27.02.2014 yildagi IV/24-79-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlar Qamashi tumani kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi hamda 2014-yilgi mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-399-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda), Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi IV/38-124-sonli “Viloyat mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi hamda 2014-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (“Qashqadaryo” gazetasi 2014-yil 001(14758)-son)ga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi va xalq deputatlari viloyat Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi IV/38-124-sonli “Viloyat mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi hamda 2014-yilgi budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari amal qilish va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2013-yil tuman mahalliy budjetining kutilayotgan ijrosi boʻyicha Qamashi tuman hokimligi moliya boʻlimi (J. Norqobilov)ning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2014-yil tuman mahalliy budjetining daromadlari, yuqori budjetdan beriladigan maqsadli subvensiyalar hamda daromadlari bilan birga jami 84030107 ming soʻm va xarajatlari 84030107 ming soʻm miqdorida tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining doimiy komissiyalari, tuman hokimligi moliya boʻlimi budjetga toʻlovlarning toʻliq toʻlanishi, nazarda tutilgan xarajatlar miqdorining budjetdan oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi hamda davlat mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi tuman hokimligi moliya boʻlimi bilan tumanning 2014-yil budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashining 2013-yil 30-dekabrdagi IV-22/73-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari R. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror “Qamashi” gazetasida rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi R. MUXAMMADIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamashi sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV/24-79-son