18.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2626
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 18.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2626
Кучга кириш санаси
24.11.2014
Hujjat 12.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLASHTIRISH, MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2626]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2626-1, 27.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 754-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais D. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/27-26/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 27-oktabrdagi 01/27-26/26-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RIELTORLIK XIZMATLARINING MILLIY STANDARTI
(2- son RXMS)
KOʻCHMAS MULK BOZORIDA AXBOROT VA MASLAHAT XIZMATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) “Koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari” (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish orqali amalga oshiriladigan rieltorlik faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 26-maydagi 01/11-4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2626-2, 11.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 10/26/2626-2/0596-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu standart maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot va maslahat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda AMX deb yuritiladi) — koʻchmas mulk bozorida rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) tomonidan shartnoma asosida koʻrsatiladigan rieltorlik xizmatlarining turi boʻlib, buyurtmachini koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi, koʻchmas mulk bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda prognoz qilish haqidagi, mazkur bozorning konyunkturasi, koʻchmas mulk bozori sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlashni, shuningdek koʻchmas mulk obyektlari reklamasining tarqatilishini tashkil etishni, bitim taraflarini tanlash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qoidalar — rieltorlik xizmatlarini koʻrsatishga nisbatan talablarni belgilovchi, rieltorlik faoliyatini olib borish samaradorligini oshirish va uning rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida rieltorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hujjatlar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMX koʻrsatish shartnomasi — kelishuv boʻlib, unga koʻra bir taraf shartlashilgan muddatda AMXni koʻrsatish majburiyatini oladi, ikkinchi taraf esa xizmatlarni qabul qilish va ularning haqini toʻlash majburiyatini oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi — buyurtmachi bilan AMX koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan xizmatlarni koʻrsatish uchun shartnomaviy munosabatlarga kirishgan rieltorlik tashkiloti yoki rieltor (yakka tartibdagi tadbirkor);
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 26-maydagi 01/11-4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2626-2, 11.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 10/26/2626-2/0596-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — AMX koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan xizmatlarni olish uchun ijrochi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan, shuningdek bunday xizmatlarga haq toʻlash majburiyatini olgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashma — umumiy manfaatlarni ifodalash hamda himoya qilish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan rieltorlik tashkilotlari yoki rieltorlarning birlashmasi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk — yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyekti — bitimning predmeti boʻlgan aniq yer uchastkasi, bino, inshoot va yer bilan uzviy bogʻliq boshqa mol-mulk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Standartning vazifalari rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) tomonidan koʻchmas mulk bozorida AMX koʻrsatishning shartlari va tartibini, ularning tarkibiga, sifatiga, ushbu xizmatlarni taqdim etish jarayonini tartibga soluvchi hujjatlarni rasmiylashtirishga boʻlgan yagona talablarni belgilashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Standart AMXni koʻrsatishda rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) tomonidan qoʻllash uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xizmatlar mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Koʻchmas mulk bozorida AMX rieltorlik xizmatlari buyurtmachilarning manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish maqsadida ularni koʻchmas mulk bozori haqidagi dolzarb, xolisona va ishonchli axborot bilan taʼminlash yoʻli bilan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. AMX oldi-sotdi, ijara, garov, ayirboshlash, hadya, renta, ishonchli boshqaruvga berish, savdolarni tashkil qilish, koʻchmas mulkdan tekin foydalanish yoxud umrbod taʼminlash sharti bilan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berish bilan bogʻliq kelgusi operatsiyalarda foydalanish uchun, shuningdek koʻchmas mulk bozorining tahliliy va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish uchun koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. AMX oʻz ichiga quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachini rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektini begonalashtirish boʻyicha bitimlarni sodir etish qoidalari va xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarni tuzish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimda taraflarni tanlash boʻyicha tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektining texnik holati, uning qiymati va likvidliligiga taʼsir oʻtkazuvchi uning texnik-ekspluatatsion tavsiflari va isteʼmol sifatlari toʻgʻrisidagi umumiy axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachini qiziqtirayotgan koʻchmas mulk obyektlarining joriy bozor qiymatlari, ularning oʻzgarishi dinamikasi, shu paytda yoki kelajakdagi maʼlum bir paytda koʻchmas mulk obyekti bilan bitimdan olinadigan potensial foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hujjatlar toʻplamini tayyorlash boʻyicha xizmatlarning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarini yaratish va boshqarish boʻyicha professional maslahat loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmasi nomidan va manfaatlarida koʻchmas mulk obyektining reklamasini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bozorining (bozor segmentining) tadqiqotini oʻtkazish boʻyicha bir martalik yoxud davriy tahliliy hisobotlarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xizmatlar ijrochilariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijrochilar rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarining talablariga, ichki qoidalarga, shuningdek birlashmalarga aʼzo boʻlgan taqdirda, ushbu birlashmalarda tasdiqlangan qoidalar va talablarga amal qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijrochi — rieltorlik tashkiloti buyurtmachilarga AMXni koʻrsatish uchun zarur bilim va koʻnikmalari boʻlgan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuzilgan shtatdagi malakali rieltorlarga ega boʻlishi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijrochi — yakka tartibdagi tadbirkor AMXni shaxsan koʻrsatishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijrochilar AMXni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilar bilan tuzilgan AMX koʻrsatish shartnomasiga asosan taqdim qilishlari shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijrochi buyurtmachining talabiga koʻra unga malaka sertifikatini koʻrsatishi shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 26-maydagi 01/11-4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2626-2, 11.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 10/26/2626-2/0596-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. AMX koʻrsatish shartnomasiga talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. AMX koʻrsatish uchun ijrochi buyurtmachi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda AMX koʻrsatish shartnomasini tuzishi shart. AMX koʻrsatish shartnomasi yozma shaklda tuziladi va ijrochining maxsus jurnalida roʻyxatga olishini lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. AMX koʻrsatish shartnomasining shartlari, tegishli shartning mazmuni qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan hollardan tashqari, taraflarning xohishi boʻyicha belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. AMX koʻrsatish shartnomasining bajarilishi taraflar kelishuvi bilan belgilangan baho boʻyicha toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. AMX koʻrsatish shartnomasi imzolangunga qadar ijrochi buyurtmachining AMXga qoʻyadigan asosiy talablarini aniqlashtirishi, buyurtmachini shartnoma loyihasi bilan tanishtirishi, uning shartlarini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. AMX koʻrsatish shartnomasi quyidagilardan iborat boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMX mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMX koʻrsatish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan AMX uchun haq miqdori, toʻlov shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochining va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMX koʻrsatish shartnomasini bekor qilish tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMX koʻrsatish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda mablagʻlarni qaytarish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 26-maydagi 01/11-4-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2626-2, 11.06.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 10/26/2626-2/0596-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochida fuqarolik javobgarligining sugʻurta polisi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMX koʻrsatish shartnomasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
