Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda), “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-616-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son), Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi 186-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) asosan 2015-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi yigirma nafardan ortiq ishlovchi xodimlari mavjud 144 ta korxona, tashkilot va muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha umumiy soni 10118 kishini tashkil etganda, shundan oʻrtacha 3,6 foiz miqdorida — 367 nafar shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 33,2 foiz (122 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 44,1 foiz (162 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 5,4 foiz (20 kishi);
nogironlar uchun 3,5 foiz (13 kishi);
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1,2 foiz (4 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3 foiz (11 kishi);
safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun 0,5 foiz (2 kishi);
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun 6,3 foiz (23 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 2,8 foiz (10 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin va tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kesimida ilovadagi jadval asosida tasdiqlansin.
2. Korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qoʻyilishini) taʼminlash;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2014-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2015-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi 3-qismiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandi 2-xatboshiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan mikdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Xatirchi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (J. Raxmonov) bir hafta muddatda mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar raxbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustilan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning rasmiy nashrda eʼlon qilinishi va Adliya boshqarmasiga davlat hisobiga olish uchun taqdim etilishini taʼminlash tuman hokimligi huquqshunosi O. Haydarov zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari V. Avlonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Gʻ. ALIYEV
Yangirabod sh.,
2014-yil 26-sentabr,
Q-1171-son
Tuman hokimining 2014-yil 26-sentabrdagi Q-1171-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xatirchi tumani boʻyicha 2015-yil uchun kvotalangan maxsus ish oʻrinlari ajratadigan korxona va tashkilotlar
roʻyxati
| T/r | Korxona, tashkilot va muassasalar nomi | Umumiy ishlovchilar soni | Kvota ish oʻrinlari soni | Shundan: | Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, jumladan: | ||||||||
| 14 yoshgacha bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun | oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun | mudlatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar uchun | nogironlar uchun | bandlikka koʻmaklashuvchi markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun | jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga asosan tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun | safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar uchun | kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun | atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun | odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun | ||||
| 1. | Xatirchi tuman Paxta tozalash OAJ | 534 | 16 | 2 | 3 | 1 | 2 | 1 | 5 | | | | 2 |
| 2. | Xatirchi tuman Tibbiyot birlashmasi | 1057 | 37 | 6 | 20 | | 3 | 1 | 1 | | 5 | | 1 |
| 3. | Xatirchi TYXPTFK | 143 | 5 | 1 | 1 | 1 | | | 1 | | | | 1 |
| 4. | “Qishloqxoʻjalikkimyo” XAJ Xatirchi tuman filiali | 79 | 3 | 1 | 1 | | | | | | | | 1 |
| 5. | Xatirchi tuman Veterinariya boʻlimi | 58 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 6. | Xatirchi tuman Xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji | 160 | 6 | 2 | 3 | | 1 | | | | | | |
| 7. | “Agro servis” kasb-hunar kolleji | 148 | 5 | 2 | 1 | | 1 | | | | | | 1 |
| 8. | “Uy-joy kommunal” kasb-hunar kolleji | 170 | 6 | 2 | 2 | | | | | | 1 | | 1 |
