Namangan viloyati Uychi tumani hokimining
qarori
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 25-aprelda 2452-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablaridan kelib chiqib, tumanda 2014-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina, traktor parki OAJlari, muqobil mashina, traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga va texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va koʻrsatilgan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilgan.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasiga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot, mashina, traktor parki OAJlari, muqobil mashina, traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan va texnik koʻrikka taqdim etilmagan texniklarni, texnik talabga javob bermaydigan texnikalarni ishga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
texnik koʻrik davomida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini mavsumga tayyorgarligi, har bir traktorchi-mashinistning tegishli texnikani boshqarish uchun ruxsat etilgan toifaning mavjudligi, texnikalarni oʻrnatilgan tartib asosida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va boshqa talablarni amalga oshirish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Tumandagi barcha korxona, tashkilot, mashina, traktor parki OAJlari, muqobil mashina, traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikka tegishli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan har bir texnika uchun undirilgan yigʻimni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi 23402000300100001010 hisob raqamiga MMVB XTTM Toshkent shahri, MFO 00014 IIN 201122919 “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi ShXV 401421860144017950100082001 INN 200057080 hisob raqamiga toʻlanishi taʼminlansin.
5. Tuman hokimi oʻrinbosari M. Ortiqovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Mamataliyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. VALIYEV
Uychi t.,
2014-yil 15-fevral,
98-son
Tuman hokimining 2014-yil 15-fevraldagi 98-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Uychi tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik Davlat majburiy texnik koʻrigidan oʻtkazuvchi komissiya
TARKIBI
| M. Qambarov | — | “Oʻzdavtexnazorat” Uychi tuman inspektori, komissiya raisi |
| B. Mamataliyev | — | Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari |
| Komissiya aʼzolari: | ||
| I. Usmanov | — | “Uychi MTP” DAJ raisi |
| D. Xojiyev | — | “Agrosugʻurta” DASK Uychi tuman boʻlimi mutaxassisi |
| A. Abduqaxxarov | — | Uychi tuman “Agrotexservis” MTP MChJ rais oʻrinbosari |
| K. Mamadaliyev | — | Uychi tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari |
| B. Azimov | — | Uychi tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi |
Tuman hokimining 2014-yil 15-fevraldagi 98-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi chopiq traktori va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
rejasi
| T/r | QFY va hududlar nomi | Texnikaning nomi | Texnikaning rusumi | Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati | Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili | Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi |
| 1. |
Uychi MTP AJ |
haydov traktori | Magnum, Arion, MX, TS, Puma, VT-150, T-4A | 09:00-16:00 | MTP avtosaroyida |
04.08.2014-yil |
| chopiq traktori | MTZ-80, TTZ-80-11 | 09:00-16:00 | 10.02.2014-yil | |||
| transport traktorlari | TTZ-80-10, MTZ-80 | 09:00-16:00 | 01.04.2014-yil | |||
| traktor tirkamalari | 2PTS-4-793 | 09:00-16:00 | 01.08.2014-yil | |||
| oʻziyurar texnikalar | Keys, Klass, Nyu-xolland | 09:00-16:00 | 01.05.2014-yil | |||
| kultivatorlar | KXU-4, KRX-4 | 09:00-16:00 | 10.02.2014-yil | |||
| chigit ekish seyalkalari | SChX-4 | 09:00-16:00 | 10.02.2014-yil | |||
| ochar olish (chizel ) moslamalari | Moslama | 09:00-16:00 | 02.06.2014-yil | |||
| er tekislagichlar | PN-4 | 09:00-16:00 | 3-4.03.2014-yil | |||
| mineral oʻgʻitlagichlar | NRU-0,5 | 09:00-16:00 | 05.09.2014-yil | |||
| OVX purkagichlar | OVX-600 | 09:00-16:00 | 01.08.2014-yil | |||
| don ekish moslamalari | Qoʻgʻay moslama | 09:00-16:00 | 01.08.2014-yil | |||
| tishli boronalar | BZZ-3 | 09:00-16:00 | 3-4.03.2014-yil | |||
| asbob-uskunalar | Metalga ishlov berish uskunalari | 09:00-16:00 | 01.04.2014-yil |