(16-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. AMX koʻrsatish shartnomasi rieltorlik tashkiloti rahbari, rieltor (yakka tartibdagi tadbirkor) va buyurtmachi, yoxud buyurtmachi tomonidan ishonchnoma asosida vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. AMX koʻrsatish shartnomasi shartnoma taraflaridan birining huquqlarini kamsitadigan qoidalardan iborat boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. AMX koʻrsatish shartnomasiga, buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha harakat qilingan taqdirda ishonchnoma, shartnomani imzolash paytida buyurtmachi tomonidan ijrochiga topshirilgan hujjatlarning roʻyxati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijrochi buyurtmachi tomonidan talab etilayotgan xizmatlar yoki harakatlar mohiyatidan kelib chiqib, buyurtmachi bilan AMX koʻrsatish shartnomasini tuzishi shart. Ijrochi tomonidan oldindan bilgan holda buyurtmachi talablarining mohiyatiga nomuvofiq shartnoma tuzish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. AMX koʻrsatish va hujjatlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. AMX koʻrsatish shartnomasi tuzilgandan keyin ijrochi buyurtmachiga shartnomada belgilangan hajmda va shartlarda xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. AMX buyurtmachiga shartnomada belgilangan muddat mobaynida shartnoma imzolangan paytdan boshlab koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Buyurtmachilarga maslahatlar berish faqat ijrochi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Buyurtmachini qiziqtirgan koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisida axborot toʻplash va taqdim qilish, koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning haqiqiyligini tasdiqlash boʻyicha xizmatlar ijrochi tomonidan shaxsiy maʼlumotlar bazasi, ommaviy axborot vositalarida chop etiladigan maʼlumotlar, shuningdek yuridik shaxslarni va koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni va ular bilan bogʻliq bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradigan organlar tomonidan taqdim etilgan axborotdan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Koʻchmas mulk bozorini oʻrganish, konyunkturasini tahlil qilish va holatini prognoz qilish shaxsan ijrochi shakllantirgan maʼlumotlar bazasidan, shuningdek ijrochining hisobotida havola keltirilgan tarzda koʻchmas mulk bozori toʻgʻrisidagi erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridan olingan maʼlumotlarga asosan ijrochi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Buyurtmachining AMX koʻrsatish shartnomasida aks ettirilgan istaklariga qarab ijrochi buyurtmachi nomidan va manfaatlarida buyurtmachiga mulk huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini shartnomada nazarda tutilgan shartlarda qonunchilik hujjatlari talablarini inobatga olgan holda reklama qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. AMX koʻrsatishda ijrochi buyurtmachiga faqat koʻchmas mulk obyektining bozor qiymati va buyurtmachi ushbu obyektlar bilan bitimlar sodir etganda olishi mumkin boʻlgan foydalar toʻgʻrisida umumiy tavsiyalar berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agarda AMX koʻrsatish shartnomasida yozma hisobot taqdim etish nazarda tutilgan boʻlsa, AMX koʻrsatish yakunlangandan keyin ijrochi koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha buyurtmachiga yozma hisobot taqdim etadi, unda AMX koʻrsatish shartnomasida bayon etilgan savollar boʻyicha axborot aks ettirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. AMX koʻrsatish shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib buyurtmachi va ijrochi tomonidan imzolangan ikki taraflama dalolatnoma hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. AMX koʻrsatish shartnomasi ikki taraflama dalolatnoma imzolangandan va shartnomada nazarda tutilgan barcha toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin toʻliq bajarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. AMX sifatiga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Buyurtmachiga sifatli AMX koʻrsatish maqsadida ijrochi quyidagilarga majburdir:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlari va buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshirishga;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan rieltorlik xizmatlar sifatining nazoratini amalga oshirishni tartibga soluvchi ichki qoidalarga rioya qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlar va tartibda buyurtmachining talabnomasi koʻrib chiqilishini taʼminlashga;
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun buyurtmachi unga taqdim etgan hujjatlarning saqlanishini, ulardan begona shaxslarning foydalanishini oldini olgan holda, shuningdek buyurtmachiga AMX koʻrsatish jarayonida olingan axborotning maxfiyligini taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMX koʻrsatish davomida olingan maxfiy axborotni oshkor qilmaslikka, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Maxfiy axborotni oshkor qilmaslik talablari ijrochi tomonidan buyurtmachidan olingan, ijrochi tomonidan AMX koʻrsatish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish jarayonida toʻplangan va tayyorlangan ham qogʻozdagi, ham elektron tashuvchilardagi barcha maʼlumotlar va hujjatlarga, shuningdek xizmatlarni koʻrsatish davomida ijrochiga maʼlum boʻlgan buyurtmachi haqidagi axborotga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ijrochi buyurtmachi oldida koʻrsatilgan xizmatlarning sifati, oʻz vaqtidaligi, toʻliqligi va maxfiyligi uchun AMX koʻrsatish shartnomasida belgilangan hajmda va shartlarda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur standart talablarining ijrochi tomonidan bajarilmasligi AMX buyurtmachisining birlashmaga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur standart Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi ijrochi direktori A. ALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 27-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 563-modda; 2017-y., 30-son, 754-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 12.06.2026-y., 10/26/2626-2/0596-son)