31.08.1995 yildagi 113-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simliklar karantini to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2018-yil 9-iyuldagi O‘RQ-484-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘simliklar karantinining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simliklar karantinining asosiy vazifalari o‘simliklarning tashqi va ichki karantini bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu tadbirlar quyidagilarga qaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududini chet mamlakatlardan kirib kelib, xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalardan, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlardan muhofaza etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarni, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarni vaqtida aniqlash, ularning yoyilishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni yo‘q qilish, shuningdek respublikaning bu zararkunandalar, kasallik va begona o‘tlardan holi mintaqalariga ular kirib borishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik mahsulotlari va boshqa o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantiniga oid qoidalar va tadbirlarga rioya etilishi hamda ularning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Karantin tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin tadbirlari quyidagilarga taalluqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik ekinlari, dorivor, o‘rmon hamda manzarali ekinlarning urug‘lari va ko‘chatlariga, o‘simliklar hamda ularning qismlari (qalamchasi, piyozi, tugunagi, mevasi va boshqalar)ga, shuningdek zararkunandalarni, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarni olib o‘tishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday o‘simlik mahsulotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirik zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar, nematodlar, kanalar va hasharotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi hasharotlar kolleksiyalari va bu hasharotlar keltiradigan zararlarning namunalari, shuningdek gerbariylar va urug‘lar kolleksiyalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin ostida deb e’lon qilingan chet mamlakatlardan va respublika hududidan kelayotgan, zararkunandalarni, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarni olib o‘tishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik mashinalari va yerni ishlash qurollari, idishlarning barcha turi, ayrim sanoat mollari, o‘rov-qoplov vositalari hamda o‘simlikdan tayyorlangan mahsulotlar, yaxlit toshlar, tuproq namunalari, transport vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simlik mahsulotlarini tayyorlaydigan, g‘amlaydigan, qayta ishlaydigan va realizatsiya qiladigan korxonalar hamda tashkilotlarning hududlari va binolari, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlari, tomorqa, yakka tartibdagi yer uchastkalari hamda dala hovlilar, jamoa bog‘lari va polizlari, qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanilmaydigan yerlarga (yo‘llar, elektr o‘tkazgichlar atrofidagi muhofaza joylariga).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa normativ hujjatlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘simliklar karantini Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatini O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari, tumanlar, shaharlar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portlaridagi, pochtamtlardagi va shosselardagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha ilmiy markaz, markaziy va viloyat karantin laboratoriyalari hamda karantin ostidagi o‘ta xavfli zararli obyektlarga qarshi kurashuvchi ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi boshlig‘ini Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tayinlaydi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahrida o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatiga viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari rahbarlik qiladilar. Viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari boshliqlarini O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishib turib tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shaharlarda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlikni tuman, shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari amalga oshiradilar. Tuman va shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari boshliqlarini viloyat o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari tegishli tuman va shahar hokimlari bilan kelishib turib tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portlaridagi, pochtamtlardagi va shosselardagi o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatini O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi tayinlaydigan mudirlar boshqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, shahar va tumanlardagi o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari o‘z vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tegishli hokimlar va yuqori turuvchi organlarga bo‘ysunadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan tadbirlar bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, bu tadbirlar respublika hududida o‘z vaqtida o‘tkazilishiga javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi, nizom va qoidalar qabul qiladi va ularni belgilangan tartibda ijrochilar e’tiboriga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning Ro‘yxatini, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib turib — respublikadan olib chiqib ketilishi mumkin bo‘lmagan biologik obyektlar Ro‘yxatini besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘larni, o‘simliklarni, o‘simlik xomashyosini va boshqa mahsulotlarini hamda xalq iste’moli tovarlarini respublikaga olib kirish, mamlakat ichkarisida tashish, eksportga olib chiqishning karantin qoidalarini hamda ana shu urug‘, o‘simlik va boshqalardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar doirasida o‘simliklar karantini bo‘yicha respublika manfaatlarini ifodalaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantindagi zararkunandalarga, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash olib borishda fermer va dehqon xo‘jaliklariga, boshqa korxonalar hamda tashkilotlarga yordam ko‘rsatish uchun zaruratga qarab ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlari va xizmatlari tuzadi;
