OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2418-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 4-maydagi 01-02/13-19-sonli ““Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2418-5, 04.05.2021-y.) asosan 2021-yil 5-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi va “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-9-son qarori (roʻyxat raqami 2418, 2013-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-noyabr,
01-02/12-24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 14-noyabrdagi 01-02/12-24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandining “v” kichik bandida va 7-bandda “import karantin ruxsatnomasi” degan soʻzlar “karantin ruxsatnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-bandining birinchi xatboshisidagi “import karantin ruxsatnomalari” degan soʻzlar “karantin ruxsatnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 48-son, 573-modda)