| 9. | Pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji | 180 | 6 | 3 | 2 | | | | | | 1 | | |
| 10. | Xatirchi Tibbiyot kolleji | 121 | 4 | 2 | 2 | | | | | | | | |
| 11. | Xatirchi Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji | 112 | 4 | 2 | 2 | | | | | | | | |
| 12. | Xatirchi “Qishloq xoʻjalik” kasb-hunar kolleji | 118 | 4 | 1 | 2 | 1 | | | | | | | |
| 13. | Xatirchi Yengil sanoat kasb-hunar kolleji | 98 | 3 | 1 | 2 | | | | | | | | |
| 14. | “Zarafshon” qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji | 108 | 4 | 1 | 1 | | 1 | | | | | | 1 |
| 15. | Xatirchi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi | 222 | 7 | 2 | 2 | | 1 | | 1 | | | | 1 |
| 16. | “Oʻral jamshid” xususiy korxonasi | 30 | 1 | | | | | | 1 | | | | |
| 17. | 88-son Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi | 55 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 18. | “Oltinsoy” naslchilik shirkat xoʻjaligi | 107 | 4 | 1 | | 1 | | | 2 | | | | |
| 19. | “Gʻarbgaztaʼminot” Xatirchi filiali | 163 | 6 | 1 | 2 | 1 | | | | 1 | | | 1 |
| 20. | OATB “Agrobank” Yangirabod filiali | 36 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 21. | Xatirchi tuman DSENM | 97 | 3 | 1 | 2 | | | | | | | | |
| 22. | Xatirchi tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi | 48 | 2 | | 1 | | 1 | | | | | | |
| 23. | Xatirchi Davlat Oʻrmon xoʻjaligi | 50 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 24. | “Yulduzcha” nomli 5-son MTM | 23 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 25. | “Goʻzal” nomli 1-son MTM | 36 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 26. | 6-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi | 41 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 27. | Isomiddin Lochinov qishloq vrachlik punkti | 24 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 28. | Koʻksaroy qishloq vrachlik punkti | 21 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 29. | Sharof Rashidov qishloq vrachlik punkti-2 | 23 | 1 | | | | 1 | | | | | | |
| 30. | Maydonsoy qishloq vrachlik punkti | 22 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 31. | Oltinsoy qishloq vrachlik punkti | 49 | 2 | | 1 | | 1 | | | | | | |
| 32. | Mirdosh qishloq vrachlik punkti | 21 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 33. | “Badaxshon Jaloyor Shifo” qishloq vrachlik punkti | 22 | 1 | | 1 | | | | �� | | | | |
| 34. | “Jaloyor Joʻshqin Shifosi” qishloq vrachlik punkti | 21 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 35. | Qosim Raxmatov shifosi qishloq vrachlik punkti | 41 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 36. | Chinobod qishloq vrachlik punkti | 27 | 1 | | | | | | | | 1 | | |
| 37. | Uchkara qishloq vrachlik punkti | 22 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 38. | Amir Temur qishlok vrachlik punkti | 25 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 39. | Bogʻchakalon qishlok vrachlik punkti | 31 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 40. | Xoʻjaqulobod qishlok vrachlik punkti | 22 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 41. | E. Abdiyev 1 qishloq vrachlik punkti | 27 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 42. | Yangi hayot kishloq vrachlik punkti | 29 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 43. | Oxunboboyev-1 qishloq vrachlik punkti | 23 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 44. | Oxunboboyev-2 qishloq vrachlik punkti | 23 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 45. | Akmal Ikromov qishloq vrachlik punkti | 30 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 46. | Maydonsoy qishloq vrachlik punkti | 22 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 47. | Zarafshon qishloq vrachlik punkti | 31 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 48. | Muhiddin Ergashev qishloq vrachlik punkti | 25 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 49. | Qoracha qishloq vrachlik punkti | 35 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 50. | Ibn Sino qishloq vrachlik punkti | 33 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 51. | Alisher Navoiy qishloq vrachlik iunkti | 30 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 52. | Yangi yoʻl qishloq vrachlik punkti | 22 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 53. | Oʻzbekiston qishloq vrachlik punkti | 30 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 54. | Ok-Oltin qishloq vrachlik punkti | 23 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 55. | Xatirchi tuman “Ichimlik suv” ishlab chiqarish boʻlimi | 67 | 3 | 2 | 1 | | | | | | | | |
