Navoiy viloyati Karmana tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarori, (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son), Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 186-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) va tuman hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining tuman hokimligida 2014-yil 22-sentabrdagi 01-33/881-raqam bilan roʻyxatga olingan xatiga hamda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 411 kishini tashkil etadigan uch butun oʻndan sakkiz foiz miqdorida ilovaga muvofiq, jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 1 % (5 kishi);
oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tugatgan yoshlar va oliy oʻquv yurtlarini budjet asosida tugatgan yoshlar uchun 51 % (208 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 10 % (42 kishi);
nogironlar uchun 4 % (15 kishi);
Karmana tuman hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1 % (4 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 6 % (26 kishi);
odam savdosi jinoyatidan jabrlangan shaxslar uchun 3 % (13 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 24 % (98 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
2. Korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qoʻyilishini) taʼminlash;
ish joylari sanitariya-gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2014-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2015-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va buyruq nusxalarini Karmana tumani hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi 3-qismiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilardan har bir yaratilmagan ish joyi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Karmana tuman hokimligi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Rustamov) bir hafta muddatda mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
7. Karmana tuman hokimining 2013-yil 31-dekabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilish qoʻyish toʻgʻrisida”gi 735-Q sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning rasmiy nashrda eʼlon qilinishi va adliya boshqarmasiga davlat hisobiga olish uchun taqdim etilishini taʼminlash tuman hokimligi huquqshunosi v. v. b S. Murtazoyev zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Sodiqov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim Sh. ISMATOV
Karmana t.,
2014-yil 13-oktabr,
561-Q-son
Tuman hokimining 2014-yil 13-oktabrdagi 561-Q-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Karmana tumanida 2015-yil uchun Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni (kvota) belgilangan Karmana tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalar
Roʻyxati
| T/r |
Korxona, tashkilot, muassasalar nomi |
Xodimlarning oʻrtacha soni | Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni | Shu jumladan: | |||||||||
| oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar |
oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tugatgan yoshlar va oliy oʻquv yurtlarini budjet asosida tugatgan yoshlar |
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar | nogironlar | nafaqa yoshiga yaqinlashganlar | jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar | odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlar | Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun | ||||||
| safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar |
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar |
yuqumli kasalliklar bilan chalinganlar | |||||||||||
| 1. | 1-maktab | 69 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 2. | 2-maktab | 130 | 4 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 3. | 3-maktab | 120 | 4 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 4. | 4-maktab | 98 | 4 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 5. | 5-maktab | 109 | 5 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 6. | 6-maktab | 68 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 7. | 7-maktab | 84 | 4 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 8. | 8-maktab | 77 | 4 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 1 |
| 9. | 9-maktab | 87 | 4 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 10. | 10-maktab | 94 | 4 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 11. | 11-maktab | 82 | 4 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 12. | 12-maktab | 48 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 13. | 13-maktab | 120 | 4 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 14. | 14-maktab | 97 | 3 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 15. | 15-maktab | 84 | 3 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 16. | 16-maktab | 46 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 17. | 17-maktab | 54 | 3 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 18. | 18-maktab | 46 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 19. | 19-maktab | 53 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 20. | 20-maktab | 62 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 21. | 21-maktab | 91 | 3 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 22. | 22-maktab | 65 | 3 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 23. | 23-maktab | 25 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 24. | 24-maktab | 40 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 25. | 25-maktab | 35 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 26. | 26-maktab | 40 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 27. | 27-maktab | 69 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 28. | 28-maktab | 72 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 29. | 29-maktab | 31 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 30. | 1-MTM “Boychechak” nomli | 27 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 31. | 2-MTM “Lola” nomli | 52 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 32. | 3-MTM “Quyoshjon” nomli | 56 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 33. | 4-MTM “Binafsha” nomli | 39 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 34. | 5-MTM “Oltin kalitcha” nomli | 33 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 35. | 6-MTM “Kamalak” nomli | 53 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 36. | 7-MTM “Sunbula” nomli | 37 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 37. | 8-MTM “Paxtaoy” nomli | 31 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 38. | 9-MTM “Asal” nomli | 37 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 39. | 10-MTM “Nihol” nomli | 52 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 40. | 11-MTM “Oftobjon” nomli | 28 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 41. | 12-MTM “Gullola” nomli | 22 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 42. | 13-MTM “Gʻuncha” nomli | 26 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 43. | 14-MTM “Bulbulcha” nomli | 23 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 44. | 15-MTM “Navroʻz” nomli | 25 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 45. | 16-MTM “Parvoz” nomli | 42 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 