Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2003 31.07.1997 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOBUSLARDA YOʻLOVChILAR TAShISh XAVFSIZLIGINI TAʼMINLAShGA DOIR TALABLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashishni tashkil etishni yaxshilash, ularning xavfsizligini taʼminlash va yangidan ochilayotgan hamda foydalanilayotgan avtobus yoʻnalishlarida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir ilova qilinayotgan talablar tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, avtotransport korxonalari, shuningdek yangidan ochilayotgan va amaldagi yoʻnalishlarda avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etuvchi shaxslar koʻrsatib oʻtilgan talablarga rioya qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoʻlovchi tashish avtotransporti muntazam ravishda harakatlanadigan oʻzlariga qarashli avtomobil yoʻllari va koʻchalarni zarur holdagi tartibga keltirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalarining texnik holati, koʻchalar va avtomobil yoʻllari zarur darajada obodonlashtirilishi, avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga hamda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish vazirning oʻrinbosari K. Rahimov kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 31-iyuldagi 378-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Talablar avtobuslarda yoʻlovchilar tashish harakati xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Talablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yanga avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qiluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar avtotransport korxonalari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa korxonalar, shuningdek, oʻz transporti bilan avtobuslarda yoʻlovchilar tashiydigan yoki ularning tizimiga* kirmaydigan korxonalar (tashkilotlar) bilan yoʻlovchilar tashish yuzasidan shartnomalar tuzuvchi xususiy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻz tizimida shaxsiy tarkibni tashish tartibini belgilovchi normativ aktlar va hujjatlarga amal qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligidan tashqari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temiryoʻl oʻtish joylari, paromlar qurilishi, rekonstruksiyasi, tuzatilishi va ularni saqlashni taʼminlovchi vazirliklar, idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakatini tartibga solish texnik vositalarini oʻrganuvchi va ulardan foydalanuvchi yoʻl, kommunal, boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport va yoʻl tashkilotlarini, davlat avtomobil nazoratini ob-havo sharoitlarining noqulay oʻzgarishi toʻgʻrisida xabardor qiluvchi gidrometeorologiya tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativlar va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi, yoʻl harakatini tartibga solish va tashkil etishga oid tadbirlarni oʻtkazuvchi davlat avtomobil nazorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport korxonalarida qatnovdan oldin va qatnovdan keyin haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining tashkilotlari uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligi bevosita yoʻnalishlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarning haydovchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtotransport korxonalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa korxonalar (tashkilotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temiryoʻl oʻtish yoʻllari, paromlar, yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalari boʻlgan yoʻllardan foydalanish kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar (korxonalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat atomobil nazorati (DAN) boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtotransport korxonalari, mulkchilik shakllaridan qati nazar, boshqa korxonalar (tashkilotlar), shuningdek, xususiy shaxslarning ular tomonidan xavfsizlikni taʼminlashdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarni tegishli malakaga ega boʻlgan haydovchilar bilan butlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari boʻyicha mashgʻulotlarni belgilangan muddatlarda oʻtkazish va haydovchilarning kasb mahoratini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarning oʻz vaqtida tibbiy qayta tekshirishdan va yoʻlga chiqishdan oldin muntazam tibbiy koʻrikdan oʻtishi ustidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarning stajirovkasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarni avtobuc yoʻnalishlari sxemalari, shuningdek, yoʻnalishdagi ob-havo sharoitlari, yoʻl holatining oʻzgarishi va yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilar tomonidan ish vaqtining yoʻl qoʻyiladigan muddatiga rioya etilishi, shuningdek ularning dam olishi va ovqatlanishi tashkil etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarni texnik jihatdan soz holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilar tashishni oqilona tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik taʼminlanishini, haydovchilar mehnati va dam olishini hisobga olgan holda yoʻlovchilar oqimini, harakat tezliklarini normalash va harakat jadvalini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslardan foydalanish, haydovchilar tomonidan yoʻnalish boʻyicha harakat jadvaliga va yoʻllarda harakatlanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻllardan foydalanish, kommunal, temiryoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ning avtobusda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashdagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarruflaridagi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temiryoʻl oʻtish joylari, paromlar, yoʻl belgilari, harakatni boshqarishning boshqa vositalarini harakatning toʻsiqsizligi va xavfsizligini taʼminlovchi texnik jihatdan soz holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllarning xavfli uchastkalarini operativ aniqlash, xavf manbalarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish yoki buning imkoni boʻlmagan taqdirda, avtobus harakatini toʻxtatish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temiryoʻl oʻtish joylari, paromlarni jihozlash va saqlashdagi avtobus yoʻnalishlarini tekshiruvchi komissiyalar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxonalar (tashkilotlar), mansabdor shaxslar, haydovchilar va harakatning boshqa qatnashchilari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qatnashchilarining xulq-atvori va oʻzaro munosabatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobus haydovchilari malakasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarning texnik holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, yoʻl inshootlari va temiryoʻl oʻtish joylarini saqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl belgilarini, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini oʻrnatish va saqlash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari, koʻchalarda xavfli uchastkalarni operativ aniqlash va bartaraf etish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisalari sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishni tartibga soluvchi normativlar va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish avtobusda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha DAN boʻlinmalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtobusda yoʻlovchilar tashishni tartibga soluvchi koʻrsatib oʻtilgan normativlar va qoidalar bajarilmagan taqdirda DAN tomonidan ularni bartaraf etish hamda zarurat boʻlsa avtobus harakatini toʻxtatish chora-tadbirlari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi yoki taʼminlovchi avtotransport korxonalari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa korxonalar (tashkilotlar) rahbarlari, shuningdek xususiy shaxslar mazkur Talablar bajarilmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. AVTOBUSDA YOʻLOVChILAR TAShIShNI TAShKIL ETIShDA HAYDOVChILARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Haydovchilarga avtobuslarni boshqarishga ruxsat berish Haydovchilarga transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish, imtihonlar qabul qilish va fuqarolarga haydovchilik guvohnomalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlararo yoʻnalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi boʻlib uzluksiz ishlayotgan shaxslargina qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ yoʻnalishlariga keyingi uch yilda haydovchi boʻlib uzluksiz ishlayotgan hamda avtobus boshqarish huquqini beruvchi belgiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Haydovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishlarda (muntazam tashishlarda) kamida 20 soat oldindan stajirovkani majburiy oʻtagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnovdan oldingi tibbiy nazoratdan muntazam oʻtgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobillar haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti toʻgʻrisidagi Nizom talablari bajarilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi avval ishlamagan yoʻnalishga yuborilganda qatnov oldi yoʻl yoʻrigʻidan majburiy tarzda oʻtishi, haydovchining yoʻnalish sxemasi va harakat jadvali bilan taʼminlangan taqdirdagina avtobusni boshqarishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi transport yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish uchun idoralarga qarashli avtobuslar jalb etilganda mazkur bandning 1, 3 va 4-talablari bajarilishi ushbu yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatuvchi avtokorxonaga yuklatiladi. Tibbiy nazoratni amalga oshirish avtobuslar tegishli boʻlgan avtokorxonaga yuklatiladi. Avtokorxonada tibbiy punktlar mavjud boʻlmagan taqdirda avtobuslar haydovchilarini marshrutlarda ishlashga qoʻyish ularning ahvoli harakat xavfsizligi muhandislari yoki muhandis-texnik xodimlar tomonidan majburiy baholangan taqdirdagina amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻz guvohnomalarida “VSDE” yoki “VSD” ruxsat beruvchi belgilarga ega boʻlgan, biroq ilgari avtobuslarda ishlamagan (maxsus tayyorgarlik avtobuslari haydovchilaridan tashqari) haydovchilar 15 ish kuni (112 soat) davomida ishlab chiqarish stajirovkasidan oʻtgandan keyin avtobusni boshqarishga qoʻyilishi mumkin, maxsus tayyorgarlik avtobuslari haydovchilari stajirovkani 32 kun (224 soat) oʻtaydilar. Haydovchi bir rusumli avtobusdan boshqa rusumli avtobusga oʻtkazilganda yoki bir yildan ortiq haydovchilik qilmagan haydovchi kamida 20 soat amalda haydash boʻyicha stajirovka oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtokorxona (tashuvchi)ning malaka komissiyasi tomonidan avtobuslar haydovchilarining kasb-kor sifatlari ularning mazkur toifadagi transport vositalarida bundan keyin ishlashi mumkinligi toʻgʻrisidagi masala hal etilgan holda besh yilda kamida bir marta baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayohat-ekskursiya tashishlari, shuningdek bolalarni tashish avtobusda kamida uch yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan haydovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtokorxonada avtobuslar haydovchilari bilan kasb mahoratini oshirishga doir mashgʻulotlar muntazam oʻtkazilishi kerak, u oʻz ichiga transportni boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni, yoʻl harakati qoidalarini bilishini tekshirishni, murakkab yoʻl-transport vaziyatlarida avtobusni xavfsiz boshqarish asoslarini oʻrganishni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. AVTOBUSLARNING TEXNIK HOLATI VA ULARDAN FOYDALANISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga texnik xizmat koʻrsatish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi Nizomga, tayyorlovchi korxonalarning yoʻriqnomalarga va boshqa normativ-texnik hujjatlarga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. I—III toifadagi avtomobil yoʻllarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-V toifadagi avtomobil yoʻllarida yuk nagruzkasi 6 tonnagacha boʻlgan avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Togʻ va ularga tenglashtirilgan yoʻnalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, shuningdek tegishlicha mahkamlash nuqtalariga ega boʻlgan barcha yoʻlovchilar oʻrinlaridagi xavfsizlik tasmalariga, tayyorlovchi zavodning konstruksiyaciga muvofiq gʻildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida “sayohatchi” yoki “ekskursiya” degan koʻrsatkich, bir martalik buyurtmalar boʻyicha maxsus tashishlar uchun esa “buyurtma” degan koʻrsatkich oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. YOʻLOVChILAR TAShIShNI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, avtotransport korxonalari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa korxonalar, shuningdek xususiy shaxslar respublika avtomobil transporti ustavlariga, yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, hududidan yoʻnalishlar oʻtadigan yoʻl harakati qoidalariga, avtomobil transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga, avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa nizomlarga va mazkur Nizomga amal qilishi kerak. Barcha sayohat-ekskursiya transport tashishlar majburiy tartibda sayohat-ekskursiya tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish harakat xavfsizligini taʼminlash albatta hisobga olingan holda avtokorxonalarning foydalanish xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Agar yoʻlovchilar ikki yoki bir necha yoʻnalishlar boʻyicha tashilishi mumkin boʻlsa, eng qulay yoʻl sharoitlariga ega boʻlgan yoʻnalish tanlanadi (qatnovlar kam, yaxshi asfaltlangan, harakat qilinadigan va yoʻl chekkasi kengroq, temir yoʻllarni kamroq kesib oʻtadigan va hokazo).