| 56. | 3-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi | 43 | 2 | | 1 | 1 | | | | | | | |
| 57. | 10-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi | 66 | 2 | | 1 | 1 | | | | | | | |
| 58. | 1-son umumtaʼlim maktabi | 81 | 3 | 1 | 2 | | | | | | | | |
| 59. | 2-son umumtaʼlim maktabi | 60 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 60. | 3-son umumtaʼlim maktabi | 60 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 61. | 4-son umumtaʼlim maktabi | 86 | 3 | 2 | 1 | | | | | | | | |
| 62. | 5-son umumtaʼlim maktabi | 67 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 63. | 6-son umumtaʼlim maktabi | 73 | 3 | 1 | 1 | 1 | | | | | | | |
| 64. | 7-son umumtaʼlim maktabi | 104 | 4 | 2 | 2 | | | | | | | | |
| 65. | 8-son umumtaʼlim maktabi | 30 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 66. | 9-son umumtaʼlim maktabi | 150 | 5 | 2 | 2 | 1 | | | | | | | |
| 67. | 10-son umumtaʼlim maktabi | 145 | 5 | 1 | 2 | 1 | | | | | 1 | | |
| 68. | 11-son umumtaʼlim maktabi | 72 | 3 | 2 | 1 | | | | | | | | |
| 69. | 12-son umumtaʼlim maktabi | 112 | 4 | 2 | 1 | | | | | 1 | | | |
| 70. | 13-son umumtaʼlim maktabi | 88 | 3 | 1 | 1 | 1 | | | | | | | |
| 71. | 14-son umumtaʼlim maktabi | 79 | 3 | 1 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 72. | 15-son umumtaʼlim maktabi | 106 | 4 | 1 | 2 | | | | | | 1 | | |
| 73. | 16-son umumtaʼlim maktabi | 68 | 3 | 2 | 1 | | | | | | | | |
| 74. | 17-son umumtaʼlim maktabi | 100 | 3 | 1 | 1 | 1 | | | | | | | |
| 75. | 18-son umumtaʼlim maktabi | 99 | 3 | 1 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 76. | 19-son umumtaʼlim maktabi | 91 | 3 | 1 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 77. | 20-son umumtaʼlim maktabi | 99 | 3 | 1 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 78. | 21-son umumtaʼlim maktabi | 43 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 79. | 22-son umumtaʼlim maktabi | 83 | 3 | 1 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 80. | 23-son umumtaʼlim maktabi | 32 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 81. | 24-son umumtaʼlim maktabi | 107 | 4 | 2 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 82. | 25-son umumtaʼlim maktabi | 56 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 83. | 26-son umumtaʼlim maktabi | 63 | 2 | | 1 | | | 1 | | | | | |
| 84. | 27-son umumtaʼlim maktabi | 53 | 2 | | 1 | | | | | | 1 | | |
| 85. | 28-son umumtaʼlim maktabi | 51 | 2 | | 1 | | | | | | 1 | | |
| 86. | 29-son umumtaʼlim maktabi | 32 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 87. | 30-son umumtaʼlim maktabi | 32 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 88. | 31-son umumtaʼlim maktabi | 52 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 89. | 32-son umumtaʼlim maktabi | 51 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 90. | 33-son umumtaʼlim maktabi | 83 | 3 | 1 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 91. | 34-son umumtaʼlim maktabi | 58 | 2 | | 1 | | | | | | 1 | | |
| 92. | 35-son umumtaʼlim maktabi | 60 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 93. | 36-son umumtaʼlim maktabi | 87 | 3 | 1 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 94. | 37-son umumtaʼlim maktabi | 49 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 95. | 38-son umumtaʼlim maktabi | 100 | 4 | 1 | 1 | 1 | | | | | 1 | | |
| 96. | 39-son umumtaʼlim maktabi | 80 | 3 | 1 | 1 | | | | | | 1 | | |
| 97. | 40-son umumtaʼlim maktabi | 50 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 98. | 41-son umumtaʼlim maktabi | 50 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 99. | 42-son umumtaʼlim maktabi | 36 | 2 | | 1 | 1 | | | | | | | |
