OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1682-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 9-martdagi 2007-03, 33, 289-B-son qarori (roʻyxat raqami 1682, 2007-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 227-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-noyabr,
2014-30-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-noyabr,
78-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-noyabr,
289-V-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimada:
“investitsiya vositachilarining” degan soʻzlardan keyin “, shu jumladan tijorat banklarining va sugʻurtalovchilarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Nizomning talablari davlat qimmatli qogʻozlari emitentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
2. 1-bandning oʻninchi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Market-meykerlik xizmatlari investitsiya vositachisi tomonidan u Roʻyxatga kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.”.
4. Rus tilidagi matnning 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi “litsenzii na” degan soʻzlar “litsenzii, predostavlyayuщey” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Savdolar tashkilotchisi har bir savdo sessiyasi boshlanishidan avval pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitining muvofiqligini aniqlaydi”.
6. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Market-meyker pul mablagʻlari limitini taʼminlash maqsadida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qarz mablagʻlarini jalb qilish huquqiga ega.”.
7. 28-banddagi “Kotirovka narxlarining” degan soʻzlar “Kotirovka (narxlar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 43-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amal qilishi toʻxtatilganda, tugatilganda yoki bekor qilinganda;”.
9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2014-yil 22-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 600-modda)