, shu jumladan har yili mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelayotganlar uchun 40 mln ga yaqin ish oʻrni tashkil etilishi kerakligiga asoslanib, mamlakatlarga quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga boʻlgan talab oʻsishini nazarda tutib, mehnat bozorida faol siyosat yuritish, Xalqaro mehnat tashkilotining maʼlumotiga qaraganda, dunyoda ishsizlar soni 2013-yil oxirida 202 mln kishidan oshganligi va 2014-yilda 4 mln kishiga hamda 2015-yilda 3 mln kishiga koʻpayishi munosabati bilan toʻgʻridan toʻgʻri ish oʻrinlari tashkil etish va mavjudlarini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni ishga joylashtirish, ularni kasbga tayyorlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishning mehnat bozoriga moslashtirilgan tizimini takomillashtirish, ishlayotgan yoshlar uchun ijtimoiy himoyani hamda mehnat kafolatlarini taʼminlash, chunki oxirgi 5 yilda dunyoda yoshlar orasida ishsizlar soni 4 mln kishiga yoki har yili oʻrta hisobda 800 ming kishiga koʻpaygan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgi vaqtda 214 mln dan ortiq odam yoki dunyo aholisining 3% dan koʻprogʻi oʻz mamlakatlaridan tashqarida yashayotganligini hisobga olib, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining mazkur tavsiyalari aholi bandligini taʼminlash, mehnat bozorini tartibga solish boʻyicha Oʻzbekistonda koʻrilayotgan choralarga, 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining maqsadlari va vazifalariga mosdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini 2014-yil yanvar — sentyabr oylarida roʻyobga chiqarish natijalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq 983,6 mingta ish oʻrni tashkil etish nazarda tutilgan edi. Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 777,8 mingta (prognozga nisbatan 102,3%) yoki yillik parametrning 80%i miqdorida ish oʻrni yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan prognoz parametrlarning bajarilishiga quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha aniq tadbirlarning roʻyobga chiqarilishi yordam berdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan, faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridagi korxonalarni texnik va texnologik qayta jihozlash hamda yangilash 45,4 mingta ish oʻrni tashkil etilishiga sharoit yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga hududiy rivojlantirish dasturlari doirasida 2 696 ta obyektning sanoat imkoniyati roʻyobga chiqarilganligi, shu jumladan 1 651 ta yangi ishlab chiqarish obyektining foydalanishga topshirilganligi yordam berdi. Ushbu loyihalarni roʻyobga chiqarishga tijorat banklari tomonidan 555,3 mlrd soʻm miqdorida kreditlar ajratildi, loyihalar tashabbuskorlarining 730 mlrd soʻm miqdoridagi oʻz mablagʻi investitsiyalandi, 20,5 mln dollar miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yil boshidan beri 2014-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan 64 ta loyihani roʻyobga chiqarish tugallandi. Xususan, “Jizzax viloyatida portlandsement va oq sement ishlab chiqarishni tashkil etish”, Toshkent viloyatida “Ehsan Maybod Manufacturing Group” MChJ chet el korxonasida keramik plitka ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Angren” maxsus investitsiya zonasi hududida texnik kremniy ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Toshkent viloyatida yangi zamonaviy shakar zavodini qurish va tashkil etish”, “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” MChJ bazasida “Damas” rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish”, Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Mangʻit” MChJ bazasida yigiruv ishlab chiqarishini tashkil etish” singari loyihalar boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirilgan mahsulotning 200 dan ortiq turini, shu jumladan elektr duxovkalar, gaz va elektr plitalar, konditsionerlar, elektr dvigatellar va avtomobillar, sport maydonlari uchun sunʼiy maysalar, rezina asosli kovrolan, sport anjomlari va shu kabilarni ishlab chiqarish oʻzlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan, tadbirkorlar tomonidan kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mumkin qadar qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish jami 369,2 mingta ish oʻrni, shundan kichik korxonalarda 281,8 mingta va yakka tadbirkorlikda 87,4 mingta ish oʻrni tashkil etilishiga sabab boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik korxonalar va mikrofirmalarda ish oʻrinlari tashkil etilishiga joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida tumanlarda mahalliy xomashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan, koʻp mehnat talab qiluvchi ixcham korxonalarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarning roʻyobga chiqarilganligi katta taʼsir koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi kichik ishlab chiqarishlar tashkil etishga yordam berish maqsadida yanvar — sentyabr oylarida kichik biznes subyektlariga 86 ta davlat aktivi realizatsiya qilindi, davlat mulki boʻlgan 19 mingtadan ortiq ishlab turgan obyekt ijaraga berildi. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 4,8 trln soʻm miqdorida kreditlar, shu jumladan 1 trln soʻm miqdorida mikrokreditlar ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznesni rivojlantirish uchun mumkin qadar qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida shu yilning yanvar — sentyabr oylarida tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratib berish, ularni elektr taʼminoti tarmoqlariga ulash mexanizmlarini takomillashtirishga, tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish va shu kabilarga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 14,3 mingga yaqin yangi kichik biznes subyekti (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilishiga yordam berdi, shulardan eng koʻpi sanoatga (umumiy miqdorning 26%i), savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga (29%) va qurilishga (12%) toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada kichik sanoat korxonalarida (asosan tikuvchilik va poyabzal buyumlari, tayyor oziq-ovqat mahsuloti, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlash boʻyicha) 50,2 mingta ish oʻrni, qurilish korxonalarida (shu jumladan, uy-joy qurish va taʼmirlash boʻyicha ishlarda) 41,6 mingta ish oʻrni tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznesda yaratilgan ish oʻrinlarining asosiy qismi xizmat koʻrsatish va servis sohasiga (189,9 mingdan koʻproq yoki 67%) toʻgʻri keladi, bu aholi daromadlari va xarid talabi oʻsib borayotganligidan darak bermoqda. Bunga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-apreldagi “2013 — 2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1957-sonli qaroriga muvofiq qishloq joylarda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, kompyuter dasturlari yaratish (shu jumladan, elektron taʼlim), moliya (bank, sugʻurta, lizing), transport (shu jumladan, logistika), qurilish (shu jumladan, binolar va inshootlar barpo etish hamda taʼmirlash), maishiy, qishloq xoʻjaligi xizmatlari, shuningdek savdo, umumiy ovqatlanish, texnika va avtomobillarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish va boshqa xizmatlar jadal rivojlanayotganligi ham yordam bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, kichik korxonalarda tashkil etilgan 281,8 mingta ish oʻrnining aksariyat qismi Toshkent shahriga (15,9%), Toshkent (9,9%), Andijon (8,8%), Samarqand (8,6%), Qashqadaryo (7,5%) va Fargʻona (6,8%) viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda yakka tadbirkorlikni, asosan savdo va xizmat koʻrsatish sohasida, rivojlantirish hisobiga, shu jumladan qatʼiy belgilangan soliq toʻlovlari oʻrnatilishi munosabati bilan 87,4 ming kishining, shundan Qashqadaryo viloyatida 11,3 ming, Samarqand viloyatida 9,3 ming, Andijon viloyatida 8,6 ming, Namangan viloyatida 6,9 ming, Buxoro viloyatida 6,7 ming kishining bandligi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan, uy mehnatining barcha shakllarini, eng avvalo, korxonalar bilan mehnat shartnomalari boʻyicha kooperatsiyaga asoslangan uy mehnatini hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 181,7 ming kishini, asosan xotin-qizlarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga joylashtirishga yordam berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida uy mehnatida bandlar bilan ishlab chiqarish va mehnat munosabatlariga deyarli 2 mingdan ortiq sanoat, qurilish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohasi korxonalari jalb etilgan boʻlib, ularda uy mehnatida bandlar bilan mehnat shartnomalari boʻyicha kooperatsiya asosida 35,2 ming kishining bandligi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 146,5 ming kishi hunarmandchilik faoliyatining charm va keramikadan badiiy buyumlar tayyorlash, qoʻlda gilam toʻqish, kulolchilik, yogʻoch, ganch oʻymakorligi va boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga uy mehnatiga jalb qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy mehnatini, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari band boʻlmagan xotin-qizlar, yoshlar, nogironlarning ish oʻrinlariga ehtiyoji katta boʻlgan mintaqalarda — Fargʻona (23,5 ming kishi), Namangan (23,1 ming kishi), Qashqadaryo (19,8 ming kishi), Andijon (17,0 ming kishi), Buxoro (15,5 ming kishi) va Xorazm (14,8 ming kishi) viloyatlarida ish oʻrinlari tashkil etish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchidan, qishloq xoʻjaligi subyektlarining, ayniqsa qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga, meva-sabzavot mahsulotini saqlashga, issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishga ixtisoslashgan subyektlarning rivojlanishi va kengayishi 116,5 ming nafardan koʻproq odamning bandligini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman mamlakat boʻyicha shu yil boshidan beri chorvachilik xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha 1430 ta loyiha roʻyobga chiqarildi (bunga tijorat banklarining 131,4 mlrd soʻmlik krediti ajratildi), parrandachilik xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha 660 ta loyiha (155,3 mlrd soʻm ajratildi), baliqchilik xoʻjaliklarini koʻpaytirish boʻyicha 677 ta loyiha va asalarichilik xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha 800 ta loyiha (12,9 mlrd soʻm ajratildi) roʻyobga chiqarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish hajmlarini kengaytirish maqsadida 255,8 ming gektar erga sabzavot, 81,5 ming gektar erga kartoshka, 57,1 ming gektar erga poliz ekinlari ekildi, 2,4 ming gektar maydonda yangi bogʻlar, 5,6 ming gektar maydonda intensiv bogʻlar va 8,9 ming gektar maydonda uzumzorlar barpo etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bularning barchasi fermer va dehqon xoʻjaliklarida chorvachilik hamda meva-sabzavot mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashni kengaytirish, boshqa tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda xizmatlarni rivojlantirish hisobiga Samarqand viloyatida 