Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2003 04.01.1999 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI ChAKANA SOTISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida meva-sabzavot tovarlarini chakana sotish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zbeksavdo”, “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘rsatib o‘tilgan Qoidalarning, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, meva-sabzavot tovarlari sotuvchi barcha korxonalarga yetkazilishini ta’minlasinlar hamda aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
4-yanvardagi 1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida meva-sabzavot tovarlarini chakana sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida ixtisoslashtirilgan meva-sabzavot do‘konlarida, oziq-ovqat do‘konlarining bo‘limlari va seksiyalarida, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi pavilonlarda yangi uzilgan sabzavot, ho‘l meva, uzum, rezavor meva, subtropik o‘simliklar, yong‘oq mevalar, poliz mahsulotlari, qo‘ziqorin, yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, kartoshka va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar (keyingi o‘rinlarda meva-sabzavot tovarlari deb ataladi)ni chakana sotish sohasidagi asosiy talablarni belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chakana savdo korxonalari meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka ko‘plab keltiriladigan davrda tumanlar, shaharlar hokimliklari va sanitariya nazorati organlarining ruxsati bilan lotoklar, telejkalarda sotishni, shuningdek dehqon bozorlari, guzarlar, yarmarkalar va ushbu maqsadlar uchun ajratilgan boshqa joylarda mayda ulgurji savdoning keng tarmog‘ini tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qo‘shimcha ravishda qadoqlangan boshqa oziq-ovqat tovarlari: ziravor, ketchuplar, dorivorlar, asal, o‘simlik moyi, tuz, uksus, meva-sabzavot sharbatlari va chanqovbosdi ichimliklar ham sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish sharoitlariga qarab meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar xo‘jalik tovarlari: kartoshka-sabzavot tozalagich, sharbatsiqqich, qopqoqlash mashinalari, har xil idishlar, tiqin va o‘rash materiallari, kichik mexanizatsiya vositalari, bog‘-poliz anjomlari, polietilen plyonka, meva-sabzavot ekinlari va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lari va ko‘chatlarini sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Meva-sabzavot tovarlari va kartoshka sotuvchi korxonalar va tashkilotlar texnik jihozlash normalariga muvofiq zarur savdo-texnologiya asbob-uskunalari, mexanizatsiya vositalari va anjomlar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turg‘un savdo korxonalarida tovarlar uchun xaridorlar bilan hisob-kitoblar qat’iy ravishda nazorat-kassa mashinalari vositasida amalga oshiriladi. Ularning pul mablag‘lari inkassatsiyasi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdo tarmoqlari tomonidan foydalaniladigan tosh-tarozi va boshqa o‘lchov asboblari soz holatda bo‘lishi, aniq tamg‘asi bo‘lishi va amaldagi tartibga muvofiq belgilangan muddatlarda tekshirish uchun taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Savdo binolarida xaridorga ko‘rinarli joyda nazorat tarozilari va boshqa o‘lchov asboblari, shuningdek takliflar va mulohazalar daftari qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Meva-sabzavot tovarlari sotuvchi korxonalar va tashkilotlar mazkur Qoidalar bilan nazarda tutilgan barcha hollarda do‘konlar ishlashining asosiy qoidalariga, oziq-ovqat do‘konlari uchun sanitariya qoidalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI KELTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Meva-sabzavot tovarlari va kartoshka sotuvchi korxona va tashkilotlar ish sharoitlariga qarab ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotni bevosita tovar yetishtiruvchilardan — yuridik va jismoniy shaxslardan, tayyorlov-sotish korxonalaridan shartnoma asosida erkin narxlar bo‘yicha oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mayda ulgurji savdo tarmog‘i meva-sabzavot va boshqa qo‘shimcha tovarlar bilan o‘zlari tarkibiga kiradigan, ushbu mahsulotlar bilan savdo qiladigan korxonalar va tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Meva-sabzavot mahsulotlari va boshqa qo‘shimcha tovarlarni sotuvchi korxonalar va tashkilotlarga ularni keltirish talab va taklifga bog‘liq ravishda shartnomaga muvofiq miqdor va turlarda tashkil etiladi. Ularning resurslari yetishmagan taqdirda savdo korxonalari va tashkilotlari bunday