26.05.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1682
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 26.05.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1682
Кучга кириш санаси
05.06.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INVESTITSIYA VOSITACHILARINING EMITENTLARGA RASMIY DILER (MARKET-MEYKER)LIK XIZMATLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-mayda 1682-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 39-son, 387-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 3-fevraldagi 2009-08, 13 va 289-V-1-sonli (roʻyxat raqami 1682-1, 14.02.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 80-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-03-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 9-martdagi 2007-03, 33, 289-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-yil 39-son, 387-modda) muvofiq investitsiya vositachilarining, shu jumladan tijorat banklarining va sugʻurtalovchilarning emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning talablari davlat qimmatli qogʻozlari emitentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi — birja va birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil qilish faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
market-meyker — qimmatli qogʻozlarga doir narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun birja bitimlarini tuzish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan investitsiya vositachisi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisining qoidalari — qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, qimmatli qogʻozlar narxlari kotirovkasini aniqlash jarayonlariga doir tartiblarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalari, qimmatli qogʻozlarning savdosi tashkilotchisi tomonidan qatnashchilarga savdolarda ishtirok etishlariga ruxsat berish tartibi, maʼlumotlarni oshkor etish tartibi va qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hujjatlar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish haqidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) — investitsiya vositachisi va savdolar tashkilotchisining huquq va majburiyatlari va market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishning boshqa muhim shartlarini nazarda tutuvchi savdolar tashkilotchisi va investitsiya vositachisi oʻrtasidagi yozma kelishuv;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
market-meykerlarning rasmiy roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) — Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq market-meykerlik xizmatlarini amalga oshiruvchi investitsiya vositachilarining hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan va savdolar tashkilotchisi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy roʻyxati;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkiyoqlama kotirovka — oʻzi eʼlon qilgan yoki qabul qilgan shartlar asosida bitimlarni tuzish majburiyatini olgan holda, market-meyker tomonidan bir vaqtning oʻzida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochilish narxi — market-meyker tomonidan savdo sessiyasining ochilishi vaqtida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopilish narxi — market-meyker tomonidan savdo sessiyasining yopilishi vaqtida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Market-meykerlik xizmatlari investitsiya vositachisi tomonidan u Roʻyxatga kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiya vositachisi bir nechta emitentlarning qimmatli qogʻozlari boʻyicha market-meykerlik xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega. Bir emitentning qimmatli qogʻozlari ikki yoki undan ortiq market-meykerlar tomonidan, savdolar tashkilotchisining Qoidalarida belgilangan tartibda, kotirovka qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya vositachisining Roʻyxatga kiritilishi uchun zarur sharti boʻlib quyidagilarning mavjudligi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilangan miqdordan kam boʻlmagan xususiy kapital;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar emitenti bilan kelishuv (emitentning maxsus dileri xizmati koʻrsatilgan hollarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiya vositachisi Roʻyxatga kiritilishi uchun savdolar tashkilotchisiga savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilangan shakldagi arizani taqdim etadi. Arizaga ushbu investitsiya vositachisi tomonidan tasdiqlangan, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Market-meykerlik xizmatlarini koʻrsatish maqsadi boʻlgan investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisidan market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish shartlari va talablariga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolar tashkilotchisi oʻzining Internetdagi saytida oʻzi tomonidan tasdiqlangan market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishga qoʻyilgan talablar, ushbu talablarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni muntazam ravishda eʼlon qilib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir arizani koʻrib chiqish natijasiga koʻra, savdolar tashkilotchisi besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish yoki Roʻyxatga kiritishni rad etish haqida asoslangan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritishni asossiz rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Roʻyxatga kiritilishi rad etilgan taqdirda, investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etganidan keyin, Roʻyxatga kiritilishi uchun umumiy asoslarga tayangan holda takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiya vositachisini qimmatli qogʻozlarning aniq bir turi boʻyicha market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish uchun Roʻyxatga kiritilishi, ushbu investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlarning boshqa turlari boʻyicha hech qanday qoʻshimcha huquqni bermaydi va/yoki hech qanday qoʻshimcha cheklashlarni yaratmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, savdolar tashkilotchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror qabul qilingan kunning ertasidan kech boʻlmagan muddatda investitsiya vositachisi bilan Shartnoma tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya vositachisi bilan shartnoma tuzilgan kuni investitsiya vositachisining nomi, emitentning nomi va kotirovkalanadigan qimmatli qogʻozlarning turini koʻrsatgan holda, investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shartnomaning shakli va mazmuni shartnomada koʻrsatilgan taraflar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari va savdolar tashkilotchisi Qoidalariga muvofiq belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va