Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.11.2003 yildagi 482-son
Кучга кириш санаси
04.11.2003
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 11.06.2018 sanasi holatiga | Hujjat 22.08.2023 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YOʻLOVCHILAR VA BAGAJ TASHISH QOIDALARINI HAMDA AVTOBUSLARDA YOʻLOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHGA DOIR TALABLARNI TASDIQLASH HAQIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YOʻLOVCHILAR VA BAGAJ TASHISH QOIDALARINI HAMDA AVTOBUSLARDA YOʻLOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHGA DOIR TALABLARNI TASDIQLASH HAQIDA |
“Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini yanada shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini yanada shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Quyidagilar: | 1. Quyidagilar: |
Oʻzbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalari 1-ilovaga muvofiq; | Oʻzbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalari 1-ilovaga muvofiq; |
Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda hamda yoʻnalishli taksida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorga 2-ilova 15-bandining nazorat priborlari (taxograflar) bilan jihozlashga doir talablari 2004-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi. | 2. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorga 2-ilova 15-bandining nazorat priborlari (taxograflar) bilan jihozlashga doir talablari 2004-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi. |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 378-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 378-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. |
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin. | 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2003-yil 4-noyabr, | 2003-yil 4-noyabr, |
482-son | 482-son |
Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish | Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish |
qoidalari | qoidalari |
I bob. Umumiy qoidalar | I bob. Umumiy qoidalar |
1. Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”, “Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi. | 1. Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”, “Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi. |
2. Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajlarni tashish tegishli litsenziya, tender natijalari boʻyicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilar transportida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. | 2. Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajlarni tashish tegishli litsenziya, tender natijalari boʻyicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilar transportida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. |
3. Yoʻlovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari mazkur Qoidalar va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi. | 3. Yoʻlovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi. |
4. Avtomobilda yoʻlovchilar va bagajni xalqaro tashishlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi. | 4. Avtomobilda yoʻlovchilar va bagajni xalqaro tashishlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi. |
5. Yoʻl chiptalari, yoʻl va chiptani hisobga olish varaqalari rekvizitlari, yoʻnalishlar, avtovokzallar (avtostansiyalar) pasportlari, avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashishga taalluqli shakllar va yoʻriqnoma-metodik hujjatlar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi. | 5. Yoʻl chiptalari, yoʻl va chiptani hisobga olish varaqalari rekvizitlari, yoʻnalishlar, avtovokzallar (avtostansiyalar) pasportlari, avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashishga taalluqli shakllar va yoʻriqnoma-metodik hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
II bob. Yoʻlovchilar va bagajni tashish | II bob. Yoʻlovchilar va bagajni tashish |
1-§. Asosiy tushunchalar | 1-§. Asosiy tushunchalar |
6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: | 6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: |
avtobus — yoʻlovchilarni, bagajni tashishga moʻljallangan va haydovchi oʻrnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi; | avtobus — yoʻlovchilarni, bagajni tashishga moʻljallangan va haydovchi oʻrnini hisoblamaganda 8 tadan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi; |
avtovokzal (avtostansiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiruvchi va yoʻlovchilarga boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot; | avtovokzal (avtostansiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiruvchi va yoʻlovchilarga boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot; |
avtopavilyon — yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan avtomobil yoʻlidagi inshoot; | avtopavilyon — yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan avtomobil yoʻlidagi inshoot; |
bagaj avtomobili — bagaj tashishga moʻljallangan avtomobil; | bagaj avtomobili — bagaj tashishga moʻljallangan avtomobil; |
bagaj — joʻnatish uchun idishga joylangan va yoʻlovchi tomonidan ushbu avtobusda olib ketiladigan buyumlar; | bagaj — joʻnatish uchun idishga joylangan va yoʻlovchi tomonidan ushbu avtobusda olib ketiladigan buyumlar; |
bagaj kvitansiyasi — bagajning tashish uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi hujjat; | bagaj kvitansiyasi — bagajning tashish uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi hujjat; |
chipta — yoʻlovchining haq toʻlagan holda avtobusdan foydalanishga boʻlgan huquqini hamda yoʻlovchi va tashuvchi oʻrtasida tashuvlar yuzasidan oshkora shartnomalar tuzilganligini tasdiqlovchi qatʼiy hisobda turadigan hujjat; | chipta — yoʻlovchining haq toʻlagan holda avtobusdan foydalanishga boʻlgan huquqini hamda yoʻlovchi va tashuvchi oʻrtasida tashuvlar yuzasidan oshkora shartnomalar tuzilganligini tasdiqlovchi qatʼiy hisobda turadigan hujjat; |
haydovchi — avtotransport vositasini boshqaruvchi shaxs; | haydovchi — avtotransport vositasini boshqaruvchi shaxs; |
yoʻl — qurilgan va transport vositalarining harakatlanishi uchun foydalaniladigan yer polosasi yoxud sunʼiy inshoot yuzasi; | yoʻl — qurilgan va transport vositalarining harakatlanishi uchun foydalaniladigan yer polosasi yoxud sunʼiy inshoot yuzasi; |
qoʻl yuki — yoʻlovchi tomonidan bepul tashiladigan tashish uchun idishga joylangan buyumlar; | qoʻl yuki — yoʻlovchi tomonidan bepul tashiladigan tashish uchun idishga joylangan buyumlar; |
yengil avtomobil — yoʻlovchilar va bagajni tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisobga olmaganda 8 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi; | yengil avtomobil — yoʻlovchilar va bagajni tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisobga olmaganda 8 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi; |
yoʻnalishsiz taksilar — yoʻlovchilarning buyurtmanomalariga koʻra taksometr (hisoblagich) koʻrsatkichi boʻyicha haq toʻlash hisobiga tashish xizmatlari koʻrsatuvchi avtotransport vositasi; | yoʻnalishsiz taksi — yoʻlovchilarning buyurtmanomalariga koʻra taksometr funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovaga ega moslama koʻrsatkichi boʻyicha haq toʻlash hisobiga tashish xizmatlarini koʻrsatadigan haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqqa ega yengil avtotransport vositasi; agregator — yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi yuridik shaxs; |
yoʻnalishli avtobus — belgilangan yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchilar va bagajni tashishga moʻljallangan avtobus; | yoʻnalishli avtobus — belgilangan yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchilar va bagajni tashishga moʻljallangan avtobus; |
yoʻnalishli taksilar — yoʻlovchilarning talabiga koʻra toʻxtab oʻtadigan muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan avtotransport vositasi (avtobus yoki yengil avtomobil); | yoʻnalishli taksilar — yoʻlovchilarning talabiga koʻra toʻxtab oʻtadigan muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan avtotransport vositasi (mikroavtobus yoki yengil avtomobil); |
yoʻnalish — avtotransport vositalarining muayyan manzillar oraligʻida belgilangan qatnov yoʻli; | yoʻnalish — avtotransport vositalarining muayyan manzillar oraligʻida belgilangan qatnov yoʻli; |
yoʻnalish pasporti (yoʻnalish hujjatlari) — yoʻnalish toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni tavsiflovchi hujjatlar; | yoʻnalish pasporti (yoʻnalish hujjatlari) — yoʻnalish toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni tavsiflovchi hujjatlar (yoʻnalish pasporti elektron shaklda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi); |
yoʻlovchi — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashish xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs; | yoʻlovchi — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashish xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs; |
supacha — yoʻl qoplamasi sathidan balandroq boʻlgan, avtovokzallarda (avtostansiyalarda)gi yoʻlovchilarni transportga chiqarish va undan tushirishga moʻljallangan maydoncha; | supacha — yoʻl qoplamasi sathidan balandroq boʻlgan, avtovokzallarda (avtostansiyalarda)gi yoʻlovchilarni transportga chiqarish va undan tushirishga moʻljallangan maydoncha; |
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat asosida yoʻlovchilar, bagaj tashish xizmatini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs; | tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat asosida yoʻlovchilar, bagaj tashish xizmatini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs; |
qatnov jadvali — reysni bajarish vaqti, joyi va izchilligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan grafik (jadval); | qatnov jadvali — reysni bajarish vaqti, joyi va izchilligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan grafik (jadval); |
reys — avtotransport vositasining yoʻnalishning boshlanishidan oxirgi manziligacha boʻlgan yoʻli; | reys — avtotransport vositasining yoʻnalishning boshlanishidan oxirgi manziligacha boʻlgan yoʻli; |
maxsus yoʻnalishlar — tashkilotlarning xodimlarini ish joyiga va ish joyidan tashish; | maxsus yoʻnalishlar — tashkilotlarning xodimlarini ish joyiga va ish joyidan tashish; |
yoʻnalish sxemasi — yoʻnalishning shartli belgilar qoʻyilgan grafik tasviri; | yoʻnalish sxemasi — yoʻnalishning shartli belgilar qoʻyilgan grafik tasviri; |
tarif — yoʻlovchilar va bagajni tashish uchun belgilangan toʻlov miqdori; | tarif — yoʻlovchilar va bagajni tashish uchun belgilangan toʻlov miqdori; |
trafaret — yoʻlovchilarni yoʻnalish toʻgʻrisida xabardor qilishga moʻljallangan koʻrsatkich; | trafaret — yoʻlovchilarni yoʻnalish toʻgʻrisida xabardor qilishga moʻljallangan koʻrsatkich; |
muntazam yoʻnalishlar — tasdiqlangan yoʻnalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yoʻl haqi tariflariga muvofiq avtotransport vositalarining muayyan manzillar oraligʻida belgilangan qatnov yoʻli. | |
2-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish | 2-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish |
7. Yoʻlovchilarni tashish quyidagi turlarga boʻlinadi: | 7. Yoʻlovchilarni tashish quyidagi turlarga boʻlinadi: |
a) shaharda tashish; | a) shaharda tashish; |
b) shahar atrofida tashish; | b) shahar atrofida tashish; |
v) shaharlararo tashish; | v) shaharlararo tashish; |
g) xalqaro tashish. | g) xalqaro tashish. |
Yoʻlovchilar: | Yoʻlovchilar: |
a) yoʻnalishli avtobuslarda; | a) yoʻnalishli avtobuslarda; |
b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari)ga yoki tashishning boshqa shartnomalari boʻyicha beriladigan avtobus va yengil avtomobillarda; | b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari)ga yoki tashishning boshqa shartnomalari boʻyicha beriladigan avtobus va yengil avtomobillarda; |
v) yoʻnalishsiz taksilarda; | v) yoʻnalishsiz taksilarda; |
g) yoʻnalishli taksilarda tashiladi. | g) yoʻnalishli taksilarda tashiladi. |
8. Yoʻnalishli avtobuslar va yoʻnalish taksilari harakati: | 8. Yoʻnalishli avtobuslar va yoʻnalish taksilari harakati: |
a) shahar yoʻnalishlarida — shaharlar hokimliklari yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan; | a) shahar yoʻnalishlarida — shaharlar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan; |
b) shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan; | b) shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari tomonidan; |
v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda -Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan tuziladigan jadvallar boʻyicha tashkil etiladi. | v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tuziladigan jadvallar boʻyicha tashkil etiladi. |
9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: | 9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda: |
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan yoʻnalish sxemalarini Toshkent shahar IIBB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda; | a) shaharlar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Transport vazirligi) hududiy boʻlinmalari tomonidan; |
b) shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari Toshkent shahri IIBB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda; | b) viloyatlararo-shaharlararo yoʻnalishlarda — Transport vazirligi tomonidan; |
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi. | v) xalqaro yoʻnalishlarda — Transport vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning transport sohasidagi vakolatli organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. |
10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yoʻnalishlar uchun yoʻnalish pasporti tasdiqlanadi, unda quyidagilar boʻladi: | 10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yoʻnalishlar uchun yoʻnalish pasporti yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar boʻladi. |
a) yoʻnalishning asosiy koʻrsatkichlari bilan birga titul varaqasi; | a) yoʻnalishning asosiy koʻrsatkichlari bilan birga titul varaqasi; |
b) yoʻnalish sxemasi (sxemada toʻxtab oʻtish manzillari, harakatlanish uchun xavfli boʻlgan yoʻl uchastkalari, temir yoʻlni kesib oʻtish joylari, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar va shu kabilar koʻrsatiladi). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar sxemalarida, bundan tashqari, dam olish joylari, ovqatlanish shoxobchalari koʻrsatiladi; | b) yoʻnalish sxemasi (sxemada toʻxtab oʻtish manzillari, harakatlanish uchun xavfli boʻlgan yoʻl uchastkalari, temir yoʻlni kesib oʻtish joylari, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar va shu kabilar koʻrsatiladi). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar sxemalarida, bundan tashqari, dam olish joylari, ovqatlanish shoxobchalari koʻrsatiladi; |
v) masofani oʻlchash protokoli va avtotransport vositasining harakatlanish vaqti xronometraji; | v) masofani oʻlchash protokoli va avtotransport vositasining harakatlanish vaqti xronometraji; |
g) avtotransport vositasining yoʻnalish boʻyicha harakatlanish jadvali; | g) avtotransport vositasining yoʻnalish boʻyicha harakatlanish jadvali; |
d) yoʻl haqi tariflari. | d) yoʻl haqi tariflari. |
11. Yoʻlovchilarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli (shu jumladan bepul) yurish huquqi beriladi. | 11. Yoʻlovchilarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli (shu jumladan bepul) yurish huquqi beriladi. |
Avtomobil transportida imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar toifalari va ushbu imtiyozlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. | Avtomobil transportida imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar toifalari va ushbu imtiyozlarni berish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. |
12. Muntazam yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda yoʻlovchi yoʻl chiptasi sotib olishi, uni butun yoʻlda yurish vaqti davomida saqlashi va uni nazoratchining birinchi talabiga koʻra koʻrsatishi shart. | 12. Muntazam yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda yoʻlovchi yoʻl chiptasi sotib olishi, uni butun yoʻlda yurish vaqti davomida saqlashi va uni nazoratchining birinchi talabiga koʻra koʻrsatishi shart. |
13. Yoʻlovchilar yoʻl chiptalarini kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib oladi. | 13. Yoʻlovchilar yoʻl chiptalarini kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib oladi. |
14. Yoʻnalishdagi avtotransport vositasi nosoz boʻlgan taqdirda yoʻlovchilarga berilgan yoʻlda yurish hujjatlari aynan shu yoʻnalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yoʻlovchilarni boshqa avtotransport vositasiga oʻtkazish nosoz avtotransport vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi. | 14. Yoʻnalishdagi avtotransport vositasi nosoz boʻlgan taqdirda yoʻlovchilarga berilgan yoʻlda yurish hujjatlari aynan shu yoʻnalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yoʻlovchilarni boshqa avtotransport vositasiga oʻtkazish nosoz avtotransport vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi. |
Yoʻlovchilar yoʻqotib qoʻygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun toʻlangan pul qaytarib berilmaydi. | Yoʻlovchilar yoʻqotib qoʻygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun toʻlangan pul qaytarib berilmaydi. |
15. Avtobusda: | 15. Avtobusda: |
a) yoʻlovchilarning mast holda yurishi; | a) yoʻlovchilarning mast holda yurishi; |
b) alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish; | b) alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish; |
v) haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish; | v) haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish; |
g) oynadan tashqariga osilish; | g) oynadan tashqariga osilish; |
d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qoʻlansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, gʻilofsiz oʻq otar qurol, tigʻli va keskir ashyolarni olib yurish; | d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qoʻlansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurish; |
e) oʻlchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta oʻrin uchun ogʻirligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq boʻlgan buyumlarni olib yurish; | e) oʻlchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta oʻrin uchun ogʻirligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq boʻlgan buyumlarni olib yurish; |
j) salonni yoki yoʻlovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish; | j) salonni yoki yoʻlovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish; |
z) tumshuqbogʻsiz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish taqiqlanadi. | z) tumshuqbogʻsiz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish taqiqlanadi. |
3-§. Yoʻlovchilar tashuvchi transport vositalariga qoʻyiladigan talablar | 3-§. Yoʻlovchilar tashuvchi transport vositalariga qoʻyiladigan talablar |
16. Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak. | 16. Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak. |
17. Avtotransport vositalari Dst 974/2000 Oʻzbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega boʻlishi kerak. | 17. Avtotransport vositalari Dst 974/2000 Oʻzbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega boʻlishi kerak. |
4-§. Yoʻlovchilarni tashuvchi haydovchilarga qoʻyiladigan talablar | 4-§. Yoʻlovchilarni tashuvchi haydovchilarga qoʻyiladigan talablar |
18. Avtomobil transportida yoʻlovchi tashuvchi haydovchilar Oʻzbekiston davlat standartlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak. | 18. Avtomobil transportida yoʻlovchi tashuvchi haydovchilar Oʻzbekiston davlat standartlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak. |
19. Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yoʻnalishli taksilar haydovchilari yoʻnalishda ishlayotganda: | 19. Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yoʻnalishli taksilar haydovchilari yoʻnalishda ishlayotganda: |
tender kontraktiga muvofiq ushbu yoʻnalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga; | shartnomaga muvofiq ushbu yoʻnalishda avtotransport vositasiga qatnovlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga; |
tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga); | tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga); |
yoʻnalish hujjatlariga; | yoʻnalish hujjatlariga; |
yoʻl varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga; | yoʻl varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga; |
yoʻl varaqalarida yoʻlga chiqishdan oldin belgilangan tartibda oʻtkaziladigan avtotransport vositasining texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi haqidagi qaydlarga; | yoʻl varaqalarida yoʻlga chiqishdan oldin belgilangan tartibda oʻtkaziladigan avtotransport vositasining texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi haqidagi qaydlarga; |
qatnov jadvaliga va yoʻnalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — unda aholi yashash joylaridan oʻtish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi koʻrsatilgan holda) ega boʻlishi kerak. | qatnov jadvaliga va yoʻnalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — unda aholi yashash joylaridan oʻtish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi koʻrsatilgan holda) ega boʻlishi kerak. |
5-§. Yoʻlovchilar tashuvchi avtotransport vositalari ishini hisobga olish | 5-§. Yoʻlovchilar tashuvchi avtotransport vositalari ishini hisobga olish |
20. Quyidagilar yoʻlovchilar tashuvchi avtotransport vositalari ishini hisobga oluvchi asosiy hujjatlar hisoblanadi: | 20. Quyidagilar yoʻlovchilar tashuvchi avtotransport vositalari ishini hisobga oluvchi asosiy hujjatlar hisoblanadi: |
a) avtotransport vositasining yoʻl varaqasi; | a) avtotransport vositasining yoʻl varaqasi; |
b) shaharda, shahar atrofida va shaharlararo qatnovchi (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) avtotransport vositalarining chiptalarni hisobga olish varaqasi; | b) shaharda, shahar atrofida va shaharlararo qatnovchi (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) avtotransport vositalarining chiptalarni hisobga olish varaqasi; |
v) avtobus va yengil avtomobillarning buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar boʻyicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma; | v) avtobus va yengil avtomobillarning buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar boʻyicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma; |
g) chiptalarni sotish vedomosti (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari). | g) chiptalarni sotish vedomosti (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari). |
21. Avtotransport vositalarining yoʻl varaqalari va chiptalarni hisobga olish varaqalari hamda buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar boʻyicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma blankalari qatʼiy hisobda turadigan blankalarni hisobga olish va saqlash qoidalari boʻyicha hisobga olinadi va tashuvchida saqlanadi. | 21. Avtotransport vositalarining yoʻl varaqalari va chiptalarni hisobga olish varaqalari hamda buyurtmanomalar (buyurtmalar) va boshqa shartnomalar boʻyicha ishlashi yuzasidan topshiriqnoma blankalari qatʼiy hisobda turadigan blankalarni hisobga olish va saqlash qoidalari boʻyicha hisobga olinadi va tashuvchida saqlanadi. |
22. Yoʻl hujjatlarida tuzatishlar va oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Haydovchi garajda, yoʻlda, oraliq manzillarga kirib oʻtishda va oxirgi manzillarda yoʻl hujjatlaridagi barcha qaydlarning toʻgʻriligini kuzatib borishi shart. | 22. Yoʻl hujjatlarida tuzatishlar va oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Haydovchi garajda, yoʻlda, oraliq manzillarga kirib oʻtishda va oxirgi manzillarda yoʻl hujjatlaridagi barcha qaydlarning toʻgʻriligini kuzatib borishi shart. |
III bob. Shahardagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar va bagaj tashish | III bob. Shahardagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar va bagaj tashish |