(6-moddaning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240 sonli Qonuni tahririda. — O‘R QHT 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga jo‘natilayotgan hamda respublikaga keltirilayotgan, karantindagi zararkunandalarni, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarni olib o‘tishi mumkin bo‘lgan urug‘larni, o‘simliklarni, o‘simlik mahsulotlari va boshqa materiallarni karantin tekshiruvidan va laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududini karantindagi rayonlar va mikrorayonlarga bo‘lib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantindagi zararkunandalarga, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash bobida ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribani, yangi uslublar, vositalar va usullarni targ‘ib qilish hamda ularni ishlab chiqarishga keng joriy etishni, karantin obyektlari to‘g‘risidagi bilimlarni aholi orasida keng yoyishni yo‘lga qo‘yadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda karantin o‘rnatish (uni bekor qilish) to‘g‘risida mahalliy hokimiyat organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tavsiyanomalar yo‘llaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantindagi zararkunandalarni, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi yerlarini, o‘simlik mahsulotlari saqlanadigan va qayta ishlanadigan, karantindagi mahsulotlar kelib tushadigan joylarni va ularga tutash hududni muntazam ravishda nazorat tekshiruvidan o‘tkazib turishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan zararlanish o‘choqlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularni bartaraf etish uchun, shuningdek karantindagi obyektlarni olib kirish yo‘llarini topib, ularni yopib tashlash uchun shoshilinch choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘larga, o‘simliklarga va o‘simlik mahsulotlariga fitosanitariya va boshqa karantin sertifikatlarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga chet mamlakatlardan kelayotgan mahsulotlarni, shuningdek transport vositalarini sog‘lomlashtirish va zararsizlantirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda karantin o‘rnatish (uni bekor qilish) to‘g‘risida mahalliy hokimiyat organlariga tavsiyanomalar yo‘llaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘simliklar karantini davlat inspektorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining boshlig‘i — O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalarining boshliqlari viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari esa — tegishincha viloyat va Toshkent shahar o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlarining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalarining boshliqlari tuman va shahar o‘simliklar karantini davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portlaridagi, pochtamtlardagi, shosselardagi o‘simliklar karantini chegara punktlarining mudirlari ham o‘simliklar karantini davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simliklar karantini davlat inspektori quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l stansiyalari va avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo portlari (pristanlari), pochtamtlar, omborlar, tegirmonlar hududiga, passajir va yuk vagonlariga, samolyotlarga, daryo floti kemalariga, ko‘rgazmalar, botanika bog‘lari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hududlariga, fuqarolarning tomorqa uchastkalariga, shuningdek urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga moneliksiz kirish;
(8-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240 sonli Qonuni tahririda. — O‘R QHT 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya ekspertizalari o‘tkazish uchun urug‘lardan, o‘simliklardan va o‘simlik mahsulotlaridan namunalar olish. Karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar aniqlangan taqdirda mahsulotlarni olib chiqib ketib, ulardan foydalanishni cheklash va karantin tadbirlari tizimini bajarish yuzasidan kerakli topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin o‘rnatilgan hududlardan karantin sertifikatlarisiz olib chiqilgan urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini ushlash, olib qo‘yish, zarurat bo‘lsa, olib kelingan joyiga qaytarib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxonalar, temir yo‘l stansiyalari, avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo portlari (pristanlari), pochtamtlar va boshqa tashkilotlarning ma’muriyatidan kelayotgan va jo‘natilayotgan, ushbu Qonunning 2-moddasiga muvofiq karantin tadbirlari qo‘llaniladigan yuklar to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilish, zarur bo‘lsa, ular tasarrufidagi hududda urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini ko‘zdan kechirish hamda zararsizlantirish uchun transport vositalari, yordamchi ishchilar, xizmat binolari va yordamchi materiallar berishni talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatini moliyaviy ta’minlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati, ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlarini istisno etganda, respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatining respublikaga olib kirilayotgan, respublikadan olib chiqilayotgan va tranzit bo‘lib qatnayotgan karantindagi materiallarni tekshirish va ko‘zdan kechirish, shuningdek hujjatlar berish bilan bog‘liq xarajatlari yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlari o‘z xarajatini batamom o‘zi qoplash asosida faoliyat ko‘rsatadi va karantindagi materiallarni zararsizlantirish ishlarini bajarganligi uchun kelgan tushumlardan hosil bo‘ladigan maxsus mablag‘lar hisobidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Karantin o‘rnatish va uni bekor qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin obyekti aniqlangan hollarda tuman (shahar) o‘simliklar karantini davlat inspektori tavsiyasiga binoan mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan ayrim