13.10.2014 yildagi 292-Q-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son), Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi 186-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) asosan ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2014-yil 15-sentabrdagi 01/04-404-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi yigirma nafardan ortiq ishlovchi xodimlari mavjud korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlarning roʻyxat boʻyicha umumiy sonidan 544 kishini tashkil etadigan 4 foiz miqdorida, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 18,4 foiz — 100 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 57 foiz — 310 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 2,8 foiz — 15 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun 3,1 foiz — 17 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 3,1 foiz — 17 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 10,5 foiz — 57 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1,8 foiz — 10 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 3,3 foiz — 18 kishi, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun 5 kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun 7 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 6 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin va tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kesimida ilovadagi jadval asosida tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qoʻyilishini) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2014-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy mikdorining kamida 25 foizi uchun, 2015-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi 3-qismiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilardan har bir yaratilmagan ish joyi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi umumiy boʻlimi (A. Usatov) bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (D. Djumayev)ga ushbu qarorning bajarilishi ustidan qatiy nazorat oʻrnatish hamda har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etib borish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning rasmiy nashrda eʼlon qilinishi va adliya boshqarmasiga davlat hisobiga olish uchun takdim etilishini taʼminlash tuman hokimligi huquqshunosi (U. Turayev)ga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D. Ochilov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim F. UMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292-Q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2014-yil 13-oktabrdagi 292-Q-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyishi belgilangan korxona, muassasa va tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Korxona, muassasa va tashkilotlar nomi‎

Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam miqdori Shu jumladan:‎‎
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun‎‏ muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun‎‏ nogironlar uchun‎‏ tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun‎‏‎ jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun‎‏ odam savdosidan jabrlanganlar uchun‎‏ ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun
safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun‎ kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun‎ atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun‎

1‎

2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎
Shimoliy kon boshqarmasi‎ 10316‎ 374‎ 65‎ 246‎ 10‎ 4‎ 3‎ 36‎ 4‎ 3‎ 1‎ 2‎
Zarafshon qurilish boshqarmasi Uchquduq boʻlimi‎ 159‎ 13‎ 1‎ 2‎ 1‎ ‎ 1‎ 6‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎
“Promelektro” MChJ Oʻzbek-Rossiya Q/K‎ 46‎ 2‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Uchquduq YXTPTFK‎ 86‎ 6‎ ‎ 2‎ 1‎ ‎ ‎ 2‎ ‎ ‎ ‎ 1‎
Kokpatas DKE‎ 440‎ 17‎ 2‎ 9‎ 1‎ ‎ 0‎ 3‎ 1‎ ‎ ‎ 1‎
Tuman tibbiyot birlashmasi‎ 386‎ 17‎ 3‎ 11‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎
“Boʻxantau” GKE DK‎ 290‎ 14‎ 3‎ 4‎ 1‎ ‎ 1‎ 4‎ ‎ 1‎ ‎ ‎
Tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi‎ 23‎ 1‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Tuman oʻrmon xoʻjaligi‎ 44‎ 2‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ 0‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎
Altintau sh/x‎ 69‎ 4‎ 2‎ ‎ 0‎ ‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎
Juzquduq sh/x‎ 49‎ 3‎ 1‎ ‎ 0‎ ‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎
Mingbuloq sh/x‎ 35‎ 2‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Uzunquduq sh/x‎ 41‎ 2‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Tuman moliya boʻlimi‎ 22 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
TIF Milliy bank Uchquduq filiali‎ 41‎‎ 2‎ 1‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Tuman DSENM‎ 27‎ 1‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Bolalar musiqa va sanʼat maktabi‎ 37‎ 2‎ 1‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
“Uchquduq Savdo” MChJ‎ 43‎ 2‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎
“Uchquduq qimiz” MChJ‎ 84‎ 5‎ 1‎ 2‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ 2‎
3-maktab‎ 61‎ 3‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
4-maktab‎ 57‎ 3‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
7-maktab‎ 94‎ 5‎ 1‎ 2‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
9-maktab‎ 122‎ 5‎ 1‎ 2‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
10-maktab‎ 125‎ 5‎ 1‎ 2‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
18-maktab‎ 78‎ 5‎ 2‎ 2‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
1-maktab‎ 39‎ 2‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
2-maktab‎ 25‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
6-maktab‎ 31‎ 1‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
11-maktab‎ 27‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
12-maktab‎ 35‎ 2‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
13-maktab‎ 36‎ 2‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
14-maktab‎ 22‎ 1‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
15-maktab‎ 28‎ 1‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
20-maktab‎ 117‎ 5‎ 1‎ 2‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Uchquduq Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji‎ 114‎ 6‎ 1‎ 3‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎
1-son MTM‎ 120‎ 6‎ 1‎ 2‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎
2-son MTM‎ 95‎ 5‎ 1‎ 2‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎
Barkamol avlod markazi‎ 40‎ 2‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
“Mikrokreditbank” OATB Uchquduq filiali‎ 23‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Konchilik kasb-hunar kolleji‎ 123‎ 6‎ 1‎ 2‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎ 1‎ ‎
Tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi‎ 57‎ 6‎ 1‎ 2‎ ‎ 1‎ ‎ 1‎ 1‎ ‎ ‎ ‎

Jami:‎

13707‎ 544‎ 100‎ 310‎ 15‎ 17‎ 17‎ 57‎ 10‎ 5‎ 7‎ 6‎