Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021 25.01.2014 yildagi 194-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Xiva tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2014-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga toʻliq takdim etilishini taʼminlash maqsadida 2014-yilning 10-yanvaridan 2014-yilning 1-martiga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xiva tuman Davlat soliq inspeksiyasi (J. Tangriberganov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2014-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva tuman xoʻjalik hisobidagi Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati davlat unitar korxonasi (S. Roʻzmetov) zimmasiga 2014-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga* muvofiq, tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi (Sh. Atajanov) zimmasiga 2014-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga* muvofiq, 2013-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (B. Jumaniyazov) zimmasiga 2014-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga* muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatiga Xiva tumanida istiqomat qiluvchi, nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan barcha turdagi nafaqaxoʻrlarning toʻliq maʼlumotlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva tuman mudofaa ishlari boʻlimi (R. Jalolov) zimmasiga 2014-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga* muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatiga Xiva tumani hududida yashovchi 1941 –– 1945-yillar urush qatnashchilari va nogironlari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva tuman Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (M. Matyoqubov) zimmasiga 2014-yil 1-fevralga qadar 5-ilovaga* muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatiga Xiva tuman hududida tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasi olgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva tuman Veterinariya xizmati (D. Madraximov) zimmasiga 2014-yil 1-fevralga qadar 6-ilovaga* muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatiga Xiva tuman hududida goʻsht sotish faoliyati va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chakana sotuvchi fuqarolar (oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bundan mustasno) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shimolgaztaʼminoti unitar korxonasi Xiva tuman filiali (Q. Abdullayev) zimmasiga 2014-yil 1-fevralga qadar 7-ilovaga* muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatiga, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun gaz taʼminoti uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva tuman Elektr tarmoqlari korxonasi (U. Yoqubov) zimmasiga 2014-yil 1-fevralga qadar 8-ilovaga* muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatiga, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun elektr isteʼmoli uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva tuman ichki ishlar boʻlimi (B. Safayev) va yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (J. Allaberganov) zimmalariga 2014-yil 1-fevralga qadar 9-10-ilovaga* muvofiq, 2014-yil 1-yanvar holatida Xiva tuman hududida yashovchi fuqarolarni pasport maʼlumotlari va shaxsiy yuk transport vositalari egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi (F. Abdullayeva, S. Allaberganova) 2014-yil 1-fevralga qadar 11-ilovaga* muvofiq, tuman hududida 2012-2013-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 11-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Davlat notarial idorasi notariuslariga belgilangan tartibda jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi “Mahalla” jamoat fondi, qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislariga, “Soliq toʻlovchilarni hisobga olish” davri tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka Davlat soliq inspektorlari bilan hamkorlikda 2014-yil uchun mahalliy soliq toʻlovchilarni soliq organlarida belgilangan shakllarga asosan toʻliq hisobga olishni amalga oshirilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 12-dekabrdagi 165f-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari J. Masharipov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasmiy nashrda elon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim D. ALLAQULIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194-son