1-§. Umumiy qoidalar | 1-§. Umumiy qoidalar |
23. Shahar yoʻlovchilar tashish transporti yoʻnalishlari quyidagi turlarga boʻlinadi: | 23. Shahar yoʻlovchilar tashish transporti yoʻnalishlari quyidagi turlarga boʻlinadi: |
a) shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tigʻiz paytlardagi qoʻshimcha yoʻnalishlar; | a) shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tigʻiz paytlardagi qoʻshimcha yoʻnalishlar; |
b) shahar chetidan koʻpi bilan 2 km chetga chiquvchi shaharda qatnovchi yoʻnalishlar; | b) shahar chetidan koʻpi bilan 2 km chetga chiquvchi shaharda qatnovchi yoʻnalishlar; |
v) yoʻnalishli taksilar. | v) yoʻnalishli taksilar. |
Shahardagi yoʻnalishlar shahar (shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sogʻlomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari, temir yoʻl platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini taʼminlashi kerak. | Shahardagi yoʻnalishlar shahar (shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sogʻlomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari, temir yoʻl platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini taʼminlashi kerak. |
24. Aholiga xizmat koʻrsatish xususiyatiga muvofiq shahardagi yoʻnalishlar bir nechta ish rejimiga ega boʻlishi mumkin: | 24. Aholiga xizmat koʻrsatish xususiyatiga muvofiq shahardagi yoʻnalishlar bir nechta ish rejimiga ega boʻlishi mumkin: |
a) sutka, hafta kunlari, oyning belgilangan davri mobaynida amal qiladigan doimiy yoʻnalishlar; | a) sutka, hafta kunlari, oyning belgilangan davri mobaynida amal qiladigan doimiy yoʻnalishlar; |
b) dam olish hududlari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat koʻrsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yoʻnalishlar; | b) dam olish hududlari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat koʻrsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yoʻnalishlar; |
v) maxsus yoʻnalishlar; | v) maxsus yoʻnalishlar; |
g) koʻcha–yoʻl shoxobchalarida favqulodda vaziyatlar paydo boʻlganda, ayrim uchastkalar, transport yoʻllari va maydonlar yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yoʻnalishlar. | g) koʻcha–yoʻl shoxobchalarida favqulodda vaziyatlar paydo boʻlganda, ayrim uchastkalar, transport yoʻllari va maydonlar yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yoʻnalishlar. |
2-§. Yoʻl haqini yoʻlkira kartochkalari bilan toʻlash | 2-§. Yoʻl haqini yoʻlkira kartochkalari bilan toʻlash |
25. Yoʻlkira kartochkalarini oldindan sotish maxsus tashkil etilgan sotish shoxobchalarida, shuningdek savdo tashkilotlari va bevosita tashuvchi orqali amalga oshiriladi. | 25. Yoʻlkira kartochkalarini oldindan sotish maxsus tashkil etilgan sotish shoxobchalarida, shuningdek savdo tashkilotlari va bevosita tashuvchi orqali amalga oshiriladi. |
Yoʻlkira kartochkasi bagajni bepul tashish huquqini bermaydi. | Yoʻlkira kartochkasi bagajni bepul tashish huquqini bermaydi. |
Yoʻlkira kartochkalari seriyalari, transport turlari boʻyicha boʻlinadi va yoʻlovchilarning barcha toifalari uchun, imtiyozli kartochkalar esa — pensionerlar, nogironlar, talabalar va oʻquvchilar uchun haqiqiy hisoblanadi. | Yoʻlkira kartochkalari seriyalari, transport turlari boʻyicha boʻlinadi va yoʻlovchilarning barcha toifalari uchun, imtiyozli kartochkalar esa — pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, talabalar va oʻquvchilar uchun haqiqiy hisoblanadi. |
Shahar transportida foydalaniladigan barcha seriya va turdagi yoʻl kartochkalari taksilar, shahar atrofidagi va shaharlararo (viloyatlararo va xalqaro) yoʻnalishlar uchun haqiqiy hisoblanmaydi. | Shahar transportida foydalaniladigan barcha seriya va turdagi yoʻl kartochkalari taksilar, shahar atrofidagi va shaharlararo (viloyatlararo va xalqaro) yoʻnalishlar uchun haqiqiy hisoblanmaydi. |
3-§. Transportda yurish shartlari | 3-§. Transportda yurish shartlari |
26. Yoʻlovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish faqat toʻxtab oʻtish manzillarida amalga oshirilishi mumkin. Yoʻnalishda “talabga koʻra” toʻxtash joylari mavjud boʻlganda yoʻlovchi haydovchiga avtotransport vositasini toʻxtatish zarurligi toʻgʻrisida oldindan maʼlum qilishi kerak. | 26. Yoʻlovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish faqat toʻxtab oʻtish manzillarida amalga oshirilishi mumkin. Yoʻnalishda “talabga koʻra” toʻxtash joylari mavjud boʻlganda yoʻlovchi haydovchiga avtotransport vositasini toʻxtatish zarurligi toʻgʻrisida oldindan maʼlum qilishi kerak. |
27. Yoʻnalishli yoki yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarini chiqarish va tushirish yoʻlovchilar talabiga koʻra, yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. | 27. Yoʻnalishli yoki yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarini chiqarish va tushirish yoʻlovchilar talabiga koʻra, yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. |
28. Yoʻl kartochkasi yoxud avtobusda yurish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjati boʻlgan yoʻlovchi uni avtobusga chiqish vaqtida koʻrsatishi shart. | 28. Yoʻl kartochkasi yoxud avtobusda yurish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjati boʻlgan yoʻlovchi uni avtobusga chiqish vaqtida koʻrsatishi shart. |
29. Shahardagi avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchi yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. | 29. Shahardagi avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchi yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. |
30. Maktabgacha yoshdagi bolali yoʻlovchilar, homilador ayollar, nogironlar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yoʻlovchi sigʻimiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yoʻlovchilar ularni mazkur shaxslar uchun boʻshatishlari kerak. | 30. Maktabgacha yoshdagi bolali yoʻlovchilar, homilador ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yoʻlovchi sigʻimiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yoʻlovchilar ularni mazkur shaxslar uchun boʻshatishlari kerak. |
31. Haydovchi avtobusni toʻxtash joyidan faqat eshiklarni yopgan holda, yoʻlovchilar toʻliq tushirib va chiqarib boʻlingandan soʻng yurgizishi, bekatlarni aniq va toʻgʻri eʼlon qilishi, qatnov yoʻnalishi oʻzgargan taqdirda esa bu toʻgʻrida har qaysi bekatda eʼlon qilishi shart. Avtobus salonini avtobusning muayyan turi uchun belgilangan umumiy sigʻimidan ortiqcha toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | 31. Haydovchi avtobusni toʻxtash joyidan faqat eshiklarni yopgan holda, yoʻlovchilar toʻliq tushirib va chiqarib boʻlingandan soʻng yurgizishi, bekatlarni aniq va toʻgʻri eʼlon qilishi, qatnov yoʻnalishi oʻzgargan taqdirda esa bu toʻgʻrida har qaysi bekatda eʼlon qilishi shart. Avtobus salonini avtobusning muayyan turi uchun belgilangan umumiy sigʻimidan ortiqcha toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
4-§. Qoʻl yuki va bagajni tashish | 4-§. Qoʻl yuki va bagajni tashish |
32. Yoʻlovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlmagan qoʻl yuki hamda musiqa asbobini, 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni, shuningdek qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironlar va boshqalarning aravachalarini), mayda bogʻdorchilik inventari, bolalar chanalarini oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. | 32. Yoʻlovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlmagan qoʻl yuki hamda musiqa asbobini, 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni, shuningdek qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va boshqalarning aravachalarini), mayda bogʻdorchilik inventari, bolalar chanalarini oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. |
33. Hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrdan 100 sm x 50 sm x 30 santimetrgacha boʻlgan va uzunligi 150 santimetrdan 200 santimetrgacha boʻlgan buyumlarni, shuningdek, oʻlchamidan qatʼi nazar, ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlgan bagajni olib yurish tarifga muvofiq haq toʻlagan holda amalga oshiriladi. | 33. Hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrdan 100 sm x 50 sm x 30 santimetrgacha boʻlgan va uzunligi 150 santimetrdan 200 santimetrgacha boʻlgan buyumlarni, shuningdek, oʻlchamidan qatʼi nazar, ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlgan bagajni olib yurish tarifga muvofiq haq toʻlagan holda amalga oshiriladi. |
34. Oʻlchami 33-bandda koʻrsatilgan eng katta hajmlarning hatto bittasidan ortiq boʻlgan bagaj belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi. | 34. Oʻlchami 33-bandda koʻrsatilgan eng katta hajmlarning hatto bittasidan ortiq boʻlgan bagaj belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi. |
35. Bagajning joylanishi va tashilishi yoʻlovchilarga va avtotransport vositasiga biron-bir zarar yetkazish imkoniyatini toʻliq istisno qilishi kerak. | 35. Bagajning joylanishi va tashilishi yoʻlovchilarga va avtotransport vositasiga biron-bir zarar yetkazish imkoniyatini toʻliq istisno qilishi kerak. |
36. Bagajni olib yurish qiymati yoʻlovchining yoʻl haqi qiymati kabi tartibda belgilanadi. | 36. Bagajni olib yurish qiymati yoʻlovchining yoʻl haqi qiymati kabi tartibda belgilanadi. |
IV bob. Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilar hamda bagajni tashish | IV bob. Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilar hamda bagajni tashish |
1-§. Umumiy qoidalar | 1-§. Umumiy qoidalar |
37. Aholiga xizmat koʻrsatish xususiyatiga muvofiq shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar quyidagi bir nechta ish rejimiga ega boʻlishi mumkin: | 37. Aholiga xizmat koʻrsatish xususiyatiga muvofiq shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar quyidagi bir nechta ish rejimiga ega boʻlishi mumkin: |
a) sutka, hafta kunlari, oylarning belgilangan davri mobaynida amal qiladigan doimiy yoʻnalishlar; | a) sutka, hafta kunlari, oylarning belgilangan davri mobaynida amal qiladigan doimiy yoʻnalishlar; |
b) dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat koʻrsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yoʻnalishlar; | b) dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat koʻrsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yoʻnalishlar; |
v) ishchilar, mutaxassislar va xizmatchilarni ish joyiga va uyga tashish uchun tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan maxsus yoʻnalishlar. | v) ishchilar, mutaxassislar va xizmatchilarni ish joyiga va uyga tashish uchun tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan maxsus yoʻnalishlar. |
38. Shahar atrofi yoʻnalishlaridagi bekatlar yoʻlovchilarning u yerga xavfsiz va qulay kelishini taʼminlashni hamda qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda joylashtirilishi va ular quyidagilarga ega boʻlishi kerak: | 38. Shahar atrofi yoʻnalishlaridagi bekatlar yoʻlovchilarning u yerga xavfsiz va qulay kelishini taʼminlashni hamda qonunchilik talablarini hisobga olgan holda joylashtirilishi va ular quyidagilarga ega boʻlishi kerak: |
a) pavilyonni joylashtirish uchun asfaltlangan maydonchalar va yoʻlovchilarning bekatga kelishi uchun asfaltlangan yoʻlkalar; | a) pavilyonni joylashtirish uchun asfaltlangan maydonchalar va yoʻlovchilarning bekatga kelishi uchun asfaltlangan yoʻlkalar; |
b) yoʻlovchilarning yomgʻir, qor, shamoldan bekinishi uchun pavilyon; | b) yoʻlovchilarning yomgʻir, qor, shamoldan bekinishi uchun pavilyon; |
v) bekatning nomi yozilgan koʻrsatkich; | v) bekatning nomi yozilgan koʻrsatkich; |
g) yoʻnalishlar koʻrsatkichi, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yoʻnalishlarning tartib raqami, ularning oxirgi manzili nomi (qatnov yoʻnalishlari boʻyicha), harakatlanish oraligʻi 30 minutdan ortiq boʻlganda ushbu manzildan avtobuslarning joʻnash jadvali. Yoʻnalishda avtobuslar qatnovi oraligʻi 30 minutdan kam boʻlganda jadval oʻrniga qatnovlar oraligʻi jadvali koʻrsatilishi mumkin. Unda avtobuslarning birinchi va oxirgi joʻnash vaqti hamda sutka davrlari boʻyicha qatnov oraliqlari vaqti koʻrsatilgan boʻladi. | g) yoʻnalishlar koʻrsatkichi, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yoʻnalishlarning tartib raqami, ularning oxirgi manzili nomi (qatnov yoʻnalishlari boʻyicha), harakatlanish oraligʻi 30 minutdan ortiq boʻlganda ushbu manzildan avtobuslarning joʻnash jadvali. Yoʻnalishda avtobuslar qatnovi oraligʻi 30 minutdan kam boʻlganda jadval oʻrniga qatnovlar oraligʻi jadvali koʻrsatilishi mumkin. Unda avtobuslarning birinchi va oxirgi joʻnash vaqti hamda sutka davrlari boʻyicha qatnov oraliqlari vaqti koʻrsatilgan boʻladi. |
39. Shahar atrofi yoʻnalishlarida toʻxtab oʻtish manzillari yoʻlovchilar uchun eng qulay joylarda boʻlishi kerak: | 39. Shahar atrofi yoʻnalishlarida toʻxtab oʻtish manzillari yoʻlovchilar uchun eng qulay joylarda boʻlishi kerak: |
a) shahar atrofi yoʻnalishlarining shahardagi soʻnggi bekatlari yoʻlovchilar gavjum boʻladigan yirik manzillar (temir yoʻl vokzallari va stansiyalari, daryo portlari, bozorlar, metropolitenning oxirgi bekatlari va shu kabilar) yonida boʻlishi kerak; | a) shahar atrofi yoʻnalishlarining shahardagi soʻnggi bekatlari yoʻlovchilar gavjum boʻladigan yirik manzillar (temir yoʻl vokzallari va stansiyalari, daryo portlari, bozorlar, metropolitenning oxirgi bekatlari va shu kabilar) yonida boʻlishi kerak; |
b) shaharda shahar atrofi yoʻnalishlarining toʻxtab oʻtish manzillari shahar yoʻlovchi tashish transporti yoʻnalishlari toʻxtab oʻtish manzillari bilan bir joyda boʻlishi va shaharning transportni boshqarish boʻyicha vakolati organlari bilan kelishilgan boʻlishi kerak; | b) shaharda shahar atrofi yoʻnalishlarining toʻxtab oʻtish manzillari shahar yoʻlovchi tashish transporti yoʻnalishlari toʻxtab oʻtish manzillari bilan bir joyda boʻlishi va shaharning transportni boshqarish boʻyicha vakolati organlari bilan kelishilgan boʻlishi kerak; |
v) aholi yashash joylari chegaralarida joylashgan shahar atrofi yoʻnalishlari toʻxtab oʻtish manzillari oraligʻidagi masofa 1,0 km atrofida, qolgan hollarda — oʻrtacha 1,5 km boʻlishi kerak; | v) aholi yashash joylari chegaralarida joylashgan shahar atrofi yoʻnalishlari toʻxtab oʻtish manzillari oraligʻidagi masofa 1,0 km atrofida, qolgan hollarda — oʻrtacha 1,5 km boʻlishi kerak; |
g) shahar atrofidagi bekatlar yoʻnalish trassasida joylashgan har bir aholi yashash joyida boʻlishi kerak. | g) shahar atrofidagi bekatlar yoʻnalish trassasida joylashgan har bir aholi yashash joyida boʻlishi kerak. |
a) ish tartibi koʻrsatilgan holda chipta sotish kassalari; | a) ish tartibi koʻrsatilgan holda chipta sotish kassalari; |
b) toʻxtab oʻtish manzili zonasida yoʻlovchilarning transportga chiqishi-tushishi uchun supacha; | b) toʻxtab oʻtish manzili zonasida yoʻlovchilarning transportga chiqishi-tushishi uchun supacha; |
v) avtotransport vositalarining toʻxtab turishi uchun maydonchalar; | v) avtotransport vositalarining toʻxtab turishi uchun maydonchalar; |
g) yoʻl haqi bagaj tashish haqi bahosi jadvallari; | g) yoʻl haqi bagaj tashish haqi bahosi jadvallari; |
d) yoʻnalishlar sxemasi; | d) yoʻnalishlar sxemasi; |
e) shaharlararo (xalqaro) avtotransport vositalarining qatnov jadvali; | e) shaharlararo (xalqaro) avtotransport vositalarining qatnov jadvali; |
j) sanitariya uzeli. | j) sanitariya uzeli. |
41. Chipta sotish kassasi boʻlmagan pavilyonlarda va shaharlararo (xalqaro) yoʻnalishlar toʻxtab oʻtish manzillarida ushbu toʻxtab oʻtish manzili orqali oʻtadigan avtotransport vositalarining qatnov jadvallari osib qoʻyiladi. | 41. Chipta sotish kassasi boʻlmagan pavilyonlarda va shaharlararo (xalqaro) yoʻnalishlar toʻxtab oʻtish manzillarida ushbu toʻxtab oʻtish manzili orqali oʻtadigan avtotransport vositalarining qatnov jadvallari osib qoʻyiladi. |
2-§. Yoʻl haqi toʻlash | 2-§. Yoʻl haqi toʻlash |
Shahar atrofi yoʻnalishlarida: | Shahar atrofi yoʻnalishlarida: |
42. Shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtobuslarda yurish chiptalari haydovchilar (mavjud boʻlganda — konduktorlar) tomonidan, chipta sotish kassalari tashkil etilgan yoʻnalish toʻxtab oʻtish manzillarida esa kassirlar tomonidan sotiladi. | 42. Shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtobuslarda yurish chiptalari haydovchilar (mavjud boʻlganda — konduktorlar) tomonidan, chipta sotish kassalari tashkil etilgan yoʻnalish toʻxtab oʻtish manzillarida esa kassirlar tomonidan sotiladi. |
43. Avtobusdagi yoʻlovchi yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. | 43. Avtobusdagi yoʻlovchi yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. |
44. Yoʻlovchi tomonidan shahar atrofi yoʻnalishlariga joriy sotish kassalaridan sotib olingan chiptalar, agar chiptani sotish chogʻida va chiptada oʻzgacha hol aytilmagan va koʻrsatilmagan boʻlsa, avtobus joʻnashidan 5 minut oldin qaytarib berilishi mumkin. | 44. Yoʻlovchi tomonidan shahar atrofi yoʻnalishlariga joriy sotish kassalaridan sotib olingan chiptalar, agar chiptani sotish chogʻida va chiptada oʻzgacha hol aytilmagan va koʻrsatilmagan boʻlsa, avtobus joʻnashidan 5 minut oldin qaytarib berilishi mumkin. |
Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda: | Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda: |
45. Yoʻlovchi avtotransport vositasida yurish uchun chiptalarni: | 45. Yoʻlovchi avtotransport vositasida yurish uchun chiptalarni: |
a) joriy kungi reyslarga — shaharlararo (xalqaro) yoʻnalishlarning boshlangʻich manzillaridagi kassalardan avtobus joʻnaydigan kunda; | a) joriy kungi reyslarga — shaharlararo (xalqaro) yoʻnalishlarning boshlangʻich manzillaridagi kassalardan avtobus joʻnaydigan kunda; |
b) oraliq manzillardagi kassalardan — avtobusda boʻsh oʻrinlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan vaqtdan boshlab; | b) oraliq manzillardagi kassalardan — avtobusda boʻsh oʻrinlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan vaqtdan boshlab; |
v) kassadan chiptalar sotish tashkil etilmagan toʻxtab oʻtish manzilida avtobus joʻnagungacha unga chiqish vaqtida — haydovchidan; | v) kassadan chiptalar sotish tashkil etilmagan toʻxtab oʻtish manzilida avtobus joʻnagungacha unga chiqish vaqtida — haydovchidan; |
g) oldindan chipta sotish kassalaridan (boshlangʻich va oxirgi manzillarda, shuningdek transport-ekspeditorlik va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan manzillarda) — oldindan chipta sotish joʻnash kuni arafasida toʻxtatilgan holda, avtotransport vositasi joʻnashidan 10 sutka oldin sotib olish huquqiga egadir. | g) oldindan chipta sotish kassalaridan (boshlangʻich va oxirgi manzillarda, shuningdek transport-ekspeditorlik va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan manzillarda) — oldindan chipta sotish joʻnash kuni arafasida toʻxtatilgan holda, avtotransport vositasi joʻnashidan 10 sutka oldin sotib olish huquqiga egadir. |
Boshlangʻich va oraliq manzillardagi kassalarda joriy kungi qatnovlarga chiptalar sotish avtobus joʻnashidan 5 minut oldin toʻxtatiladi. | Boshlangʻich va oraliq manzillardagi kassalarda joriy kungi qatnovlarga chiptalar sotish avtobus joʻnashidan 5 minut oldin toʻxtatiladi. |
46. Yoʻlovchidan, shu jumladan imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchidan chiptalarni oldindan band qilib qoʻyganlik uchun chipta bahosiga qoʻshiladigan toʻlov undirilishi mumkin. | 46. Yoʻlovchidan, shu jumladan imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchidan chiptalarni oldindan band qilib qoʻyganlik uchun chipta bahosiga qoʻshiladigan toʻlov undirilishi mumkin. |
Avtovokzal (avtostansiya) yoki tashuvchi oʻz xohishiga koʻra sotish joyida yoki avtotransport vositasi salonida chegirma shartlari va miqdori toʻgʻrisidagi eʼlon majburiy koʻrsatilishi sharti bilan oldindan sotib olish muddatiga qarab chiptalar oldindan sotish kassalaridan sotib olinganligi uchun chegirma qilishi mumkin. | Avtovokzal (avtostansiya) yoki tashuvchi oʻz xohishiga koʻra sotish joyida yoki avtotransport vositasi salonida chegirma shartlari va miqdori toʻgʻrisidagi eʼlon majburiy koʻrsatilishi sharti bilan oldindan sotib olish muddatiga qarab chiptalar oldindan sotish kassalaridan sotib olinganligi uchun chegirma qilishi mumkin. |
47. Chiptalarga pochta otkritkasi, telegramma, telefon, elektron pochta yoki Internet orqali oldindan buyurtma berilishi mumkin. | 47. Chiptalarga pochta otkritkasi, telegramma, telefon, elektron pochta yoki Internet orqali oldindan buyurtma berilishi mumkin. |
Buyurtmada buyurtmachining familiyasi, joʻnash sanasi va vaqti, boriladigan joy, chiptalar soni, olish usuli (uyga eltib berish yoki eltib bermasdan) koʻrsatiladi. Chiptaga uyga eltib bergan holda buyurtma berilganda buyurtmachining manzili, xizmat yoki uy telefoni mavjud boʻlganda esa — uning raqami koʻrsatiladi. | Buyurtmada buyurtmachining familiyasi, joʻnash sanasi va vaqti, boriladigan joy, chiptalar soni, olish usuli (uyga eltib berish yoki eltib bermasdan) koʻrsatiladi. Chiptaga uyga eltib bergan holda buyurtma berilganda buyurtmachining manzili, xizmat yoki uy telefoni mavjud boʻlganda esa — uning raqami koʻrsatiladi. |
Chipta sotib olish va olish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq elektron usulda ham tashkil etilishi mumkin. | Chipta sotib olish va olish, shuningdek qonunchilikka muvofiq elektron usulda ham tashkil etilishi mumkin. |
48. Buyurtma berilgan chiptalarni uyga eltib berganlik uchun yoʻlovchidan toʻlov undiriladi, toʻlovning tasdigʻi sifatida yoʻlovchiga kvitansiya beriladi, kvitansiyada transport tashkilotining nomi va kvitansiya berilgan sana koʻrsatiladi. Yozuvlar aniq holda qayd etiladi, berilgan sana esa kompyuter yoki shtamp bilan qoʻyiladi. | 48. Buyurtma berilgan chiptalarni uyga eltib berganlik uchun yoʻlovchidan toʻlov undiriladi, toʻlovning tasdigʻi sifatida yoʻlovchiga kvitansiya beriladi, kvitansiyada transport tashkilotining nomi va kvitansiya berilgan sana koʻrsatiladi. Yozuvlar aniq holda qayd etiladi, berilgan sana esa kompyuter yoki shtamp bilan qoʻyiladi. |
49. Yoʻlovchi buyurtma bergan va haqi toʻlangan chiptalar oldindan chipta sotish kassasida uni yoʻlovchi talab qilib olgungacha saqlanadi. | 49. Yoʻlovchi buyurtma bergan va haqi toʻlangan chiptalar oldindan chipta sotish kassasida uni yoʻlovchi talab qilib olgungacha saqlanadi. |
Yoʻlovchi tomonidan buyurtma berilgan, lekin haqi toʻlanmagan chiptalar oldindan chipta sotish kassasida saqlanadi va yoʻlovchi tomonidan avtobus joʻnashidan kamida bir soat oldin talab qilib olinishi kerak. Talab qilib olinmagan chiptalar sotish uchun joriy sotish kassasiga beriladi. | Yoʻlovchi tomonidan buyurtma berilgan, lekin haqi toʻlanmagan chiptalar oldindan chipta sotish kassasida saqlanadi va yoʻlovchi tomonidan avtobus joʻnashidan kamida bir soat oldin talab qilib olinishi kerak. Talab qilib olinmagan chiptalar sotish uchun joriy sotish kassasiga beriladi. |
50. Yoʻlovchi oʻzi bilan birga besh yoshgacha boʻlgan bir bolani bepul — alohida oʻrinsiz, besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bolani chiptaning toʻliq bahosi 50 foiz chegirilgan holda — alohida oʻrin berilgan holda olib yurish huquqiga egadir, oʻn yoshgacha boʻlgan ikki nafar va undan koʻproq bolalar olib yurilganda ulardan bittasi bepul, qolganlari — chipta toʻliq bahosining 50 foizi chegirilib, alohida oʻrin berilgan holda olib yuriladi. | 50. Yoʻlovchi oʻzi bilan birga besh yoshgacha boʻlgan bir bolani bepul — alohida oʻrinsiz, besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bolani chiptaning toʻliq bahosi 50 foiz chegirilgan holda — alohida oʻrin berilgan holda olib yurish huquqiga egadir, oʻn yoshgacha boʻlgan ikki nafar va undan koʻproq bolalar olib yurilganda ulardan bittasi bepul, qolganlari — chipta toʻliq bahosining 50 foizi chegirilib, alohida oʻrin berilgan holda olib yuriladi. |
3-§. Avtotransportda yurish shartlari | 3-§. Avtotransportda yurish shartlari |
