17.02.2014 yildagi Х-50/02-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2014-yilda qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik ishlari hamda servis xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish hisobiga ichki isteʼmol bozorini arzon va sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlash, bu borada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-yanvardagi 01-03-42-8-sonli yigʻilish bayoni topshiriqlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-yanvardagi “2014-yilda qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik ishlari hamda servis xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish toʻgʻrisida”gi 01-03-42-8-sonli yigʻilish bayoni topshiriqlari ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2014-yilda viloyatda qoramollar bosh soni, goʻsht va sut ishlab chiqarishni koʻpaytirish, naslchilik ishlari hamda servis xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga*:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar chorvachilik sohasidagi 2014-yilning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilikda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, ayniqsa, aholi xonadonlari va fermer xoʻjaliklaridagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishni salmogʻini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda birinchi navbatda, ozuqabop ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirishga asosiy eʼtiborni qaratish va ushbu maydonlardan samarali foydalanish, shu jumladan oraliq ekinlar ekish tizimini yoʻlga qoʻyish evaziga mustahkam ozuqa bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilgan ozuqalarni oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olish maqsadida ozuqa oʻrim-yigʻim texnikalari taʼminotini yanada yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollari mahsuldorligini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, chorvachilik xoʻjaliklari rentabelligini oshirish, yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish orqali ichki bozorni arzon va sifatli mahsulotlarga boʻlgan talabini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chorvachilikning asosiy ustuvor vazifalari va ishlab chiqilgan Dasturlarning joylardagi ijrosini taʼminlashni tizimli ravishda tashkil etish va uning nazoratini olib borish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoramolchilik tarmogʻini rivojlantirishga viloyat qishloq va suv xoʻjaligi va Moliya boshqarmalari hamda ularning tumanlar boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik tarmogʻini rivojlantirishga Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishga viloyat Soliq boshqarmasi va Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda ularning tumanlar boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalarichilik tarmogʻini rivojlantirishga Qashqadaryo Markaziy oʻrmon xoʻjaligi va hududiy oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqoridagi tarmoqlarni rivojlantirishga masʼul etib belgilangan rahbarlar har bir Dastur ijrosini taʼminlash boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlari bilan birgalikda har oyda ikki marta hududlarga chiqib amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganishi va yuzaga kelgan muammolarni hal etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishga shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tumanlar hokimliklariga uch kun muddatda, 2014-yilda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhlarini tuzib, ular tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va oʻz qarorlari bilan tasdiqlagan holda viloyat hokimligiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligi qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati (M. Serkayev), Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi (B. Rajapov), tumanlarda qaror asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni umumlashtirib, ijrosini doimiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi (Z. Qobilov), Veterinariya boshqarmasi (N. Imomov), Naslchilik inspeksiyasi (T. Boyqobilov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatdagi 19 ta qishloq xoʻjalik yoʻnalishidagi kasb-hunar kolleji rahbarlarini naslchilik ishlarini rivojlantirish va aholi xonadonlaridagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishning afzalliklari hamda iqtisodiy samarasi boʻyicha bilim koʻnikmalarini oshirish maqsadida, ularni 2014-yil fevral oyida Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti bazasida tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻquv kurslarida qatnashishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning mart oyidan boshlab ushbu kasb-hunar kollejlarida chorvachilik va veterinariya yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarni, shu hududdagi zooveterinariya shoxobchalarida ishlayotgan mutaxassislar va sunʼiy urugʻlantirish bilan shugʻullanish istagini bildirgan talabgorlarni oʻqitish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan kurslarni tashkil etish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qarshi shahri va tumanlar hokimlari, joriy yilning 1-sentabriga qadar Qarshi shahar va har bir tuman markazida bittadan dunyo standartlariga javob beradigan zamonaviy, eng oxirgi texnologik uskunalar bilan jihozlangan qushxona hamda soʻyilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlarini shu erning oʻzida sotadigan goʻsht sotish doʻkonlarini qurib ishga tushirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Don korxonalari (Y. Akbarov, Sh. Donayev, H. Karimov, S. Qoʻchqorov, B. Jovliyev), “Davurugʻnazoratmarkaz” viloyat boʻlimi (R. Berdiqulov), tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ozuqa ekinlari urugʻini yetishtirishga ixtisoslashgan xoʻjaliklarda ishlab chiqarilgan urugʻlarni hududiy don korxonalari tomonidan oʻrnatilgan tartibda xarid qilib olish va standart talablari asosida tayyorlab, zararkunandalarga qarshi dorilash hamda chorvachilik xoʻjaliklari va aholiga sotilishini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (M. Mamanazarov), Davlat soliq boshqarmasi (X. Xolboyev), tumanlar hokimliklari bilan birgalikda 2014-yilning 20-apreliga qadar baliqchilik xoʻjaliklarining rahbar va mutaxassislari ishtirokida baliq chavoqlarini yetishtirish, tabiiy va sunʼiy suv havzalarini baliqlantirish hamda inkubatsiya sexlari ishini tashkil qilish boʻyicha oʻquv-seminarlarini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (M. Mamanazarov), viloyatdagi tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish maqsadida ularni toʻliq ijaraga berish va ushbu havzalardan ruxsatsiz baliq ovlash holatlarining oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha viloyat Ishchi guruhlariga, muntazam ravishda hududlarga chiqib, tumanlar hokimliklari hamda aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yangidan tashkil etiladigan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik loyihalarining amalga oshirilishidagi mavjud muammolarni hal etib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oy yakuni bilan viloyat hokimligiga axborot berib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Viloyat hokimining 2013-yil 25-yanvardagi X-44/01, X-45/01, 28-yanvardagi X-49/01, X-50/01-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosarlari A. Aripov va Gʻ. Djavliyev zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Z. ROʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 17-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-50/02-son