Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son va “Suv xoʻjaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-iyuldagi 320-son qarorlari qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-sentabr,
411-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 09/19/981/4136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 12-son, 155-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 23-bandda “daryo havzalari” soʻzlaridan keyin “havza irrigatsiya tizimlari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 24-bandda “suv xoʻjaligi maydonlari” soʻzlari “havza irrigatsiya tizimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 27-bandda “suv xoʻjaligi maydonlari” soʻzlari “havza irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari” soʻzlari bilan, “xalq xoʻjaligi” soʻzlari esa “iqtisodiyot” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 40-bandning yettinchi xatboshida “Davlat suv kadastrining hududiy va mahalliy organlari uchun” soʻzlari “irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-avgustdagi 408-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Suv resurslarini toʻplash, ekin maydonlarini sugʻorish uchun nasos stansiyalarini elektr bilan taʼminlash va isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibida:
a) 1-bandda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi viloyat boshqarmalari” soʻzlari “irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandda “qishloq va suv xoʻjaligi viloyat boshqarmalari” soʻzlari “irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 249-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48—50-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari hududida oʻzaro suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish tartibining 3.1-bandi uchinchi xatboshida “Suv xoʻjaligi departamentining” soʻzlari “Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining “Oʻzbekiston SSRning Andijon, Namangan, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida paxtachilikni yanada rivojlantirish uchun yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish toʻgʻrisida” 1952-yil 16-noyabrdagi 1919-son qarori.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Markaziy Fargʻonada yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish boʻyicha Kolxozlararo sovet toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida” 1957-yil 27-maydagi 309-son qarori.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Markaziy Fargʻonada yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish boʻyicha Kolxozlararo sovet toʻgʻrisidagi nizomni qisman oʻzgartirish haqida” 1958-yil 26-iyuldagi 482-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR kolxozlari va sovxozlarida asalarichilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1960-yil 21-oktabrdagi 879-son qarori (OʻzSSR QT, 1960-y., 15-son, 78-modda).
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining ““Markaziy Fargʻonada yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish boʻyicha viloyat kolxozlararo sovetlari hamda OʻzSSR Suv xoʻjaligi vazirligining Fargʻona va Andijon viloyatlarida suv xoʻjaligi qurilishi trestlari tashkil etilishi bilan bogʻliq tadbirlar toʻgʻrisida” 1961-yil 6-apreldagi 251-son qarori, 8-banddan tashqari.
6. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Sanoat asosida tuxum va parranda goʻshti yetishtirishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1964-yil 3-sentabrdagi 740-son qarori” yuzasidan 1964-yil 23-sentabrdagi 577-son qarori (OʻzSSR QT, 1964-y., 5-son, 65-modda).
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Namangan viloyatida yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish boʻyicha kolxozlararo tashkilot tashkil etish toʻgʻrisida” 1968-yil 27-martdagi 116-son qarori.
8. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika kolxoz va sovxozlarida asalarichilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1970-yil 31-iyuldagi 398-son qarori.
9. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vazirligining asalarichilik boshqarmasini Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzasalarisanoat” asalarichilik boʻyicha respublika xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1976-yil 9-iyuldagi 405-son qarori.
10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika suv xoʻjaligi kengashini tuzish toʻgʻrisida” 1990-yil 26-iyundagi 247-son qarori.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika suv xoʻjaligi kengashi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1995-yil 27-apreldagi 149-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 156-modda; 2006-y., 48 — 50-son, 485-modda; 2013-y., 12-son, 155-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 12.12.2019-y., 09/19/981/4136-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)