52. Shaharlararo yoʻnalishlarda tashishda avtotransport vositasidagi yoʻlovchilar soni oʻrindiqlar sonidan oshmasligi kerak. | 52. Shaharlararo yoʻnalishlarda tashishda avtotransport vositasidagi yoʻlovchilar soni oʻrindiqlar sonidan oshmasligi kerak. |
53. Haydovchining ish vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq yoki yoʻnalish masofasi 400 km va undan koʻp boʻlganda yoʻlovchilar tashilayotgan avtobusda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlangan boʻlishi va qatnovga ikki nafar haydovchi chiqarilishi kerak. | 53. Haydovchining ish vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq yoki yoʻnalish masofasi 400 km va undan koʻp boʻlganda yoʻlovchilar tashilayotgan avtobusda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlangan boʻlishi va qatnovga ikki nafar haydovchi chiqarilishi kerak. |
54. Avtotransport vositasi haydovchisi qatnov jadvalida nazarda tutilgan avtovokzallar (avtostansiyalar)dagi nazorat shoxobchalarida va avtokassalarda yoxud oxirgi manzillarda chiptalarni hisobga olish varaqasida kelish va ketish vaqti, shuningdek sotilgan chiptalar soni toʻgʻrisida belgi qoʻydirishi shart. | 54. Avtotransport vositasi haydovchisi qatnov jadvalida nazarda tutilgan avtovokzallar (avtostansiyalar)dagi nazorat shoxobchalarida va avtokassalarda yoxud oxirgi manzillarda chiptalarni hisobga olish varaqasida kelish va ketish vaqti, shuningdek sotilgan chiptalar soni toʻgʻrisida belgi qoʻydirishi shart. |
55. Shaharlararo yoʻnalishlarda tashish yoʻlovchilarni majburiy ravishda chiptalar bilan taʼminlagan holda avtovokzallar (avtostansiyalar) yoki tashuvchilar tomonidan maxsus tashkil etilgan joʻnash va kelish manzillari orqali amalga oshiriladi. | 55. Shaharlararo yoʻnalishlarda tashish yoʻlovchilarni majburiy ravishda chiptalar bilan taʼminlagan holda avtovokzallar (avtostansiyalar) yoki tashuvchilar tomonidan maxsus tashkil etilgan joʻnash va kelish manzillari orqali amalga oshiriladi. |
Shaharlararo va xalqaro avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ravishda sugʻurta qilinadilar. | Shaharlararo va xalqaro avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilar qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ravishda sugʻurta qilinadilar. |
56. Tashish avtovokzallar (avtovokzallar) orqali amalga oshirilganda tashuvchi quyidagilarga majbur: | 56. Tashish avtovokzallar (avtovokzallar) orqali amalga oshirilganda tashuvchi quyidagilarga majbur: |
avtobuslarni ularning joʻnashidan kechi bilan 20 daqiqa oldin avtovokzal (avtostansiya)ga chiqarish; | avtobuslarni ularning joʻnashidan kechi bilan 20 daqiqa oldin avtovokzal (avtostansiya)ga chiqarish; |
navbatchi dispetcherga haydovchilarning avtobusni boshqarish huquqiga guvohnomani, yoʻl va chiptalarni hisobga olish varaqalarini, qatnov jadvalini va yoʻnalish sxemasini koʻrsatish; | navbatchi dispetcherga haydovchilarning avtobusni boshqarish huquqiga guvohnomani, yoʻl va chiptalarni hisobga olish varaqalarini, qatnov jadvalini va yoʻnalish sxemasini koʻrsatish; |
ishda foydalaniladigan avtotransport vositasiga litsenziya (litsenziya kartochkasi) mavjud boʻlishini taʼminlash. | ishda foydalaniladigan avtotransport vositasiga litsenziya (litsenziya kartochkasi) mavjud boʻlishini taʼminlash. |
57. Avtovokzal (avtostansiya)ning navbatchi dispetcheri haydovchi hujjatlarini tegishlicha tekshirgandan keyin: | 57. Avtovokzal (avtostansiya)ning navbatchi dispetcheri haydovchi hujjatlarini tegishlicha tekshirgandan keyin: |
a) quyidagilarga: | a) quyidagilarga: |
kassirlarga — transport vositasiga chiptalar sotish toʻgʻrisida; | kassirlarga — transport vositasiga chiptalar sotish toʻgʻrisida; |
diktorga — yoʻlovchilarga zarur axborotlarni xabar qilish toʻgʻrisida; | diktorga — yoʻlovchilarga zarur axborotlarni xabar qilish toʻgʻrisida; |
supacha boʻyicha navbatchilarga — yoʻlovchilarni chiqarish uchun joylarni tayyorlash toʻgʻrisida koʻrsatma berishi; | supacha boʻyicha navbatchilarga — yoʻlovchilarni chiqarish uchun joylarni tayyorlash toʻgʻrisida koʻrsatma berishi; |
b) maxsus qatnov yoʻnalishi, joʻnatilayotgan yoʻlovchilar soni va qatnovga chiptalar sotishdan jami tushum summasini koʻrsatgan holda daftarda haydovchi(lar) va avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazishi shart. | b) maxsus qatnov yoʻnalishi, joʻnatilayotgan yoʻlovchilar soni va qatnovga chiptalar sotishdan jami tushum summasini koʻrsatgan holda daftarda haydovchi(lar) va avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazishi shart. |
58. Tashuvchi avtovokzal (avtostansiya)dan chiqqandan soʻng yoʻnalish sxemasiga amal qilishi va tezlik rejimiga rioya etishi, qatnov jadvallarida nazarda tutilgan oraliqdagi avtovokzal (avtostansiya)larga hamda avtokassalarga majburiy ravishda kirib oʻtishi shart. | 58. Tashuvchi avtovokzal (avtostansiya)dan chiqqandan soʻng yoʻnalish sxemasiga amal qilishi va tezlik rejimiga rioya etishi, qatnov jadvallarida nazarda tutilgan oraliqdagi avtovokzal (avtostansiya)larga hamda avtokassalarga majburiy ravishda kirib oʻtishi shart. |
59. Qatnov tugallangandan soʻng haydovchi tunash uchun tashuvchi joylashgan joyga yoki qatnov jadvallarida nazarda tutilgan avtovokzal (avtostansiya)ga keladi. | 59. Qatnov tugallangandan soʻng haydovchi tunash uchun tashuvchi joylashgan joyga yoki qatnov jadvallarida nazarda tutilgan avtovokzal (avtostansiya)ga keladi. |
60. Chipta sotish kassasi mavjud boʻlgan avtovokzal (avtostansiya)larda va toʻxtab oʻtish manzillarida yoʻlovchilar avtotransport vositasiga faqat kassadan sotib olingan chiptalarni koʻrsatgan taqdirda chiqariladi. Chiptalar, agar oʻzgacha hol tomonlarning kelishuvida qayd etilmagan va chiptalarni sotishda eʼlon qilinmagan boʻlsa, faqat ularda koʻrsatilgan kun va avtobus qatnovi uchun haqiqiy hisoblanadi. | 60. Chipta sotish kassasi mavjud boʻlgan avtovokzal (avtostansiya)larda va toʻxtab oʻtish manzillarida yoʻlovchilar avtotransport vositasiga faqat kassadan sotib olingan chiptalarni koʻrsatgan taqdirda chiqariladi. Chiptalar, agar oʻzgacha hol tomonlarning kelishuvida qayd etilmagan va chiptalarni sotishda eʼlon qilinmagan boʻlsa, faqat ularda koʻrsatilgan kun va avtobus qatnovi uchun haqiqiy hisoblanadi. |
61. Avtobusga chiqarish boʻyicha navbatchi chiqarish vaqtida yoʻlovchilarda yoʻl chiptalari mavjudligini tekshiradi. Chiqarish boʻyicha navbatchi boʻlmagan punktlarda chiptalarni haydovchi tekshiradi. | 61. Avtobusga chiqarish boʻyicha navbatchi chiqarish vaqtida yoʻlovchilarda yoʻl chiptalari mavjudligini tekshiradi. Chiqarish boʻyicha navbatchi boʻlmagan punktlarda chiptalarni haydovchi tekshiradi. |
62. Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda, agar oʻzgacha hol tomonlarning kelishuvida qayd etilmagan va chiptalarni sotishda eʼlon qilinmagan boʻlsa: | 62. Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda, agar oʻzgacha hol tomonlarning kelishuvida qayd etilmagan va chiptalarni sotishda eʼlon qilinmagan boʻlsa: |
a) chipta sotib olingan avtotransport vositasiga uning joʻnash vaqtidan boshlab uch soat atrofida, kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida esa — uch sutka mobaynida kechikilganda yoʻlovchining xohishiga koʻra avtobusda yurish hujjati chipta bahosining 25 foizini qoʻshimcha ravishda toʻlatgan holda tiklanadi yoki unga chiptaning toʻlangan bahosi 25 foiz chegirilgan holda qaytarib beriladi. | a) chipta sotib olingan avtotransport vositasiga uning joʻnash vaqtidan boshlab uch soat atrofida, kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida esa — uch sutka mobaynida kechikilganda yoʻlovchining xohishiga koʻra avtobusda yurish hujjati chipta bahosining 25 foizini qoʻshimcha ravishda toʻlatgan holda tiklanadi yoki unga chiptaning toʻlangan bahosi 25 foiz chegirilgan holda qaytarib beriladi. |
Yoʻlovchining avtobusga kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida kechikkanligi davolash muassasasining maʼlumotnomasi yoki baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanishi kerak; | Yoʻlovchining avtobusga kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida kechikkanligi davolash muassasasining maʼlumotnomasi yoki baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanishi kerak; |
b) chipta avtovokzal (avtostansiya) kassasiga avtotransport vositasi joʻnashidan kechi bilan 2 soat oldin qaytarilgan taqdirda, yoʻlovchiga chipta bahosi uning oldindan sotish toʻlovi chegirilgan holda qaytariladi. Chipta ushbu muddatdan kech, biroq avtotranport vositasi joʻnashidan oldin qaytarib berilganda, chipta bahosi uning qiymatining 15 foizi va oldindan sotilganligi uchun toʻlov chegirib tashlangan holda qaytariladi; | b) chipta avtovokzal (avtostansiya) kassasiga avtotransport vositasi joʻnashidan kechi bilan 2 soat oldin qaytarilgan taqdirda, yoʻlovchiga chipta bahosi uning oldindan sotish toʻlovi chegirilgan holda qaytariladi. Chipta ushbu muddatdan kech, biroq avtotranport vositasi joʻnashidan oldin qaytarib berilganda, chipta bahosi uning qiymatining 15 foizi va oldindan sotilganligi uchun toʻlov chegirib tashlangan holda qaytariladi; |
v) avtotransport vositasining joʻnashi jadvalga nisbatan 1 soatdan ortiqqa kechikkanda, yoʻlovchiga chipta sotilganidan pastroq yuqori klassli avtotransport vositasidan joy berilganda, shuningdek unga chiptada koʻrsatilgan joy berilmaganda u chiptani avtotransport vositasi joʻnagungacha kassaga qaytarib berish va chiptaning toʻliq bahosini, shu jumladan uning oldindan sotilganligi uchun toʻlovni qaytarib olish huquqiga ega. | v) avtotransport vositasining joʻnashi jadvalga nisbatan 1 soatdan ortiqqa kechikkanda, yoʻlovchiga chipta sotilganidan pastroq yuqori klassli avtotransport vositasidan joy berilganda, shuningdek unga chiptada koʻrsatilgan joy berilmaganda u chiptani avtotransport vositasi joʻnagungacha kassaga qaytarib berish va chiptaning toʻliq bahosini, shu jumladan uning oldindan sotilganligi uchun toʻlovni qaytarib olish huquqiga ega. |
Yoʻlovchi pastroq klassli avtotransport vositasida ketishga rozi boʻlganda unga toʻlangan summa bilan toʻlanadigan yoʻl haqi oʻrtasidagi farq summasi qaytarib beriladi. | Yoʻlovchi pastroq klassli avtotransport vositasida ketishga rozi boʻlganda unga toʻlangan summa bilan toʻlanadigan yoʻl haqi oʻrtasidagi farq summasi qaytarib beriladi. |
Pullar avtovokzal (avtostansiya), avtotransport vositalarini joʻnatish punkti boshligʻi (yoki navbatchisi) koʻrsatmasiga binoan qaytarib beriladi. Chipta uning teskari tomoniga “qaytarish” shtampi qoʻyilgan holda qaytariladi hamda yoʻlovchi uni topshirgan vaqt va qaytarilgan chiptaning qiymati koʻrsatiladi. | Pullar avtovokzal (avtostansiya), avtotransport vositalarini joʻnatish punkti boshligʻi (yoki navbatchisi) koʻrsatmasiga binoan qaytarib beriladi. Chipta uning teskari tomoniga “qaytarish” shtampi qoʻyilgan holda qaytariladi hamda yoʻlovchi uni topshirgan vaqt va qaytarilgan chiptaning qiymati koʻrsatiladi. |
Pullar kassir tomonidan, chiptalarni qabul qilib olish va pullarni qaytarib berish vedomostidagi yoʻlovchi imzosi bilan beriladi, vedomostda qatnovning sanasi, tartib raqami, yoʻnalish nomi, chiptaning raqami va bahosi koʻrsatiladi. | Pullar kassir tomonidan, chiptalarni qabul qilib olish va pullarni qaytarib berish vedomostidagi yoʻlovchi imzosi bilan beriladi, vedomostda qatnovning sanasi, tartib raqami, yoʻnalish nomi, chiptaning raqami va bahosi koʻrsatiladi. |
Qaytarib berilgan chipta va pullarni qaytarib berishga asos boʻlgan boshqa hujjatlar (oldindan sotilganligi uchun toʻlov kvitansiyasi, bagaj chiptasi va hokazolar) vedomost bilan birga kassir hisobotiga ilova qilinadi. | Qaytarib berilgan chipta va pullarni qaytarib berishga asos boʻlgan boshqa hujjatlar (oldindan sotilganligi uchun toʻlov kvitansiyasi, bagaj chiptasi va hokazolar) vedomost bilan birga kassir hisobotiga ilova qilinadi. |
63. Agar jadvalda belgilangan avtotransport vositasi oʻrniga chiptaning bahosi yuqori boʻlgan avtotransport vositasi berilsa, u holda chiptani ushbu haqdagi eʼlongacha sotib olgan yoʻlovchi mazkur chipta bilan, qoʻshimcha toʻlovsiz ketishga haqlidir. Avtobus almashgani toʻgʻrisida eʼlon qilingan vaqtdan boshlab chiptalar, yoʻlovchilarni tegishli ravishda ogohlantirgan holda, belgilangan yuqoriroq tarif boʻyicha sotiladi. | 63. Agar jadvalda belgilangan avtotransport vositasi oʻrniga chiptaning bahosi yuqori boʻlgan avtotransport vositasi berilsa, u holda chiptani ushbu haqdagi eʼlongacha sotib olgan yoʻlovchi mazkur chipta bilan, qoʻshimcha toʻlovsiz ketishga haqlidir. Avtobus almashgani toʻgʻrisida eʼlon qilingan vaqtdan boshlab chiptalar, yoʻlovchilarni tegishli ravishda ogohlantirgan holda, belgilangan yuqoriroq tarif boʻyicha sotiladi. |
64. Agar yoʻlovchi qatnov yoʻlida borayotgan avtotransport vositasidan oʻz aybi bilan qolib ketsa chipta keyingi qatnovga qayta rasmiylashtirilmaydi va yurilmagan masofa uchun pullar qaytarib berilmaydi. | 64. Agar yoʻlovchi qatnov yoʻlida borayotgan avtotransport vositasidan oʻz aybi bilan qolib ketsa chipta keyingi qatnovga qayta rasmiylashtirilmaydi va yurilmagan masofa uchun pullar qaytarib berilmaydi. |
65. Tashkilotlar tomonidan ularning oldindan sotib olgan transportda yurish hujjatlari avtovokzallar (avtostansiyalar) kassalariga avtotransport vositasi joʻnashidan 3 sutka oldin qaytarib berilgan taqdirda, agar oʻzgacha hol tomonlarning kelishuvida va chiptalarni sotishda eʼlon qilinmagan boʻlsa, ularga yurish hujjatlari qiymati, ularning oldindan sotilgani uchun toʻlovni chegirgan holda qaytariladi. Yurish hujjatlari ushbu muddatdan kechikib qaytarilganda yoʻl haqi qiymatining 15 foizi ushlab qolinadi. | 65. Tashkilotlar tomonidan ularning oldindan sotib olgan transportda yurish hujjatlari avtovokzallar (avtostansiyalar) kassalariga avtotransport vositasi joʻnashidan 3 sutka oldin qaytarib berilgan taqdirda, agar oʻzgacha hol tomonlarning kelishuvida va chiptalarni sotishda eʼlon qilinmagan boʻlsa, ularga yurish hujjatlari qiymati, ularning oldindan sotilgani uchun toʻlovni chegirgan holda qaytariladi. Yurish hujjatlari ushbu muddatdan kechikib qaytarilganda yoʻl haqi qiymatining 15 foizi ushlab qolinadi. |
Avtotransport vositasining joʻnashi bekor qilinganda yoki yurish hujjatlarini qaytarilishda ularni qaytarish muddatidan qatʼi nazar yoʻl haqi qiymati summasi ushlab qolinmaydi. | Avtotransport vositasining joʻnashi bekor qilinganda yoki yurish hujjatlarini qaytarilishda ularni qaytarish muddatidan qatʼi nazar yoʻl haqi qiymati summasi ushlab qolinmaydi. |
66. Qaytarib berilgan foydalanilmagan chiptalar va boshqa yurish hujjatlari qiymatini toʻlash yurish hujjatlari sotib olingan joyda amalga oshiriladi. | 66. Qaytarib berilgan foydalanilmagan chiptalar va boshqa yurish hujjatlari qiymatini toʻlash yurish hujjatlari sotib olingan joyda amalga oshiriladi. |
3-§. Qoʻl yuki va bagajni tashish | 3-§. Qoʻl yuki va bagajni tashish |
67. Tashishga topshiriladigan bagaj puxta oʻrab-joylangan boʻlishi kerak. Tashishga qabul qilib olingan bagaj uchun bagaj chiptasi beriladi. | 67. Tashishga topshiriladigan bagaj puxta oʻrab-joylangan boʻlishi kerak. Tashishga qabul qilib olingan bagaj uchun bagaj chiptasi beriladi. |
Avtomobilning bagaj boʻlimi parametrlariga koʻra tashuvchi, avtomobilning umumiy sigʻimi va yuk koʻtaruvchanligini oshirmasdan, tashishga qabul qilib olinayotgan bagaj oʻrinlari soni va ogʻirligini koʻpaytirishga haqlidir. | Avtomobilning bagaj boʻlimi parametrlariga koʻra tashuvchi, avtomobilning umumiy sigʻimi va yuk koʻtaruvchanligini oshirmasdan, tashishga qabul qilib olinayotgan bagaj oʻrinlari soni va ogʻirligini koʻpaytirishga haqlidir. |
Shahar atrofi yoʻnalishlarida: | Shahar atrofi yoʻnalishlarida: |
68. Yoʻlovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrgacha va ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlmagan, 150 santimetrgacha uzunlikdagi qoʻl yukini, shuningdek qafasga solingan holdagi mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironlar aravachalari va boshqalarning aravachalarini), kichik bogʻ jihozlarini, bolalar chanalarini oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. | 68. Yoʻlovchi hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetrgacha va ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlmagan, 150 santimetrgacha uzunlikdagi qoʻl yukini, shuningdek qafasga solingan holdagi mayda hayvonlar va parrandalarni, aravachani (bolalar, nogironligi boʻlgan shaxslar aravachalari va boshqalarning aravachalarini), kichik bogʻ jihozlarini, bolalar chanalarini oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. |
69. Shahar atrofida tashishlarni hamda aviayoʻlovchilarni aeroportlarga va aeroportlar oʻrtasida tashishlarni amalga oshiruvchi, bagaj boʻlimi (otseki) mavjud boʻlgan avtobuslarda yoʻlovchi ikkita bagaj oʻrni uchun haq toʻlagan holda har birining hajmi 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan ortiq boʻlmagan va 150 dan 200 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni oʻzi bilan birga olib yurish huquqiga ega. | 69. Shahar atrofida tashishlarni hamda aviayoʻlovchilarni aeroportlarga va aeroportlar oʻrtasida tashishlarni amalga oshiruvchi, bagaj boʻlimi (otseki) mavjud boʻlgan avtobuslarda yoʻlovchi ikkita bagaj oʻrni uchun haq toʻlagan holda har birining hajmi 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan ortiq boʻlmagan va 150 dan 200 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni oʻzi bilan birga olib yurish huquqiga ega. |
70. Oʻlchami 69-bandda koʻrsatilgan eng katta hajmlarning hatto bittasidan ortiq boʻlgan bagaj belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi. | 70. Oʻlchami 69-bandda koʻrsatilgan eng katta hajmlarning hatto bittasidan ortiq boʻlgan bagaj belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi. |
71. Shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtotransport vositalarida bagajni olib yurishga chiptalar haydovchilar (mavjud boʻlganda — konduktorlar) tomonidan, chipta sotish kassalari tashkil etilgan yoʻnalishlarning oxirgi manzillarida esa kassirlar (perron nazoratchilari) tomonidan sotiladi. | 71. Shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtotransport vositalarida bagajni olib yurishga chiptalar haydovchilar (mavjud boʻlganda — konduktorlar) tomonidan, chipta sotish kassalari tashkil etilgan yoʻnalishlarning oxirgi manzillarida esa kassirlar (perron nazoratchilari) tomonidan sotiladi. |
Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda: | Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda: |
72. Yoʻlovchi shaharlararo (xalqaro) yoʻnalishlardagi avtotransport vositalarida oʻzi bilan birga: | 72. Yoʻlovchi shaharlararo (xalqaro) yoʻnalishlardagi avtotransport vositalarida oʻzi bilan birga: |
a) hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetr boʻlgan va ogʻirligi 30 kilogrammdan ortiq boʻlmagan qoʻl yukini, shu jumladan qafasga solingan holdagi mayda hayvon va parrandalarni yoki bir juft changʻini (bolalar chanalarini), 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumni — bepul; | a) hajmi 60 sm x 40 sm x 20 santimetr boʻlgan va ogʻirligi 30 kilogrammdan ortiq boʻlmagan qoʻl yukini, shu jumladan qafasga solingan holdagi mayda hayvon va parrandalarni yoki bir juft changʻini (bolalar chanalarini), 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumni — bepul; |
b) bagaj boʻlimi (otseki) mavjud boʻlmagan avtobuslarda — hajmi 100 sm x 50 sm x 30 sm. dan ortiq boʻlmagan va ogʻirligi 60 kilogrammdan koʻp boʻlmagan bagajni bitta joy uchun tarif boʻyicha haq toʻlagan holda; | b) bagaj boʻlimi (otseki) mavjud boʻlmagan avtobuslarda — hajmi 100 sm x 50 sm x 30 sm. dan ortiq boʻlmagan va ogʻirligi 60 kilogrammdan koʻp boʻlmagan bagajni bitta joy uchun tarif boʻyicha haq toʻlagan holda; |
v) bagaj boʻlimi (otseki) mavjud boʻlgan avtobuslarda hajmi 100 sm x 50 sm x 20 santimetrdan ortiq boʻlmagan, har birining ogʻirligi 60 kilogrammdan koʻp boʻlmagan bagajni va 150 santimetrdan 200 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni — ikkita joy uchun haq toʻlagan holda olib yurish huquqiga ega. | v) bagaj boʻlimi (otseki) mavjud boʻlgan avtobuslarda hajmi 100 sm x 50 sm x 20 santimetrdan ortiq boʻlmagan, har birining ogʻirligi 60 kilogrammdan koʻp boʻlmagan bagajni va 150 santimetrdan 200 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni — ikkita joy uchun haq toʻlagan holda olib yurish huquqiga ega. |
73. Bagajning oʻlchamlari 72-bandda koʻrsatilgan eng katta oʻlchamlaridan bittasining oʻlchamidan oshsa, belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi. | 73. Bagajning oʻlchamlari 72-bandda koʻrsatilgan eng katta oʻlchamlaridan bittasining oʻlchamidan oshsa, belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi. |
4-§. Bagaj mashinalarida bagajni tashish | 4-§. Bagaj mashinalarida bagajni tashish |
74. Yoʻlovchi, bagaj (yuk) avtomobillari harakati tashkil etilgan shaharlararo (xalqaro) yoʻnalishlarda, bagaj avtomobillarida bagajini tashishga topshirish huquqiga ega. | 74. Yoʻlovchi, bagaj (yuk) avtomobillari harakati tashkil etilgan shaharlararo (xalqaro) yoʻnalishlarda, bagaj avtomobillarida bagajini tashishga topshirish huquqiga ega. |
75. Yoʻlovchilarning bagajlari yoʻl chiptalari taqdim etilganda, bagaj avtomobillariga tashish uchun qabul qilinadi. Har bir yoʻl chiptasiga (toʻliq yoki bolalar chiptasiga) umumiy ogʻirligi 150 kilogrammdan yuqori boʻlmagan bagaj qabul qilinishi mumkin. Tashuvchi bagaj avtomobilining parametriga bogʻliq holda, tashishga qabul qilingan bagajning joyini va ogʻirligini koʻpaytirish xuquqiga ega. | 75. Yoʻlovchilarning bagajlari yoʻl chiptalari taqdim etilganda, bagaj avtomobillariga tashish uchun qabul qilinadi. Har bir yoʻl chiptasiga (toʻliq yoki bolalar chiptasiga) umumiy ogʻirligi 150 kilogrammdan yuqori boʻlmagan bagaj qabul qilinishi mumkin. Tashuvchi bagaj avtomobilining parametriga bogʻliq holda, tashishga qabul qilingan bagajning joyini va ogʻirligini koʻpaytirish xuquqiga ega. |
76. Tashish uchun topshirilayotgan bagaj oʻzining oʻlchamlari, oʻrami hamda xususiyatlari boʻyicha bagaj avtomobiliga yuklash va joylashtirishda qiyinchiliklar tugʻdirmasligi, shuningdek boshqa yoʻlovchilarning bagajiga zarar yetkazmasligi kerak. Butun tashish vaqtida bagajning idish va oʻrami butunligini va saqlanganligini taʼminlashi lozim. | 76. Tashish uchun topshirilayotgan bagaj oʻzining oʻlchamlari, oʻrami hamda xususiyatlari boʻyicha bagaj avtomobiliga yuklash va joylashtirishda qiyinchiliklar tugʻdirmasligi, shuningdek boshqa yoʻlovchilarning bagajiga zarar yetkazmasligi kerak. Butun tashish vaqtida bagajning idish va oʻrami butunligini va saqlanganligini taʼminlashi lozim. |
Bagaj oʻralganda bagajni yoʻqotish xavfi yoki buzulishi mumkin boʻlgan kamchiliklar boʻlganda, bu kamchiliklar toʻgʻrisida tashish hujjatlarida belgi qoʻyilib, bagaj qabul qilinishi mumkin. | Bagaj oʻralganda bagajni yoʻqotish xavfi yoki buzulishi mumkin boʻlgan kamchiliklar boʻlganda, bu kamchiliklar toʻgʻrisida tashish hujjatlarida belgi qoʻyilib, bagaj qabul qilinishi mumkin. |
77. Bagaj avtomobilida bagajni joʻnatishni xohlagan yoʻlovchi, yukni oldindan topshirishi, lekin bagaj avtomobilining joʻnashidan 20 minutga kechikmasdan taqdim etishi lozim. | 77. Bagaj avtomobilida bagajni joʻnatishni xohlagan yoʻlovchi, yukni oldindan topshirishi, lekin bagaj avtomobilining joʻnashidan 20 minutga kechikmasdan taqdim etishi lozim. |
78. Bagajni tashish uchun qabul qilishning tasdigʻi sifatida yoʻlovchiga belgilangan namunadagi bagaj kvitansiyasi beriladi. | 78. Bagajni tashish uchun qabul qilishning tasdigʻi sifatida yoʻlovchiga belgilangan namunadagi bagaj kvitansiyasi beriladi. |
79. Yoʻlovchi bagajni tashish uchun topshirganda, belgilangan tarif toʻlovi bilan topshirilayotgan bagajning qiymatiga qarab, uning bahosini eʼlon qilish xuquqiga ega. | 79. Yoʻlovchi bagajni tashish uchun topshirganda, belgilangan tarif toʻlovi bilan topshirilayotgan bagajning qiymatiga qarab, uning bahosini eʼlon qilish xuquqiga ega. |
