Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashining
Qarori
Tuman mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi va 2014-yildagi mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi SK-399-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi, xalq deputatlari viloyat Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi IV\38-124-sonli “Viloyat mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi va 2014-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-son qaror (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda)lariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-son, xalq deputatlari viloyat Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi IV\38-124-sonli “Viloyat mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi va 2014-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi boʻyicha Kasbi tuman hokimligi moliya boʻlimi (M. Amirov)ning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. 2014-yil tuman mahalliy budjetining daromadlari, yuqori budjetdan beriladigan maqsadli subvensiyalar va daromadlar bilan birga jami 61515100 ming soʻm hamda xarajatlari 61515100 ming soʻm miqdorida tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining doimiy komissiyalari, tuman hokimligi moliya boʻlimi budjetga toʻlovlarning toʻliq toʻlanishi, nazarda tutilgan xarajatlar miqdorining budjetdan oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi hamda davlat mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
5. Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi tuman hokimligi moliya boʻlimi bilan tumanning 2014-yil budjetining ijrosining borishi toʻgʻrisida Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga axborot kiritib borsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari D. Zoitov zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror “Sadoqat” gazetasida eʼlon qilinsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi A. XOLOV
Kasbi t.,
2014-yil 7-fevral,
IV/24-130-son