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birlashmalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar (tashkilotlar) haydovchilar tomonidan harakat jadvaliga va avtobuslarda tashish normalariga rioya etilishiga alohida eʼtibor berishlari, qatnovning belgilangan yoʻnalishidan chetga chiqishlariga va harakat jadvalida nazarda tutilmagan joylarda toʻxtashlarga yoʻl qoʻymasliklari kerak*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-bandning talablari yakka tartibdagi transport vositasi egalari boʻlgan haydovchilarga ham tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar va shahar atrofidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishda avtobusdagi yoʻlovchilar soni avtobuslarning toʻliq odam ketishidan ortiq boʻlmasligi, shaharlararo, togʻ, sayohat-ekskursiya yoʻnalishlarida, bir martalik tashishlarda (shu jumladan, bolalarni tashishda) oʻtirish uchun belgilangan joylar sonidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarning bagaji (qoʻlda olib yuriladigan yukdan tashqari) bagaj boʻlmalari mavjud boʻlgan taqdirda faqat ularga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchining ish vaqti 12 soatdan ortiqni tashkil etadigan avtobusda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar harakatdagi sostavdan foydalanish sharoitlaridan kelib chiqib, oʻzlariga tegishli avtobuslarning eng yuqori harakat tezligini yoʻl harakati qoidalarida belgilangan darajadan past belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtobuslarning barcha turlarida yoʻlovchilar tashishda harakat jadvali ushbu tezliklar yoʻl harakati qoidalari, belgilar, shuningdek mazkur boʻlimning 5-bandini hisobga olgan holda belgilangan belgilarga muvofiq yoʻl qoʻyilgan shartlarda yoʻnalishlarning ayrim bosqichlarida harakat tezligining normativ qiymatlari asosida avtokorxonaning foydalanish xizmati tomonidan tuzilishi kerak*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Normativlar deganda tashishlarning xavfsizligi, aniqligi, muntazamligi va tejamliligini taʼminlovchi avtobuslar harakati tezligining oʻrtacha qiymati tushuniladi. Avtobuslar harakati tezliklari normativ qiymatlarini belgilash harakat tezligini normalashning tasdiqlangan metodikasi boʻyicha yoʻnalishlarni tekshirish materiallari asosida yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar (tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtobuslarning haydovchilari bekatlarni bosib oʻtish vaqti, tushlik va dam olish vaqti va joyi, yoʻnalish sxemasi koʻrsatilgan harakat jadvaliga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlararo yoʻnalishlarda harakat jadvalida qoʻshimcha ravishda tunash joyi va vaqti, shuningdek, aholi yashaydigan punktlarni va boshqa belgilarni bosib oʻtish vaqti koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayohat-ekskursiyalarga olib boruvchi avtobuslar harakati jadvalida har uch soatda oʻn minutdan dam olish, soʻngra esa har ikki soatdan keyin oʻn minutdan dam olish (dam olishni tushlik tanaffus bilan birga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi), haydovchilarning dam olish vaqti va joyi, avtobusni texnik koʻzdan kechirish (yoʻnalishning oxirgi punktida) majburiy tartibda nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtostansiyalar, avtovokzallar, avtokorxonalarda) agar ular harakat jadvalida nazarda tutilgan hollarda, chipta-hisobga olish varagʻida kelish va joʻnab ketish vaqti toʻgʻrisida belgini qayd etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Harakat xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi nosozliklar paydo boʻlganda, shuningdek haydovchi oʻzini yomon his etganda avtobus harakati darhol toʻxtatilishi kerak. Bu haqda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yoxud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishni bajarilishni taʼminlash choralarini koʻrishi majburiy boʻlgan avtokorxonaga xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shahar, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro aloqada avtobuslar bilan yoʻlovchilar tashish, shuningdek sayohat-ekskursiya, maxsus va bir martalik tashishlar faqat tasdiqlangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Har bir yoʻnalishga (bir martalik buyurtma boʻyicha yoʻnalishdan tashqari) yoʻnalish hujjatlari tuziladi. Bunday hujjatlar mavjud boʻlmaganda avtobus yoʻnalishidan foydalanish taqiqlanadi. Sayohat-ekskursiya yoʻnalishi hujjatlari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda sayohat-ekskkursiya tashkiloti tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir yangidan ochiladigan yoʻnalishga quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat avtomobil nazorati bilan kelishilgan yoʻnalish sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofani oʻlchash protokoli va avtobus harakati vaqti xronometraji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalish boʻyicha avtobuslar harakati jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kira haqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar yoʻnalishlariga hujjatlar uch nusxada tuziladi, ulardan biri avtokorxonada boʻladi, ikkinchisi shahar hokimligiga, uchinchisi birlashmaga (konsernga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat ichida shahar atrofiga va shaharlararo yoʻnalishlarga hujjatlar besh nusxada tuziladi, bittasi avtokorxonada, ikkinchisi avtovokzalda (avtovokzallar birlashmasida va yoʻlovchilar tashish avtostansiyalarida), uchinchisi birlashmada (konsernda) boʻladi, toʻrtinchisi “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi Yoʻlovchilar tashish bosh boshqarmasiga, beshinchisi viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Davlat avtomobil nazorati boʻlimlariga yuboriladi. Agar shaharlararo avtobus yoʻnalishlariga ikki korxona xizmat koʻrsatsa, u holda yoʻnalish hujjatlari olti nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlararo, viloyatlararo yoʻnalishlarga hujjatlar sakkiz nusxada tuziladi, ulardan bittasi avtokorxonada qoladi, birlashmalar (konsernlar)ga bittadan, tegishli avtovokzallarga ikkitadan beriladi, bittasi “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi yoʻlovchilar tashish Bosh boshqarmasiga beriladi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari DAN boʻlimlariga bittadan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yoʻnalishlar hujjatlari nusxalari avtokorxonalar, birlashmalar (konsernlar), avtovokzallarga, hududidan yoʻnalish oʻtadigan viloyat DANlariga bittadan, bittasi avtomobilda yoʻlovchilar tashish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim tuzilgan respublika avtotransport boshqarmasi organlariga, bittasi — “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi yoʻlovchilar tashish Bosh boshqarmasiga, bittasi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi DAN boshqarmasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻnalish oʻzgarsa yoki harakat shartlari barqaror ravishda oʻzgarsa yoʻnalish hujjatlariga davlat avtomobil nazorati bilan oldindan kelishuv boʻyicha tuzatishlar kiritiladi. Yoʻnalish hujjatlari har 5 yilda qayta tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Avtobuslar ishi ustidan nazoratni tashkil etish, yoʻl-transport hodisalaridan jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun oxirgi va oraliq (chiptalar kassa orqali sotilgan holda) bekatlar imkoni boricha telefon, telegraf, teletayp yoki radio aloqa bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SAYoHAT-EKSKURSIYA, MAXSUS TAShIShLAR VA BIR MARTALIK BUYuRTMALAR BOʻYIChA TAShIShLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sayohat-ekskursiya, maxsus yoki bir martalik tashishlar uchun tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarga avtobuslar ajratishga shartnomalarni va bir martalik buyurtmalarni rasmiylashtirish avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga muvofiq avtotransport korxonasi (tashkilot) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar va buyurtmalar buyurtmachidan borish joyi, borish yoʻnalishi, toʻxtash joyi, tashilayotgan yoʻlovchilar soni, tashish uchun masʼul shaxs (guruh rahbari, ekskursovod) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olingandan keyin rasmiylashtiriladi. Avtobusning buyurtmachida boʻlishi muddati, tashish uchun masʼul shaxsning familiyasi yoʻl varaqasiga kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur korxona avtobuslari harakati yoʻnalishlariga muvofiq kelmaydigan sayohat-ekskursiya yoki maxsus tashishlar yuqori turuvchi avtotransport korxonasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik tashishlarga buyurtmalar avtokorxonada moʻljallanayotgan yoʻnalishning yoʻl sharoitlari haqida axborot mavjud boʻlgan yoki bunday axborot buyurtmachidan olingandan keyin qabul qilinadi. Buyurtmachi berilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun toʻliq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlamasa, avtobuslar ajratilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholini sayohat-ekskursiyalarga transportda olib borish, odatda “Oʻzbekturizm” milliy korporatsiyasining avtokorxonalari va tashkilotlari, shuningdek sayohat-ekskursiya faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan sayohat-ekskursiya tashkilotlarining buyurtmalari boʻyicha umumiy foydalanishdagi avtokorxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan, shuningdek maxsus va bir martalik yoʻlovchilar tashish idoralarga qarashli transport bilan yoʻnalishlar boʻyicha harakat xavfsizligini taʼminlovchi yoʻl sharoitlari toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar boʻlgandagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ikki yoki undan ortiq avtobuslarda yoʻlovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Avtobus korxonasi (tashkilot) tomonidan masʼul shaxs tayinlanadi. Masʼul shaxsga yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kolonnalarni davlat avtomobil nazorati transport vositalari bilan kuzatab borish haqidagi qaror ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari, harakat xavfsizligi xizmati avtomobillari bilan kuzatib borish haqidagi qaror esa — tegishli avtotransport korxonalari (tashkilotlari) rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir martalik buyurtmalar boʻyicha sayohat-ekskursiyalarga yoʻlovchilar tashishda buyurtmanoma bergan tashkilotlar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— guruh rahbari tanlanishi, tayyorlanishi va unga harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnika masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— sayyohlar, bolalar guruhlariga yoʻlda yurish paytidagi xulq-atvor qoidalari va avtobuslardan foydalanish toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— guruh rahbarini yoʻlovchilarning tashkilot tomonidan tasdiqlangan roʻyxati, bolalar olib borilayotganligi haqida davlat avtomobil nazorati bildirishnomasining nusxasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— haydovchilarni joy (guruh xususiy sektorga joylashtirilganda alohida xona) ovqat bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— avtobuslarning saqlanishini taʼminlovchi sharoitlarga ega boʻlgan avtobus toʻxtash joylari bilan taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan shartlar bajarilmasa, tashishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat (respublika) tashqarisiga sayohat-ekskursiyalarga muntazam olib borilgan hollarda buyurtmachi tashkilot (avtobusning egasi boʻlgan tashkilot) avtobusning saqlanishini, orqaga qaytishga tayyor ekanligini, boshqa viloyatlar (respublikalar) hududida avtobusga texnik xizmat koʻrsatish imkoniyatini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Guruhlarning rahbarlari avtobus harakati, oʻsha chiqish va tushish paytida hamda bekatlarda yoʻlovchilar orasida, ayniqsa bolalar orasida zarur tartibni taʼminlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoʻlovchilar tashuvchi avtotransport korxonasi rahbarlari (tashkilot-avtobus egasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarga yoʻnalish xususiyatlari toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, harakat xavfsizligini taʼminlashga, sayohat-ekskursiyaga tashishga, shuningdek sayyohlar va ekskursiyachilarga xizmat koʻrsatish qoidalari, bolalarni tashishda — bunday tashishlarni amalga oshirish qoidalari toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga, bu haqda yoʻl varaqasi hamda haydovchilar tarkibiga yoʻl-yoʻriq berish jurnalida qayd etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobusning korxonaga qaytishining nazorat vaqtini tayinlashga, nazorat vaqti tamom boʻlgandan keyin ikki soatdan soʻng avtobus qayerda ekanligini aniqlash chora-tadbirlarini koʻrishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sayohat-ekskursiyalarga olib boruvchi yoki bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, agar ular yoʻlovchilar tashish qoidalariga, yoʻl harakati qoidalariga zid boʻlmasa, yoʻnalish oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlmasa, tashish uchun masʼullarning (guruh rahbarlarining) koʻrsatmalarini bajarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sayohat-ekskursiyalarga olib borish va bir martalik buyurtmalar boʻyicha tashish sutkaning yorugʻ vaqtida tashkil etiladi, sayyohlar guruhlarini tungi vaqtda aeroportda, aholi punkti doirasida temiryoʻl vokzallarida kutib olish va kuzatish bilan bogʻliq hollardan tashqari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus tashishlar (vaxta, mehnatkashlarni ishlab chiqarish obyektlariga, qishloq xoʻjaligi ishlariga olib kelish)ni tashkil etishda tashuvchi - avtotransport tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishni tanlashga (imkoni boricha qattiq qoplamali yoʻlda), mazkur Talablarning VIII boʻlimi 1—6-bandlariga muvofiq ushbu yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlarini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan birgalikda tashish uchun avtobus modelini tanlashga, yoʻnalish masofasini belgilashga va harakat tezligini normalashtirishga, harakat xavfsizligi, haydovchilarning mehnati va dam olishi belgilangan rejimni hisobga olgan holda avtobuslar harakati jadvalini tuzish va tasdiqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Talablarning IV boʻlimi 4-5-bandlarini hisobga olgan holda tashish uchun zarur boʻlgan avtobuslar sonini aniqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan birgalikda yoʻnalish hujjatlarini tuzishga, ularni davlat avtomobil nazorati bilan kelishishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. BOLALARNI TAShISh*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 16 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bolalarni tashishni tashkil etish mazkur talablarning IV boʻlimi 1—11-bandlariga, V boʻlimi 1—10-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yorugʻ paytida yaqin masofani yoritadigan chiroqlar yoqilgan holda amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yoʻl, meteorologiya va boshqa sharoitlarga koʻra haydovchi (kuzatib borilganda — uning taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs) tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 km dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sayohat-ekskursiyalarga olib borish va bolalarni bir martalik tashishlar buyurtmachida xalq taʼlimi mahalliy boʻlimlarining yozma ruxsatnomasi boʻlgan taqdirdagina tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tashishlar toʻgʻrisida yoʻnalishdagi harakat ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlarini koʻrish va kolonnaga maxsus transport vositalari hamrohlik qilishi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun (bolalarni sogʻlomlashtirish dam olish zonalariga, turistik bazalarga, madaniy-ommaviy tadbirlarga va hokazolarga ommaviy ravishda tashishda) davlat avtomobil nazorati majburiy tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashishda ruxsatnoma va davlat avtomobil nazoratiga bildirishnoma nusxalari tashishda buyurtmani rasmiylashtirishda avtotransport korxonasi (tashkilot)ga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar avtotransport korxonalari (tapshkilotlar) tomonidan guruhga oʻqituvchilar yoki maxsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamrohlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy xodimlar ajratish toʻgʻrisidagi masala joylarda sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda avtokorxona:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslar harakati yigʻma jadvallarida bolalarni borish joyiga oʻz vaqtida yetkazishni taʼminlovchi maxsus qatnovlar ajratishga, ushbu qatnovlar koʻp boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday tashishlar bajarilishini, avtomobil yoʻllari holatini, bolalarni tushirish va chiqarish punktlarini muntazam nazorat qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning oʻtish vaqti koʻrsatilgan maxsus toʻxtash belgilari oʻrnatishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. AVTOBUS YOʻNALIShLARIDAGI AVTOMOBIL YOʻLLARI, KOʻChALAR, SUNʼIY INShOOTLAR, TEMIR YOʻLDAN OʻTISh JOYLARI, PAROMLAR, BEKATLAR VA BOShQA INShOOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom orqali oʻtish joylarining texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat havfsizligi talablarini qondirishi kerak*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Normativ hujjatlar talablariga toʻliq javob bermaydigan yoʻllar boʻyicha vaqtinchalik marshrutlarda avtobuslar harakatini tashkil etishga istisno tariqasida yoʻl qoʻyiladi. Ushbu holda tegishli avtotransport, shuningdek yoʻl, kommunal tashkilotlari va tasarrufida yoʻllar boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan avtobuslar harakati xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari koʻrilishi kerak (xavfli uchastkalar yoʻnalishlari aniqlanishi va sxemaga kiritilishi; avtobus toʻxtash joylari belgilanishi, haydovchilarga yoʻl-yoʻriq berilishi, harakat havfsizligini taʼminlovchi tezlik belgilanishi; xavfli joylarda toʻsiqlar, yoʻl belgilari oʻrnatilishi va boshqalar). Agar yoʻllarning normativ hujjatlarga nomuvofiqligi mavsumiy tusda va ob-havo-iqlim omillarining taʼsiri bilan bogʻliq boʻlsa, unday holda avtobuslar harakati istisno tariqasida yilning yurish uchun qulay vaqtida amal qiluvchi yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin. Bunday yoʻnalishlarni ochish tartibi mazkur Talablarning IX boʻlimi 3-4-bandlari bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoʻl, kommunal tashkilotlari, boshqa tashkilotlar transport harakatini qiyinlashtiruvchi avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar va boshqalarni qurish, rekonstruksiya qilish va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlarni oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu haqda 10 kundan kechikmay tegishli davlat avtomobil nazorati organlarini xabardor qilishga, ularga tuzatish-qurilish ishlarini bajarish davrida aylanib oʻtishning kelishilgan variantlarini taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanib oʻtish yoʻlini yoʻl harakatini tashkil etishning zarur texnik vositalari bilan jihozlab, ularni xavfsiz harakat uchun yaroqli holga keltirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllarini yopish bilan bogʻliq tuzatish ishlari va ishlarning