| 100. | 43-son umumtaʼlim maktabi | 45 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 101. | 44-son umumtaʼlim maktabi | 54 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 102. | 45-son umumtaʼlim maktabi | 112 | 4 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | |
| 103. | 46-son umumtaʼlim maktabi | 53 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 104. | 47-son umumtaʼlim maktabi | 26 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 105. | 48-son umumtaʼlim maktabi | 35 | 1 | | | 1 | | | | | | | |
| 106. | 49-son umumtaʼlim maktabi | 36 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 107. | 50-son umumtaʼlim maktabi | 42 | 2 | | | 1 | | 1 | | | | | |
| 108. | 51-son umumtaʼlim maktabi | 56 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 109. | 52-son umumtaʼlim maktabi | 56 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 110. | 53-son umumtaʼlim maktabi | 54 | 2 | 1 | | 1 | | | | | | | |
| 111. | 54-son umumtaʼlim maktabi | 59 | 2 | 2 | | | | | | | | | |
| 112. | 55-son umumtaʼlim maktabi | 74 | 3 | 1 | 1 | 1 | | | | | | | |
| 113. | 56-son umumtaʼlim maktabi | 40 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 114. | 57-son umumtaʼlim maktabi | 39 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 115. | 58-son umumtaʼlim maktabi | 63 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 116. | 59-son umumtaʼlim maktabi | 53 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 117. | 60-son umumtaʼlim maktabi | 32 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 118. | 61-son umumtaʼlim maktabi | 30 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 119. | 62-son umumtaʼlim maktabi | 46 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 120. | 63-son umumtaʼlim maktabi | 39 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 121. | 64-son umumtaʼlim maktabi | 32 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 122. | 65-son umumtaʼlim maktabi | 62 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 123. | 66-son umumtaʼlim maktabi | 28 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 124. | 67-son umumtaʼlim maktabi | 50 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 125. | 68-son umumtaʼlim maktabi | 26 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 126. | 69-son umumtaʼlim maktabi | 67 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 127. | 70-son umumtaʼlim maktabi | 30 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 128. | 71-son umumtaʼlim maktabi | 46 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 129. | 72-son umumtaʼlim maktabi | 39 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 130. | 73-son umumtaʼlim maktabi | 58 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 131. | 74-son umumtaʼlim maktabi | 71 | 3 | 2 | 1 | | | | | | | | |
| 132. | 75-son umumtaʼlim maktabi | 54 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 133. | 76-son umumtaʼlim maktabi | 21 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 134. | 77-son umumtaʼlim maktabi | 44 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 135. | 78-son umumtaʼlim maktabi | 72 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 136. | 79-son umumtaʼlim maktabi | 26 | 1 | | 1 | | | | | | | | |
| 137. | 80-son umumtaʼlim maktabi | 37 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 138. | 81-son umumtaʼlim maktabi | 50 | 2 | | 1 | 1 | | | | | | | |
| 139. | 82-son umumtaʼlim maktabi | 27 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 140. | 83-son umumtaʼlim maktabi | 77 | 3 | 2 | 1 | | | | | | | | |
| 141. | 84-son umumtaʼlim maktabi | 41 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 142. | 85-son umumtaʼlim maktabi | 57 | 2 | 1 | 1 | | | | | | | | |
| 143. | 86-son umumtaʼlim maktabi | 30 | 1 | 1 | | | | | | | | | |
| 144. | 87-son umumtaʼlim maktabi | 27 | 1 | 0 | 1 | | | | | | | | |
| | Jami: | 10118 | 367 | 122 | 162 | 20 | 13 | 4 | 11 | 2 | 23 | 0 | 10 |
Izoh: Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga bir toifadagi fuqarolar kamroq murojaat etgan taqdirda maxsus ajratilgan kvota ish oʻrinlariga boshqa toifadagi murojaat etgan fuqarolar ishga joylashtirilishi mumkin.