16,3 mingdan ortiq, Buxoro viloyatida 11,0 ming, Fargʻona viloyatida 10,4 ming, Toshkent viloyatida 9,3 ming, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8,8 ming kishining bandligini taʼminlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchidan, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini izchil rivojlantirish 53,4 mingta ish oʻrni tashkil etilishiga sabab boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishlab chiqarish infratuzilmasida avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, kommunal xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek yoʻl yoqasi infratuzilmasini va servisini rivojlantirish doirasida 23,7 mingdan ortiq ish oʻrni tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy infratuzilmani (xususiy klinikalar, dorixonalar va shu kabilar) rivojlantirish 18,6 mingta ish oʻrni tashkil etilishiga imkon berdi. Bozor infratuzilmasi obyektlarida (sugʻurta va investitsiya kompaniyalarining, tijorat banklarining filiallari va boshqalar) 11,1 mingdan ortiq ish oʻrni tashkil etilishi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infratuzilma obyektlarida ish oʻrinlari tashkil etilishiga 213,6 km avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, 88 km temir yoʻllarni taʼmirlash yordam berdi. Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan obyektlar boʻyicha 425 mlrd soʻm kapital mablagʻ oʻzlashtirildi, Maroqand — Qarshi va Qarshi — Termiz temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish boʻyicha loyihalarni roʻyobga chiqarish doirasida 20,3 mln dollar oʻzlashtirildi. Zamonaviy texnologiya asosida 600 km keng ulanishli optik-tolali tarmoqlarning qurilishi amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida joriy yil boshidan beri Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurish dasturini roʻyobga chiqarish doirasida 1,3 trln soʻm miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirildi, 4 486 ta xususiy uy topshirildi, 417,3 km suv taʼminoti tarmoqlari, 74,6 km avtomobil yoʻllari, 165,5 km elektr tarmoqlari, 149 km gaz taʼminoti tarmoqlari ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy infratuzilmada 17 ta bolalar sporti obyekti qurildi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda qariyb 700 mlrd soʻm oʻzlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrokreditlashni va isteʼmolni kreditlashni rivojlantirish, toʻlov tizimini takomillashtirish, shuningdek moliya infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish boʻyicha koʻrilgan choralar moliyaviy xizmatlar hajmlarini hamda tashkil etilayotgan ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinchidan, ishlamayotgan korxonalarning, shu jumladan tijorat banklarining balanslariga qabul qilingan bankrot korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash 11,5 mingta ish oʻrnini tiklashga yordam berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlamayotgan korxonalarni jonlantirish hisobiga ish oʻrinlarini tiklash Jizzax viloyatida (1 727 ta ish oʻrni), Toshkent shahrida (1 399 ta ish oʻrni), Sirdaryo (1 318 ta ish oʻrni), Namangan (1 029 ta ish oʻrni) va Samarqand (914 ta ish oʻrni) viloyatlarida hammadan faol kechdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning roʻyobga chiqarilishi mehnat bilan bandlikka ehtiyoj yuqori darajada boʻlgan mintaqalarda, chunonchi Samarqand (72,9 ming), Fargʻona (71,2 ming), Qashqadaryo (68,5 ming), Toshkent (68,1 ming), Andijon (61,3 ming), Namangan (59,1 ming), shuningdek Buxoro (56,8 ming), Surxondaryo (50,9 ming), Xorazm (47,4 ming), Jizzax (34,1 ming), Navoiy (31,4 ming), Sirdaryo (30,7 ming) viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (38,3 ming) va Toshkent shahrida (69,7 ming) ish oʻrinlarini koʻpaytirishga yordam berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar mamlakatda Xalqaro mehnat tashkiloti uslubi boʻyicha aniqlangan ishga joylashishga muhtojlar sonini hamda ishsizlik darajasini yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan darajagacha (iqtisodiy faol aholi sonining 4,8%i) qisqartirishga yordam berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birga amalga oshirgan Dasturning tizimli monitoringi jarayonida Dasturni bajarishda kamchilikka va orqada qolishga yoʻl qoʻygan mintaqalar hamda tarmoqlar aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaziyatning keskinligiga ish oʻrinlari tashkil etish sohasidagi kamchiliklar ham sabab boʻlgan. Tahlil shuni koʻrsatadiki, tashkil etilgan 777,8 mingta ish oʻrnidan doimiy ish oʻrinlarining haqiqiy soni 427,3 mingtani (yoki 54,9%ni), shu jumladan yangi ishga tushirilayotgan va ishlab turgan korxonalarda 45,4 mingtani, kichik korxona va mikrofirmalarda (sanoatda, qurilishda, xizmat koʻrsatishda) 281,8 mingtani, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasida 53,4 mingtani, yirik va kichik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalashgan uy mehnati sohasida 35,2 mingtani hamda ishlamayotgan korxonalarni tiklash hisobiga 11,5 mingtani tashkil etdi. Yakka tadbirkorlik, fermer va dehqon xoʻjaliklari, hunarmandchilik, oilaviy biznesni rivojlantirish hisobiga tashkil etilgan boshqa ish oʻrinlari (350,5 mingta) aslida ish oʻrinlari emas deb hisoblanmaydi, ular mehnat faoliyatining yuqorida qayd etilgan shakllarida band boʻlganlar soni koʻpayganligini aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan amalda tashkil etilgan ish oʻrinlari Dasturda yuridik shaxslarning statistik hisobotlari maʼlumotlariga qarab aniqlanadi. Dehqon xoʻjaliklari, hunarmandchilik, oilaviy biznesda (roʻyxatdan oʻtganlaridan tashqari), yakka tartibdagi mehnat faoliyatida mavjud boʻlgan ish oʻrinlaridagi shaxslar mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagan mustaqil ish bilan bandlar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlarini tashkil etish dasturlarining bajarilishi ish oʻrinlarining qisqarishini hisobga olmagan holda baholanmoqda. Amalda tashkil etilgan (427 ming) va qisqargan (40% dan ortiq) ish oʻrinlarini hisobga olganda, ularning haqiqiy oʻsishi koʻpi bilan 257 mingtani tashkil etadi, bu esa tashkil etilayotgan ish oʻrinlarini saqlab qolishni dolzarb masalaga aylantirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Dasturning ijro etilishini baholash Dastur boʻyicha ish oʻrinlarini tashkil etishning taqqoslanayotgan umumiy koʻrsatkichlari (mutlaq raqamlar va foizlar) boʻyicha amalga oshirilmoqda va bu aslida aholi bandligini taʼminlashga masʼul boʻlgan hokimliklarni ish oʻrinlari tashkil etishning real koʻrsatkichlarini oshirib koʻrsatishga, shu jumladan qoʻshib yozish yoʻli bilan oshirib koʻrsatishga undamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblar shuni koʻrsatmoqdaki, doimiy boʻlmagan mehnat faoliyatida band aholi soni 4 362,7 ming kishini tashkil etadi. Bular bir martalik ish bilan vaqtincha band boʻlgan shaxslar, shuningdek roʻyxatdan oʻtmagan, nomuntazam daromad oladigan tadbirkorlardir. Ushbu toifaga kiruvchi kishilarning aksariyat qismi, kamida 70%i yoki 3 053,9 ming nafari doimiy ishga va haq toʻlanadigan muqim ish oʻrinlariga muhtoj boʻlib, potensial ishsizlik omilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, ichki ishlar organlari hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining birgalikda yuritgan hisobi maʼlumotlariga koʻra, 1 054,8 ming nafar fuqaro doimiy yashash joyida uzoq muddat (6 oydan ortiq) yashamayotgan shaxs sifatida aniqlangan boʻlib, shularning 1 027,5 ming nafari pul topish uchun mamlakat tashqarisiga, asosan Rossiyaga chiqib ketgan. Chet elda ishlayotgan fuqarolarning doimiy yashash joyiga qaytib kelishini taʼminlash boʻyicha koʻrilgan faol chora-tadbirlar natijasida, shuningdek Rossiyadagi obyektiv noqulay ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olganda, joriy yil oxirigacha Oʻzbekistonning mehnat bozoriga kamida 105 ming kishi, kelgusi yilda esa 410 mingga yaqin kishi qaytib kelishi kutilmoqda. Bu fuqarolarning hammasi ishga joylashishga muhtoj boʻladi va, shunga muvofiq, bandlikka boʻlgan talabni oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Demografik omil va mehnat bozoridagi vaziyatni hisobga olgan holda 2015-yilda ish oʻrinlariga va bandlikni taʼminlashga boʻladigan ehtiyoj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyoj mehnat bozorida birinchi marta ishchi kuchini taklif etayotgan shaxslar (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa taʼlim muassasalarining bitiruvchilari), shuningdek ishga joylashishga muhtoj band boʻlmagan aholi (ish va daromad manbaiga ega boʻlmaganlar, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlari, muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan ishlamayotgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar va h. k.) hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, 2015-yilda ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyoj parametrlari mehnat bozoridagi haqiqiy tamoyillarni oʻrganish hamda ishchi kuchiga talab va uni taklif qilish muvozanatiga taʼsir etuvchi mamlakatning demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillarini tahlil qilish asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda demografik omilning mehnat bozoriga jiddiy va bevosita taʼsiri saqlanib qoladi. Demografik prognozga koʻra, 2015-yilda mehnat resurslarining soni 18,6 mln kishini, shulardan band boʻlganlar soni 13,2 mln kishini, ularning oʻsishi tegishincha 2,2% va 2,5% ni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat resurslarining umumiy sonida iqtisodiy faol aholi 13,9 mln kishini tashkil etadi, shu jumladan 13,2 mln kishi ish bilan bandlar va 0,7 mln kishi ishsizlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Dasturning amalga oshirilishi natijasida sanoatda bandlar ulushi 13% gacha, qurilishda 9,6% gacha, savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy xizmatlar koʻrsatishda 15,1% gacha ortadi, qishloq xoʻjaligida 25,6% gacha pasayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlarini talab qilmaydigan iqtisodiy nofaol aholi soni 4 740,7 ming kishini, shulardan ishlab chiqarishdan ajralgan holda bilim olayotganlar — 1 875,4 ming, bolalarini 3 yoshgacha parvarishlash boʻyicha mehnat taʼtilidagi ayollar — 1 517,7 ming kishini, sogʻligʻi va oilaviy sharoiti sababli ishga kirishishga imkoniyati boʻlmaganlar — 1 347,7 ming kishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlariga va mehnat bilan bandlikka ehtiyoj 1 245,7 ming kishini tashkil etadi, shu bilan birga Dasturning bajarilishi 987,5 ming kishining bandligini taʼminlashga imkon beradi, bu esa 258,2 ming boʻsh va boʻshaydigan ish oʻrni mavjud boʻlganida, mehnat bozorida talab va taklifning muvozanatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojning katta qismi Qashqadaryo (135,0 ming kishi yoki umumiy ehtiyojning 10,8%i), Samarqand (134,7 ming kishi yoki umumiy ehtiyojning 10,8%i), Andijon (127,7 ming kishi yoki umumiy ehtiyojning 10,2%i), Fargʻona (121,8 ming kishi yoki umumiy ehtiyojning 9,8%i), Surxondaryo (117,6 ming kishi yoki umumiy ehtiyojning 9,4%i) viloyatlarida va Toshkent shahrida (102,9 ming kishi yoki umumiy ehtiyojning 8,3%i) vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga 2015-yilda mehnat bozoriga birinchi marta kirib keladigan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining hamda chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarining soni yuqori boʻlishi munosabati bilan 70 ta tumanda (shaharda) mehnat bozorida keskin vaziyat vujudga keladi, bu esa shunga mos choralar koʻrishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. 2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning parametrlari hamda asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilgi Dasturning hududlar va yoʻnalishlar (tarmoqlar) kesimidagi prognoz parametrlari aholining, ayniqsa birinchi marta mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar, band boʻlmagan shaxslar, ishdan boʻshatilayotgan xodimlarning, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarining ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojidan, shuningdek sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohasini, kichik biznesni rivojlantirish munosabati bilan ishchi kuchiga talabni hisoblashdan kelib chiqqan holda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2015-yilda mamlakatimizda quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha jami 987,5 mingta ish oʻrni tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda (1 — 15-ilovalar*):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 15-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maqsadli dasturlarga muvofiq 261,6 mingta ish oʻrni, shuning 115,7 mingtasi sanoatda, 66,9 mingtasi xizmat koʻrsatish va servis sohasida, 48,8 mingtasi qishloq xoʻjaligida (chorvachilikda, parrandachilikda, bogʻdorchilikda, baliqchilikda, asalarichilikda, sabzavotchilikda, ipakchilikda, uzumchilikda) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy, Toshkent va Jizzax viloyatlarida maxsus industrial zonalar faoliyat yuritayotganligi bu yoʻnalishda ish oʻrinlari tashkil etishning salmoqli omili boʻlib, bu yangi korxonalarni ishga tushirishni va ishlab turgan korxonalardagi ish oʻrinlarini koʻpaytirishni ham, tarmoqlararo aloqalar (transport, qurilish va ijtimoiy infratuzilmada) zanjiri boʻyicha oʻzaro bogʻlangan ish oʻrinlarini tashkil etishni ham taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qurilish hisobiga va ishlab turgan korxonalarda ish oʻrinlari tashkil etish “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻzbekturizm”, “Oʻzfarmsanoat”, “Oʻzavtosanoat” kompaniyalari, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tizimida va boshqalarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash 30,2 mingta ish oʻrni tashkil etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, istiqbolsiz korxonalarni tugatib, soʻngra ularni ishlab chiqarish quvvatlarini hamda ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan yangi mulkdorlarga sotish boʻyicha maqsadli “yoʻl xaritalarini” amalga oshirish mexanizmlaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shularning eng katta qismi Samarqand (5 220 ta ish oʻrni), Namangan (4 505 ta ish oʻrni), Fargʻona (4 162 ta ish oʻrni), Andijon (4 026 ta ish oʻrni), Xorazm (2 721 ta ish oʻrni), Sirdaryo (1 696 ta ish oʻrni) viloyatlariga va Toshkent shahriga (1 896 ta ish oʻrni) toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kichik korxonalar va mikrofirmalarni jadal rivojlantirish, shuning hisobiga 290,4 ming kishining bandligini taʼminlash koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalish barcha mintaqalarda, ayniqsa 2015-yilda ish bilan bandligi taʼminlanadigan aholi umumiy sonining 74,1%i kichik korxonalar va mikrofirmalar ulushiga toʻgʻri keladigan Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent (48,2%), Surxondaryo (44,0%), Buxoro (43,8%) viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (40,9%) ish oʻrinlari tashkil etishda ustunlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda kichik biznes subyektlarini kreditlar bilan yuqori darajada qoʻllab-quvvatlashni saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Tijorat banklari tomonidan ushbu maqsadlarga 8,5 trln soʻm kredit ajratilishi prognoz qilinmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari koʻproq mehnat bozorida keskin vaziyat kuzatilayotgan olis qishloq tumanlarida ish oʻrinlari tashkil etishni koʻzda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq toʻlovining qatʼiy belgilangan stavkasi nisbatan past ekanligi, sanoatda 5%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasi korxonalari uchun 10% gacha ekanligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2022-sonli qaroriga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha choralar bu yoʻnalishda ish oʻrinlari yaratishning muhim ragʻbatlantiruvchi chorasi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va uning mamlakat mintaqalaridagi hududiy filiallari faoliyati ham muhim ahamiyatga ega, ular 2019-yilning 1-yanvariga qadar, yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliqlar, yigʻimlar, badallar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2015-yilda yakka tadbirkorlik sohasi 104,3 ming kishining bandligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarga, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarining chakana savdosini, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishni, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosini amalga oshirayotgan, oʻz mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanayotgan, maishiy xizmatlar koʻrsatayotgan shaxslarga solinadigan soliqning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1887-sonli qaroriga muvofiq qatʼiy belgilangan stavkalari yakka tadbirkorlikni rivojlantirish uchun haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda ish oʻrinlari mehnat resurslari koʻp boʻlgan mintaqalarda (Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida — 26,1 mingta), industrial rivojlangan viloyatlarda (Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida — jami 40,2 mingta), mehnatda bandlikka ehtiyoj yuqori boʻlgan janubiy mintaqada (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida — 22,8 mingta), ekologik noqulay mintaqada (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida — 8,7 mingta) hamda aholisi kam boʻlgan hududlarda (Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida — 6,5 mingta) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy mehnatining barcha shakllari, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalari boʻyicha kooperatsiyalashgan uy mehnati, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi 203,7 ming band boʻlmagan fuqaroni, asosan xotin-qizlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy nochor toifalarini, shuningdek chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada iqtisodiyotning turli sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli sifatida oilaviy biznesni rivojlantirish, ish oʻrinlari tashkil etish uchun qulay sharoitlarni yaratadigan zarur qonunchilik bazasi shakllanishini taʼminlab bergan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hal qiluvchi rol oʻynaydi. Qonun hujjatlarida kichik tadbirkorlik subyektlari uchun nazarda tutilgan hamma imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar oilaviy korxonaga ham taalluqli ekanligi alohida eʼtiborga loyiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatni tashkil etishning boshqa shakllarida mumkin boʻlmagan oqilona moslashuvchan ish kuni va mehnat taqsimoti oilaviy tadbirkorlik sharoitida amalda mumkin boʻladi, bu esa koʻpincha ishga joylashmay qoladigan aholi toifalarini, yosh bolali ayollarni va mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan boshqa toifadagi shaxslarni ham ishlab chiqarishga qisman jalb etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy mehnati boʻyicha ish oʻrinlarining katta qismi anʼanaviy milliy hunarmandchilik markazlari boʻlgan mintaqalarda — Namangan (27,3 ming), Fargʻona (26,5 ming), Qashqadaryo (23,4 ming), Samarqand (17,5 ming), Xorazm (17,0 ming), Buxoro (16,8 ming), Andijon (14,3 ming) viloyatlarida, shu jumladan Namangan, Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona, Qarshi, Samarqand, Buxoro shaharlarida, shuningdek Kosonsoy, Toʻrtkoʻl, Uychi, Chortoq, Chust, Kitob, Shahrisabz, Urgut, Hazorasp, Xiva, Vobkent, Gʻijduvon, Jondor, Rishton, Asaka, Paxtaobod, Shahrixon, Qiziltepa, Nurota, Amudaryo, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Xovos, Chiroqchi va boshqa tumanlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fermer va dehqon xoʻjaliklarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish asosan Samarqand, Xorazm, Buxoro, Fargʻona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida va boshqa mintaqalarda 127,5 mingdan ortiq kishini ish bilan band qilish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hisobiga aholining, avvalo, qishloq aholisining bandligini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4478-sonli Farmoniga muvofiq koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni maqbullashtirish, yagona yer soligʻini toʻlash va fermer xoʻjaliklarini kreditlash boʻyicha imtiyozlar muhim rol oʻynaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, kichik biznesni, uy mehnatini, infratuzilmani, dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, shuningdek ishlamayotgan korxonalarni qayta tiklash hisobiga ish oʻrinlari tashkil etishning 1 — 6-bandlarda sanab oʻtilgan barcha yoʻnalishlari va parametrlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar kesimida aniqlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga 2015-yilda ish oʻrinlarining salmoqli qismi Samarqand (94,5 ming), Fargʻona (92,8 ming), Qashqadaryo (89,0 ming), Toshkent (87,2 ming), Andijon (79,6 ming), Namangan (75,3 ming), Buxoro (73,8 ming) viloyatlarida va Toshkent shahrida (93,4 ming), shuningdek mehnat bilan bandlikka ehtiyojdan kelib chiqib, Surxondaryo (66,7 ming), Xorazm (60,2 ming), Jizzax (44,0 ming), Navoiy (41,1 ming), Sirdaryo (40,1 ming) viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (49,8 ming) tashkil etiladi hamda aholi bandligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan 2015-yilda har bir aniq korxona kesimida ish oʻrinlari tashkil etishning tarmoq dasturlarini, shuningdek ilgari tashkil etilgan ish oʻrinlari saqlab qolinishi va barqaror faoliyat yuritishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari qilib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning iqtisodiyotning ayrim korxonalarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari, alohida muhim investitsiya loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari, chet el investitsiyalari, yakka tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va yuritishga tijorat banklarining kreditlari, korxonalar va aholining mablagʻlari belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Band boʻlmagan aholini, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, shuningdek chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosi doirasida 2015-yilda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan mehnat bozorida faol choralarni amalga oshirish, shu jumladan ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga, chet eldan (asosan Rossiyadan) qaytib kelayotgan mehnat migrantlariga, muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarga, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar natijasida ishsiz qolgan fuqarolarga, nogironlar, koʻp bolalilar va yolgʻizlarga, odam savdosidan jabrlanganlar va boshqalarga ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu maqsadlarda yangi tashkil etiladigan ish oʻrinlariga, mavjud boʻsh va zaxira qilinadigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish, shuningdek mehnat qonunchiligi boʻyicha, mustaqil ishga joylashish uchun, jumladan chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlari mustaqil ishga joylashishlari uchun ish oʻrinlarini tanlash boʻyicha bepul maslahatlar berish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, ish qidirishning modifikatsiya qilingan dasturlaridan, vazirlikning www.mehnat.uz sayti va uning hududiy organlarining saytlaridan foydalaniladi, faol ish izlayotgan fuqarolarga ishga joylashishda Davlat interaktiv xizmatlari yagona portali http://my.gov.uz orqali yordam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, band boʻlmagan aholiga va ishsizlarga, birinchi navbatda, yoshlar, xotin-qizlar, imkoniyati cheklangan shaxslarga kasbga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladi. Ushbu maqsadda Toshkent shahridagi ishsizlarni kasbga oʻrgatish markazining ishsizlarni mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobillarga xizmat koʻrsatish boʻyicha talab mavjud boʻlgan kasblarga oʻrgatish, shuningdek bazaviy kasb-hunar kollejlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlarini hisobga olgan holda ishsizlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun imkoniyatlari ishga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ishsiz fuqarolarni transport, yoʻl yoqasi va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishida, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishidagi haq toʻlanadigan jamoat ishlariga faol jalb etish moʻljallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda nogironlar, koʻp bolali onalar, farzandlarini yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota yoki onalar, odam savdosidan jabrlanganlar, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlari va mehnat bozorida ish topishda qiynalayotgan boshqa shaxslarni ishga joylashtirish uchun kamida 100 mingta ish oʻrni zaxira qilinadi (kvotalanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari bandlikka koʻmaklashishning taʼsirchan usuli boʻlib, ularning maqsadi ish izlayotgan fuqarolarni taklif qilinayotgan boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirish, shuningdek ularga mehnat bozori, xodimlarga ehtiyoj sezayotgan korxonalar, ishga joylashish, mavjud boʻsh ish oʻrinlari asosida qayta kasbga oʻrgatish imkoniyatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berishdan iborat. 2015-yilda, barcha tumanlar va shaharlarni qamrab olgan holda, potensial ish beruvchilar, boʻsh ish oʻrinlariga ega korxona va tashkilotlar, shuningdek band boʻlmagan aholi ishtirokida 1 180 ta ish oʻrinlari yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda tuman va shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan amalga oshiriladigan yuqoridagi chora-tadbirlar uchun, xususan, ishsizlarni ishga joylashtirish, oʻqitish va qayta tayyorlash, ularni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, shuningdek ishsizlik nafaqalari tayinlash va toʻlashni amalga oshiradigan markazlarni va ularning xodimlarini taʼminlash uchun 32,9 mlrd soʻm sarflash koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish doirasida taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda Dasturni roʻyobga chiqarish doirasida tashkil etiladigan ish oʻrinlariga, shuningdek mavjud boʻsh va zaxira qilinadigan ish oʻrinlariga kasb-hunar kollejlarining 487,7 ming bitiruvchisini ishga joylashtirish moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida har bir tuman va shahar kesimida maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar va idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlar ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks chora-tadbirlar quyidagilarni koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar (ish beruvchilar), kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomalar shartlariga rioya etilishining samaradorligini va haqqoniyligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga qabul qilayotgan kichik korxonalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-iyuldagi “Taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4232-sonli Farmonida belgilangan imtiyozlardan yanada toʻliq foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha viloyat markazlarida, yirik tumanlar va shaharlarda potensial ish beruvchilar ishtirokida ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini ish oʻrinlariga joylashtirish bilan bir qatorda, ularga oʻzining tadbirkorlik ishini tashkil etish va yuritish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq aholi bandligini taʼminlashning quyidagi yangi