boshqa turlarini bajarishga ruxsatnomalar yoʻl-foydalanish tashkilotlari tomonidan, koʻchalarga esa — kommunal tashkilotlar, hokimliklarning maʼmuriy inspeksiyalari tomonidan beriladi. Ruxsatnoma bunday ishlarni bajarish joyi, vaqti, harakatni tartibga solishning vaqtinchalik texnik vositalarini joylashtirish vakolati boʻyicha Oʻzbekiston Rsspublikasi Ichki ishlar vazirligi viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari davlat avtomobil nazorati organlari bilan kelishilgan sxemasi mavjud boʻdgan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtobuslar muntazam harakat qiladigan avtomobil yoʻllari, koʻchalarni tuzatish va saqlash yoʻl, kommunal tashkilotlar va ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalariga, yoʻllardan foydalanish qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ hujjatlariga, shuningdek hokimliklar tomonidan belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari, koʻchalarni qishda saqlash ularni qordan tozalash talablarini tartibga soluvchi hujjatlar, yaxmalakka qarshi kurash tartibi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllarining qish davridagi holati va qatnovga yaroqliligi toʻgʻrisida ushbu yoʻllar tasarrufida boʻlgan yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar yoʻl harakati qatnashchilarini tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilganligi haqida oʻz vaqtida xabardor qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻl harakatini tartibga solishning texnik vositalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish yoʻllar tasarrufida boʻlgan tegishli yoʻl tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek ichki ishlar organlarining ixtisoslashtirilgan montaj-foydalanish boʻlinmalari (shahar va boshqa aholi punktlarida) tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa hollarda bunday ish ichki ishlar organlarining koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalari tomonidan ushbu yoʻllar balansida boʻlgan tashkilotlar va idoralarning mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solishning texnik vositalarini oʻrnatish vakolati boʻyicha davlat avtomobil nazoratining yozma koʻrsatmasi yoki ruxsatnomasiga koʻra davlat standartlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtokorxonalar, vokzallar va avtostansiyalar, avtobuslarning haydovchilari yoʻl, kommunal organlari va boshqa organlarga tasarrufida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, temir yoʻldan oʻtish joylari, parom bilan oʻtish joylarining holatidagi, muhandislik uskunalaridagi harakat xavfsizligiga xavf soluvchi kamchiliklar toʻgʻrisida tasarrufida ular boʻlgan organlarga hamda davlat avtomobil nazoratlariga darhol maʼlum qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtokorxonalarda haydovchilarning yoʻl sharoitlarini, yoʻnalishdagi harakatni tashkil etish tizimini yaxshilashga oid takliflarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun maxsus jurnallar yuritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOBUS BEKATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtobus bekatlarining joylashish oʻrnini tanlash qurilish normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib avtotransport korxonalari (tashkilotlari) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yoʻlovchilarga eng koʻp qulaylikni taʼminlash, avtobus bekatlari koʻrinib turishi zarurligi hamda ularning hududida transport vositalari harakati va piyodalar xavfsizligi shartlariga rioya etilishi kerak. Avtobus bekatlari joylashgan joy yoʻl, kommunal tashkilotlar, shahar (tuman) bosh meʼmori, davlat avtomobil nazorati bilan, temir yoʻldan oʻtish joylari hududida esa temir yoʻl boʻlinmalari bilan kelishiladi va hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlarda avtobus bekatlarini obodonlashtirish kommunal tashkilotlar tomonidan, avtomobil yoʻllarida yoʻl tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kommunal va yoʻl organlari qurilish normalari va qoidalariga muvofiq shaharlarda va aholi punktlarida sutkaning qorongʻi vaqtida avtobus bekatlari hamda ularning atrofi yoritilishini tashkil etishni taʼminlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Avtobus bekatlarini saqlash va tozalash tartibi hokimliklar, shuningdek ushbu ishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtash pavilonlari va chiqish maydonlarini, oʻtish-tezlik polosalarini qordan tozalash shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEMIR YOʻLDAN KESIB OʻTISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtobus yoʻnalishlarini belgilashda yoʻlning temir yoʻlni kesib oʻtishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday yechimga kelish imkoni boʻlmagan istisno hollarda shlagbaumli va shlagbaumsiz amaldagi oʻtish joylarida avtobus harakatini (doimiy yoki vaqtincha) ochishga har bir alohida holatda yoʻl boʻlimi boshligʻining yoki oʻtish joyi boʻysunishida boʻlgan boshqa tashkilotning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda shlagbaumsiz oʻtish joylari va avtobus harakatiga ular avtomatik svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangandan keyin ruxsat beriladi. Shlagbaumsiz, avtomatik svetofor signalizatsiyasi oʻrnatilmagan oʻtish joylari boʻyicha avtobus yoʻnalishlarini joriy etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish joylarini qurish va ularga xizmat koʻrsatish yoʻriqnomasiga qatʼiy muvofiq holda saqlanadi va jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi temir yoʻllari umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari bilan kesishgan kesib oʻtish yoʻllari umumiy foydalaniladigan kesib oʻtish yoʻllari hisoblanadi va kompaniya mablagʻlari hisobiga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy kesib oʻtish temir yoʻllari umumiy foydalaniladigan yoʻllar yoki alohida korxonalarning yoʻllari bilan kesib oʻtish yoʻllari kesib oʻtish temir yoʻl yoʻllari qarashli boʻlgan tashkilotlar hisobiga yoxud ulardan foydalanuvchi tashkilotlar hisobiga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning boʻlinmalari, tasarrufida temir yoʻllar boʻlgan vazirliklar va idoralar avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa vazirliklarni, shuningdek davlat avtomobil nazoratini avtobusda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida transport vositalari oʻtishi qoidalari buzilayotgan yoki qiyinlashayotgan temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari yoki yoʻllarni rekonstruksiya va tuzatish boʻyicha rejali tadbirlar toʻgʻrisida 5 kun oldin xabardor qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali yoki ularda transport vositalari oʻtishi buzilganda yoki qiyinlashganda tuzatish ishlarini bajarish vaqtida ularni aylanib oʻtishdagi harakat tartibi tuzatishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, davlat avtomobil nazorati bilan, oʻtish joyining piyodalar yuradigan qismini tuzatishda esa tegishli yoʻl tashkilotlari bilan kelishiladi. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali avtobuslar harakati Yoʻl harakati qoidalari talablarini qatʼiy bajargan holda alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari hududida toʻxtash punktlari eng yaqin temir yoʻl relsidan kamida 100 m masofada joylashtirilishi, ularning texnik yechimi esa avtobus toʻxtagan taqdirda transportning asosiy harakat yoʻli boʻylab toʻsiqsiz harakatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻPRIKLAR, KESIShGAN YOʻL USTIDAN OʻTKAZILGAN KOʻNDALANG YOʻLLAR, ESTAKADALAR VA BOShQA SUNʼIY INShOOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Avtobus yoʻnalishlaridagi koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sunʼiy inshootlar qurilish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. YOʻLLARNI TEKShIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi ochilgan avtobus yoʻnalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzavtoyoʻl” konserni, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yoʻl, kommunal va boshqa), shuningdek davlat avtomobil nazorati vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning tavsiya etilayotgan tarkibi yoʻnalishlarning vazifasiga bogʻliq ravishda ilovada keltirilgan. Yoʻnalishlarni tekshirish ular ochilishidan oldin, keyinchalik esa 1 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan avtobus yoʻnalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoʻnalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport tashkiloti yoki yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan yoʻnalish toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl, kommunal tashkilotlar hamda ixtiyorida yoʻllar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va boshqalar boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidai taqdim etiladigan yoʻnalishdagi yoʻl sharoitlari haqidagi maʼlumotlar (yoʻl chetlari oʻtish joylari parametrlari va ularning holati, yoʻl rejasi va profili elementlari, harakat tigʻizligi va tarkibi, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari, parom va muzliklar orqali oʻtish yoʻllarining holati, harakatni tashkil etish vositalari mavjudligi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat avtomobil nazoratining yoʻl-transport hodisalari koʻp boʻladigan joylar, ularning sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishda ishlovchi haydovchilardan soʻrab-surishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishni bevosita tekshirish asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tashkilot rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan axborotni komissiyalarga oʻz vaqtida taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tekshirish davomida harakat sharoitlariga koʻra yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar talablarini qoniqtirmaydigan uchastkalarni aniqlashda harakat uchun xavf tugʻdiruvchi aniq yoʻl omillari aniqlanadi; yoʻlning parametrlari, uning texnik toifasi aniqlanishi kerak, yoʻnalishning va uning ayrim bosqichlarining uzunligi oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tekshirish natijalari dalolatnomada aks ettiriladi. Dalolatnomada avtobus yoʻnalishining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida komissiyaning xulosasi beriladi. Dalolatnoma shuningdek harakat sharoitlarini yaxshilashga va yoʻnalishda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha komissiyaniig xulosalari ham kiritiladi. Tekshirish dalolatnomasi yoʻnalish hujjatlari bilan birgalikda avtokorxonaning foydalanish boʻlimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tekshirish dalolatnomalari yoʻnalishni ochish yoki yoʻnalishdan foydalanishni davom ettirish masalasini hal etish, yoʻlovchilar tashishni takomillashtirish va ularning xavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar holatidagi asbob-uskunalaridagi va saqlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil etish uchun tegishli hokimliklarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, “Oʻzavtoyoʻl” konserni boʻlinmalari va davlat avtomobil nazoratlariga berilada.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dalolatnoma nusxalari kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish va ishlarni rejalashtirishda hisobga olish uchun yoʻl, kommunal tashkilotlarga hamda ixtiyorida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari bor boʻlgan boshqa tashkilotlarga yuboriladi. Dalolatnomalar nusxalari shuningdek harakatlanadigan tarkibning yoʻl sharoitlariga muvofiqligini taʼminlash, haydovchilarga yoʻl-yoʻriq berishda foydalanish, avtobuslar harakati tizimini normalash uchun avtokorxonaga hamda nazorat uchun davlat avtomobil nazoratlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zimmalariga dalolatnomada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuklangan tashkilotlar rahbarlari yoʻnalishni ochish yoki undan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organlarga moʻljallangan ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni muntazam taqdim etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. UMUMIY FOYDALANIShDAGI AVTOBUS YOʻNALIShLARINI OChISh VA YoPISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi avtobus yunalishlari ochishni tashkil etish va ishlab turganlaridan foydalanish tegishli avtotransport korxonalari (tashkilotlari) tomonidan hududi boʻylab yoʻnalishlar oʻtadigan respublikalarning avtomobil transporti ustavlari bilan belgilangan tartibda, avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtobus yoʻnalishini ochish (yopish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimlik, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi davlat avtomobil nazoratlari qarorlari yoki ushbu qoidalarning qoʻshma qarorlari asosida avtotransnort korxonasi (tashkiloti)ning buyrugʻiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtobus yoʻnalishlarini ochishda avtotransport korxonalari (tashkilotlari) tomonidan ularning temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari orqali oʻtishini istisno etuvchi yechimlar qidirilishi kerak. Buning imkoni boʻlmagan hollarda temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari orqali qatnov avtobuslari (doimiy yoki vaqtancha) harakatini ochishga har bir alohida holatda