tovarlarni belgilangan tartibda chetdan, shu jumladan import bo‘yicha keltiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sotuvga qo‘yiladigan meva-sabzavot tovarlari sortlarga ajratilgan bo‘lishi va sifatiga ko‘ra davlat standartlariga hamda texnik shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Saralash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan olmaning ayrim dumbul navlari (“Oq olma”, “Astraxan oq olmasi”, “Rozmarin”), rezavor mevalar (qulupnay, malina (xo‘jag‘at), smorodina (qorag‘at), danakli mevalar (olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik) va uzum uchun bundan istisno qilishga yo‘l qo‘yiladi. Agar yaroqsizlik va chiqit miqdori olmalar uchun 5 foizdan, danakli mevalar va uzum uchun 10 foizdan ortiq bo‘lmasa, ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar sortlarga ajratilmasdan sotuvga qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Meva-sabzavot tovarlari tayyorlash (qabul qilish), saqlash, qayta ishlash, sotish (savdo) joylariga tovarni mexanik shikastlanishdan saqlashni ta’minlovchi idishda va o‘ramda keltiriladi. Meva-sabzavot tovarlarining nosoz, iflos va o‘ziga xos hid kelib turadigan idishda va transport vositalarida idishsiz tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ho‘l meva-sabzavot tovarlari ularni qabul qilish va sotish joylariga, qoidaga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan avtotransportda keltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Meva-sabzavot tovarlari transportning ochiq turlari bilan tashilganda ularning ustiga brezent yoki o‘rash materiali yopilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI QABUL QILIB OLISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Meva-sabzavot tovarlarini yetkazib beruvchilardan miqdori va sifati bo‘yicha qabul qilib olish savdo korxonalari va tashkilotlarining vakolatli shaxslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalq iste’mol tovarlarini miqdori va sifati bo‘yicha qabul qilib olish tartibi to‘g‘risidagi davlat standartlari, texnik shartlar va yo‘riqnomalarda nazarda tutilgan tartibda tovarshunos (u bor joylarda) ishtirokida amalga oshiriladi. Meva-sabzavot tovarlari sifati tovar yetishtiruvchi tomonidan taqdim etiladigan va O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning sifatini nazorat qilish vakolatli organlari tomonidan tasdiqlangan sifat, muvofiqlik, tovarning kelib chiqish sertifikatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Meva-sabzavot tovarlarini miqdori va sifatiga, turiga ko‘ra tekshirish tovarga ilova qilinadigan hujjatda, shuningdek oldi-sotdi shartnomasida yoki mahsulot yetkazib berish shartnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq o‘tkaziladi. Sifatsiz tovar yoki keltirilgan tovarning tegishli hujjatda ko‘rsatilgan miqdorga, turga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda savdo korxonasi yoki tashkiloti uni qabul qilishni to‘liq yoki qisman rad etishga, mahsulotni miqdori va sifatiga ko‘ra qabul qilib olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarga muvofiq dalolatnoma tuzishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Idish ehtiyotkorlik bilan, maxsus asboblar yordamida ochilishi kerak. Savdo korxonasi va tashkilotiga keltiriladigan barcha meva-sabzavot idishi uning saqlanishini ta’minlaydigan hamda ayniqsa zararli moddalar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak. Idishni savdo zalida, tamburda va savdo korxonalari old tomonida saqlash taqiqlanadi. Idishni saqlash uchun maxsus bino yoki atrofi o‘ralgan bostirmali maydon ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI SAQLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ho‘l, quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot tovarlari buning uchun maxsus ajratilgan, tabiiy yorug‘lik tushmaydigan, yaxshi shamollatiladigan, sovutiladigan joylarda idishga solingan holda saqlanadi. Mahsulot solingan yashiklar, lotoklar, savatlar 1,5-2 metr balandlikdagi so‘rilarga qo‘yiladi. Tovarlar konteynerlarda saqlanganda ularning poldan balandligi bino shipining balandligiga va ko‘tarish mexanizmlari bilan jihozlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ho‘l meva, sabzavot va kartoshkani saqlash uchun quyidagi sharoitlar ta’minlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mahsulotning nomi‎

Selsiy bo‘yicha ‎ harorat darajasi‎ Havoning nisbiy ‎ namligi, foiz‎
Kartoshka‎ +2 dan +3 gacha‎ 85-95‎
Sabzi, petrushka, selderey, sholg‘om, erqalampir (xren), lavlagi, turp, rediska, bryukva, piyoz‎ -1 dan +1 gacha‎ 90-95‎