xo‘jaliklar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, korxonalar, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portlari, qishloq va shaharchalarning hududi nosog‘lom deb e’lon qilinib, ularda karantin yoki zarur cheklashlar o‘rnatiladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240 sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT 2009-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni o‘simliklar karantini bo‘yicha nosog‘lom deb e’lon qilish va ularda karantin yoki boshqa cheklashlar o‘rnatish tegishli o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlari tavsiyanomasiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining tavsiyanomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng karantin e’lon qilingan xo‘jaliklardan urug‘ va ko‘chatlarni karantin sertifikatlarisiz karantindagi zararkunandalardan, o‘simlik kasalliklaridan va begona o‘tlardan holi bo‘lgan boshqa xo‘jaliklarga sepish va ekish maqsadida olib chiqish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin o‘rnatilgan hududlardan karantin sertifikatlarisiz olib chiqib ketilgan urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari olib qo‘yiladi hamda texnikaviy (sanoat yo‘li bilan) qayta ishlash yoki umumiy ovqatlanish korxonalarida foydalanish uchun tayyorlov tashkilotlariga beriladi, zarur hollarda esa zararsizlantiriladi, jo‘natuvchiga qaytarib yuboriladi yoki yo‘q qilib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin o‘rnatilgan hududdagi (aholi punkti, tuman, viloyat) tomorqa uchastkalaridan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlari orqaligina olib chiqib ketishga yo‘l qo‘yiladi, zararlangan mahsulotlar bundan mustasno (ulardan qay tarzda va qanday shartlarda foydalanishni o‘simliklar karantini davlat inspektori karantin qoidalariga muvofiq belgilaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xududda o‘rnatilgan karantin yoki cheklash belgilangan karantin tadbirlari o‘tkazib bo‘linganidan hamda karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar o‘choqlari batamom yo‘q qilinganidan keyingina o‘simliklar karantini bo‘yicha tegishli bosh davlat inspektorlarining tavsiyanomasiga binoan karantin yoki cheklashlarni o‘rnatgan tuman, shahar, viloyat va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining tavsiyanomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini import qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet mamlakatlardan respublikaga urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi beradigan karantin ruxsatnomasi;
(11-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilayotgan mamlakatning o‘simliklar karantini va muhofazasi bo‘yicha davlat organlari beradigan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simliklar karantini va muhofazasi bo‘yicha davlat organlari bo‘lmagan chet mamlakatdan urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini respublikaga olib kirishga O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi tomonidan har bir alohida holda beriladigan karantin ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘simlik mahsulotlarini import qilish vaqtida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini chet mamlakatlardan respublikaga yetkazib berish yoki ularni respublika hududidan olib o‘tish haqida tuziladigan savdo shartnomalariga (bitimlariga) o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatining karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar respublika hududiga o‘tib qolmasligini ta’min etadigan talablarini kiritishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet mamlakatlardan ko‘plab miqdorda urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini sotib olish vaqtida bu mamlakatlarda qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatlarining fitosanitariya holatini o‘rganish uchun, zarurat bo‘lsa, o‘simliklar karantini va muhofazasi bo‘yicha mutaxassislarni yuborishni nazarda tutishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet mamlakatlardan respublikaga olib kelinayotgan urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari respublika hududiga kelib tushgan joylarda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati inspektorlari tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari olib kiriladigan chegara punktlarini yoki hududlarini O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shni davlatdan karantindagi, shuningdek boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar respublika hududiga o‘tib tarqalishi xavfi paydo bo‘lgan taqdirda, vakolatli organlarning qaroriga binoan xavf ostidagi uchastkalarda chegara vaqtincha yopib qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet mamlakatlardan respublikaga tarkibida karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar borligi aniqlangan urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari, barcha turdagi tirik zamburug‘lar, bakteriyalar, o‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi viruslar, shuningdek o‘simliklarga zarar yetkazuvchi hasharotlar, kanalar va nematodlarni, ilmiy maqsadlarda keltiriladigan namunalardan tashqari, olib kirish man etiladi. Etib kelgan yukda bunday zararkunandalar yoki kasalliklar aniqlangan taqdirda o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi yuk egasiga undan qay tarzda foydalanish yuzasidan tavsiya beradi, yuk egasi esa bir sutkalik muddat ichida yukni tasarruf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘ va ko‘chatlarni, yangi meva va sabzavotlarni chet mamlakatlardan respublikada yashovchi fuqarolarga pochta jo‘natmalarida yuborish, shuningdek yuk bilan olib o‘tish man etiladi. Karantindagi zararkunandalar va kasalliklardan holi bo‘lgan, ulardan zararlanmagan yangi meva va sabzavotlarning ayrim namunalarini passajirlarning qo‘lidagi yuk bilan o‘tkazishni o‘simliklar karantini davlat inspektori hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti alohida qimmatga ega bo‘lgan urug‘lar, o‘simliklar yoki ko‘chatlar ilmiy-tadqiqot muassasalari nomiga yo‘llangan bo‘lsa, ular o‘simliklar karantini davlat inspektorining xulosasiga binoan tekshirish uchun introduksiya-karantin ko‘chatxonasiga yuborilmog‘i kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simlik