yoʻnalishni tekshirgan komissiyaning taqdimnomasiga koʻra temir yoʻl boshligʻining yoki kesib oʻtish yoʻli qarashli boʻlgan tashkilot rahbarining ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vaqtinchalik (mavsumiy) avtobus marshrutlari agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past qoplamali yoʻllar boʻylab avtobus harakatini ochish talab etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobuslarning ogʻirlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yoʻllari haqiqiy toifalariga muvofiqligini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari, koʻchalar uchastkalari boʻylab, sunʼiy inshoot, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va parom orqali oʻtish boʻyicha ularning texnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtobus harakatini ochish zarur boʻlganda hokimliklarning yozma ruxsatnomasiga koʻra va davlat avtomobil nazoratlari bilan kelishuv boʻyicha avtotransport korxonasi (tashkiloti) tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vaqtinchalik (mavsumiy) avtobus yoʻnalishini ochishga ruxsatnoma uni tekshirgan komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Bunda ushbu yoʻnalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtobuslar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida tegishli avtokorxonalar va ixtiyorida avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar va boshqalar boʻlgan yoʻl, kommunal tashkilotlar va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar kompleksi aniq koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Avtobus yoʻnalishlari harakat xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda komissiyaning taqdimnomasi yoki davlat avtomobil nazoratining koʻrsatmasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi tomonidan avtobus harakatini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin. Ushbu qaror uch kun muddatda koʻrib chiqilishi kerak va qabul qilingandan keyin kuchga kiradi. Hokimlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi qabul qilingan qarorni avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtotransport tashkilotlariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yoʻllar, yoʻl inshootlari buzilishi, yoʻl yoki meteorologiya sharoitlarining harakat xavfsizligi taʼminlanmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardan avariyalar) yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxona (tashkilot), yoʻl, kommunal tashkilotlar, davlat avtomobil nazoratlari, shuningdek hokimliklar, Koraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi avtobus harakatini darhol toʻxtatish, bu haqda tegishli yoʻl, avtotransport, kommunal tashkilotlarga, davlat avtomobil nazoratlariga bir vaqtning oʻzida xabar bergan holda, huquqiga egadirlar. Avtobuslar harakatini vaqtincha toʻxtatish tartibi tegishli hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Noqulay yoʻl va meteorologiya sharoitlari mavjud boʻlgan ayrim hollarda avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar (tashkilotlar) rahbarlari tomonidan avtobuslar harakatiga harakatning erkin rejimida (jadvaldan tashqari) pasaytirilgan tezliklarda yurishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Talablarning IX boʻlimi 6-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra avtobuslar harakatini bir sutkadan ortiq muddatga yopish yoki yoʻnalishni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorni avtobusda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi avtotransport korxonasi (tashkilot) hokimlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi va davlat avtomobil nazoratining hududiy boʻlinmalari eʼtiboriga yetkazada.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoʻl, kommunal tashkilotlar, avtokorxonalar, davlat avtomobil nazoratlari, gidrometeorologiya xizmatlaridan harakat uchun xavfli boʻlgan tabiiy ofatlar toʻgʻrisidagi ogohlantirish olinganligi toʻgʻrisida darhol bir-birlariga xabar qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dovullar toʻgʻrisida ogohlantirish olingach, avtotransport korxonasi (avtovokzallar birlashmasi. avtostansiyalar, avtovokzallar) avtobuslarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha avtokorxonalarni tabiiy ofat hududiga harakatning vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish uchun uni yuqori turuvchi tashkilotga berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yangi avtobus yoʻnalishlarini ochish, ishlab turganlarini yopish, ularni oʻzgartirish, avtobuslar harakatini vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisida avtotransport korxonalari (tashkilotlari) aholini, manfaatdor korxonalar (tashkilotlar)ni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiyaning tavsiya etiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar hokimligining qarori bilan tasdiqlanadigan shahar, shahar atrofiga qatnovchi avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya avtotransport korxonasi, yoʻl, kommunal tashkilotlar, temir yoʻl yoki tasarrufida temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari boʻlgan boshqa tashkilotlar, shuningdek ichki ishlar shahar boʻlimlari, davlat avtomobil nazorati rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar hokimliklarining qarori bilan tasdiqlanadigan viloyat ichida, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi shaharlari oʻrtasida shaharlararo avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiyalar viloyat avtotransport birlashmalari, konsernlar, yoʻl va kommunal tashkilotlar, temir yoʻl yoki tasarrufida temir yoʻlni kesib oʻtish yoʻllari boʻlgan boshqa tashkilotlarning, shuningdek ichki ishlar viloyat boʻlimlari davlat avtomobil nazorati rahbarlarining oʻrinbosarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan “Oʻzavtoyoʻl” konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bilan kelishuv boʻyicha tasdiqlanadigan viloyatlararo, shaharlararo, respublikalararo va turistik avtobuslarni tekshirish boʻyicha komissiyalar ushbu vazirliklar va idoralarning: Yoʻlovchilar tashish bosh boshqarmasi, transport boʻlimi, Davlat yoʻl nazorati, Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi, yoʻl xizmati vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi tomonidan tasdiqlanadigan davlatlararo avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi boshqa davlatlarning avtomobil transportini boshqarish organlari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishuv boʻyicha tasdiqlaydigan davlatlararo turistik marshrutlarni tekshirish boʻyicha komissiyalar 3-bandida koʻrsatilgan tarkibda tashkil etiladi.