Karam‎ -1 dan +3 gacha‎ 90-95‎
Pomidor‎ +10 dan +13 gacha‎ 75-80‎
Bodring, kabachki, kovok, patisson, baqlajon‎ +13 dan +15 gacha‎ 90-95‎
Salat, ismaloq, ko‘kpiyoz, borlamli rediska va boshqa oshko‘klar‎ +1 dan +3 gacha‎ 90-95‎
Qovun‎ +10 dan +13 gacha‎ 85-90‎
Tarvuz‎ +3 dan +4 gacha‎ 80-85‎
Olma‎ +4 dan +5 gacha‎ 95‎
Nok‎ +2‎ 95‎
Uzum‎ 0 dan-1 gacha‎ 90-95‎
Danakli mevalar (�lcha, gilos, o‘rik, olxo‘ri, shaftoli)‎ 0 dan-1 gacha‎ 80-95‎
Qalampir‎ +6 dan +7 gacha‎ 90-95‎

Bulg‘or qalampiri‎

+10 dan +13 gacha‎ 90-95‎
Sariq, to‘q sariq tusli sitrus mevalar‎ +2 dan +3 gacha‎ 85-90‎
Mandarin, apelsin va limon‎ +2 dan +3 gacha‎ 85-90‎
Pishgan ananas‎ 8 dan +9 gacha‎ 85-90‎
Pishgan banan‎ +12 dan +14 gacha‎ 90-95‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday sharoitlar yaratish imkoni bo‘lmagan istisno hollarda po‘choqli urug‘i bo‘lgan mevalar, sitrus mevalar, sabzavotlar (oshko‘klardan tashqari) va kartoshka ikki kecha-kunduzdan ortiq bo‘lmagan muddatda havoning nisbiy namligi 80 — 85 foiz bo‘lgan holda +10 dan +12 gacha darajali haroratda saqlanishi mumkin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mevalar buzilishining oldini olish uchun fumigatsiya qilingan olma, nok va sitrus mevalarni savdo joylarida saqlash 24 soatdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan bodring va pomidorlar yog‘och bochkalarda, bidonlarda polda, shisha idishda — so‘kchaklarda yoki yashiklarda, polietilen qopchalarda-yashiklarda: karam 0 dan — 2 gradus C gacha, bodring va pomidor — 1 dan +4 gradus C gacha haroratda, sovutiladigan xonalar bo‘lmagan taqdirda omborlarda 4 — 12 gradusC dan oshmaydigan haroratda, tungi vaqtda majburiy shamollatishni qo‘llagan xolda ko‘pi bilan ikki kecha-kunduz saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quritilgan mevalar, sabzavot va qo‘ziqorinlar 0 darajadan 4 — 10 darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75 foizdan yuqori bo‘lmagan quruq, salqin xonalarda yashiklarda, so‘kchaklarga joylashtirilgan polietilen yoki kraft qopchalarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Havo kirmaydigan, sterilizatsiya qilingan metall, polimer, shisha idishdagi konservalar, sharbat va ichimliklar yog‘och (yoki plastmassa) qutilarda +3 dan +10 gradus C darajagacha haroratda va havoning nisbiy namligi 85 foizdan oshmaydigan sharoitda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muzlatilgan meva va sabzavotlar harorati –8 — –10 gradus C darajadan oshmaydigan past haroratli kameralarda va peshtaxtalarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yangi rezavor mevalar solingan ochiq savatlar va g‘alvirlar usti yengil gazlama (masalan, doka va hokazolar) bilan yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Meva-sabzavot tovarlari saqlanayotgan xonalardagi haroratni va havoning nisbiy namligini nazorat qilishni ta’minlash uchun, termometrlar va psixrometrlar bo‘lishi va ularning ko‘rsatkichlari kuzatuv daftariga qayd qilib borilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI SOTIShGA TAYYORLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlari sotishga qo‘yishdan avval yaroqsiz va nostandartlarga ajratib saralanadi, shuningdek ularning ifloslangan ustki qismi tozalanadi, qayta ishlash uchun saralash stollari, imkoniyatga qarab saralash — kalibrlash mashinalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezavor mevalar, gilos, olcha va uzum dastlabki qayta ishlovlarsiz savdoga qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Do‘konlarda yangi va quritilgan meva-sabzavot tovarlari va kartoshkani sotish tovarning narxi va navi ko‘rsatilgan, qadoqlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Do‘konlarda kartoshka va meva-sabzavot tovarlari polkalarda, etajerkalarda va peshtaxtalarda, shu jumladan sovutish peshtaxtalarida, chakana savdo stollarida, savatlarda, yashiklarda va boshqa asbob-uskunalar va jihozlarda ko‘rsatib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bilan savdoga tayyorlanadigan tovarlar do‘konlarida bog‘lamlanadi, qadoqlanadi, ovqat tayyorlash uchun to‘plam qilib qo‘yiladi, ip va polietilen to‘rxaltalarga, qopchalarga va boshqa o‘rash-joylash materiallariga joylanadi hamda markalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Savdo korxonalari moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolangan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan narxnomalar bo‘lishini ta’minlashga va ularni tovar bilan yonma-yon joylashtirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Peshtaxtalarga, polkalarga