mahsulotlarini chet mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatiya, konsullik va savdo vakolatxonalari uchun yuk bilan olib o‘tish va pochta orqali jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi tasdiqlagan o‘simliklar tashqi karantini to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet mamlakatlardan respublikaga olib kirilgan urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari ularda karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda kimyoviy yoki boshqa usullar bilan zararsizlantirilmog‘i, begona o‘tlardan tozalanmog‘i, yashirin zararlanganlikni aniqlash, mazkur o‘simlik materialini sog‘lomlashtirish maqsadida introduksiya-karantin ko‘chatxonalariga va oranjereyalarga sepilishi yoki ekilishi, texnikaviy yo‘l bilan qayta ishlanishi yoki aniqlangan zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning tarqalishi xavfi yo‘q joylarda foydalanilishi lozim. Yashirin zararlanganlik esa ayrim hollarda laboratoriya tahlili yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘larning va ko‘chatlarning karantin tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi tasdiqlaydigan Respublika hududida import qilinadigan urug‘lar va ko‘chatlarning karantin tekshiruvini olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talabiga muvofiq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet mamlakatlardan respublikaga olib kelingan urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini zararsizlantirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shu jumladan ishchi kuchidan, transport, bino va yordamchi materiallardan foydalanish tegishli yukni oluvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududidan olib o‘tilayotgan, ichida urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari bo‘lgan tranzit yuklar o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarining majburiy tekshiruvidan o‘tkaziladi. Mazkur yuklarda karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari yoki begona o‘tlar aniqlangan taqdirda bu yuklarni jo‘natish to‘xtatilishi, ular zararsizlantirilishi (jo‘natuvchining roziligi bilan) yoxud eksport qilgan mamlakatga qaytarib yuborilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini eksport qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikadan chet mamlakatlarga olib chiqilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar, o‘simliklar, o‘simlik kasalliklarining shtammlari (turlari), boshqa biologik obyektlar va o‘simlik mahsulotlari o‘simliklar karantini va muhofazasi bo‘yicha xalqaro bitimlarda, shuningdek savdo shartnomalarida (kontraktlarida) nazarda tutilgan shartlarga javob berishi, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilmaydigan biologik obyektlar Ro‘yxatiga kirmagan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qilinayotgan urug‘larning, o‘simliklarning va o‘simlik mahsulotlarining har bir turkumi belgilangan nusxadagi fitosanitariya sertifikati bilan birga jo‘natilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ana shu mahsulotlarni mamlakatdan tashqariga jo‘natish mo‘ljallanayotgan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin tegishli viloyat, tuman o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarini xabardor etishlari, ular bilan birgalikda mahsulotlarni jo‘natish uchun maqbul joyni aniqlashlari, jo‘natishga o‘n besh kun qolganda esa eksport qilinayotgan mahsulotni tekshirib ko‘rish uchun taqdim qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning o‘simliklar karantini sohasidagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantindagi mahsulotlarni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati vakillari bilan hamkorlikda amaldagi karantin qoidalarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlovchi qo‘shimcha chora-tadbirlarni yoki qo‘shimcha choralar majmuini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlaridan karantin obyektlarini aniqlash uchun qishloq xo‘jalik yerlarini, hududlarni, omborxona binolarini, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini nazorat tekshiruvidan o‘tkazishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin obyektlarining o‘choqlari to‘liq yo‘q qilib bo‘lingandan keyin o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlari va mahalliy hokimiyat organlari oldiga karantinni bekor qilish masalasini qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning o‘simliklar karantini sohasidagi vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantindagi mahsulotlarni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarining nazorati ostida tekshirish o‘tkazishlari va karantindagi zararkunandalarga, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash hamda ular tarqalib ketishining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin o‘rnatilgan hududlardan urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini tashish uchun karantin sertifikatlarisiz qabul qilmasliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet mamlakatlardan va karantin ostidagi joylardan urug‘larni, o‘simliklarni va o‘simlik mahsulotlarini olib kelishda amaldagi karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jalik o‘simliklari, dorivor o‘simliklar, daraxt va butalar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar karantindagi zararkunandalarni, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarni vaqtida aniqlash maqsadida ekinlar va daraxtlarni muntazam ravishda kuzatib borishlari, ular aniqlangan taqdirda bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga, o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi organlariga darhol xabar berishlari hamda aniqlangan o‘choqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. O‘simliklar karantini bo‘yicha qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘simliklar karantini bo‘yicha qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki bitimlarida ushbu Qonundagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 31-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 188-modda; 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda; O‘R QHT 2009-y., 52-son, 555-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda)