Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Qarori
Shovot tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 17-son, 229-modda) talablariga asosan, tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq, texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-fevralidan 1-iyuligacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
texnikalarni, texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, mashinalar sonini, ularning holatini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari mavsumga tayyorgarligiga;
texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilishini taʼminlasin.
3. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (X. Quronboyev) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 5-apreldagi 302-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Qaror “Shovot istiqboli” gazetasida eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O. Xolboyevga yuklatilsin.
Hokim Q. QURYaZOV
Shovot t.,
2014-yil 23-yanvar,
57-son
Tuman hokimining 2014-yil 23-yanvardagi 57-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
| Quronboyev Xusinboy | — | tuman qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori, komissiya raisi |
|
Komissiya aʼzolari: | ||
| D. Rajabov | — | Shovot MTP OAJ rahbari |
| D. Bekchanov | — | “Agrotexservis MTP” MChJ rahbari |
(“Shovot Istiqboli” gazetasi, 31.01.2014-y., 2-son)