27.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2628
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2628]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 21-avgustdagi MN-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2628-1, 25.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2023-y., 10/23/2628-1/2657-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. ABDUSAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/06-4-son

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2014-yil 3-noyabrdagi 01/06-4-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 21-avgustdagi MN-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2628-1, 25.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2023-y., 10/23/2628-1/2657-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanika kolleksiyasi — ilmiy, madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar yashash faoliyati mahsulotlarining tizimlashtirilgan toʻplami(gerbariylar, urugʻlar) hamda sunʼiy yaratilgan sharoitlarda (botanika bogʻlarida, dendrologiya bogʻlarida, pitomniklarda, plantatsiyalarda va boshqalarda) yetishtiriladigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 21-avgustdagi MN-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2628-1, 25.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2023-y., 10/23/2628-1/2657-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimlashtirilgan toʻplanmalar — ishlovdan oʻtgan, qayd qilish raqami, saqlash obyektlari, terish va tayyorlash joylarining manzili hamda yovvoyi oʻsimlik va uning qismlarining aniq ilmiy nomiga ega boʻlgan botanika kolleksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimlashtirilmagan toʻplanmalar — ishlovdan oʻtmagan, qayd qilish raqami, saqlash obyektlari, terish va tayyorlash joylarining manzili hamda yovvoyi oʻsimlik va uning qismlarining aniq ilmiy nomiga ega boʻlmagan botanika kolleksiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar botanika kolleksiyalari hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlarida yoki uy sharoitlarida yetishtirilgan madaniy oʻsimliklar va ularning qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari va yoʻllarni koʻkalamzorlashtirish uchun yetishtirilgan manzarali tirik oʻsimliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotishga moʻljallangan manzarali oʻsimliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik muzeylar, biologik xilma-xillik sohasida tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tasdiqlangan tizimlashtirish, yorliqlash va aniqlash qoidalariga muvofiq saqlanadigan toʻplanmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlmagan va botanika kolleksiyalariga oid boʻlmagan namunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paleontologik va arxeologik topilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi, manzarali va boshqa turdagi oʻsimliklar va ularning qismlaridan tayyorlangan buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Botanika kolleksiyalari tizimlashtirilgan va tizimlashtirilmagan toʻplanmalardan iborat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qoidalarda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik va jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda botanika kolleksiyasi egasi deb yuritiladi) tomonidan yovvoyi oʻsimliklar yoki ular qismlaridan toʻplangan majmualar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) tomonidan hisobga olingan taqdirda, u botanika kolleksiyasi hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻmita hududiy boshqarmalarining mahalliy ahamiyatga ega botanika kolleksiyalarini hisobga olish va ularni reyestrga kiritish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boshqarmalar mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan botanika kolleksiyalarini hisobga olish va ularni reyestrga kiritish bilan bogʻliq maʼlumotlarni har yili Qoʻmitaga taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Botanika kolleksiyasi xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlib, botanika kolleksiyasi egasi uni hisobga olish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan botanika kolleksiyalari boʻyicha — Qoʻmitaga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan botanika kolleksiyalari boʻyicha — hududiy boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 21-avgustdagi MN-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2628-1, 25.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2023-y., 10/23/2628-1/2657-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Botanika kolleksiyasini hisobga olish haqidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 21-avgustdagi MN-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2628-1, 25.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2023-y., 10/23/2628-1/2657-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizaga quyidagi maʼlumot va hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik dunyosi obyektlari yoki ular qismlarining oilasi, turkumi, turi nomi hamda ularning umumiy miqdori koʻrsatilgan roʻyxati (lotin tilida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanika kolleksiyasi tarkibidagi yovvoyi oʻsimlik yoki uning qismlaridan foydalanish uchun berilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika kolleksiyasi tarkibidagi yovvoyi oʻsimlik yoki uning qismlaridan foydalanish uchun berilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nusxasini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar toʻplangan botanika kolleksiyalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish yoki ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan respublika yoki mahalliy ekspert guruhlari tomonidan berilgan xulosaga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda respublika ekspert guruhi Qoʻmita huzurida, mahalliy ekspert guruhi esa hududiy boshqarma huzurida tegishli hududiy boshqarma qaroriga asosan tashkil etiladi. Ekspert guruhlari qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq faoliyat yuritadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻmita rahbari lavozimiga koʻra respublika ekspert guruhining, hududiy boshqarmaning boshligʻi oʻrinbosari esa mahalliy ekspert guruhining raisi hisoblanadi. Ekspert guruhlari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, tabiat va botanika bogʻlarining mutaxassislari kelishuv asosida aʼzo sifatida kiritilishi mumkin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlarining yigʻilishlari zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspert guruhining xulosasi Qoʻmita yoki hududiy boshqarmalar tomonidan botanika kolleksiyasi egasiga guvohnoma berish uchun asos boʻladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanika kolleksiyasini hisobga olish haqidagi arizada mazkur Qoidalarning 8-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanika kolleksiyasini hisobga olish haqidagi arizada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika kolleksiyalarini hisobga olishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish rad etilgan taqdirda, ariza bilan murojaat qilgan shaxsga yozma ravishda xabar beriladi hamda unga tegishli ekspert guruhining xulosasi nusxasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish boʻyicha ekspert guruhining ijobiy xulosasiga asosan botanika kolleksiyasi egasiga Qoʻmita yoki tegishli hududiy boshqarma tomonidan mazkur qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har bir guvohnoma hisobda turuvchi blanka boʻlib, oʻz seriyasi va tartib raqamiga ega boʻladi. Bunda, Qoʻmita tomonidan beriladigan guvohnomalarga “UZ” qisqartmasi, hududiy boshqarmalar tomonidan beriladigan guvohnomalarda esa mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq qisqartmalar qoʻyiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoʻmita yoki hududiy boshqarmaning botanika kolleksiyasini davlat hisobiga olishni rad etish toʻgʻrisidagi javobidan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoʻmita va hududiy boshqarmaning botanika kolleksiyalarining reyestrini mazkur qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Botanika kolleksiyalarini toʻldirib borish va asrash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Botanika kolleksiyalarining egalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan gʻamlashga (toʻplashga) Qoʻmita tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma asosida;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanika kolleksiyalarini oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya shartnomasi yoki ularni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi kelishuv asosida toʻldirib borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hisobga olingan botanika kolleksiyalarining egalari oʻzlariga tegishli boʻlgan botanika kolleksiyalarini asrashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Botanika kolleksiyalarini sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Botanika kolleksiyalari egalari ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olish va sotish hamda joʻnatish huquqiga ega.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Botanika kolleksiyalarini sotib olish, sotish va joʻnatishga ushbu Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan botanika kolleksiyalarini olib chiqish Qoʻmita tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish va ularning dublikatlarini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Botanika kolleksiyasi egasi (uning huquqiy vorisi) botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirib berish uchun qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatgan va hujjatlarni ilova qilgan holda tegishli organga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda tegishli organ murojaat qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani botanika kolleksiyasi egasiga (uning huquqiy vorisiga) qayta rasmiylashtirib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, botanika kolleksiyasi egasining arizasiga koʻra Qoʻmita yoki hududiy boshqarma tomonidan uch ish kuni ichida uning dublikati beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirib berilganda yoki uning dublikati berilganda, Qoʻmita yoki hududiy boshqarma tomonidan tegishli reyestrga bu haqda yozuv kiritib qoʻyiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namuna‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA IQLIM OʻZGARISHI MILLIY QOʻMITASI

