Andijon viloyati Andijon tumani hokimining
Qarori
Tumandagi transport vositalarini 2014-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 54-sonli hamda 2012-yil 24-fevral kungi 49-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” qarorlari ijrosini taʼminlash va Andijon tumani IIB “DYXXX” boʻlinmasining 2014-yil 21-yanvardagi 65-t/t-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qaror qilaman:
1. Tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari navbatdagi 2014-yil majburiy texnik koʻrigidan oʻtkazilsin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman mudofaa ishlari boʻlimi (E. Tadjimatov), tuman mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyati (A. Abdullaxonov), “Oʻzagrosugʻurta” Davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi Andijon tumani boʻlimi (N. Ibragimova)ga 2014-yil oylik maoshi saqlangan holda bittadan xodim ajratish hamda tuman IIB ixtiyoriga yuborish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi “DYXXX” boʻlinmasi (O. Abdullayev)ga:
“Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigini;
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkazish;
yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarning texnik koʻrigini 1-mart — 30-iyunda;
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigini 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilishini taʼminlash topshirilsin.
5. Tuman ichki ishlar boʻlimi “DYXXX” boʻlinmasi (O. Abdullayevga) va “Avtohavaskorlar” jamiyati (Sh. Mamtaliyev)ga texnik koʻrikdan oʻtayotgan har bir transport vositasining yoritqich chiroqlari oynalariga avtomashina davlat raqami belgilarini takror yozilishini (grapirovka yoʻli bilan) taʼminlash yuklatilsin.
6. Tuman (Andijon tongi) gazetasi tahririyati (A. Nazarov)ga yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonini roʻznoma sahifalarida yoritib borilishi tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 27-fevral kungi 156-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari T. Xoʻjamberdiyev zimmasiga yuklatilsin.
9. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim U. ISAMIDINOV
Andijon t.,
2014-yil 14-fevral,
88-q-son