Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimining
qarori
2014-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. 2014-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga toʻliq taqdim etilishini taʼminlash maqsadida 2014-yil 1-fevraldan 2014-yil 1-martga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (K. Olimov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2014-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish hamda soliq toʻlovi haqida xabarnomalar berish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish vazifalari yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasining uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi topshirilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida;
tuman “Yermulkkadastr” xizmati DUK (A. Boboxonov)ga, 1-ilovaga muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 2014-yil 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi boshligʻi (N. Abdullayev)ga, 2-ilovaga muvofiq 2013-yilda fuqarolarga tuman hududidan yangi qurilishlar uchun 2014-yil 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi (N. Gaybullayeva)ga, 3-ilovaga muvofiq tumanda istiqomat qiluvchi I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman mudofaa ishlari boʻlimi (U. Nuraliyev)ga, 4-ilovaga muvofiq 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar va Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni;
tuman Davlat sanitariya-epedemiologiya nazorati markazi (B. Raximboyev) va “Veterinariya xizmati” rahbari (K. Nurmatov)larga, 7-ilovaga muvofiq yangilangan tartibda sanitariya ruxsatnomalari olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi Kosonsoy tuman filiali (M. Sharipov)ga, 8-ilovaga muvofiq tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman “Elektr tarmoqlari” korxonasi (F. Israilov)ga, 9-ilovaga muvofiq tuman hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
viloyat YHXB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (X. Xamrayev)ga, 10-ilovaga muvofiq tuman hududidagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni (qishloq, mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida) tuman Davlat soliq inspeksiyasiga 2014-yil 1-fevraliga qadar taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman fuqarolik holatlariga dalolatnomalar yozish boʻlimiga, 5-ilovaga muvofiq tuman hududida 2012-2013-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tuman davlat notarial idorasiga 6-ilovaga muvofiq 2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya etilsin.
6. “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi (M. Dadajonov)ga, qishloq, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Qishloq, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, uchastka Davlat soliq inspektorlari va “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Y. Muborakov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. ABDULKARIMOV
Kosonsoy sh,
2014-yil 30-yanvar.,
100-son
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Manzili |
Kadastr raqami |
Mulk qiymati |
Yer maydoni |
Qurilish osti maydoni |
|
1. |
||||||
|
2. |
||||||
|
3. |
||||||
|
4. |
||||||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
Obyekt egasi |
Manzili |
Obyekt nomi |
Mulk qiymati |
Yer maydoni |
|
1. |
|||||
|
2. |
|||||
|
3. |
|||||
|
4. |
|||||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Tugʻilgan sanasi |
Manzili |
Imtiyoz turi |
Imtiyoz boshlanish |
Imtiyoz tugatish sanasi |
|
1. |
||||||
|
2. |
||||||
|
3. |
||||||
|
4. |
||||||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻoniston va Chernobl AESda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Tugʻilgan sanasi |
Manzili |
Imtiyoz turi |
|
1. |
||||
|
2. |
||||
|
3. |
||||
|
4. |
||||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
2013-yilda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Tugʻilgan sanasi |
Manzili |
Vafot etgan yili |
Pasport seriyasi |
Pasport raqami |
Oʻlim guvohnoma raqami |
|
1. |
|||||||
|
2. |
|||||||
|
3. |
|||||||
|
4. |
|||||||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Tugʻilgan sanasi |
Manzili |
Mol-mulk qiymati |
|
1. |
||||
|
2. |
||||
|
3. |
||||
|
4. |
||||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan “Veterinariya boʻlimi” roʻyxatidan oʻtgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Tugʻilgan sanasi |
Manzili |
|
1. |
|||
|
2. |
|||
|
3. |
|||
|
4. |
|||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan “Vodiygaztaʼminot” unitar korxonasi Kosonsoy tuman filiali tomonidan tadbirkorlik faoliyatida gaz taʼminotidan foydalanayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Faoliyat turi |
Faoliyat koʻrsatish manzili |
Yashash manzili |
|
1. |
||||
|
2. |
||||
|
3. |
||||
|
4. |
||||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan “Elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatida elektr energiyasidan foydalanayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Faoliyat turi |
Faoliyat koʻrsatish manzili |
Yashash manzili |
|
1. |
||||
|
2. |
||||
|
3. |
||||
|
4. |
||||
|
5. |
Tuman hokimining 2014-yil 30-yanvardagi 100-sonli qaroriga
10-ILOVA
10-ILOVA
2013-yil davomida Viloyat YHXB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi tomonidan roʻyxatga olingan tuman hududidagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOTLAR
|
T/r |
F.I.O. |
Tugʻilgan sanasi |
Manzili |
Avtomobil rusumi |
Davlat raqami |
|
1. |
|||||
|
2. |
|||||
|
3. |
|||||
|
4. |
|||||
|
5. |