‎‎‎____________________________________________________________
‎ (vakolatli organ)

‎‎UZ-000000
‎(seriyasi va raqami)
‎ Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi
‎ GUVOHNOMA

‎‎20___ yil “___” ______________

‎‎_________________

‎‎(joy nomi)

‎‎Berildi._________________________________________________________________

Haqiqatdan ham uning botanika kolleksiyasi hisobga olingan va unga ushbu botanika kolleksiyalarini saqlash, koʻpaytirish, undan foydalanish huquqi beriladi, tirik eksponatlar ham shular jumlasiga kiradi. Botanika kolleksiyasi joylashgan hudud manzili:
‎________________________________________________________________________

‎‎GUVOHNOMAGA OʻSIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARI YOKI ULAR QISMLARINING HAR BIR OILASI, TURKUMI, TURI NOMI ROʻYXATI VA MIQDORI HAQIDAGI MAʼLUMOTLAR ILOVA QILINADI.

‎‎Vakolatli organ rahbari

‎‎____________________

M.Oʻ. ‎

‎‎(imzo)

‎‎20__ yil “____” ________ .

‎‎Botanika kolleksiyasi egasi

___________‎

‎‎_________________

‎‎(imzo)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar nomlarining lotin alifbosidagi qisqartmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomi

Qisqartmasi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

QR

2.

Andijon viloyati

AN

3.

Buxoro viloyati

BX

4.

Jizzax viloyati

JZ

5.

Navoiy viloyati

NV

6.

Namangan viloyati

NA

7.

Samarqand viloyati

SN

8.

Sirdaryo viloyati

SI

9.

Surxondaryo viloyati

SD

10.

Toshkent viloyati

TV

11.

Toshkent shahri

TN

12.

Fargʻona viloyati

FA

13.

Xorazm viloyati

XZ

14.

Qashqadaryo viloyati

QV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika kolleksiyalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestri

T/r‎‏

‎‏Qayd etish sanasi

Botanika kolleksiyasi egasi‎‎

Botanika kolleksiyasining ahamiyati*‎‎

Botanika kolleksiyasi**

Botanika
‎kolleksiyasi
‎soni‎

Guvohnoma
‎ seriyasi va
‎ raqami ‎

yuridik shaxs‎

jismoniy shaxs‎

xalqaro‎

respublika‎

mahalliy

Oilasi

Turkumi‎

Turi‎

‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: *Botanika kolleksiyasining ahamiyati boʻyicha tegishli ustunga belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Botanika kolleksiyasining kelib chiqishiga koʻra, uning oilasi, turkumi, turining nomi lotin tilida kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 48-son, 577-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.08.2023-y., 10/23/2628-1/2657-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)