investitsiya vositachisining Roʻyxatda boʻlishi davri mobaynida amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shartnomaning bekor qilinishi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, mazkur Nizom talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Market-meyker tomonidan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitlarini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Market-meyker savdolar tashkilotchisining pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitlarini taʼminlash boʻyicha talablariga amal qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarining limitining minimal miqdori savdolar tashkilotchisi tomonidan qimmatli qogʻozlari market-meyker tomonidan kotirovka qilinayotgan emitentning ustav fondi miqdoridan kelib chiqqan holda, quyidagi tartibda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari uchun — emitentning ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarining umumiy nominal bahosiga nisbatan foiz hisobida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar uchun — emitentning ushbu turdagi qimmatli qogʻozlari umumiy soniga nisbatan foiz hisobida.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Savdolar tashkilotchisi har bir savdo sessiyasi boshlanishidan avval pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitining muvofiqligini aniqlaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Market-meyker pul mablagʻlari limitini taʼminlash maqsadida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qarz mablagʻlarini jalb qilish huquqiga ega.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 2014-30, 78, 289-V-2-sonli (roʻyxat raqami 1682-2, 10.12.2014-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 600-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qimmatli qogʻozlarning limitini taʼminlash maqsadida market-meyker:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishmayotgan qimmatli qogʻozlar sonini emitentdan yoki boshqa qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilaridan sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun repo-bitimini tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usullar bilan qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqiga ega.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Zarur miqdordagi pul mablagʻlari va/yoki qimmatli qogʻozlari mavjud boʻlmagan taqdirda, market-meyker savdolar tashkilotchisi tomonidan savdo sessiyasiga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Pul mablagʻlari yoki qimmatli qogʻozlar limitini taʼminlash talablari muntazam ravishda buzilgan taqdirda, savdolar tashkilotchisi bu haqda market-meykerni yozma ravishda ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vositachisi tomonidan pul mablagʻlari yoki qimmatli qogʻozlar limiti talablari u bu haqda ogohlantirilganidan keyin ham buzilsa, savdolar tashkilotchisi uni Roʻyxatdan chiqarib yuborish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Roʻyxatdan chiqarilgan investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisiga oʻzini Roʻyxatga kiritilishini soʻrab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish mazkur Nizomning 2-boʻlimida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qimmatli qogʻozlarning market-meyker tomonidan ikkiyoqlama kotirovka qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qimmatli qogʻozlarning ikkiyoqlama kotirovka qilinishining taʼminlanishi va realizatsiya qilinishi market-meyker tomonidan savdolar tashkilotchisining Qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vositachisi tomonidan market-meykerlik xizmatlari bir vaqtning oʻzida tashkillashtirilgan birja va birjadan tashqari bozorlarda koʻrsatilgan taqdirda, birja va birjadan tashqari bozorlarda u tomondan bir xil narx diapazoni belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar tashkillashtirilgan bozorda emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha avval tuzilgan bitimlar mavjud boʻlmasa, market-meyker oʻzi kotirovka qiladigan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishning boshlangʻich narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Market-meyker quyidagilarni eʼlon qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir savdo sessiyasi boshlanishida — sotib olish va sotish uchun ochilish narxlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir savdo sessiyasi davomida — joriy vaqtdagi sotib olish va sotish narxlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir savdo sessiyasi soʻngida — sotib olish va sotish uchun yopilish narxlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yopilish narxi keyingi savdo sessiyasining ochilish narxi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Market-meyker tomonidan eʼlon qilingan narxlar, u tomondan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kotirovka (narxlar) shakllanishi haqqoniy bozor narxlarini belgilash tamoyillaridan va kotirovka qilinadigan qimmatli qogʻozlar likvidliligini taʼminlashdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Market-meyker tomonidan muayyan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan narxlar, talab va taklif darajasini ushlab turish uchun qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish hisoblanmaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qimmatli qogʻozlarning sotib olish va sotish narxlarini maʼlum qilishda market-meyker eʼlon qilingan narxlar taalluqli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning sonini oshkor qilishi shart, shuningdek, eʼlon qilingan narxlarning amal qilish muddatini maʼlum qilish huquqiga ham ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sotib olish va sotish narxlarini eʼlon qilish market-meyker tomonidan tegishli buyurtmalarni savdo tizimiga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Eʼlonda (qimmatli qogʻozlarni sotib olish/sotish uchun arizada) boshqa shartlar boʻyicha koʻrsatmalar koʻzda tutilmaganda, market-meyker oldi-sotdi bitimlarini savdo qatnashchilari tomonidan taklif qilingan shartlar boʻyicha tuzishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishi davomida investitsiya vositachisi oʻzi kotirovkasini olib borayotgan qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish boʻyicha kelib tushayotgan buyurtmalar, u tomonidan eʼlon qilinayotgan sotish va sotib olish narxlari, shuningdek amalga oshirilgan va rad etilgan bitimlar toʻgʻrisida savdo tizimida aks ettirilgan axborotlarning qogʻoz va/yoki elektron koʻrinishdagi alohida hisobini olib borish jurnalini (keyingi oʻrinlarda — Jurnal) yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalning shakli savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Investitsiya vositachisi market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishining butun davri davomida Jurnalga kiritilgan maʼlumot va axborotlarning saqlanishini taʼminlashi lozim. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishi tugatilgandan soʻng investitsiya vositachisi Jurnalni savdolar tashkilotchisiga saqlash uchun topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Market-meykerning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Market-meyker quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisidan oʻz xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda emitent bilan kelishuvni bekor qilish yoki uning muddatini uzaytirish;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisiga oʻzining xizmatlarini amalga oshirish shart-sharoitlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlarini chegaralaydigan harakatlar yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish;
