Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA SUV XOʻJALIGI KENGASHI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻSHIMCHA KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro qoʻmitaga aʼzo boʻlib kirishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika suv xoʻjaligi kengashini tuzish toʻgʻrisida” 1990-yil 26-iyundagi 247-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika suv xoʻjaligi Kengashi toʻgʻrisidagi Nizomning birinchi boʻlimi quyidagi tahrirdagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Suv xoʻjaligi Kengashi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmitasi hisoblanadi, Irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro qoʻmitada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 27-aprel,
149-son