xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
Qarori
Bogʻot tumani 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli va bu yuzadan viloyat hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 307-q-sonli qarorlariga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli va bu yuzadan viloyat hokimining 2013-yil 30-dekabrdagi 307-q-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Bogʻot tumanining 2014-yilgi mahalliy budjetining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
tuman mahalliy budjetlarining 2014-yilgi daromadlari va xarajatlari hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga* muvofiq;
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 3-ilovaga* muvofiq;
tuman mahalliy budjetining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—4-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman moliya boʻlimiga tegishli mahalliy budjetga yuqori budjetdan subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) olinishida, tuman boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish topshirilsin.
4. Tuman moliya boʻlimi (M. Davletov):
Xorazm viloyati moliya boshqarmasining bildirishnomasiga koʻra, budjetning daromad va xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
5. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
6. Mazkur qaror “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilinsin.
7. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2013-yil 31-dekabrdagi 1150-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Q. Rajabov zimmasiga yuklansin
Hokim R. BEKChANOV
Bogʻot t.,
2014-yil 19-fevral,
248-q-son