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar sotib olingan qimmatli qogʻozlarning soni, sotilgan qimmatli qogʻozlar sonini ayirganda, savdo sessiyasi davomida savdolar tashkilotchisi tomonidan ushbu turdagi qimmatli qogʻoz boʻyicha belgilangan majburiy kotirovkaning minimal miqdoridan ikki baravar koʻp boʻlsa, majburiy sotib olish kotirovkasini belgilashni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar sotilgan qimmatli qogʻozlarning soni, sotib olingan qimmatli qogʻozlar sonini ayirganda, savdo sessiyasi davomida savdolar tashkilotchisi tomonidan ushbu turdagi qimmatbaho qogʻoz boʻyicha belgilangan majburiy kotirovkaning minimal miqdoridan ikki baravar koʻp boʻlsa, majburiy sotish kotirovkasini belgilashni rad etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisining Qoidalari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Market-meyker quyidagilarni bajarishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishning butun davri davomida xususiy kapital miqdoriga nisbatan qoʻyiladigan talablarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom, Shartnoma va savdolar tashkilotchisining Qoidalariga muvofiq zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqatgina oʻz nomidan va oʻz hisobidan bitimlar tuzish, mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, qarz mablagʻlari hisobiga bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi tomonidan oʻrnatilgan narx diapazonlaridan chiqmagan holda, talab va taklif asosida, oʻzi kotirovkasini amalga oshirayotgan qimmatli qogʻozlarning ikkiyoqlama kotirovkasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir savdo sessiyasi uchun oʻrnatilgan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari miqdori limitlarini doimiy ravishda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir savdo sessiyasining boshlanishida qimmatli qogʻozlarning qatʼiy belgilangan boshlangʻich sotib olish va sotish narxlarini eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi tomonidan savdo tizimiga kiritilgan qatʼiy belgilangan sotib olish va sotish narxlari asosida bitimlar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda maʼlumotlarni oshkor etish;
(35-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkilotchisining qoidalari va qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa talablarni bajarish.
(35-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishdagi cheklashlar
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu qimmatli qogʻozlar egalarini oʻzgartirmasdan turib bitimlar tuzilishiga olib keladigan buyurtmalarni qanoatlantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Market-meyker buyurtmalarni ularning kelib tushishi navbati boʻyicha bajarishi shart va bir narxdagi, bir partiyadagi sotib olish va sotish uchun buyurtmalarni birlashtirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Market-meyker market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish uchun qarz mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining rezident jismoniy shaxslaridan, shuningdek norezident yuridik va jismoniy shaxslaridan jalb qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maʼlumotning oshkor etilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Savdolar tashkilotchisi oʻzining veb-saytida market-meykerlar nomlarini oshkor etishi mumkin.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 12-dekabrdagi 2018-15, 151, 289-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1682-3, 09.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Har chorak yakunidan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan market-meyker savdolar tashkilotchisiga ikkiyoqlama kotirovkalarni amalga oshirish uchun mazkur qarz mablagʻlarini bergan yuridik shaxslar tomonidan tasdiqlangan, jalb qilingan qarz mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Market-meyker tomonidan mazkur Nizomning 41-bandida koʻzda tutilgan maʼlumotlarning taqdim qilinmasligi Shartnomaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishni toʻxtatish, tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish quyidagi hollarda toʻxtatiladi yoki tugatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amal qilishi toʻxtatilganda, tugatilganda yoki bekor qilinganda;
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozoriga oid qonunchilik hujjatlari, ushbu Nizom yoki savdolar tashkilotchisining Qoidalari talablari buzilganda;
(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organining koʻrsatmasi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi bilan tuzilgan Shartnoma shartlarining market-meyker tomonidan buzilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
market-meyker eʼlon qilingan narxlar boʻyicha bitimlar tuzishdan bir necha bor bosh tortganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
(43-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Market-meyker oʻz xohishiga koʻra, Shartnomani bekor qilinishi kutilayotgan kundan kamida bir oy oldin Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish orqali oʻz xizmatlarini amalga oshirishni tugatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nazorat va javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Qonunchilik hujjatlarini buzganlik holatlari aniqlangan taqdirda savdolar tashkilotchisi ikki ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor etishi shart.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda javobgar boʻladilar.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 5-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 227-modda; 2009-y., 8-son, 80-modda; 2014-y., 50-son, 600-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son, 15.04.2019-y., 10/19/1682-4/2941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)