80. Bagaj belgilangan joyga yetib kelganda bagaj kvitansiyasini taqdim etuvchiga beriladi. | 80. Bagaj belgilangan joyga yetib kelganda bagaj kvitansiyasini taqdim etuvchiga beriladi. |
81. Yoʻlovchidan alohida tashish uchun qabul qilingan bagaj yoʻlovchi belgilangan joyga jadval boʻyicha yetib kelish kunidan kechikmasdan ushbu manzilga yetkazilishi kerak. | 81. Yoʻlovchidan alohida tashish uchun qabul qilingan bagaj yoʻlovchi belgilangan joyga jadval boʻyicha yetib kelish kunidan kechikmasdan ushbu manzilga yetkazilishi kerak. |
82. Yoʻlovchi tomonidan talab qilib olinmagan bagaj avtovokzalda yoki belgilangan yetkazib berish manzilida tashuvchi tomonidan yetkazib berishning nazarda tutilgan muddatidan keyin 30 kun mobaynida saqlanadi. Bagaj saqlanganligi uchun tarif boʻyicha toʻlov undiriladi. | 82. Yoʻlovchi tomonidan talab qilib olinmagan bagaj avtovokzalda yoki belgilangan yetkazib berish manzilida tashuvchi tomonidan yetkazib berishning nazarda tutilgan muddatidan keyin 30 kun mobaynida saqlanadi. Bagaj saqlanganligi uchun tarif boʻyicha toʻlov undiriladi. |
Belgilangan yetkazib berish muddatidan 30 kun oʻtgandan keyin talab qilib olinmagan bagaj sotilishi, sotishdan tushgan summa esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi mumkin. | Belgilangan yetkazib berish muddatidan 30 kun oʻtgandan keyin talab qilib olinmagan bagaj sotilishi, sotishdan tushgan summa esa qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanishi mumkin. |
5-§. Yoʻlovchilar tomonidan unutilgan buyumlarni saqlashga topshirishni rasmiylashtirish | 5-§. Yoʻlovchilar tomonidan unutilgan buyumlarni saqlashga topshirishni rasmiylashtirish |
83. Yoʻlovchilarning unutib qoldirgan buyumlari qatnov tugashi bilan haydovchi tomonidan avtovokzal (avtostansiya) smena navbatchisiga yoki tashuvchining navbatchi dispetcheriga, ular boʻlmaganda esa — topilmalar idorasiga topshirilishi shart. | 83. Yoʻlovchilarning unutib qoldirgan buyumlari qatnov tugashi bilan haydovchi tomonidan avtovokzal (avtostansiya) smena navbatchisiga yoki tashuvchining navbatchi dispetcheriga, ular boʻlmaganda esa — belgilangan tartibda davlat xizmatlari markaziga topshirilishi shart. |
84. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi, tashuvchining navbatchi dispetcheri yoki topilmalar idorasi xodimi topilgan buyumlarni olib kelgan shaxs ishtirokida unutilgan buyumlarning roʻyxati bilan ikki nusxada dalolatnoma tuzishi shart. | 84. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi, tashuvchining navbatchi dispetcheri topilgan buyumlarni olib kelgan shaxs ishtirokida unutilgan buyumlarning roʻyxati bilan ikki nusxada dalolatnoma tuzishi shart. |
85. Dalolatnoma tuzilgandan keyin omborchidan ikki nusxaga ham tilxat olinib, bittasi tashuvchida qoldiriladi, boshqasi esa omborxonaga topshirish uchun omborchiga barcha buyumlar bilan birgalikda beriladi. | 85. Dalolatnoma tuzilgandan keyin omborchidan ikki nusxaga ham tilxat olinib, bittasi tashuvchida qoldiriladi, boshqasi esa omborxonaga topshirish uchun omborchiga barcha buyumlar bilan birgalikda beriladi. |
86. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi yoki tashuvchining navbatchi dispetcheri yoʻlovchining avtotransport vositasida unutib qoldirgan buyumlarni qidirishga tegishli boʻlgan savollariga tushuntirish berishi shart. | 86. Avtovokzal (avtostansiya) navbatchisi yoki tashuvchining navbatchi dispetcheri yoʻlovchining avtotransport vositasida unutib qoldirgan buyumlarni qidirishga tegishli boʻlgan savollariga tushuntirish berishi shart. |
V bob. Yoʻlovchilar avtovokzallari (avtostansiyalari) | V bob. Yoʻlovchilar avtovokzallari (avtostansiyalari) |
87. Avtovokzallar (avtostansiyalar) aholi yashash joylarida hamda avtomobil yoʻllari trassalarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va xalqaro, shaharlararo hamda shahar atrofida qatnovchi avtobus yoʻnalishlarida avtobuslar harakatiga tezkor rahbarlik qilish, foydalanish xizmat xonalarini va haydovchilarning dam olish xonalarini joylashtirish uchun tashkil etiladi. | 87. Avtovokzallar (avtostansiyalar) aholi yashash joylarida hamda avtomobil yoʻllari trassalarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va xalqaro, shaharlararo hamda shahar atrofida qatnovchi avtobus yoʻnalishlarida avtobuslar harakatiga tezkor rahbarlik qilish, foydalanish xizmat xonalarini va haydovchilarning dam olish xonalarini joylashtirish uchun tashkil etiladi. |
Har bir avtovokzal belgilangan namunadagi oʻz pasportiga ega boʻlishi kerak. Pasport Oʻzbekiston avtomobil transport agentligi tomonidan beriladi. | Har bir avtovokzal belgilangan namunadagi oʻz pasportiga ega boʻlishi kerak. Pasport Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan beriladi. |
88. Avtovokzallar (avtostansiyalar) muayyan toifa va klasslarga boʻlinadi. Yoʻlovchilar avtokzallari (avtostansiyalari)ni toifalarga va klasslarga kiritish tartibini, ularning funksiyasini, ishlarning texnologik jarayonini belgilovchi Nizom Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi. | 88. Avtovokzallar (avtostansiyalar) muayyan toifa va klasslarga boʻlinadi. Yoʻlovchilar avtokzallari (avtostansiyalari)ni toifalarga va klasslarga kiritish tartibini, ularning funksiyasini, ishlarning texnologik jarayonini belgilovchi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. |
VI bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari (buyurtmalari) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha ularga beriladigan avtobuslar va yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish | VI bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari (buyurtmalari) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha ularga beriladigan avtobuslar va yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish |
1-§. Umumiy qoidalar | 1-§. Umumiy qoidalar |
89. Tashuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha avtobuslar va yengil avtomobillar beradi. | 89. Tashuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha avtobuslar va yengil avtomobillar beradi. |
90. Avtobuslar va yengil avtomobillar shahar tashqarisiga buyurtmanomalar (buyurtmalar) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha tashuvchining amaldagi yoʻnalishlar tarmogʻi yoʻnalishi boʻyicha beriladi, amaldagi yoʻnalishlarga mos kelmaydigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha haydovchilarga oldindan harakat xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatilgandan keyin beriladi. | 90. Avtobuslar va yengil avtomobillar shahar tashqarisiga buyurtmanomalar (buyurtmalar) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha tashuvchining amaldagi yoʻnalishlar tarmogʻi yoʻnalishi boʻyicha beriladi, amaldagi yoʻnalishlarga mos kelmaydigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha haydovchilarga oldindan harakat xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatilgandan keyin beriladi. |
91. Belgilangan yoʻnalish boʻyicha qatnashdan ogʻishish, harakat tezligini oshirish, avtotransport vositasida belgilangan sigʻish normasidan ortiq yoʻlovchi tashish, haydovchilarning mehnat tartibini va dam olishini buzish qatʼiyan man qilinadi. | 91. Belgilangan yoʻnalish boʻyicha qatnashdan ogʻishish, harakat tezligini oshirish, avtotransport vositasida belgilangan sigʻish normasidan ortiq yoʻlovchi tashish, haydovchilarning mehnat tartibini va dam olishini buzish qatʼiyan man qilinadi. |
92. Buyurtmanomada (buyurtmada), tashish shartnomasida buyurtmachi borish joyini, qatnash yoʻnalishini, toʻxtab oʻtish joyini, tashilayotgan yoʻlovchilar sonini, tashish uchun masʼul shaxsning (guruh rahbari, ekskursovod) familiyasi, ismi, otasining ismini, avtotransport vositasining buyurtmachida boʻlish muddatini koʻrsatishi lozim. | 92. Buyurtmanomada (buyurtmada), tashish shartnomasida buyurtmachi borish joyini, qatnash yoʻnalishini, toʻxtab oʻtish joyini, tashilayotgan yoʻlovchilar sonini, tashish uchun masʼul shaxsning (guruh rahbari, ekskursovod) familiyasi, ismi, otasining ismini, avtotransport vositasining buyurtmachida boʻlish muddatini koʻrsatishi lozim. |
93. Bolalarni tashishni tashkil etishga buyurtmanomalar tashuvchilar tomonidan guruhlarni oʻqituvchilarning yoki maxsus belgilangan katta yoshdagi kishilarning (bitta katta yoshdagi kishiga 15 boladan koʻp boʻlmagan) kuzatib borishi shartlari bajarilganda qabul qilinadi. Maktab yoshidagi bolalar guruhlarini tashishda ularga hamrohlik qilish uchun tibbiyot xodimlari ajratiladi. | 93. Bolalarni tashishni tashkil etishga buyurtmanomalar tashuvchilar tomonidan guruhlarni oʻqituvchilarning yoki maxsus belgilangan katta yoshdagi kishilarning (bitta katta yoshdagi kishiga 15 boladan koʻp boʻlmagan) kuzatib borishi shartlari bajarilganda qabul qilinadi. Maktab yoshidagi bolalar guruhlarini tashishda ularga hamrohlik qilish uchun tibbiyot xodimlari ajratiladi. |
94. Bolalarni ommaviy ravishda tashishda Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan bolalar xavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻriladi. | 94. Bolalarni ommaviy ravishda tashishda Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan bolalar xavfsizligi boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻriladi. |
2-§. Yoʻl haqini toʻlash | 2-§. Yoʻl haqini toʻlash |
95. Buyurtmanomalar (buyurtmalar) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha beriladigan avtobuslar va yengil avtomobillarda yoʻlovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari tashuvchi bilan mijoz oʻrtasidagi shartnoma asosida belgilanadi. Ajratilayotgan avtobuslar va yengil avtomobillar ishlariga toʻlov vaqtbay yoki ishbay tariflari boʻyicha belgilanishi mumkin. | 95. Buyurtmanomalar (buyurtmalar) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha beriladigan avtobuslar va yengil avtomobillarda yoʻlovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari tashuvchi bilan mijoz oʻrtasidagi shartnoma asosida belgilanadi. Ajratilayotgan avtobuslar va yengil avtomobillar ishlariga toʻlov vaqtbay yoki ishbay tariflari boʻyicha belgilanishi mumkin. |
96. Avtobus va yengil avtomobildan foydalanish vaqti, uning garajdan chiqish vaqtidan garajga qaytish vaqtigacha haydovchining dam olish vaqti chiqarib tashlangan holda, buyurtmanomalar (buyurtmalar)ni yoki boshqa tashish shartnomalarini rasmiylashtirishda hisoblab chiqiladi. | 96. Avtobus va yengil avtomobildan foydalanish vaqti, uning garajdan chiqish vaqtidan garajga qaytish vaqtigacha haydovchining dam olish vaqti chiqarib tashlangan holda, buyurtmanomalar (buyurtmalar)ni yoki boshqa tashish shartnomalarini rasmiylashtirishda hisoblab chiqiladi. |
VII bob. Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar va bagajni tashish | VII bob. Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar va bagajni tashish |
1-§. Umumiy qoidalar | 1-§. Umumiy qoidalar |
97. Yoʻnalishsiz taksilar yakka tartibda foydalanish tartibida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. | 97. Yoʻnalishsiz taksilar yakka tartibda foydalanish tartibida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. |
98. Yoʻlovchilarni: | 98. Yoʻlovchilarni: |
a) yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylarida; | a) aholi gavjum joylarda, avtovokzal (avtostansiya), vokzal va aeroportlarga tutash hududlarda tashkil qilingan yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylarida; |
b) tegishli harakatlanish tarkibining toʻxtashi ruxsat etilgan koʻcha-yoʻl tarmogʻi uchastkalarida; | b) tegishli harakatlanish tarkibining toʻxtashi ruxsat etilgan koʻcha-yoʻl tarmogʻi uchastkalarida; |
v) yoʻlovchilarning buyurtmasi boʻyicha yoʻnalishsiz taksilarni yoʻlga chiqarish joylarida yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksilarga chiqarish va undan tushirish mumkin. | v) yoʻlovchilarning buyurtmasi boʻyicha yoʻnalishsiz taksilarni yoʻlga chiqarish joylarida yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksilarga chiqarish va undan tushirish mumkin. |
2-§. Yoʻl haqini toʻlash | 2-§. Yoʻl haqini toʻlash |
99. Yoʻnalishsiz taksilarning yoʻlovchilarni tashish va bagajni tashish tariflari miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi. | 99. Yoʻnalishsiz taksilarning yoʻlovchilarni tashish va bagajni tashish tariflari miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi. |
Bunda agregatorlar yoʻnalishsiz taksilarda Toshkent shahrida xizmat koʻrsatadigan avtotransport vositalari turlariga qarab, “Standart”, “Biznes”, “Ekonom”, “Komfort” tariflarini belgilashi mumkin. | |
100. Yoʻl haqi yoʻlovchi tomonidan safar tugagandan keyin va bagaj tushirilgandan keyin u bilan kelgan yoʻlovchilar hamda tashib keltirilgan bagaj sonidan qatʼi nazar, taksometr koʻrsatkichi boʻyicha toʻlanadi. Haydovchi bilan hisob-kitob naqd pul bilan yoxud hisob-kitob terminalidan foydalangan holda bank plastik kartochkalari mablagʻlari bilan amalga oshiriladi yoxud internet orqali elektron toʻlov vositasi yordamida. | 100. Yoʻl haqi yoʻlovchi tomonidan safar tugagandan keyin va bagaj tushirilgandan keyin u bilan kelgan yoʻlovchilar hamda tashib keltirilgan bagaj sonidan qatʼi nazar, taksometr koʻrsatkichi boʻyicha toʻlanadi. Haydovchi bilan hisob-kitob naqd pul bilan yoxud hisob-kitob terminalidan foydalangan holda bank plastik kartochkalari mablagʻlari bilan amalga oshiriladi yoxud internet orqali elektron toʻlov vositasi yordamida. |
Yoʻnalishsiz taksi bir necha yoʻlovchilar (navbatda turgan birinchi yoʻlovchining roziligi bilan) tomonidan toʻxtash joyida yollagan yoki taksini yollagan yoʻlovchi roziligi bilan yoʻli bir boʻlgan yoʻlovchi chiqarilgan taqdirda, yoʻl haqiga toʻlovning umumiy summasi yoʻlovchilar oʻrtasida har bir yoʻlovchining bosib oʻtgan masofasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. | Yoʻnalishsiz taksi bir necha yoʻlovchilar (navbatda turgan birinchi yoʻlovchining roziligi bilan) tomonidan toʻxtash joyida yollagan yoki taksini yollagan yoʻlovchi roziligi bilan yoʻli bir boʻlgan yoʻlovchi chiqarilgan taqdirda, yoʻl haqiga toʻlovning umumiy summasi yoʻlovchilar oʻrtasida har bir yoʻlovchining bosib oʻtgan masofasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. |
101. Yoʻnalishsiz taksiga yoʻlovchilarni chiqarishda haydovchi bagajni joylashtirishda yordam koʻrsatishi, safar tugaganda esa yoʻlovchiga uning buyumlarini va bagajini tushirishi toʻgʻrisida eslatishi shart. | 101. Yoʻnalishsiz taksiga yoʻlovchilarni chiqarishda haydovchi bagajni joylashtirishda yordam koʻrsatishi, safar tugaganda esa yoʻlovchiga uning buyumlarini va bagajini tushirishi toʻgʻrisida eslatishi shart. |
Yoʻnalishsiz taksiga oldindan buyurtma berilganda haydovchi avtomobil bilan naryadda koʻrsatilgan vaqtda kelishi shart. | Yoʻnalishsiz taksiga oldindan buyurtma berilganda haydovchi avtomobil bilan naryadda koʻrsatilgan vaqtda kelishi shart. |
3-§. Transportda yurish shartlari | 3-§. Transportda yurish shartlari |
102. Yoʻnalishsiz taksilar belgilangan toʻxtash joylarida umumiy navbat tartibida yollaniladi. | 102. Yoʻnalishsiz taksilar belgilangan toʻxtash joylarida umumiy navbat tartibida yollaniladi. |
103. Shahar chetiga yoʻnalishsiz taksilarni yoʻlga chiqarishga buyurtmalar dispetcher tomonidan telefon orqali va shaxsan yoʻlovchidan qabul qilinadi. | 103. Shahar chetiga yoʻnalishsiz taksilarni yoʻlga chiqarishga buyurtmalar dispetcher tomonidan telefon orqali va shaxsan yoʻlovchidan qabul qilinadi. |
Yoʻnalishsiz taksini yoʻlga chiqarish qiymati buyurtmachi tomonidan buyurtma boʻyicha belgilangan tarifga muvofiq taksometr koʻrsatkichi boʻyicha toʻlanadi. | Yoʻnalishsiz taksini yoʻlga chiqarish qiymati buyurtmachi tomonidan buyurtma boʻyicha belgilangan tarifga muvofiq taksometr koʻrsatkichi boʻyicha toʻlanadi. |
104. Yoʻnalishsiz taksi yoʻlovchining iltimosiga koʻra tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra alohida toʻlov evaziga yoʻlovchini uning iltimosiga binoan kutib turadi. | 104. Yoʻnalishsiz taksi yoʻlovchining iltimosiga koʻra tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra alohida toʻlov evaziga yoʻlovchini uning iltimosiga binoan kutib turadi. |
4-§. Qoʻl yukini va bagajni tashish | 4-§. Qoʻl yukini va bagajni tashish |
105. Yoʻnalishsiz taksilarning bagaj boʻlinmalarida bagajni tashish faqat yopiq bagajxona boʻlganda ruxsat beriladi. | 105. Yoʻnalishsiz taksilarning bagaj boʻlinmalarida bagajni tashish faqat yopiq bagajxona boʻlganda ruxsat beriladi. |
Yoʻnalishsiz taksilarning salonida avtomobil eshigi orqali bemalol sigʻadigan, salon qoplamasini va uning uskunalarini buzmaydigan va iflos qilmaydigan, haydovchining avtomobilni boshqarishiga hamda orqani koʻrish koʻzgusidan foydalanishiga xalaqit bermaydigan har xil buyumlar va ashyolarni tashishiga ruxsat beriladi. | Yoʻnalishsiz taksilarning salonida avtomobil eshigi orqali bemalol sigʻadigan, salon qoplamasini va uning uskunalarini buzmaydigan va iflos qilmaydigan, haydovchining avtomobilni boshqarishiga hamda orqani koʻrish koʻzgusidan foydalanishiga xalaqit bermaydigan har xil buyumlar va ashyolarni tashishiga ruxsat beriladi. |
Mushuklar, itlarni tizgin va toʻshagi mavjud boʻlganda tumshuqbogʻlarda, kichik jonivorlarni savatlarda, sumkalarda hamda qushlarni qafaslarda tashishga ruxsat beriladi. | Mushuklar, itlarni tizgin va toʻshagi mavjud boʻlganda tumshuqbogʻlarda, kichik jonivorlarni savatlarda, sumkalarda hamda qushlarni qafaslarda tashishga ruxsat beriladi. |
VIII bob. Avtomobil transportida harbiy yoʻlovchilarni tashish | VIII bob. Avtomobil transportida harbiy yoʻlovchilarni tashish |
106. Harbiy yoʻlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning harbiylarni tashish hujjatlari boʻyicha transportda yurishi rasmiylashtirilgan shaxslar hamda ushbu hujjatlarda yozilgan ularning oila aʼzolari kiradilar. | 106. Harbiy yoʻlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining harbiylarni tashish hujjatlari boʻyicha transportda yurishi rasmiylashtirilgan shaxslar hamda ushbu hujjatlarda yozilgan ularning oila aʼzolari kiradilar. |
107. Harbiy yoʻlovchilarni tashish buning uchun keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki orqali markazlashtirilgan tartibda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita tomonidan harbiylarni tashish hujjatlari boʻyicha hisob-kitob qilingan holda bajariladi. | 107. Harbiy yoʻlovchilarni tashish buning uchun keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki orqali markazlashtirilgan tartibda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan harbiylarni tashish hujjatlari boʻyicha hisob-kitob qilingan holda bajariladi. |
Harbiylarni tashish umumiy belgilangan tartibda Markaziy bankning limitlangan daftarchalaridan cheklar, banklar tomonidan akseptlangan toʻlov topshiriqnomalari orqali yoki naqd pul bilan toʻlov toʻlanishi mumkin. | Harbiylarni tashish umumiy belgilangan tartibda Markaziy bankning limitlangan daftarchalaridan cheklar, banklar tomonidan akseptlangan toʻlov topshiriqnomalari orqali yoki naqd pul bilan toʻlov toʻlanishi mumkin. |
108. Harbiylarni tashish hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha avtovokzallarda (avtostansiyalarda) qabul qilinadi. | 108. Harbiylarni tashish hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha avtovokzallarda (avtostansiyalarda) qabul qilinadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning harbiy qismlari va muassasalari tomonidan tashishga rasmiylashtirilgan harbiylarni tashish hujjatlarida, ularning tegishli vazirlik va idoraga aloqadorligini aniqlovchi ajratib turadigan belgilari boʻlishi kerak. | Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining harbiy qismlari va muassasalari tomonidan tashishga rasmiylashtirilgan harbiylarni tashish hujjatlarida, ularning tegishli vazirlik va idoraga aloqadorligini aniqlovchi ajratib turadigan belgilari boʻlishi kerak. |
109. Harbiylarni tashish hujjatlari avtomobil transportida shahar atrofida, viloyat ichida, viloyatlararo va xalqaro qatnovlarda yoʻlovchilarning manzilga borishi va bagajni tashishiga chiptalar olish uchun moʻljallangan. | 109. Harbiylarni tashish hujjatlari avtomobil transportida shahar atrofida, viloyat ichida, viloyatlararo va xalqaro qatnovlarda yoʻlovchilarning manzilga borishi va bagajni tashishiga chiptalar olish uchun moʻljallangan. |
Harbiylarni tashish hujjatlariga quyidagilar taalluqlidir: | Harbiylarni tashish hujjatlariga quyidagilar taalluqlidir: |
a) avtomobil transportida harbiy yuklarni va uy buyumlarni tashish uchun — talabnoma; | a) avtomobil transportida harbiy yuklarni va uy buyumlarni tashish uchun — talabnoma; |
b) avtomobil transportida viloyat ichi va viloyatlararo qatnovlarda manzilga borish uchun bitta odamga yoki soni ikki kishidan ziyod boʻlgan harbiy komandaga chiptalar olish uchun — talabnoma; | b) avtomobil transportida viloyat ichi va viloyatlararo qatnovlarda manzilga borish uchun bitta odamga yoki soni ikki kishidan ziyod boʻlgan harbiy komandaga chiptalar olish uchun — talabnoma; |
v) bagajni tashish uchun — bagaj taloni. Bagaj talonlari joʻnash avtovokzallari (avtostansiyalari) kassalarida bagaj chiptalariga yoki kvitansiyalariga almashtiriladi. Barcha turdagi harbiylarni tashish hujjatlari joʻnash shoxobchasi chipta kassalarida umumiy shakldagi chiptalarga, bagaj chiptalariga yoki kvitansiyalarga almashtiriladi. | v) bagajni tashish uchun — bagaj taloni. Bagaj talonlari joʻnash avtovokzallari (avtostansiyalari) kassalarida bagaj chiptalariga yoki kvitansiyalariga almashtiriladi. Barcha turdagi harbiylarni tashish hujjatlari joʻnash shoxobchasi chipta kassalarida umumiy shakldagi chiptalarga, bagaj chiptalariga yoki kvitansiyalarga almashtiriladi. |
IX bob. Avtotransportda imtiyozli yoki bepul yoʻl yurish huquqidan foydalanuvchi yoʻlovchilar uchun umumiy qoidalar | IX bob. Avtotransportda imtiyozli yoki bepul yoʻl yurish huquqidan foydalanuvchi yoʻlovchilar uchun umumiy qoidalar |
110. Avtotransportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga, mansubligi yoki mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yoʻnalishli avtobuslarida bepul va imtiyozli yurishga ruxsat beriladi. | 110. Avtotransportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga, mansubligi yoki mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yoʻnalishli avtobuslarida bepul va imtiyozli yurishga ruxsat beriladi. |
111. Avtomobil transportida bepul yuruvchi, shuningdek imtiyozli yurishdan foydalanuvchi yoʻlovchilar uchun avtomobil transportida yoʻlovchi tashishning amal qiladigan qoida va shartlari majburiydir. | 111. Avtomobil transportida bepul yuruvchi, shuningdek imtiyozli yurishdan foydalanuvchi yoʻlovchilar uchun avtomobil transportida yoʻlovchi tashishning amal qiladigan qoida va shartlari majburiydir. |
112. Avtobuslarda bepul yoki imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar tomonidan bagajni tashish va xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovlar umumiy asoslarda amalga oshiriladi. | 112. Avtobuslarda bepul yoki imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar tomonidan bagajni tashish va xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovlar umumiy asoslarda amalga oshiriladi. |
X bob. Tashuvchilarning, yoʻlovchilarning va buyurtmanoma (buyurtma) bergan yoki boshqa tashish shartnomasini tuzgan shaxslarning javobgarligi, eʼtirozlar va daʼvolar | X bob. Tashuvchilarning, yoʻlovchilarning va buyurtmanoma (buyurtma) bergan yoki boshqa tashish shartnomasini tuzgan shaxslarning javobgarligi, eʼtirozlar va daʼvolar |
1-§. Tashuvchining javobgarligi | 1-§. Tashuvchining javobgarligi |
113. Yoʻlovchilarni va bagajni tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda, tashuvchilar mazkur Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moddiy javob beradilar. | 113. Yoʻlovchilarni va bagajni tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda, tashuvchilar mazkur Qoidalarda va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda moddiy javob beradilar. |