46. | 17-MTM “Yulduzcha” nomli | 36 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 47. | 5-BUSM | 30 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 48. | 6-BUSM | 45 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 49. | Karmana sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji | 100 | 4 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 50. | Karmana oziq-ovqat sanoati va mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji | 103 | 5 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 51. | Karmana sanoat kasb-hunar kolleji | 120 | 5 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 52. | Navoiy Pedagogika va xizmat koʻrsatish kolleji | 233 | 6 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 53. | Karmana sanoat va xizmat koʻrsatish kolleji | 85 | 4 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 54. | 25-sonli maxsus maktab internati | 218 | 8 | 0 | 3 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 55. | Hamza nomli 2-bolalar musiqa maktabi | 40 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 56. | Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti | 103 | 4 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 57. | Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi | 41 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 58. | Karmana tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi | 48 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 59. | “Xazora” QVP | 27 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 60. | “Narpay” QVP | 27 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 61. | “Doʻrmon” QVP | 29 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 62. | “Zarafshon” QVP | 26 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 63. | “X. Mavlonov” QVP | 36 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 64. | “Jaloyir” QVP | 26 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 65. | “Bogʻobod” QVP | 25 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 66. | “Madaniyat” QVP | 21 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 67. | “Malikrabot” QVP | 29 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 68. | “Ibn Sino” QVP | 49 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 69. | Karmana tuman tibbiyot birlashmasi | 846 | 31 | 1 | 20 | 1 | 1 | 0 | 3 | 1 | 0 | 2 | 2 |
| 70. | Navoiy viloyat oftalmologiya shifoxonasi | 57 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 71. | Viloyat teri-tanosil kasalliklar dispanseri | 156 | 7 | 0 | 3 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 72. | Karmana tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi | 61 | 3 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 73. | Navoiy viloyat oʻsma kasalliklari dispanseri | 113 | 5 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 74. | Navoiy viloyati veterinariya laboratoriyasi | 46 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 75. | Karmana tumani veterinariya boʻlimi | 35 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 76. | Agro bank OATB | 34 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 77. | Mikrokredit bank OATB | 54 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 78. | Aloqa bank OATB | 47 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 79. | Xalq banki | 83 | 4 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 80. | Karmana tumani Gʻarbgaz taʼminot unitar korxonasi | 162 | 8 | 0 | 4 | 1 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 1 |
| 81. | Doʻstlik agrofirmasi | 449 | 16 | 1 | 7 | 2 | 0 | 1 | 2 | 1 | 0 | 1 | 1 |
| 82. | Navoiy viloyati Axborot resurs markazi | 46 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 83. | Navoiy viloyat tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi | 28 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 84. | Obodonlashtirish boshqarmasi | 154 | 3 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 85. | Karman tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi | 204 | 9 | 0 | 2 | 1 | 0 | 1 | 3 | 1 | 0 | 0 | 1 |
| 86. | “NAVOIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJ | 1703 | 74 | 2 | 45 | 10 | 6 | 2 | 0 | 3 | 2 | 3 | 1 |
| 87. | “O'ZBEKGIDROENERGOQURILISH” OAJ “NAVOIYESQURULISH” U/K | 253 | 6 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 88. | Navoiy viloyati quyi Zarafshon nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasi | 676 | 19 | 0 | 1 | 8 | 2 | 0 | 6 | 1 | 0 | 1 | 0 |
| 89. | Navoiy viloyat “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati Karmana tuman filiali shoʻba korxonasi | 80 | 4 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 90. | “KARMANA-KANIMEX” irrigatsiya tizim boshqarmasi | 243 | 6 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 |
| 91. | “KARMANADAVSUVMAXSUSPUDRAT” davlat unitar korxonasi | 92 | 3 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 92. | “NAVOIY VILOYATI SHAROB SAVDO” unitar korxonasi | 26 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 93. | “RENTONITEL” MChJ | 90 | 3 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 94. | MChJ “KARMANA GIPS MAXSULOTLARI” Oʻzbekiston-Kanada qoʻshma korxonasi | 100 | 5 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 |
| 95. | Karmana tumani “SUVOQOVA” ishlab chiqarish boʻlimi | 32 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 96. | “ZARAFSHON GRAND INVEST” MChJ | 20 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 97. | MChJ “OLIVE TELEKOM” Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi | 21 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 98. | MChJ “CFM PROENERGIES” Oʻzbekiston-Singapur qoʻshma korxonasi | 23 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 99. | MChJ “NAVOI CABLE CONNECTOR” xorijiy korxonasi | 23 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 100. | “WELLEN GROUP” MChJ | 25 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 101. | MChJ “TELEKOM INNOVATSION” qoʻshma korxonasi | 35 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 102. | MChJ “HAYAT POWER CABLE SYSTEMS” qoʻshma korxonasi | 42 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 103. | “POLIPROPILEN QUVURLAR” shoʻba korxonasi | 50 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 104. | MChJ “NAVOIY HUNAN PULP” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi | 40 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 105. | MChJ “O'ZERAEALTERNATOR” Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi | 55 | 3 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 106. | MChJ “KO-UNG CYLINDER” qo'shma korxonasi | 40 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 107. | MChJ “O'ZMINDA” Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi | 119 | 4 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 1 |
| 108. | “POLIETILEN QUVURLARI” shoʻba korxonasi | 56 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| 109. | MChJ “O'ZERAECABLE” Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi | 90 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 |
| JAMI: |
10685 |
411 | 5 | 208 | 42 | 15 | 4 | 26 | 13 | 2 | 39 | 57 | |