Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 03.09.2013 yildagi 1085-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzaobod tuman hududida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asoslanib, Mirzaobod tuman hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan, ish topishda qiynaladigan, mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun ish joylarini tashkil etish va ish bilan taʼminlashda qoʻshimcha kafolatlar berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mirzaobod tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining ish joylarining eng kam miqdorini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17 moddalari asosida ish koʻrib Mirzaobod tuman hokimligi, Mirzaobod tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini 1-ilovada* koʻrsatilgan 48 ta korxonalarda xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha sonining 7 foizi miqdorida belgilaydi. Bu 84 nafar kishini tashkil etadi. Shu jumladan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun — 3 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar hamda 14 yoshgacha bolalari boʻlgan va nogiron bolalari borlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun –– 59 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun –– 6 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun –– 1 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun — 6 nafar (korxona, tashkilot va muassasalar roʻyxati ilova* qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish joylari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun –– salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qoʻyilgan talablar, ularning toʻsiqsiz ishlash imkoniyatini beruvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim va kasb-hunar oʻquv muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun –– maxsus oliy malaka talab qilinmaydigan, ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda koʻp bolali ota-onalar uchun –– bolalarini tarbiyalash va mehnat majburiyatlarini birga qoʻshib bajarish imkoniyatini beruvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar uchun –– yaratilgan ish joylari maxsus mutaxassislik yoki malaka talab qilinmaydigan har qanday ish joylari hamda mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatib oʻtilayotgan tashkilotlar rahbarlari ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlarini tashkil etilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) taʼminlasinlar hamda band qilingan yoki yaratilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni, qarorning 2-ilovasiga* muvofiq kvotalangan ish joylari soni va kasblar (lavozimlar)ning nomlari koʻrsatilgan holda 3 kun muddatdan kechikmasdan tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yetkazishlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga nogironlar uchun band qilingan ish oʻrinlariga, nogironlardan ishga joylashish uchun talab boʻlmaganda ushbu kvotalangan oʻrinlarga oʻrta-maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish choralari koʻrilishi alohida taʼkidlab oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilotlarga quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun ish joylarining belgilangan eng kam miqdoridan ortiqcha ish joylari barpo etgan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solish boʻyicha imtiyozlarga ega boʻladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan eng kam miqdoridan ortiqcha ish joylari barpo etishga ish beruvchi tomonidan sarflangan xarajatlarni qisman qoplashga ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasidan pul mablagʻlari Mehnat vazirligi tomonidan belgilangan va Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan tartibda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 25-kunigacha belgilangan muddatdan kechikmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 3-ilovasida keltirilgan hisobot jadvaliga muvofiq ushbu qaror boʻyicha tuman BK va AIMQ markazi tomonidan ishga joylashtirilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi hisobotni markazga berib turish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mirzaobod tuman hokimining 2012-yil 24-sentabrdagi 1383-sonli “Mirzaobod tuman hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch keladigan shaxslar uchun ish joylari (kvotalar) tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori nazoratdan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Gʻ. Mamadiyev bir hafta muddatda mazkur qarorning ijrosini taʼminlab, ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan korxona rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari D. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. BARATBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzaobod t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1085-son