114. Tashish uchun qabul qilingan bagajning yoʻqolishi, kamomadi, buzilganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar tashuvchilar yoʻqolish, kamomad, buzilish yoki shikastlanish ularning aybi bilan boʻlmaganligini isbotlay olmasalar moddiy javob beradilar va zararlarni toʻlaydilar. | 114. Tashish uchun qabul qilingan bagajning yoʻqolishi, kamomadi, buzilganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar tashuvchilar yoʻqolish, kamomad, buzilish yoki shikastlanish ularning aybi bilan boʻlmaganligini isbotlay olmasalar moddiy javob beradilar va zararlarni toʻlaydilar. |
Bagajni tashishda yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda: | Bagajni tashishda yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda: |
bagaj yoʻqolgan yoki kamomadga yoʻl qoʻyilgan taqdirda — yuk yoki bagajning yoʻqolgan yoki yetmagan qiymati miqdorida; | bagaj yoʻqolgan yoki kamomadga yoʻl qoʻyilgan taqdirda — yuk yoki bagajning yoʻqolgan yoki yetmagan qiymati miqdorida; |
bagajga zarar yetgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati kamaygan summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) bagajni tiklash imkoniyati boʻlmaganda esa, uning qiymati miqdorida; | bagajga zarar yetgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati kamaygan summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) bagajni tiklash imkoniyati boʻlmaganda esa, uning qiymati miqdorida; |
qiymati eʼlon qilingan holda tashish uchun topshirilgan bagaj yoʻqolganda — bagajning eʼlon qilingan miqdorida toʻlanadi. | qiymati eʼlon qilingan holda tashish uchun topshirilgan bagaj yoʻqolganda — bagajning eʼlon qilingan miqdorida toʻlanadi. |
115. Ishiga vaqtbay tarif boʻyicha haq toʻlanadigan avtobuslar va yengil avtomobillar tashuvchi tomonidan buyurtmanoma (buyurtma) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha bajarish uchun qabul qilingan miqdorda yetkazib berilmaganda yoki ushbu avtobuslar va yengil avtomobillarni chiqarish kechiktirilganda, tashuvchi, agar tomonlarning kelishuvida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, buyurtmachiga buyurtmanomada (buyurtmada) yoki shartnomada koʻrsatilgan foydalanish vaqtidan kelib chiqqan holda avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanish qiymatining 10 foizini toʻlaydi. | 115. Ishiga vaqtbay tarif boʻyicha haq toʻlanadigan avtobuslar va yengil avtomobillar tashuvchi tomonidan buyurtmanoma (buyurtma) yoki boshqa tashish shartnomalari boʻyicha bajarish uchun qabul qilingan miqdorda yetkazib berilmaganda yoki ushbu avtobuslar va yengil avtomobillarni chiqarish kechiktirilganda, tashuvchi, agar tomonlarning kelishuvida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, buyurtmachiga buyurtmanomada (buyurtmada) yoki shartnomada koʻrsatilgan foydalanish vaqtidan kelib chiqqan holda avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanish qiymatining 10 foizini toʻlaydi. |
116. Shahar yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashishdan tashqari yoʻlovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini joʻnatish kechikkanligi yoki belgilangan manzilga kechikib kelganligi uchun tashuvchi, agar kechikishlar yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablar oqibatida yuz berganligini isbotlab berolmasa, yoʻlovchiga jarima shaklida neustoyka toʻlaydi. | 116. Shahar yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashishdan tashqari yoʻlovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini joʻnatish kechikkanligi yoki belgilangan manzilga kechikib kelganligi uchun tashuvchi, agar kechikishlar yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablar oqibatida yuz berganligini isbotlab berolmasa, yoʻlovchiga jarima shaklida neustoyka toʻlaydi. |
Yoʻlovchilar tashish uchun avtotransport vositasini joʻnatish kechikkanligi yoki belgilangan manzilga kechikib kelganligi holati yuzasidan avtovokzal (avtostansiya)ning navbatchi dispetcheri tomonidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada avtotransport vositasining tasdiqlangan jadval boʻyicha joʻnash (yetib kelish) vaqti va haqiqatda joʻnagan (yetib kelgan) vaqti koʻrsatiladi. Dalolatnoma navbatchi dispetcher va ikki yoʻlovchi tomonidan imzolanadi. Avtovokzalda (avtostansiyada) navbatchi dispetcher boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma kamida uchta yoʻlovchi tomonidan imzolanadi. | Yoʻlovchilar tashish uchun avtotransport vositasini joʻnatish kechikkanligi yoki belgilangan manzilga kechikib kelganligi holati yuzasidan avtovokzal (avtostansiya)ning navbatchi dispetcheri tomonidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada avtotransport vositasining tasdiqlangan jadval boʻyicha joʻnash (yetib kelish) vaqti va haqiqatda joʻnagan (yetib kelgan) vaqti koʻrsatiladi. Dalolatnoma navbatchi dispetcher va ikki yoʻlovchi tomonidan imzolanadi. Avtovokzalda (avtostansiyada) navbatchi dispetcher boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma kamida uchta yoʻlovchi tomonidan imzolanadi. |
Avtotransport vositasining joʻnashi (yetib kelishi) kechiktirilganligi uchun yoʻlovchiga toʻlanadigan jarima miqdori – joʻnashi (yetib kelish) kechikkanligining birinchi toʻliq soati uchun (60 minut) chipta bahosining 10 foizi hisobidan uning davomiyligiga bogʻliq holda, joʻnash (kelish) kechikishining har bir keyingi 15 minuti uchun esa chipta bahosining 3 foizi hisobidan aniqlanadi. Jarima umumiy summasi chipta bahosining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. | Avtotransport vositasining joʻnashi (yetib kelishi) kechiktirilganligi uchun yoʻlovchiga toʻlanadigan jarima miqdori – joʻnashi (yetib kelish) kechikkanligining birinchi toʻliq soati uchun (60 minut) chipta bahosining 10 foizi hisobidan uning davomiyligiga bogʻliq holda, joʻnash (kelish) kechikishining har bir keyingi 15 minuti uchun esa chipta bahosining 3 foizi hisobidan aniqlanadi. Jarima umumiy summasi chipta bahosining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. |
Yoʻlovchiga jarima tashuvchi tomonidan yoki avtovokzal (avtostansiya) boshligʻining yozma koʻrsatmasi boʻyicha toʻlanadi. | Yoʻlovchiga jarima tashuvchi tomonidan yoki avtovokzal (avtostansiya) boshligʻining yozma koʻrsatmasi boʻyicha toʻlanadi. |
Yoʻlovchiga toʻlangan jarima, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq avtotransport vositasining joʻnashga kechikkanligi yoki uning belgilangan manzilga yetib kelishi kechikkanligi oqibatida yoʻlovchiga yetkazilgan zararni unga toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Avtotransport vositasining joʻnashi kechikkanligi sababi boʻyicha yoʻlovchi tashishni rad etgan taqdirda, tashuvchi yoʻlovchiga yoʻl haqi toʻlovini hamda u tomonidan koʻrilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart. | Yoʻlovchiga toʻlangan jarima, amaldagi qonunchilikka muvofiq avtotransport vositasining joʻnashga kechikkanligi yoki uning belgilangan manzilga yetib kelishi kechikkanligi oqibatida yoʻlovchiga yetkazilgan zararni unga toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Avtotransport vositasining joʻnashi kechikkanligi sababi boʻyicha yoʻlovchi tashishni rad etgan taqdirda, tashuvchi yoʻlovchiga yoʻl haqi toʻlovini hamda u tomonidan koʻrilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart. |
117. Tashuvchi yoʻlovchining hayoti va sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 117. Tashuvchi yoʻlovchining hayoti va sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi. |
2-§. Yoʻlovchilarning va buyurtmanoma (buyurtma) bergan yoki boshqa tashish shartnomasini tuzgan shaxslarning javobgarligi | 2-§. Yoʻlovchilarning va buyurtmanoma (buyurtma) bergan yoki boshqa tashish shartnomasini tuzgan shaxslarning javobgarligi |
118. Yoʻlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq avtotransport vositalari uskuna va inventarlarining buzulishi yoki shikastlanishi uchun javob beradilar. | 118. Yoʻlovchilar qonunchilikka muvofiq avtotransport vositalari uskuna va inventarlarining buzulishi yoki shikastlanishi uchun javob beradilar. |
119. Ushbu avtotransport vositasida yurish yoki bagaj tashish huquqini bermaydigan chiptani yoki guvohnomani nazorat vaqtida koʻrsatgan shaxslar chiptasiz yoʻlovchilar toifasiga kiradi. Qalbaki, notoʻgʻri rasmiylashtirilgan yoki boshqa shaxsga rasmiylashtirilgan yoʻl chiptalari va guvohnomalar nazorat qiluvchi shaxs tomonidan olib qoʻyilishi kerak. | 119. Ushbu avtotransport vositasida yurish yoki bagaj tashish huquqini bermaydigan chiptani yoki guvohnomani nazorat vaqtida koʻrsatgan shaxslar chiptasiz yoʻlovchilar toifasiga kiradi. Qalbaki, notoʻgʻri rasmiylashtirilgan yoki boshqa shaxsga rasmiylashtirilgan yoʻl chiptalari va guvohnomalar nazorat qiluvchi shaxs tomonidan olib qoʻyilishi kerak. |
120. Jarimalar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda avtomobil transporti yoki ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan solinadi. | 120. Jarimalar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda avtomobil transporti yoki ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan solinadi. |
121. Yoʻlovchi tomonidan jarima toʻlanganda, unga undirilgan summa koʻrsatilgan holda belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi. Yoʻlovchi tomonidan jarima toʻlanishi, yoʻlovchini yoʻl chiptasi sotib olish yoki bagaj tashish toʻlovidan ozod qilmaydi. | 121. Yoʻlovchi tomonidan jarima toʻlanganda, unga undirilgan summa koʻrsatilgan holda belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi. Yoʻlovchi tomonidan jarima toʻlanishi, yoʻlovchini yoʻl chiptasi sotib olish yoki bagaj tashish toʻlovidan ozod qilmaydi. |
Avtotransportda yurishga va bagajini tashishga chiptasi boʻlmagan yoʻlovchining avtotransportga chiqqan manzilini aniqlash imkoni boʻlmaganda, uning yurish va bagajini tashish qiymati joʻnash manzilidan yetib kelish manziligacha boʻlgan masofa boʻyicha hisoblanadi. | Avtotransportda yurishga va bagajini tashishga chiptasi boʻlmagan yoʻlovchining avtotransportga chiqqan manzilini aniqlash imkoni boʻlmaganda, uning yurish va bagajini tashish qiymati joʻnash manzilidan yetib kelish manziligacha boʻlgan masofa boʻyicha hisoblanadi. |
122. Buyurtmanoma (buyurtma) bergan yoki boshqa tashish shartnomasi tuzgan shaxslar avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanishni toʻliq yoki qisman rad etganda ularning ishiga buyurtmanomada (buyurtma) yoki shartnomada koʻrsatilgan miqdorda vaqtbay tarif boʻyicha haq toʻlanadi, koʻrsatilgan shaxslar tashuvchiga buyurtmanomada (buyurtmada) yoki shartnomada koʻrsatilgan foydalanish vaqtidan kelib chiqqan holda, avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanish qiymatining 10 foizini toʻlaydi. | 122. Buyurtmanoma (buyurtma) bergan yoki boshqa tashish shartnomasi tuzgan shaxslar avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanishni toʻliq yoki qisman rad etganda ularning ishiga buyurtmanomada (buyurtma) yoki shartnomada koʻrsatilgan miqdorda vaqtbay tarif boʻyicha haq toʻlanadi, koʻrsatilgan shaxslar tashuvchiga buyurtmanomada (buyurtmada) yoki shartnomada koʻrsatilgan foydalanish vaqtidan kelib chiqqan holda, avtobuslar va yengil avtomobillardan foydalanish qiymatining 10 foizini toʻlaydi. |
3-§. Eʼtirozlar, daʼvolar | 3-§. Eʼtirozlar, daʼvolar |
123. Yoʻlovchilar va bagajni tashish jarayonida paydo boʻladigan eʼtirozlar tashuvchiga joʻnash yoki yetib kelish manzilida eʼtiroz bildiruvchining xohishi boʻyicha berilishi mumkin. | 123. Yoʻlovchilar va bagajni tashish jarayonida paydo boʻladigan eʼtirozlar tashuvchiga joʻnash yoki yetib kelish manzilida eʼtiroz bildiruvchining xohishi boʻyicha berilishi mumkin. |
Eʼtiroz arizalariga eʼtirozni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. | Eʼtiroz arizalariga eʼtirozni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. |
124. Tashuvchiga eʼtirozlar 6 oy mobaynida, jarimalar toʻlash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar esa 45 kun mobaynida berilishi mumkin. | 124. Tashuvchiga eʼtirozlar 6 oy mobaynida, jarimalar toʻlash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar esa 45 kun mobaynida berilishi mumkin. |
Koʻrsatilgan muddatlar: | Koʻrsatilgan muddatlar: |
a) bagajning buzilganligi, shikastlanganligi yoki kamomadi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — bagaj berilgan kundan; | a) bagajning buzilganligi, shikastlanganligi yoki kamomadi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — bagaj berilgan kundan; |
b) bagaj yoʻqolganligi uchun zararni qoplash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — bagaj yetkazib berilgan muddatlar tugagandan 10 kundan keyin; | b) bagaj yoʻqolganligi uchun zararni qoplash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — bagaj yetkazib berilgan muddatlar tugagandan 10 kundan keyin; |
v) qolgan barcha holatlarda — eʼtiroz bildirish uchun asos boʻladigan voqealar boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi. | v) qolgan barcha holatlarda — eʼtiroz bildirish uchun asos boʻladigan voqealar boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi. |
125. Tashuvchi eʼtiroz olingan kundan boshlab quyidagi muddatlarda: | 125. Tashuvchi eʼtiroz olingan kundan boshlab quyidagi muddatlarda: |
a) avtomobil qatnovidagi tashishlardan paydo boʻladigan eʼtirozlar boʻyicha — 3 oy mobaynida; | a) avtomobil qatnovidagi tashishlardan paydo boʻladigan eʼtirozlar boʻyicha — 3 oy mobaynida; |
b) toʻgʻri, aralash qatnovlarda paydo boʻladigan eʼtirozlar boʻyicha — 6 oy mobaynida; | b) toʻgʻri, aralash qatnovlarda paydo boʻladigan eʼtirozlar boʻyicha — 6 oy mobaynida; |
v) jarima toʻlash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — 45 kun mobaynida bildirilgan eʼtirozni koʻrib chiqishi va uning qanoatlantirishi toʻgʻrisida arizachiga xabar berishi shart. | v) jarima toʻlash toʻgʻrisidagi eʼtirozlar boʻyicha — 45 kun mobaynida bildirilgan eʼtirozni koʻrib chiqishi va uning qanoatlantirishi toʻgʻrisida arizachiga xabar berishi shart. |
Eʼtirozlar qisman qanoatlantirilganda yoki rad etilganda, tashuvchi bu haqdagi bildirishnomada qabul qilingan qarorning sababini koʻrsatishi hamda eʼtirozlarga ilova qilingan hujjatlarni ariza beruvchiga qaytarishi kerak. | Eʼtirozlar qisman qanoatlantirilganda yoki rad etilganda, tashuvchi bu haqdagi bildirishnomada qabul qilingan qarorning sababini koʻrsatishi hamda eʼtirozlarga ilova qilingan hujjatlarni ariza beruvchiga qaytarishi kerak. |
Eʼtirozlar toʻliq summada qanoatlantirilganda arizaga ilova qilingan hujjatlar qaytarilmaydi. | Eʼtirozlar toʻliq summada qanoatlantirilganda arizaga ilova qilingan hujjatlar qaytarilmaydi. |
126. Yoʻlovchilar va bagajni tashishdan kelib chiqadigan daʼvolar sudga berilishi mumkin. | 126. Yoʻlovchilar va bagajni tashishdan kelib chiqadigan daʼvolar sudga berilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir | Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir |
TALABLAR | TALABLAR |
I. Umumiy qoidalar | I. Umumiy qoidalar |
1. Talablar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi. yangi avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari; vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oʻz transporti bilan avtobusda tashishlarni amalga oshiruvchi yoki oʻz tizimiga kirmaydigan korxonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar; Oʻzbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari; avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, paromlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlashni taʼminlovchi vazirliklar, idoralar; yoʻl harakatini boshqarishning texnik vositalarini oʻrnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yoʻl, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar; tashuvchilar va yoʻl tashkilotlarini, yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatlarini ob-havo sharoitlarining noqulay oʻzgarishlari toʻgʻrisida xabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari; yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yoʻl harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati; haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari; boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan avtomobilda tashish xavfsizligini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi (uning hududiy boʻlinmalari) uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir. 2. Ushbu Talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashishga tadbiq etilmaydi. | 1. Talablar avtobuslarda hamda yoʻnalishli taksida yoʻlovchilar tashishda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi. 2. Mazkur Talablar: yangi avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiluvchi Transport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari; vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oʻz avtotransporti bilan tashishlarni amalga oshiruvchi yoki oʻz tizimiga kirmaydigan korxonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar; Oʻzbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari; avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, paromlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlashni taʼminlovchi vazirliklar, idoralar; yoʻl harakatini boshqarishning texnik vositalarini oʻrnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yoʻl, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar; tashuvchilar va yoʻl tashkilotlarini, yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatlarini ob-havo sharoitlarining noqulay oʻzgarishlari toʻgʻrisida xabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari; yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yoʻl harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati; haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari; boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan avtomobilda tashish xavfsizligini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari) uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir. Mazkur Talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashishga tatbiq etilmaydi. |
3. Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligi bevosita yoʻnalishlarda: | 3. Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligi bevosita yoʻnalishlarda: |
avtobusning haydovchilari; | avtobusning haydovchilari; |
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchilar; | mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchilar; |
tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlar, yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalari boʻlgan yoʻllardan foydalanish, kommunal va boshqa tashkilotlar (korxonalar); | tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlar, yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalari boʻlgan yoʻllardan foydalanish, kommunal va boshqa tashkilotlar (korxonalar); |
Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati (YHXDX) boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi. | Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati (YHXDX) boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi. |
4. Quyidagilar mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchilarning xavfsizlikni taʼminlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: | 4. Quyidagilar mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchilarning xavfsizlikni taʼminlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: |
avtobuslarni tegishli malakaga ega boʻlgan haydovchilar bilan butlash; | avtobuslarni tegishli malakaga ega boʻlgan haydovchilar bilan butlash; |
Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha mashgʻulotlarni belgilangan muddatlarda oʻtkazish va haydovchilarning kasb mahoratini oshirish; | Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha mashgʻulotlarni belgilangan muddatlarda oʻtkazish va haydovchilarning kasb mahoratini oshirish; |
haydovchilarning oʻz vaqtida tibbiy qayta tekshirishdan va yoʻlga chiqishdan oldin muntazam tibbiy koʻrikdan oʻtishi ustidan nazoratni tashkil etish; | haydovchilarning oʻz vaqtida tibbiy qayta tekshirishdan va yoʻlga chiqishdan oldin muntazam tibbiy koʻrikdan oʻtishi ustidan nazoratni tashkil etish; |
haydovchilarning stajirovkasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi; | haydovchilarning stajirovkasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi; |
haydovchilarni avtobus yoʻnalishlari sxemalari, shuningdek yoʻnalishdagi ob-havo sharoitlari yoʻl holatining oʻzgarishi va yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash; | haydovchilarni avtobus yoʻnalishlari sxemalari, shuningdek yoʻnalishdagi ob-havo sharoitlari yoʻl holatining oʻzgarishi va yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash; |
haydovchilar tomonidan ish vaqtining yoʻl qoʻyiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish; | haydovchilar tomonidan ish vaqtining yoʻl qoʻyiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish; |
avtobuslarni texnik jihatdan soz holatda saqlash; | avtobuslarni texnik jihatdan soz holatda saqlash; |
yoʻlovchilar tashishni oqilona tashkil etish; | yoʻlovchilar tashishni oqilona tashkil etish; |
xavfsizlik taʼminlanishini, haydovchilar mehnati va dam olishini hisobga olgan holda yoʻlovchilar oqimini, harakat tezliklarini normalash va harakat jadvalini tuzish; | xavfsizlik taʼminlanishini, haydovchilar mehnati va dam olishini hisobga olgan holda yoʻlovchilar oqimini, harakat tezliklarini normalash va harakat jadvalini tuzish; |
avtobuslardan foydalanish, haydovchilar tomonidan yoʻnalish boʻyicha harakat jadvaliga va Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish; | avtobuslardan foydalanish, haydovchilar tomonidan yoʻnalish boʻyicha harakat jadvaliga va Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish; |
foydalanishda boʻlgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud boʻlishini taʼminlash; | foydalanishda boʻlgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud boʻlishini taʼminlash; |
yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish. | yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish. |
5. Quyidagilar Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining (uning hududiy boshqarmalarining) avtobuslarda yoʻlovchilar tashishda xavfsizlikni taʼminlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: | 5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining) muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishda xavfsizlikni taʼminlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: |
avtomobillarda tashishni tashkil etish va harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; | avtomobillarda tashishni tashkil etish va harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; |
avtomobillarda tashishni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish; | avtomobillarda tashishni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish; |
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan avtomobil transporti sohasidagi xalqaro bitimlar va konvensiyalarning asosiy shartlari va qoidalariga xorijiy va milliy tashuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish; | Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan avtomobil transporti sohasidagi xalqaro bitimlar va konvensiyalarning asosiy shartlari va qoidalariga xorijiy va milliy tashuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish; |
haydovchilarning mehnat va dam olish tartibiga, avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish qoidalariga, ogʻir va hajmi katta oʻlchamdagi avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga rioya etishlari ustidan nazorat; | haydovchilarning mehnat va dam olish tartibiga, avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish qoidalariga, ogʻir va hajmi katta oʻlchamdagi avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga rioya etishlari ustidan nazorat; |
tashish yoʻnalishlarini tender asosida amalga oshirish mexanizmini joriy etish, tender kontraktlariga rioya etilishini nazorat qilish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun faoliyat koʻrsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish. | tashish yoʻnalishlarini tender asosida amalga oshirish mexanizmini joriy etish, tender shartnomalariga rioya etilishini nazorat qilish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun faoliyat koʻrsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish. |
6. Quyidagilar yoʻllardan foydalanish, kommunal, temir yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ning avtobuslarda yoʻlovchilar tashishda xavfsizlikni taʼminlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: | 6. Quyidagilar yoʻllardan foydalanish, kommunal, temir yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ning avtobuslarda yoʻlovchilar tashishda xavfsizlikni taʼminlashdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: |
oʻzlarining tasarrufidagi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlar, yoʻl belgilari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa vositalarini toʻsiqlarsiz va xavfsiz harakatlanishni taʼminlovchi texnik soz holatda saqlash; | oʻzlarining tasarrufidagi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlar, yoʻl belgilari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa vositalarini toʻsiqlarsiz va xavfsiz harakatlanishni taʼminlovchi texnik soz holatda saqlash; |
yoʻllarning xavfli uchastkalarini tezkorlik bilan aniqlash, xavf manbalarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish, buning imkoniyati boʻlmaganda avtobus yoʻnalishini yopish chora-tadbirlarini koʻrish; | yoʻllarning xavfli uchastkalarini tezkorlik bilan aniqlash, xavf manbalarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish, buning imkoniyati boʻlmaganda avtobus yoʻnalishini yopish chora-tadbirlarini koʻrish; |
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlarni jihozlash va saqlashga doir avtobus yoʻnalishlarini tekshirish komissiyalari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish. | avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, paromlarni jihozlash va saqlashga doir avtobus yoʻnalishlarini tekshirish komissiyalari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish. |
7. Quyidagilar avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashda harakat qatnashchilari tomonidan: | 7. Quyidagilar avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashda harakat qatnashchilari tomonidan: |
yoʻl harakati qatnashchilarining xulq-atvori va oʻzaro munosabatlarini; | yoʻl harakati qatnashchilarining xulq-atvori va oʻzaro munosabatlarini; |
avtobuslarning haydovchilari malakasini; | avtobuslarning haydovchilari malakasini; |
avtobuslarning texnik holatini; | avtobuslarning texnik holatini; |
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari va temir yoʻl kesishmalarini saqlashni; | avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari va temir yoʻl kesishmalarini saqlashni; |
yoʻl belgilari, yoʻl harakatini tartibga solish boshqa vositalarini oʻrnatish va saqlash tartibini; | yoʻl belgilari, yoʻl harakatini tartibga solish boshqa vositalarini oʻrnatish va saqlash tartibini; |
avtomobil yoʻllari, koʻchalardagi xavfli uchastkalarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf etish tartibini; | avtomobil yoʻllari, koʻchalardagi xavfli uchastkalarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf etish tartibini; |
yoʻl-transport hodisalarini aniqlash va ularni bartaraf etishni tartibga soluvchi normativlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati boʻlinmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi. | yoʻl-transport hodisalarini aniqlash va ularni bartaraf etishni tartibga soluvchi normativlar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati boʻlinmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi. |
Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni tartibga soluvchi koʻrsatib oʻtilgan normativlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda, Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati tomonidan ularni bartaraf etish, zarur hollarda avtobus harakatini toʻxtatish chora-tadbirlari koʻriladi. | Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni tartibga soluvchi koʻrsatib oʻtilgan normativlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda, Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati tomonidan ularni bartaraf etish, zarur hollarda avtobus harakatini toʻxtatish chora-tadbirlari koʻriladi. |
8. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi yoki taʼminlovchi tashuvchilar rahbarlari mazkur Talablar bajarilmaganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar. | 8. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi yoki taʼminlovchi tashuvchilar rahbarlari mazkur Talablar bajarilmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsan javob beradilar. |
II. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qoʻyiladigan talablar | II. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qoʻyiladigan talablar |
9. Yoʻlovchilar tashishga moʻljallangan avtobuslarni boshqarishga tegishli toifaga (malakaga) ega boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan va tibbiy koʻrikdan oʻtgan haydovchilar qoʻyiladi. | 9. Yoʻlovchilar tashishga moʻljallangan avtobuslarni boshqarishga tegishli toifaga (malakaga) ega boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan va tibbiy koʻrikdan oʻtgan haydovchilar qoʻyiladi. |
10. Shaharlararo, togʻ yoʻnalishlariga, shuningdek bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayyohat-ekskursiya tashishlariga va bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi boʻlib ishlayotgan haydovchilar qoʻyiladi. | 10. Shaharlararo, togʻ yoʻnalishlariga, shuningdek bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayyohat-ekskursiya tashishlariga va bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi boʻlib ishlayotgan haydovchilar qoʻyiladi. |
11. Xalqaro yoʻnalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi boʻlib ishlayotgan va xalqaro avtomobillarda yoʻlovchilar tashish sohasida kasb vakolati toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi. | 11. Xalqaro yoʻnalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi boʻlib ishlayotgan va xalqaro avtomobillarda yoʻlovchilar tashish sohasida kasb vakolati toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi. |
12. Avtobusning haydovchisi DST 974/2000 Oʻzbekiston Davlat standartlari talablariga, Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. | 12. Avtobusning haydovchisi DST 974/2000 Oʻzbekiston Davlat standartlari talablariga, Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. |
III. Avtobuslarning texnik holati va ulardan foydalanish | III. Avtobuslarning texnik holati va ulardan foydalanish |
13. Avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga texnik xizmat koʻrsatish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi Nizomga, tayyorlovchi korxonalarning yoʻriqnomalariga va boshqa normativ-texnik hujjatlarga javob berishi kerak. | 13. Avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga texnik xizmat koʻrsatish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi Nizomga, tayyorlovchi korxonalarning yoʻriqnomalariga va boshqa normativ-texnik hujjatlarga javob berishi kerak. |
Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar, turistik yoʻnalishning qatnov yoʻli sxemalari boʻyicha harakatlanayotgan avtobuslarga hamrohlik qilishni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati boʻlinmalarini yoki xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalarini xabardor qilish tashuvchi tomonidan joʻnab ketishdan kamida 12 soat oldin amalga oshiriladi. | |
14. I—III toifadagi avtomobil yoʻllarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi. | 14. I—III toifadagi avtomobil yoʻllarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi. |
IV-V toifadagi avtomobil yoʻllarida oʻq nagruzkasi 6 tonnagacha boʻlgan avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi. | IV-V toifadagi avtomobil yoʻllarida oʻq nagruzkasi 6 tonnagacha boʻlgan avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi. |
15. Togʻ yoʻnalishlarida va ularga tenglashtirilgan yoʻnalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, gʻildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega boʻlishi kerak. | 15. Togʻ yoʻnalishlarida va ularga tenglashtirilgan yoʻnalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, gʻildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega boʻlishi kerak. |
Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida “sayohatchi” va “ekskursiya” degan koʻrsatkich, bir martalik buyurtmalar boʻyicha maxsus tashishlar uchun esa “buyurtma” degan koʻrsatkich oʻrnatiladi. | Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida “sayohatchi” va “ekskursiya” degan koʻrsatkich, bir martalik buyurtmalar boʻyicha maxsus tashishlar uchun esa “buyurtma” degan koʻrsatkich oʻrnatiladi. |
Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi oʻrnatilishi kerak. | Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi oʻrnatilishi kerak. |
Yoʻlovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro tashuvchi avtobuslar servis ustaxonasi plombasi boʻlgan nazorat priborlari (taxograf) bilan jihozlangan, xalqaro tashishlarda esa Oʻzbekiston Respublikasining tanitish belgisiga ham ega boʻlishlari kerak. | Yoʻlovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro tashuvchi avtobuslar servis ustaxonasi plombasi boʻlgan nazorat priborlari (taxograf) bilan jihozlangan, xalqaro tashishlarda esa Oʻzbekiston Respublikasining tanitish belgisiga ham ega boʻlishlari kerak. |
IV. Yoʻlovchilar tashishni tashkil etish | IV. Yoʻlovchilar tashishni tashkil etish |
16. Avtobusda yoʻlovchilar va bagajni tashish Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga va boshqa qonun hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. | 16. Avtobusda yoʻlovchilar va bagajni tashish Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga va boshqa qonunchilikka rioya qilgan holda amalga oshiriladi. |
17. Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlari mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar tashuvchilar oʻrtasida tender asosida joylashtiriladi. | 17. Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlari mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar tashuvchilar oʻrtasida tender asosida joylashtiriladi. |
18. Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlarida ishlash huquqiga Yoʻlovchilar tashishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiya yoxud boshqa vakolatli organ bilan tender kontrakti tuzgan tashuvchi ega boʻladi. | 18. Yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqiga vakolatli organ bilan yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi shartnomani tuzgan tashuvchi ega boʻladi. |
Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlarida tender kontrakti tuzmasdan ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi. | Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlarida shartnoma tuzmasdan ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi. |
19. Avtobuslarda yoʻlovchi tashish tashkilotchilari (avtokorxonalar rahbarlari) avtomobilda tashishlari sohasida kasb vakolati toʻgʻrisida Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli guvohnomaga ega boʻlishlari kerak. | 19. Avtobuslarda yoʻlovchi tashish tashkilotchilari (avtokorxonalar rahbarlari) avtomobilda tashishlari sohasida kasb vakolati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli guvohnomaga ega boʻlishlari kerak. |
20. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar haydovchilarining yoʻl qoʻyiladigan boshqarish, tanaffuslar, har kunlik va haftalik dam olish vaqti xalqaro normalarga muvofiq belgilanadi. | 20. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlar haydovchilarining yoʻl qoʻyiladigan boshqarish, tanaffuslar, har kunlik va haftalik dam olish vaqti xalqaro normalarga muvofiq belgilanadi. |
21. Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish jadvali avtotashuvchi tomonidan yoʻnalishlarning ayrim bosqichlarida normativ tezliklar asosida, ushbu tezliklar yoʻl harakati qoidalarida, yoʻl belgilarida ruxsat berilgan tezlikka muvofiq boʻlishi sharti bilan tuzilishi kerak. | 21. Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish jadvali avtotashuvchi tomonidan yoʻnalishlarning ayrim bosqichlarida normativ tezliklar asosida, ushbu tezliklar yoʻl harakati qoidalarida, yoʻl belgilarida ruxsat berilgan tezlikka muvofiq boʻlishi sharti bilan tuzilishi kerak. |
22. Shahar va shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishda avtobusdagi yoʻlovchilar soni avtobuslarning toʻliq sigʻimidan ortiq boʻlmasligi, shaharlararo, togʻ, sayohat-ekskursiya yoʻnalishlarida, bolalarni tashishda va bir martalik tashishlarda esa — oʻtirish uchun belgilangan joylar sonidan ortiq boʻlmasligi kerak. | 22. Shahar va shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishda avtobusdagi yoʻlovchilar soni avtobuslarning toʻliq sigʻimidan ortiq boʻlmasligi, shaharlararo, togʻ, sayohat-ekskursiya yoʻnalishlarida, bolalarni tashishda va bir martalik tashishlarda esa — oʻtirish uchun belgilangan joylar sonidan ortiq boʻlmasligi kerak. |
23. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda ishlash uchun faqat bagaj boʻlimlari mavjud boʻlgan avtobuslargina qoʻyiladi. | 23. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda ishlash uchun faqat bagaj boʻlimlari mavjud boʻlgan avtobuslargina qoʻyiladi. |
Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq boʻlganda yoki yoʻnalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak. | Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan ortiq boʻlganda yoki yoʻnalish uzoqligi 400 km va undan ortiqni tashkil etganda avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak. |
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda 400 km va undan uzoq yoʻnalishlarda avtobusda yoʻlovchilar tashishni bir haydovchi bilan. | Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda 400 km va undan uzoq yoʻnalishlarda avtotransport vositalarida yoʻlovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi. |
24. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda, sayohat-ekskursiya yoʻnalishlarida avtobuslar harakati jadvalida avtobusni har 1,5 soat boshqarishdan keyin haydovchining kamida 15 minut yoxud 4,5 soat boshqarishdan keyin 45 minut dam olishi majburiy tartibda nazarda tutiladi. | 24. Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda, sayohat-ekskursiya yoʻnalishlarida avtobuslar harakati jadvalida avtobusni har 1,5 soat boshqarishdan keyin haydovchining kamida 15 minut yoxud 4,5 soat boshqarishdan keyin 45 minut dam olishi majburiy tartibda nazarda tutiladi. |
25. Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansilar, dispetcherlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan hollarda, chipta-hisobga olish varaqasida kelgan va joʻnab ketgan vaqti toʻgʻrisida belgi qoʻydirishi kerak. | 25. Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansilar, dispetcherlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan hollarda, chipta-hisobga olish varaqasida kelgan va joʻnab ketgan vaqti toʻgʻrisida belgi qoʻydirishi kerak. |
26. Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi nosozliklar paydo boʻlganda, shuningdek haydovchi oʻzini yomon his etganda avtobus harakati darhol toʻxtatilishi kerak. Bu haqda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yoxud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishning bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrishi majburiy boʻlgan tashuvchiga xabar qilinadi. | 26. Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi nosozliklar paydo boʻlganda, shuningdek haydovchi oʻzini yomon his etganda avtobus harakati darhol toʻxtatilishi kerak. Bu haqda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yoxud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishning bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrishi majburiy boʻlgan tashuvchiga xabar qilinadi. |
27. Yoʻnalish hujjatlari: viloyat (shahar) hokimligida yoki transport boʻyicha ular tomonidan vakolat berilgan organda; yoʻnalish hududi orqali oʻtadigan viloyatlar YHXDX organlarida; Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligida (uning hududiy boshqarmasida) tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusxalarda tuziladi. Muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishi hujjatlari yoʻnalish hududlari orqali oʻtadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusxalarda tuziladi. | 27. Yoʻnalish hujjatlari: viloyat (shahar) hokimligida; yoʻnalish hududi orqali oʻtadigan viloyatlar YHXDX organlarida; Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida) tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusxalarda tuziladi. Muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishi hujjatlari yoʻnalish hududlari orqali oʻtadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusxalarda tuziladi. |
28. Yoʻnalish hujjatlari zaruriyatga koʻra, yoʻlovchi oqimlarini oʻrganish asosida, harakat sxemasi va avtobuslarning texnik tavsifi oʻzgarganda qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. | 28. Yoʻnalish hujjatlari zaruriyatga koʻra, yoʻlovchi oqimlarini oʻrganish asosida, harakat sxemasi va avtobuslarning texnik tavsifi oʻzgarganda qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. |
V. Sayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashishlar | V. Sayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashishlar |
29. Sayohat-ekskursiya, maxsus yoki bir martalik tashishlar uchun tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarga avtobuslar ajratishga shartnomalarni va bir martalik buyurtmalarni rasmiylashtirish avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga muvofiq tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. | 29. Sayohat-ekskursiya, maxsus yoki bir martalik tashishlar uchun tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarga avtobuslar ajratishga shartnomalarni va bir martalik buyurtmalarni rasmiylashtirish avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga muvofiq tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. |
Shartnomalar va buyurtmalar buyurtmachidan borish joyi, borish yoʻnalishi, toʻxtash joyi, tashilayotgan yoʻlovchilar soni, tashish uchun masʼul shaxs (guruh rahbari, ekskursovod) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olingandan keyin rasmiylashtiriladi. Avtobusning buyurtmachida boʻlishi muddati, tashish uchun masʼul shaxsning familiyasi yoʻl varaqasiga kiritilishi kerak. | Shartnomalar va buyurtmalar buyurtmachidan borish joyi, borish yoʻnalishi, toʻxtash joyi, tashilayotgan yoʻlovchilar soni, tashish uchun masʼul shaxs (guruh rahbari, ekskursovod) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olingandan keyin rasmiylashtiriladi. Avtobusning buyurtmachida boʻlishi muddati, tashish uchun masʼul shaxsning familiyasi yoʻl varaqasiga kiritilishi kerak. |
30. Har biriga 30 kishidan ortiq odam sigʻadigan ikki yoki undan ortiq avtobuslarda, har biriga 30 kishidan kam odam sigʻadigan yoʻlovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan shaxs belgilanadi. | 30. Har biriga 30 kishidan ortiq odam sigʻadigan ikki yoki undan ortiq avtobuslarda, har biriga 30 kishidan kam odam sigʻadigan yoʻlovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan shaxs belgilanadi. |
Kolonnalarni yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati transport vositalari bilan kuzatib borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari, harakat xavfsizligi xizmati avtomobillari bilan kuzatib borish haqidagi qaror esa — tashuvchilar tomonidan qabul qilinadi. | Kolonnalarni yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati transport vositalari bilan kuzatib borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari, harakat xavfsizligi xizmati avtomobillari bilan kuzatib borish haqidagi qaror esa — tashuvchilar tomonidan qabul qilinadi. |
Turistlar avtobuslari xavfsizlik talablariga (GPS, majburiy va (yoki) ixtiyoriy sugʻurta polislari, yorugʻlik qaytaruvchi maxsus moslama (liniya), ikki nafar haydovchi va ularda mobil aloqa mavjudligi) javob bergan taqdirda kuzatib borilmaydi. | Turistlar avtobuslari xavfsizlik talablariga (taxograf va navigatsiya qurilmalari, majburiy va (yoki) ixtiyoriy sugʻurta polislari, yorugʻlik qaytaruvchi maxsus moslama (liniya), ikki nafar haydovchi va ularda mobil aloqa mavjudligi) javob bergan taqdirda kuzatib borilmaydi. |
31. Tashuvchi avtobuslari harakatining tasdiqlangan yoʻnalishlariga muvofiq kelmaydigan maxsus tashishlar (vaxta, mehnatkashlarni ishlab chiqarish obyektlariga, qishloq xoʻjaligi ishlariga tashib borish) YHXDX hududiy organlari ruxsati bilan amalga oshiriladi. | 31. Tashuvchi avtobuslari harakatining tasdiqlangan yoʻnalishlariga muvofiq kelmaydigan maxsus tashishlar (vaxta, mehnatkashlarni ishlab chiqarish obyektlariga, qishloq xoʻjaligi ishlariga tashib borish) YHXDX hududiy organlari ruxsati bilan amalga oshiriladi. |
Bir martalik tashishlarga buyurtmalar tashuvchida moʻljallanayotgan yoʻnalishning yoʻl sharoitlari haqida axborot mavjud boʻlgan yoki bunday axborot buyurtmachidan olingandan keyin qabul qilinadi. Buyurtmachi berilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun toʻliq javob beradi. | Bir martalik tashishlarga buyurtmalar tashuvchida moʻljallanayotgan yoʻnalishning yoʻl sharoitlari haqida axborot mavjud boʻlgan yoki bunday axborot buyurtmachidan olingandan keyin qabul qilinadi. Buyurtmachi berilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun toʻliq javob beradi. |
Agar yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlamasa, avtobuslar ajratilmaydi. | Agar yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlamasa, avtobuslar ajratilmaydi. |
32. Bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayohat-ekskursiya tashishlarida buyurtmachi tashkilot rahbarlari: | 32. Bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayohat-ekskursiya tashishlarida buyurtmachi tashkilot rahbarlari: |
guruh rahbarini tanlash, tayyorlash va harakat xavfsizligi va texnika xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishini; | guruh rahbarini tanlash, tayyorlash va harakat xavfsizligi va texnika xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishini; |
sayyohlar, bolalar guruhlari bilan yoʻlda oʻzini tutish va avtobusdan foydalanish qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishini; | sayyohlar, bolalar guruhlari bilan yoʻlda oʻzini tutish va avtobusdan foydalanish qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishini; |
guruh rahbarini yoʻlovchilarning tasdiqlangan roʻyxati, YHXDXni bolalar tashilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma nusxasi bilan; | guruh rahbarini yoʻlovchilarning tasdiqlangan roʻyxati, YHXDXni bolalar tashilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma nusxasi bilan; |
haydovchilarni joy bilan (guruh xususiy sektorda joylashtirilganda alohida xona bilan); | haydovchilarni joy bilan (guruh xususiy sektorda joylashtirilganda alohida xona bilan); |
avtobusni uning saqlanishini taʼminlovchi sharoitlarda toʻxtash joyi bilan taʼminlashlari shart. | avtobusni uning saqlanishini taʼminlovchi sharoitlarda toʻxtash joyi bilan taʼminlashlari shart. |
Koʻrsatib oʻtilgan shartlar bajarilmaganda tashishlarga ruxsat berilmaydi. | Koʻrsatib oʻtilgan shartlar bajarilmaganda tashishlarga ruxsat berilmaydi. |
