Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimining
Qarori
Tumandagi mavjud transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman hududida davlat transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish 2013-yil 1-martdan 30-iyungacha, shaxsiy transport vositalari uchun 1-yanvardan 31-avgustgacha deb belgilansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Transport vositalariga ega boʻlgan barcha korxona, tashkilot, muassasa va xususiy korxonalar rahbarlariga mavjud transport vositalarini mavsumga sifatli tayyorlash va belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtkazishga taqdim qilish vazifasi topshirilsin.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (A. Begmatov), Tibbiyot birlashmasi (J. Xonkeldiyev), “Oʻzagrosugʻurta” tuman boʻlimi (A. Tovboyev)larga texnik koʻrigi tadbirlarini oʻtkazish davomida yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy sugʻurta toʻlovlarini undirish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil qilish vazifasi yuklatilsin.
5. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti (F. Qodirov)ga texnika koʻrigi tadbiri davomida harakat xavfsizligi asoslari fanidan 30 soatlik dastur asosida mashgʻulotlar oʻtkazish hamda tuman IIB YXXG xodimlari bilan yoʻl harakati qoidalari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman ichki ishlar boʻlimi (A. Begmatov)ga texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot berish vazifasi topshirilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 17-yanvardagi 1-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman va ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A. Begmatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. GʻAYBULLAYEV
Zarbdor sh.,
2013-yil 17-yanvar,
57-son