imkoniyatlari ishga solinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini bitirgan yoshlarni, oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida oʻqigan bitiruvchilarni, shuningdek odam savdosidan jabr koʻrganlarni ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini bitirgan yoshlar, oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida oʻqigan bitiruvchilar ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilganligi haqida mehnat organlariga xabar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilgi dasturda chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash boʻyicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda chet eldan (asosan Rossiyadan) qaytib kelayotgan 409,5 ming nafar mehnat migrantining bandligiga (shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatiga) koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda. Ularning eng koʻp qismi Surxondaryo (67,4 ming kishi), Samarqand (55,9 ming), Qashqadaryo (50,8 ming), Namangan (43,7 ming), Andijon (41,0 ming), Buxoro (34,5 ming), Fargʻona (32,3 ming) viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlariga, birinchi navbatda, yuqori malakani talab etmaydigan, vaqtinchalik ishlarda ishlaganlarga, yashash joyida ishga joylashish uchun boʻsh ish oʻrinlarini taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlariga ishlab chiqarishni (xizmatlar koʻrsatishni) va shunga muvofiq ish oʻrinlarini tashkil etish sharti bilan foydalanilmayotgan obyektlarni “nol” qiymatida topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlariga foydalanilmayotgan obyektlarni buzib tashlash natijasida boʻshab qolgan yer maydonlarini ajratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlariga kichik biznes korxonalari tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrinlari tashkil etish hamda bandlikni taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan kreditlar berish koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Dastur bajarilishining monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etishning tasdiqlangan parametrlari sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining elektron axborot tizimlaridan faol foydalangan holda Dasturning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar, tarmoqlar va aniq korxonalar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli va doimiy monitoring tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur bajarilishining borishi aniq davrda real vaqt rejimida tahlil etib boriladi. Ushbu mexanizm hisobot davri oxirigacha tasdiqlangan ish oʻrinlari tashkil etish parametrlaridan ortda qolish holati mavjud boʻlgan korxonalar, tarmoqlar, bandlik yoʻnalishlari, shuningdek tumanlar va shaharlarni aniqlash hamda joriy hisobot davrida Dastur parametrlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilayotgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotning shaffofligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlar va davlat statistika hisobotlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi nizomga, shuningdek ularning haqqoniyligini tanlab oʻrganishga muvofiq yoʻnalishlar va hududlar kesimida yangi tashkil etilgan ish oʻrinlari koʻrsatkichlarining haqqoniyligi nazoratga olinadi, shuningdek ish oʻrinlari tugatilishining statistik hisobi tashkil etiladi, bunday tugatilish sabablari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun 2015-yilda yoʻnalishlar va hududlar kesimida tashkil etilayotgan ish oʻrinlari koʻrsatkichlarining haqqoniyligini tanlab oʻrganishni hamkorlikda oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Oʻtkaziladigan tekshirishlar, shuningdek ish oʻrinlarining tugatilishi va tugatilish sabablarini aniqlash boʻyicha statistik hisob-kitobni yoʻlga qoʻyish yuzasidan koʻrilayotgan choralar natijalari maxsus yigʻilishlarda hududlarning masʼul rahbarlari ishtirokida muhokama etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda investitsiya dasturlari, sanoat, xizmat koʻrsatish va servis sohasini, infratuzilmani rivojlantirish, mahalliylashtirish va shu kabi dasturlar parametrlaridan kelib chiqib, tashkil etilayotgan ish oʻrinlarining monitoringi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning ishchi komissiyalari tomonidan muntazam ravishda, har oyda, tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar va tarmoq jadvallari asosida ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishining borishi koʻrib chiqilib, tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining tahlili va monitoringi asosida umumlashtirilgan axborot har oyda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi, unda mavjud ortda qolishlar, ularning sabablari koʻrsatiladi, shuningdek aniq takliflar ishlab chiqiladi, bu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus yigʻilishlarida masʼul vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, hokimliklar va yirik korxonalar rahbarlari ishtirokida muhokama etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi monitoringining natijalari muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hayʼati majlislarida, vazirlik va uning hududiy boshqarmalarining maxsus yigʻilishlarida koʻrib boriladi, ularning natijalari yuzasidan barcha darajadagi hokimliklarga va iqtisodiyot tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlariga Dastur amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrish uchun takliflar taqdim etib boriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 11-son, 317-modda)