33. Viloyat (respublika) tashqarisiga sayohat-ekskursiyalarga muntazam olib borilgan hollarda buyurtmachi tashkilot (tashuvchi) avtobusning saqlanishini, orqaga qaytishga tayyor ekanligini, boshqa viloyatlar (respublikalar) hududida avtobusga texnik xizmat koʻrsatish imkoniyatini nazarda tutishi kerak. | 33. Viloyat (respublika) tashqarisiga sayohat-ekskursiyalarga muntazam olib borilgan hollarda buyurtmachi tashkilot (tashuvchi) avtobusning saqlanishini, orqaga qaytishga tayyor ekanligini, boshqa viloyatlar (respublikalar) hududida avtobusga texnik xizmat koʻrsatish imkoniyatini nazarda tutishi kerak. |
34. Guruhlarning rahbarlari avtobus harakati, unga chiqish va tushish paytida hamda bekatlarda yoʻlovchilar orasida, ayniqsa bolalar orasida zarur tartibni taʼminlashga majburdirlar. | 34. Guruhlarning rahbarlari avtobus harakati, unga chiqish va tushish paytida hamda bekatlarda yoʻlovchilar orasida, ayniqsa bolalar orasida zarur tartibni taʼminlashga majburdirlar. |
35. Tashuvchi: | 35. Tashuvchi: |
haydovchilarga yoʻnalish xususiyatlari toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, harakat xavfsizligini taʼminlashga, sayohat-ekskursiyaga tashishga — shuningdek sayohlar va ekskursiyachilarga xizmat koʻrsatish qoidalari, bolalarni tashishda — bunday tashishlarni amalga oshirish qoidalari toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, bu haqda yoʻl varaqasi hamda haydovchilar tarkibiga yoʻl-yoʻriq berish jurnalida qayd etishga; | haydovchilarga yoʻnalish xususiyatlari toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, harakat xavfsizligini taʼminlashga, sayohat-ekskursiyaga tashishga — shuningdek sayohlar va ekskursiyachilarga xizmat koʻrsatish qoidalari, bolalarni tashishda — bunday tashishlarni amalga oshirish qoidalari toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, bu haqda yoʻl varaqasi hamda haydovchilar tarkibiga yoʻl-yoʻriq berish jurnalida qayd etishga; |
avtobusning korxonaga qaytishining nazorat vaqtini tayinlashga, nazorat vaqti tamom boʻlgandan keyin ikki soatdan soʻng avtobus qayerda ekanligini aniqlash chora-tadbirlarini koʻrishga majburdir. | avtobusning korxonaga qaytishining nazorat vaqtini tayinlashga, nazorat vaqti tamom boʻlgandan keyin ikki soatdan soʻng avtobus qayerda ekanligini aniqlash chora-tadbirlarini koʻrishga majburdir. |
36. Sayohat ekskursiyalarga olib boruvchi yoki bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, agar ular yoʻlovchilar tashish qoidalariga, yoʻl harakati qoidalariga zid boʻlmasa, yoʻnalish oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlmasa, tashish uchun masʼullarning (guruh rahbarlarining) koʻrsatmalarini bajarishga majburdir. | 36. Sayohat ekskursiyalarga olib boruvchi yoki bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, agar ular yoʻlovchilar tashish qoidalariga, yoʻl harakati qoidalariga zid boʻlmasa, yoʻnalish oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlmasa, tashish uchun masʼullarning (guruh rahbarlarining) koʻrsatmalarini bajarishga majburdir. |
37. Maxsus tashishlarni tashkil etishda tashuvchi: | 37. Maxsus tashishlarni tashkil etishda tashuvchi: |
yoʻnalishni tanlashga (imkoni boricha qattiq qoplamali yoʻllar boʻyicha); | yoʻnalishni tanlashga (imkoni boricha qattiq qoplamali yoʻllar boʻyicha); |
buyurtmachi bilan birgalikda tashish uchun avtobus modelini tanlashga, yoʻnalish masofasini belgilashga va harakat tezligini normallashtirishga, xavfsizlik taʼminlanishini, haydovchilarning mehnati va dam olishi belgilangan rejimini hisobga olgan holda avtobuslar harakati jadvalini tuzishga va tasdiqlashga; | buyurtmachi bilan birgalikda tashish uchun avtobus modelini tanlashga, yoʻnalish masofasini belgilashga va harakat tezligini normallashtirishga, xavfsizlik taʼminlanishini, haydovchilarning mehnati va dam olishi belgilangan rejimini hisobga olgan holda avtobuslar harakati jadvalini tuzishga va tasdiqlashga; |
mazkur Talablarni hisobga olgan holda tashish uchun zarur boʻlgan avtobuslar sonini aniqlashga; | mazkur Talablarni hisobga olgan holda tashish uchun zarur boʻlgan avtobuslar sonini aniqlashga; |
buyurtmachi bilan birgalikda yoʻnalish hujjatlarini tuzishga, ularni davlat avtomobil nazorati bilan kelishishga majburdir. | buyurtmachi bilan birgalikda yoʻnalish hujjatlarini tuzishga, ularni davlat avtomobil nazorati bilan kelishishga majburdir. |
VI. Bolalarni tashish | VI. Bolalarni tashish |
38. Bolalarni (16 yoshgacha boʻlgan) tashishni tashkil etish Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga hamda mazkur Talablarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. | 38. Bolalarni (16 yoshgacha boʻlgan) tashishni tashkil etish Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga hamda mazkur Talablarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. |
39. Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yorugʻ paytida yaqin masofani yoritadigan chiroqlar yoqilgan holda amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yoʻl, meteorologiya va boshqa sharoitlarga koʻra haydovchi (kuzatib borilganda — uning taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs) tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi kerak. | 39. Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yorugʻ paytida yaqin masofani yoritadigan chiroqlar yoqilgan holda amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yoʻl, meteorologiya va boshqa sharoitlarga koʻra haydovchi (kuzatib borilganda — uning taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs) tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi kerak. |
40. Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar tashuvchilar tomonidan guruhga oʻqituvchilar yoki maxsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamkorlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy xodimlar ajratish toʻgʻrisidagi masala joylarda sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi. | 40. Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar tashuvchilar tomonidan guruhga oʻqituvchilar yoki maxsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamkorlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy xodimlar ajratish toʻgʻrisidagi masala joylarda sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi. |
Bolalar, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun taʼlim muassasasi maʼmuriyati (tashkilotchi) joʻnab ketish sanasini, yoʻnalishni va joʻnab ketuvchilar sonini koʻrsatgan holda tegishli ravishda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga yoki oʻrta maxsus taʼlim boshqarmasiga murojaat qiladi. Bolalar, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari joʻnab ketishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, qoidaga koʻra, joʻnab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi. Joʻnab ketish uchun tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi yoki oʻrta maxsus taʼlim boshqarmasining ruxsatnomasi olingandan keyin taʼlim muassasasi maʼmuriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzadi. Taʼlim muassasasi maʼmuriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin joʻnab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yoʻlini, shuningdek, barcha yoʻlovchilar roʻyxatini, avtobuslar toʻgʻrisidagi (mansubliligi, markasi, davlat roʻyxatdan oʻtkazish raqami belgisi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan boriladigan qatnov yoʻlida ob-havo yoki yoʻl sharoitlarining nomuvofiqligi, shu jumladan, borish punktiga harakatlanishda cheklanishlar mavjudligi, shuningdek, transport vositalari va haydovchilar malakasining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga nomuvofiqligi holatlarida hamrohlik qilish rad etilishi haqida qaror qabul qilinishi mumkin. | |
41. Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish taqiqlanadi. | 41. Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish taqiqlanadi. |
42. Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda tashuvchilar: | 42. Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda tashuvchilar: |
bolalarni borish joyiga oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlovchi maxsus qatnovlarni nazarda tutishga, ushbu qatnovlar koʻp boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdir. Bunday tashishlar bajarilishini, avtomobil yoʻllari holatini, bolalarni tushirish va chiqarish punktlarini muntazam nazorat qilishga; | bolalarni borish joyiga oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlovchi maxsus qatnovlarni nazarda tutishga, ushbu qatnovlar koʻp boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdir. Bunday tashishlar bajarilishini, avtomobil yoʻllari holatini, bolalarni tushirish va chiqarish punktlarini muntazam nazorat qilishga; |
yoʻnalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning oʻtish vaqti koʻrsatilgan maxsus toʻxtash belgilari oʻrnatishga majburdir. | yoʻnalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning oʻtish vaqti koʻrsatilgan maxsus toʻxtash belgilari oʻrnatishga majburdir. |
VII. Avtobus yoʻnalishlaridagi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, paromlar, bekatlar va boshqa inshootlar | VII. Avtobus yoʻnalishlaridagi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, paromlar, bekatlar va boshqa inshootlar |
43. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom orqali oʻtish joylarining texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablarini qanoatlantirishi kerak. | 43. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom orqali oʻtish joylarining texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablarini qanoatlantirishi kerak. |
45. Yoʻl, kommunal tashkilotlari, boshqa tashkilotlar transport harakatini qiyinlashtiruvchi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlarni oʻtkazishda: | 45. Yoʻl, kommunal tashkilotlari, boshqa tashkilotlar transport harakatini qiyinlashtiruvchi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlarni oʻtkazishda: |
bu haqda 10 kundan kechikmay tegishli davlat avtomobil nazorati organlarini xabardor qilishga, ularga tuzatish-qurilish ishlarini bajarish davrida aylanib oʻtishning kelishilgan variantlarini taqdim etishga; | bu haqda 10 kundan kechikmay tegishli davlat avtomobil nazorati organlarini xabardor qilishga, ularga tuzatish-qurilish ishlarini bajarish davrida aylanib oʻtishning kelishilgan variantlarini taqdim etishga; |
aylanib oʻtish yoʻlini yoʻl harakatini tashkil etishning zarur texnik vositalari bilan jihozlab, ularni xavfsiz harakat uchun yaroqli holga keltirishga majburdir. | aylanib oʻtish yoʻlini yoʻl harakatini tashkil etishning zarur texnik vositalari bilan jihozlab, ularni xavfsiz harakat uchun yaroqli holga keltirishga majburdir. |
46. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllarini yopish bilan bogʻliq tuzatish ishlari va ishlarning boshqa turlarini bajarishga ruxsatnomalar hokimliklar tomonidan beriladi. Ruxsatnoma bunday ishlarni bajarish joyi, vaqti, harakatni tartibga solishning vaqtinchalik texnik vositalarini joylashtirish davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan sxemasi mavjud boʻlgan taqdirda beriladi. | 46. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllarini yopish bilan bogʻliq tuzatish ishlari va ishlarning boshqa turlarini bajarishga ruxsatnomalar hokimliklar tomonidan beriladi. Ruxsatnoma bunday ishlarni bajarish joyi, vaqti, harakatni tartibga solishning vaqtinchalik texnik vositalarini joylashtirish davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan sxemasi mavjud boʻlgan taqdirda beriladi. |
47. Avtobuslar muntazam harakat qiladigan avtomobil yoʻllari, koʻchalarni tuzatish va saqlash yoʻl, kommunal tashkilotlar va ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalariga, yoʻllardan foydalanish qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ hujjatlariga, shuningdek hokimliklar tomonidan belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi. | 47. Avtobuslar muntazam harakat qiladigan avtomobil yoʻllari, koʻchalarni tuzatish va saqlash yoʻl, kommunal tashkilotlar va ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalariga, yoʻllardan foydalanish qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ hujjatlariga, shuningdek hokimliklar tomonidan belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi. |
Avtomobil yoʻllari, koʻchalarni qishda saqlash (ularni qordan tozalash, yaxmalakka qarshi kurash) tartibga soluvchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. | Avtomobil yoʻllari, koʻchalarni qishda saqlash (ularni qordan tozalash, yaxmalakka qarshi kurash) tartibga soluvchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. |
48. Avtomobil yoʻllarining qish davridagi holati va qatnovga yaroqliligi toʻgʻrisida ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar yoʻl harakati qatnashchilarini tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilganligi haqida oʻz vaqtida xabardor qilishga majburdirlar. | 48. Avtomobil yoʻllarining qish davridagi holati va qatnovga yaroqliligi toʻgʻrisida ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar yoʻl harakati qatnashchilarini tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilganligi haqida oʻz vaqtida xabardor qilishga majburdirlar. |
49. Yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish yoʻllar tasarrufida boʻlgan tegishli yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek ichki ishlar organlarining ixtisoslashtirilgan montaj-foydalanish boʻlinmalari (shaharlarda va boshqa aholi punktlarida) tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa hollarda bunday ish ichki ishlar organlarining koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari tomonidan ushbu yoʻllar balansida boʻlgan tashkilotlar va idoralarning mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. | 49. Yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish yoʻllar tasarrufida boʻlgan tegishli yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek ichki ishlar organlarining ixtisoslashtirilgan montaj-foydalanish boʻlinmalari (shaharlarda va boshqa aholi punktlarida) tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa hollarda bunday ish ichki ishlar organlarining koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari tomonidan ushbu yoʻllar balansida boʻlgan tashkilotlar va idoralarning mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. |
Tartibga solishning texnik vositalarini oʻrnatish yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining yozma koʻrsatmasi yoki ruxsatnomasiga koʻra davlat standartlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. | Tartibga solishning texnik vositalarini oʻrnatish yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining yozma koʻrsatmasi yoki ruxsatnomasiga koʻra davlat standartlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. |
50. Tashuvchilar, vokzallar va avtostansiyalar, avtobuslarning haydovchilari yoʻl, kommunal organlari va boshqa organlarga tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom bilan oʻtish joylarining holatidagi, muhandislik uskunalaridagi harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar toʻgʻrisida tasarrufida ular boʻlgan organlarga hamda davlat avtomobil nazoratlariga darhol maʼlum qilishlari kerak. | 50. Tashuvchilar, vokzallar va avtostansiyalar, avtobuslarning haydovchilari yoʻl, kommunal organlari va boshqa organlarga tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom bilan oʻtish joylarining holatidagi, muhandislik uskunalaridagi harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar toʻgʻrisida tasarrufida ular boʻlgan organlarga hamda davlat avtomobil nazoratlariga darhol maʼlum qilishlari kerak. |
Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi tashuvchilarda haydovchilarning yoʻl sharoitlarini, yoʻnalishdagi harakatni tashkil etish tizimini yaxshilashga oid takliflarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun maxsus jurnallar yuritilishi kerak. | Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi tashuvchilarda haydovchilarning yoʻl sharoitlarini, yoʻnalishdagi harakatni tashkil etish tizimini yaxshilashga oid takliflarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun maxsus jurnallar yuritilishi kerak. |
Avtobus bekatlari | Avtobus bekatlari |
51. Avtobus bekatlarining joylashishini tanlash qurilish normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib tashish buyurtmachisi va yoʻl tashkilotlari tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yoʻlovchilarga eng koʻp qulaylikni taʼminlash, avtobus bekatlari koʻrinib turishi zarurligi hamda ularning hududida transport vositalari harakati va piyodalar xavfsizligi shartlariga rioya etilishi kerak. Avtobus bekatlari joylashgan joy shahar (tuman) bosh meʼmori, yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati bilan, temir yoʻldan oʻtish joylari hududida esa — temir yoʻl boʻlinmalari bilan kelishiladi va hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi. | 51. Avtobus bekatlarining joylashishini tanlash qurilish normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib tashish buyurtmachisi va yoʻl tashkilotlari tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yoʻlovchilarga eng koʻp qulaylikni taʼminlash, avtobus bekatlari koʻrinib turishi zarurligi hamda ularning hududida transport vositalari harakati va piyodalar xavfsizligi shartlariga rioya etilishi kerak. Avtobus bekatlari joylashgan joy shahar (tuman) bosh meʼmori, yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati bilan, temir yoʻldan oʻtish joylari hududida esa — temir yoʻl boʻlinmalari bilan kelishiladi va hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi. |
Shaharlarda avtobus bekatlarini obodonlashtirish hokimliklar tomonidan, avtomobil yoʻllarida yoʻl tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. | Shaharlarda avtobus bekatlarini obodonlashtirish hokimliklar tomonidan, avtomobil yoʻllarida yoʻl tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. |
52. Hokimliklar va yoʻl organlari qurilish normalari va qoidalariga muvofiq shaharlarda va aholi punktlarida sutkaning qorongʻi vaqtida avtobus bekatlari hamda ularning atrofi yoritilishini tashkil etishni taʼminlashi kerak. | 52. Hokimliklar va yoʻl organlari qurilish normalari va qoidalariga muvofiq shaharlarda va aholi punktlarida sutkaning qorongʻi vaqtida avtobus bekatlari hamda ularning atrofi yoritilishini tashkil etishni taʼminlashi kerak. |
53. Avtobus bekatlarini saqlash va tozalash tartibi hokimliklar, shuningdek ushbu ishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan belgilanadi. | 53. Avtobus bekatlarini saqlash va tozalash tartibi hokimliklar, shuningdek ushbu ishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan belgilanadi. |
Toʻxtash pavilyonlari va chiqish maydonlarini, oʻtish-tezlik polosalalarini qordan tozalash shart. | Toʻxtash pavilyonlari va chiqish maydonlarini, oʻtish-tezlik polosalalarini qordan tozalash shart. |
Temir yoʻldan kesib oʻtish | Temir yoʻldan kesib oʻtish |
54. Avtobus yoʻnalishlarini belgilashda yoʻlning temir yoʻlni kesib oʻtishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak. | 54. Avtobus yoʻnalishlarini belgilashda yoʻlning temir yoʻlni kesib oʻtishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak. |
Bunday yechimga kelish imkoni boʻlmagan istisno hollarda shlagbaumli va shlagbaumsiz amaldagi oʻtish joylarida avtobus harakatini (doimiy yoki vaqtincha) ochishga har bir alohida holatda yoʻl boʻlimi boshligʻining yoki oʻtish joyi boʻysunishida boʻlgan boshqa tashkilotning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda shlagbaumsiz oʻtish joylarida avtobus harakatiga ular avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangandan keyin ruxsat beriladi. Shlagbaumsiz, avtomatik svetofor signalizatsiyasi oʻrnatilmagan oʻtish joylari boʻyicha avtobus yoʻnalishlarini joriy etish taqiqlanadi. | Bunday yechimga kelish imkoni boʻlmagan istisno hollarda shlagbaumli va shlagbaumsiz amaldagi oʻtish joylarida avtobus harakatini (doimiy yoki vaqtincha) ochishga har bir alohida holatda yoʻl boʻlimi boshligʻining yoki oʻtish joyi boʻysunishida boʻlgan boshqa tashkilotning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda shlagbaumsiz oʻtish joylarida avtobus harakatiga ular avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangandan keyin ruxsat beriladi. Shlagbaumsiz, avtomatik svetofor signalizatsiyasi oʻrnatilmagan oʻtish joylari boʻyicha avtobus yoʻnalishlarini joriy etish taqiqlanadi. |
55. Temir yoʻldan kechib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish joylarini qurish va ularga xizmat koʻrsatish yoʻriqnomasiga qatʼiy muvofiq holda saqlanadi va jihozlanadi. | 55. Temir yoʻldan kechib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish joylarini qurish va ularga xizmat koʻrsatish yoʻriqnomasiga qatʼiy muvofiq holda saqlanadi va jihozlanadi. |
56. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi temir yoʻllari umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari bilan kesishgan kesib oʻtish yoʻllari umumiy foydalaniladigan kesib oʻtish yoʻllari hisoblanadi va kompaniya mablagʻlari hisobiga saqlanadi. | 56. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi temir yoʻllari umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari bilan kesishgan kesib oʻtish yoʻllari umumiy foydalaniladigan kesib oʻtish yoʻllari hisoblanadi va kompaniya mablagʻlari hisobiga saqlanadi. |
Idoraviy kesib oʻtish temir yoʻllari umumiy foydalaniladigan yoʻllar yoki alohida korxonalarning yoʻllari bilan kesib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish temir yoʻllariga qarashli boʻlgan tashkilotlar hisobiga yoxud ulardan foydalanuvchi tashkilotlar hisobiga saqlanadi. | Idoraviy kesib oʻtish temir yoʻllari umumiy foydalaniladigan yoʻllar yoki alohida korxonalarning yoʻllari bilan kesib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish temir yoʻllariga qarashli boʻlgan tashkilotlar hisobiga yoxud ulardan foydalanuvchi tashkilotlar hisobiga saqlanadi. |
57. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning boʻlinmalari, tasarrufida temir yoʻllar boʻlgan vazirliklar va idoralar avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa vazirliklarni, shuningdek davlat avtomobil nazoratini avtobusda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida transport vositalari oʻtishi qoidalari buzilayotgan yoki qiyinlashayotgan temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari yoki yoʻllarni rekonstruksiya va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlar toʻgʻrisida 5 kun oldin xabardor qilishlari kerak. | 57. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning boʻlinmalari, tasarrufida temir yoʻllar boʻlgan vazirliklar va idoralar avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa vazirliklarni, shuningdek davlat avtomobil nazoratini avtobusda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida transport vositalari oʻtishi qoidalari buzilayotgan yoki qiyinlashayotgan temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari yoki yoʻllarni rekonstruksiya va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlar toʻgʻrisida 5 kun oldin xabardor qilishlari kerak. |
58. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali yoki ularda transport vositalari oʻtishi buzilganda yoki qiyinlashganda tuzatish ishlarini bajarish vaqtida ularni aylanib oʻtishdagi harakat tartibi tuzatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, davlat avtomobil nazorati bilan oʻtish joyining piyodalar yuradigan qismini tuzatishda esa tegishli yoʻl tashkilotlari bilan kelishiladi. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali avtobuslar harakati Yoʻl harakati qoidalari talablarini qatʼiy bajargan holda alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. | 58. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali yoki ularda transport vositalari oʻtishi buzilganda yoki qiyinlashganda tuzatish ishlarini bajarish vaqtida ularni aylanib oʻtishdagi harakat tartibi tuzatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, davlat avtomobil nazorati bilan oʻtish joyining piyodalar yuradigan qismini tuzatishda esa tegishli yoʻl tashkilotlari bilan kelishiladi. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali avtobuslar harakati Yoʻl harakati qoidalari talablarini qatʼiy bajargan holda alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. |
59. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari hududida toʻxtash punktlari eng yaqin temir yoʻl relsidan kamida 100 m masofada joylashtirilishi, ularning texnik yechimi esa avtobus toʻxtagan taqdirda transportning asosiy harakat yoʻli boʻylab toʻsiqsiz harakatini taʼminlashi kerak. | 59. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari hududida toʻxtash punktlari eng yaqin temir yoʻl relsidan kamida 100 m masofada joylashtirilishi, ularning texnik yechimi esa avtobus toʻxtagan taqdirda transportning asosiy harakat yoʻli boʻylab toʻsiqsiz harakatini taʼminlashi kerak. |
Koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sunʼiy inshootlar | Koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sunʼiy inshootlar |
60. Avtobus yoʻnalishlaridagi koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sunʼiy inshootlar qurilish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak. | 60. Avtobus yoʻnalishlaridagi koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sunʼiy inshootlar qurilish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak. |
VIII. Yoʻllarni tekshirish | VIII. Yoʻllarni tekshirish |
61. Yangi ochilgan avtobus yoʻnalishlarining harakat xafsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yoʻl, kommunal va boshqa), shuningdek davlat avtomobil nazorati vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Yoʻnalishlarni tekshirish ular ochilishidan oldin, keyinchalik esa 1 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya aʼzolari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan avtobus yoʻnalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javob beradilar. | 61. Ochilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yoʻl, kommunal va boshqa), shuningdek yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyalar aʼzolari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javobgar boʻladilar. Komissiyalar yangi yoʻnalish ochish yuzasidan quyidagi choralarni amalga oshiradi: a) yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchilarning tashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi; b) harakat sxemasini belgilaydi va avtomobil yoʻli sharoitini oʻrganadi hamda yoʻnalishni qonunchilikda belgilangan harakat xavfsizligi talablariga mos boʻlishini aniqlaydi; v) yoʻnalish boʻylab sinov qatnovlarini amalga oshiradi; g) yoʻnalishni ochish yoki ochmaslik yuzasidan asoslangan xulosa tayyorlaydi. |
62. Yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi: | 62. Yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi: |
transport tashkiloti yoki yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalish toʻgʻrisidagi axborot; | transport tashkiloti yoki yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalish toʻgʻrisidagi axborot; |
yoʻl, kommunal tashkilotlar hamda ixtiyorida yoʻllar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va boshqalar boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari haqidagi maʼlumotlar (yoʻl chetlari oʻtish joylari parametrlari va ularning holati, yoʻl rejasi va profili elementlari, harakat tigʻizligi va tarkibi, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari, parom va muzliklar orqali oʻtish yoʻllarining holati, harakatni tashkil etish vositalari mavjudligi va boshqalar); | yoʻl, kommunal tashkilotlar hamda ixtiyorida yoʻllar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va boshqalar boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari haqidagi maʼlumotlar (yoʻl chetlari oʻtish joylari parametrlari va ularning holati, yoʻl rejasi va profili elementlari, harakat tigʻizligi va tarkibi, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari, parom va muzliklar orqali oʻtish yoʻllarining holati, harakatni tashkil etish vositalari mavjudligi va boshqalar); |
davlat avtomobil nazoratining yoʻl-transport hodisalari koʻp boʻladigan joylar, ularning sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari; | davlat avtomobil nazoratining yoʻl-transport hodisalari koʻp boʻladigan joylar, ularning sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari; |
yoʻnalishda ishlovchi haydovchilardan soʻrab-surishtirish; | yoʻnalishda ishlovchi haydovchilardan soʻrab-surishtirish; |
yoʻnalishni bevosita tekshirish asosida baholanadi. | yoʻnalishni bevosita tekshirish asosida baholanadi. |
Tegishli tashkilot rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan axborotni komissiyalarga oʻz vaqtida taqdim etishga majburdir. | Tegishli tashkilot rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan axborotni komissiyalarga oʻz vaqtida taqdim etishga majburdir. |
63. Tekshirish davomida harakat sharoitlariga koʻra yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar talablarini qoniqtirmaydigan uchastkalarni aniqlashda harakat uchun xavf tugʻdiruvchi aniq yoʻl omillari aniqlanadi, yoʻlning parametrlari, uning texnik toifasi aniqlanishi kerak, yoʻnalishning va uning ayrim bosqichlarining uzunligi oʻlchanadi. | 63. Tekshirish davomida harakat sharoitlariga koʻra yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar talablarini qoniqtirmaydigan uchastkalarni aniqlashda harakat uchun xavf tugʻdiruvchi aniq yoʻl omillari aniqlanadi, yoʻlning parametrlari, uning texnik toifasi aniqlanishi kerak, yoʻnalishning va uning ayrim bosqichlarining uzunligi oʻlchanadi. |
64. Tekshirish natijalari dalolatnomada aks ettiriladigan avtobus yoʻnalishining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida komissiyaning xulosasi beriladi. Dalolatnomaga shuningdek harakat sharoitlarini yaxshilashga va yoʻnalishda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning xulosalari ham kiritiladi. Tekshirish dalolatnomasi yoʻnalish hujjatlari bilan birgalikda tashuvchida saqlanadi. | 64. Tekshirish natijalariga koʻra yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida komissiyaning xulosasi beriladi. Xulosaga, shuningdek, harakat sharoitlarini yaxshilashga va yoʻnalishda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning takliflari ham kiritiladi. Tekshirish xulosasi yoʻnalish hujjatlari bilan birgalikda bir nusxasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalarida va ikkinchi nusxasi tashuvchida saqlanadi. |
65. Tekshirish dalolatnomalari yoʻnalishni ochish yoki yoʻnalishdan foydalanishni davom ettirish masalasini hal etish, yoʻlovchilar tashishni takomillashtirish va ularning xavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar holatidagi asbob-uskunalaridagi va saqlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil etish uchun tegishli hokimliklarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligiga (uning hududiy boshqarmasiga), Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi boʻlinmalari va YHXDXga beriladi. | 65. Tekshirish dalolatnomalari yoʻnalishni ochish yoki yoʻnalishdan foydalanishni davom ettirish masalasini hal etish, yoʻlovchilar tashishni takomillashtirish va ularning xavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar holatidagi asbob-uskunalaridagi va saqlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil etish uchun tegishli hokimliklarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi boʻlinmalari va YHXDXga beriladi. |
66. Dalolatnoma nusxalari kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish va ishlarni rejalashtirishda hisobga olish yoʻl, kommunal tashkilotlarga hamda ixtiyorida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari mavjud boʻlgan boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Dalolatnomalar nusxalari shuningdek harakatlanadigan tarkibning yoʻl sharoitlariga muvofiqligini taʼminlash, haydovchilarga yoʻl-yoʻriq berishda foydalanish, avtobuslar harakati tezligini normalash uchun avtokorxonaga hamda nazorat uchun YHXDXga beriladi. | 66. Dalolatnoma nusxalari kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish va ishlarni rejalashtirishda hisobga olish yoʻl, kommunal tashkilotlarga hamda ixtiyorida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari mavjud boʻlgan boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Dalolatnomalar nusxalari shuningdek harakatlanadigan tarkibning yoʻl sharoitlariga muvofiqligini taʼminlash, haydovchilarga yoʻl-yoʻriq berishda foydalanish, avtobuslar harakati tezligini normalash uchun avtokorxonaga hamda nazorat uchun YHXDXga beriladi. |
67. Zimmalariga dalolatnomada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuklangan tashkilotlar rahbarlari yoʻnalishni ochish yoki undan foydalanishni davlat ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organlarga moʻljallangan ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni muntazam taqdim etishlari kerak. | 67. Zimmalariga dalolatnomada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuklangan tashkilotlar rahbarlari yoʻnalishni ochish yoki undan foydalanishni davlat ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organlarga moʻljallangan ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni muntazam taqdim etishlari kerak. |
IX. Umumiy foydalaniladigan avtobus yoʻnalishlarini ochish va yopish 68. Yangi avtobus yoʻnalishlarini ochishda yoʻl harakati xavfsizligi maqsadida temir yoʻldan kesib oʻtishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji boʻlmagan taqdirda avtobuslarning temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishiga yoʻnalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga koʻra, temir yoʻl boshligʻi yoki temir yoʻllarni kesib oʻtish yoʻllari tasarrufida boʻlgan tashkilot rahbarining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. 69. Vaqtinchalik (mavsumiy) avtobus marshrutlari agar: past qoplamali yoʻllar boʻylab avtobus harakatini ochish talab etilsa; avtobuslarning ogʻirlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yoʻllari haqiqiy toifalariga muvofiqligini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa; avtomobil yoʻllari, koʻchalar uchastkalari boʻylab, sunʼiy inshoot, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va parom orqali oʻtish boʻyicha ularning texnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtobus harakatini ochish zarur boʻlganda tashkil etilishi mumkin. 70. Vaqtinchalik (mavsumiy) avtobus yoʻnalishini ochishda yoʻnalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtobuslar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashuvchilar, yoʻl, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar kompleksi aniq koʻrsatilishi kerak. 71. Avtobus yoʻnalishini yopish uning harakat xavfsizligi talablariga yoxud faoliyat koʻrsatishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda amalga oshiriladi. 72. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yoʻllar, yoʻl inshootlari buzilishi, yoʻl yoki meteorologiya sharoitlarining harakat xavfsizligi taʼminlanmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yoʻl, kommunal tashkilotlar YHXDX boʻlinmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari avtobus harakatini darhol toʻxtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yoʻl, kommunal tashkilotlariga, YHXDX boʻlinmalariga xabar beriladi. Avtobuslar harakatini vaqtincha toʻxtatish tartibi yoʻnalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi. | IX. Umumiy foydalaniladigan yoʻnalishlarni ochish, yopish va vaqtincha toʻxtatib turish 671. Umumiy foydalaniladigan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish quyidagicha amalga oshiriladi: a) Nukus va Toshkent shahri hamda viloyatlarning maʼmuriy markazlari boʻlgan shaharlardagi shahar avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari — hududlarning jamoat transporti bosh rejalariga muvofiq ishlab chiqilgan yoʻnalishlar tarmogʻi asosida shahar hokimliklari huzurida tuziladigan komissiyalar tomonidan; b) shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yoʻnalishlar: muntazam tashishni amalga oshirish niyatida boʻlgan tashuvchilar va fuqarolarning arizalari; xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari, hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilik vakillarining takliflari asosida hokimliklar huzurida tuziladigan komissiyalar tomonidan; v) shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar — Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 672. Vakolatli organlar tomonidan mavjud yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda quyidagilar eʼtiborga olinadi: a) yoʻnalishlar tarmogʻida olib borilgan oʻrganishlar asosida mavjud yoʻnalishlarni optimallashtirish zarurati; b) avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari, yoʻllarni tartibga solish elementlarining ekspluatatsiya holati va texnik xizmat koʻrsatish darajasining yoʻl harakati xavfsizligi va yoʻlovchilar harakati talablariga mosligi (mos kelmasligi); v) Transport vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari hamda tashuvchilar tomonidan oʻrganishlar asosida aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan barqaror yoʻlovchi oqimining mavjudligi (yoʻqligi); g) yoʻnalishlarda yoʻl harakati xavfsizligini va yoʻlovchilar harakatini taʼminlash, shuningdek yoʻl harakati sharoitlarini yaxshilash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish imkoniyati mavjudligi (mavjud emasligi); d) bir-birini takrorlovli yoʻnalishlarning mavjudligi (mavjud emasligi). Yoʻnalishlarning harakatlanish jadvalini (jadvallarini) ishlab chiqish va oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda yoʻnalish boʻyicha aniqlangan va vakolatli organning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan yoʻlovchi oqimini hisobga olinadi. Yoʻnalishga qoʻyilgan avtobuslarning umumiy sigʻimi yoʻnalishdagi umumiy yoʻlovchilar oqimidan kam boʻlmasligi kerak. 673. Yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish toʻgʻrisidagi ariza (taklif) quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organga yuboriladi: a) yoʻnalishning amaldagi pasporti; b) oʻzgartirilayotgan yoʻnalish boʻyicha transport vositalarining toifasi, jadvallar soni, harakatlanish jadvali va yangi yoʻnalish sxemasini oʻz ichiga olgan taklif; v) ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan shartlarni hisobga olgan holda yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish va yopishning maqsadga muvofiqligini asoslash. 674. Vakolatli organ arizani (taklifni) unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga roʻyxatdan oʻtkazadi va oʻn ish kunida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi. Arizani (taklifni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha vakolatli organ yoʻnalishni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Vakolatli organ qarori asosida yoʻnalishlar pasportiga va ushbu yoʻnalishlar boʻyicha amaldagi shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. 675. Yangi yoʻnalish tashkil etilgan kundan boshlab toʻqson kundan kechiktirmay muntazam tashishlarni amalga oshirish huquqini olish uchun ochiq tenderga qoʻyilishi kerak. 676. Transport vazirligi tomonidan yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarining elektron reyestri yuritiladi. Vakolatli organlar tomonidan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish va yopish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilingandan boshlab besh ish kunida Transport vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga elektron reyestrga kiritish uchun taqdim etiladi. Transport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan yoʻnalishlarni ochish, oʻzgartirish yoki yopish toʻgʻrisidagi qarorlar uch ish kunida elektron reyestrga kiritiladi. Maʼlumotlar elektron reyestrga kiritilgan kundan boshlab yoʻnalish ochilgan, oʻzgartirilgan yoki yopilgan deb hisoblanadi. 68. Yangi yoʻnalishlarini ochishda yoʻl harakati xavfsizligi maqsadida temir yoʻldan kesib oʻtishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji boʻlmagan taqdirda avtotransport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishiga yoʻnalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga koʻra, temir yoʻl boshligʻi yoki temir yoʻllarni kesib oʻtish yoʻllari tasarrufida boʻlgan tashkilot rahbarining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Shaharlarda umumiy uzunligiga koʻra bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraligʻida takrorlovchi avtobus bilan yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari ochilishiga yoʻl qoʻyilmaydi; Shahar va shahar atrofida yangi yoʻnalishlarni tashkil qilishda yoʻnalish sxemasi bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraligʻida takrorlash holatlarini inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Bunda avtobus yoʻnalishlari ustuvor ahamiyatga ega boʻladi. 69. Vaqtinchalik (mavsumiy) yoʻnalishlari, agar: past qoplamali yoʻllar boʻylab avtotransport harakatini ochish talab etilsa; avtotransportlarning ogʻirlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yoʻllari haqiqiy toifalariga muvofiqligini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa; avtomobil yoʻllari, koʻchalar uchastkalari boʻylab, sunʼiy inshoot, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va parom orqali oʻtish boʻyicha ularning texnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtotransport harakatini ochish zarur boʻlganda tashkil etilishi mumkin. 70. Vaqtinchalik yoʻnalishlarni ochishda yoʻnalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtotransport harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashuvchilar, yoʻl, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar kompleksi aniq koʻrsatilishi kerak. 71. Yoʻnalishlarni yopish uning harakat xavfsizligi talablariga yoxud faoliyat koʻrsatishi maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda amalga oshiriladi. 72. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yoʻllar, yoʻl inshootlari buzilishi, yoʻl yoki meteorologiya sharoitlarining harakat xavfsizligi taʼminlab boʻlmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yoʻl, kommunal tashkilotlar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari avtotransportlar harakatini darhol toʻxtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yoʻl, kommunal xoʻjaligi tashkilotlariga, yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalariga xabar beriladi. Avtotransport harakatini vaqtincha toʻxtatish tartibi yoʻnalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi. |
73. Yoʻl, kommunal tashkilotlar, avtokorxonalar, davlat avtomabil nazoratlari, gidrometerologiya xizmatlari, YHXDX boʻlinmalari, yoʻlovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari harakat uchun xavfli boʻlgan tabiiy ofatlar toʻgʻrisidagi ogohlantirish olinganligi toʻgʻrisida darhol bir-birlariga xabar qiladilar. | 73. Yoʻl, kommunal tashkilotlar, avtokorxonalar, davlat avtomabil nazoratlari, gidrometerologiya xizmatlari, YHXDX boʻlinmalari, yoʻlovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari harakat uchun xavfli boʻlgan tabiiy ofatlar toʻgʻrisidagi ogohlantirish olinganligi toʻgʻrisida darhol bir-birlariga xabar qiladilar. |
Dovullar toʻgʻrisida ogohlantirish olingach tashuvchilar, avtovokzallar, avtostansiyalar tabiiy ofat mintaqasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha avtokorxonalarni, xususiy shaxslarni harakatning vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart. | Dovullar toʻgʻrisida ogohlantirish olingach tashuvchilar, avtovokzallar, avtostansiyalar tabiiy ofat mintaqasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha avtokorxonalarni, xususiy shaxslarni harakatning vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart. |
74. Yangi avtobus yoʻnalishlarining ochilganligi, ishlab turganlari yopilganligi, ularning oʻzgartirilganligi, avtobuslar harakati vaqtincha toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida tashuvchilar, avtovokzallar, avtostansiyalar aholini, manfaatdor tashkilotlarni xabardor qiladi. 75. Avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya tarkibi yoʻnalishni ochish (yopish) huquqiga ega boʻlgan organning qarori bilan tasdiqlanadi. Qoidaga koʻra ushbu organning vakili boshchilik qiladigan komissiya tarkibiga Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi (uning hududiy boshqarmalari), tashuvchilar, YHXDX boʻlinmalari, yoʻl, kommunal tashkilotlar, temir yoʻl va temir yoʻllar tasarrufida boʻlgan boshqa tuzilmalar vakillari kiradi. Xalqaro avtobus yoʻnalishini ochishga tayyorgarlik koʻrish ishlari hududidan yoʻnalish oʻtishi moʻljallanayotgan davlatlar vakolatli organlarining shunday vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan bajariladi. Komissiyaga Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi boshchilik qiladi. | 74. Yangi yoʻnalishlarning ochilganligi, ishlab turganlari yopilganligi, ularning oʻzgartirilganligi, avtobuslar harakati vaqtincha toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida tashuvchilar, avtovokzallar, avtostansiyalar aholini, manfaatdor tashkilotlarni xabardor qiladi. 75. Avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya tarkibi mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlari bilan tuziladi. Komissiyalar xulosalari asosida yoʻnalishni ochish boʻyicha qarorlar yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha: a) shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari; b) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Transport vaziri tomonidan qabul qilinadi. 76. Vakolatli organning yoʻnalishni ochish boʻyicha ijobiy qaroriga asosan yoʻnalishlar hujjatlari (pasporti) ishlab chiqiladi. Muntazam yoʻnalishlar yoʻl, ob-havo va boshqa sharoitlar oqibatida hamda uzoq davr mobaynida (kamida 1 yil) tashuvchisiz qolgan taqdirda vaqtincha toʻxtatib turiladi. Muntazam yoʻnalishlarni vaqtincha toʻxtatib turish boʻyicha qarorlar yoʻnalishlarni ochish va yopish boʻyicha vakolatga ega organ tomonidan qabul qilinadi. X. Avtobus haydovchilari tomonidan mehnat va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish 77. Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korxonalar koʻl ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yoʻl varaqasi, shaxsiy nazorat kitobchasi, taxograf yozuvlarining tahlili natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilib boradi. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korxona darhol ularni bartaraf etishi va kelgusida ularga yoʻl qoʻymasligi kerak. 78. Avtobuslar yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan haydovchilarni yoʻnalishdagi harakat vaqtida charchogʻini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur. 79. Haydovchining mehnat va dam olish tartibini taʼminlamagan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 80. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan taxograflardan foydalanishga ruxsat etiladi. Liniyaga taxografi yoʻq yoki taxograf nosoz holda avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. 81. Korxona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taxograf yozuvlarini, foydalanilgan shaxsiy nazorat kitobchalarini oxirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab oʻn ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga muvofiq unga taqdim etishi kerak. 82. Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaxsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U oʻz yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga koʻra taqdim etishi shart. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taxograf) bilan jihozlangan boʻlsa, nazorat kitobchasi boʻlishi talab etilmaydi. 83. Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yoʻl varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish maʼlumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik maʼlumotlarini taqqoslash yoʻli bilan Chipta-hisob va yoʻl varaqalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi. |