va vitrinalarga savdoda mavjud bo‘lgan barcha tovarlarning namunalari qo‘yilishi kerak, ularda tovarning nomi, navlari va bir kilogrammi yoki bir donasi (bog‘lami)ning narxi ko‘rsatilgan yorliqlari bo‘lishi lozim. Sotuvchi xaridorning talabiga ko‘ra tovarning asosiy iste’mol xususiyatlari haqida to‘liq axborot berishi, tovarlarni to‘g‘ri o‘lchagan, tarozida tortgan holda sotishi, xaridorlarga zarur darajada xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sotuvchining ish joyi savdo boshlangungacha yetarli miqdordagi va turdagi meva-sabzavot tovarlari bilan ta’mirlanishi kerak. Tovarlar sotilishi jarayonida savdo zalida ularning zaxiralari muntazam ravishda to‘ldirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Savdo korxonalari va tashkilotlari imkoniyatga qarab iste’molchilar (xaridorlar)ning oldindan berilgan buyurtmanomalari bo‘yicha, buyurtmachi manziliga o‘z (yoki yollangan) transporti bilan mahsulotlarni yetkazib bergan holda, tovarlarni sotish uchun zarur sharoitlar yaratishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. MEVA-SABZAVOT TOVARLARINI SOTISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Meva-sabzavot mahsulotlariga chakana narxlar savdo korxonalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va sotib olish narxidan, transportda tashish, saqlash va sotish xarajatlaridan, shuningdek zarur foyda olishdan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlari savdo korxonalari tomonidan xaridorning ishtirokida taroziga tortib berish yoki oldindan qadoqlab va tortib qo‘yish yo‘li bilan sotiladi. Bunda qadoqlangan mahsulot, qoidaga ko‘ra, qadoqlangan kunida sotilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini qadoqlangan holda sotishda ularning tortib qo‘yilgan har bir bo‘lagi (paketi, qopchasi va hokazo), amaldagi GOSTlar bilan belgilangan me’yoriy vazn ko‘rsatkichidan yo‘l qo‘yiladigan tafovutlarni hisobga olgan holda, tovardagi yoki tortib qo‘yilgan bo‘lakdagi narxnomaga to‘g‘ri kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GOSTlar bilan ular uchun nominal vazn ko‘rsatkichlaridan tafovutlar belgilanmagan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini qadoqlangan holda sotishda haqiqiy vazn nominal vaznga to‘g‘ri kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tortib sotiladigan kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini og‘irligi xaridorga ko‘rinarli joyda ko‘rsatilgan idishda tortishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tuzlangan karam, tuzlangan va sirkalangan qo‘ziqorin amaldagi standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq foiz nisbatlaridagi sharbat, tuzli va sirkali suv bilan birga sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tuzlangan va sirkalangan meva-sabzavot tovarlarini sotishda suyuqlik tovar tortib bo‘lingandan so‘ng xaridor iltimosiga ko‘ra tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni sotishda maxsus asboblar (qoshiq, vilka, ko‘rakchalar) qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Sotuvchi xaridorga kartoshka, meva-sabzavot tovarlarini sotishda savdo jarayonida vujudga kelgan yaroqsiz va sifati past mahsulotlarni ajratib tashlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tovarning sifatsiz partiyasi aniqlanganda sotuvchi bu to‘g‘rida yaroqsiz tovarni savdodan chiqarish uchun ma’muriyatga darhol xabar berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Sifati past meva-sabzavot tovarlarini sotish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noto‘g‘ri saqlash, transportda tashish va boshqa sabablar bilan sifati buzilgan meva-sabzavot tovarlari sotilganda korxonalar xodimlari xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatlisiga almashtirib berishga yoki to‘langan summani qaytarishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Sotish jarayonida sifati pasaygan, ammo iste’molga yaroqli meva-sabzavot tovarlari belgilangan tartibda o‘z vaqtida qayta narxlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Meva-sabzavot tovarlari bilan savdo qilish uchun ishga yangi qabul qilinadigan barcha shaxslar korxona ma’muriyati tomonidan mazkur Qoidalar bilan tanishtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Boshqa qo‘shimcha tovarlarni sotish bo‘yicha chakana savdo qoidasi har qaysi tovarlar guruhi uchun belgilangan alohida Qoidalar bilan tartibga solinadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini sotishni amalga oshiruvchi korxonalar, tashkilotlar rahbarlari ularga qat’iy rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 1-son, 1-modda)