Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2021 12.09.2003 yildagi 395-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2021
Hujjat 01.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KAPITAL QURILIShDA XOʻJALIK MUNOSABATLARI MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish, shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi va qurilishning pirovard natijalari uchun investitsiya jarayoni qatnashchilarining javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martdagi 97-son, 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son va 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorlarini pudrat qurilish tashkilotlarini, ayniqsa past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan tashkilotlarni xususiylashtirish dasturlarini bajarish yuzasidan ishlarning qoniqarsiz ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Hukumatning yuqorida qayd etilgan qarorlarida koʻrsatib oʻtilgan pudrat qurilish tashkilotlarini 2003-2004-yillarda xususiylashtirishni toʻliq tugallasinlar, ular negizida asosan xususiy va qoʻshma korxonalar tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishda tegishli investitsiya majburiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda obyektlarni qonun hujjatlariga muvofiq tekin berish keng qoʻllanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat qurilish tashkilotlarini xususiylashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2003-2004-yillarda toʻliq xususiylashtiriladigan loyihalashtirish va qidiruv tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1-ilovada koʻrsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari toʻliq xususiylashtirilishini hamda loyiha ishlari bozorida raqobat muhiti yaratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, obyektlar qurilishini markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirayotgan vazirliklar va idoralar 2004-yil 1-iyulgacha kapital qurilish boʻyicha budjet buyurtmachilarining faoliyat koʻrsatib turgan hududiy xizmatlarini (boshqarmalar, boʻlimlar, direksiyalarni) tugatsin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan obyektlar qurilishi uchun yagona buyurtmachi xizmatlarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi hududiy xizmatining namunaviy tuzilmasi va Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 5 va 6-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yil 1-yanvardan boshlab yagona buyurtmachi xizmatlarining shtat jadvallari va taʼminotiga xarajatlar smetasi belgilangan tartibda majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi 2003-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda loyiha-qidiruv ishlari qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilashning yangilangan tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda obyektlar qurilishining umumiy qiymatidan loyiha-qidiruv ishlari qiymatining cheklangan darajalarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat qurilish tashkilotlarining davlat budjetiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga toʻlovlar boʻyicha qarzlari (shu jumladan ilgari kechiktirilgan qarzlari)ning 2003-yil 1-sentabrdagi holatiga koʻra toʻlovlarni ikki yil muddatga kechiktirgan holda, ular boʻyicha budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga joriy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyingi ikki yil mobaynida ushbu qarzlarni har oylik teng ulushlar bilan bosqichma-bosqich qaytarish yoʻli bilan tarkibini oʻzgartirishni rasmiylashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat qurilish tashkilotlarining davlat budjetiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlari boʻyicha penya va jarimalarni 2003-yil 1-sentabrdagi holatiga koʻra hisobdan chiqarsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlar pudrat qurilish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2006-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda pudrat qurilish tashkilotlarining ular tomonidan qurilish texnikasi va asbob-uskunalar sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazadan chiqarilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda pudrat qurilish tashkilotlariga soliq solish boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan imtiyozni qoʻllash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda 2004-yildan boshlab pudrat qurilish tashkilotlarining mahalliy boshqaruv organlari balansiga berilgan ijtimoiy soha muassasalari taʼminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun ularga mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-2004-yillarda toʻliq xususiylashtiriladigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

t/r‎

t/r‎

Loyiha-qidiruv
‎tashkilotlarining nomi ‎

joylashgan joyi ‎

Davlat aktivlari, shu jumladan sotishga tavsiya qilinayotgan davlat ulushi(%)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

‎‎Olmaliq kon-metallurgiya kombinati

1‎ 1 “Oʻzrangmetloyiha AJ ‎‎ Toshkent shahri‎ 25‎

“Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni

2‎ 1‎ SredazNIPIpromtexnologiya‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎“Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi

3‎ 1‎ “TKB AT Ximatek” AJ‎ Chirchiq shahri‎ 10‎
4‎ 2‎ “OʻzNIIximproyekt” AJ‎ Toshkent shahri‎ 98‎

‎‎“Maxsusqotishma” respublika tashkiloti

5‎ 1‎ “Ranglimetelektrloyiha” MChJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi

7‎ 1‎ “OʻzLITIneftgaz”‎ Toshkent shahri‎‎ 79‎
10‎ 4‎ “Urganchtransgaz” shuʼba korxonasining loyihalashtirish byurosi ‎ Urganch shahri‎ 100‎‎
11‎ 5‎ “IGIRNIGM” AJ‎ Toshkent shahri ‎ 90,4‎

‎‎“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

13‎ 2‎ “Qishloqenergoloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 90‎
15‎ 4‎ “Sredazenergosetproyekt” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎

‎‎“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi

16‎ 1‎ “Oʻzmevasabzavotuzumsanoatloyiha AJ ‎ Toshkent shahri‎ 25‎

‎‎Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

18‎ 2‎ “Oʻzdavsuvloyiha” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎
19‎ 3‎ “Oʻzgipromeliovodxoz” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎
20‎ 4‎ “Oʻzgiprovodprom” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎“Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi

21‎ 1‎ “Donloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎Aloqa va axborotlashtirish agentligi

22‎ 1‎ “Aloqainvest” AJ‎ Toshkent shahri‎ 30‎

‎‎Sogʻliqni saqlash vazirligi

23‎ 1‎ “Oʻzdavtibloyiha” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

24‎ 1‎ “Oʻzoʻquvloyiha” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎
Madaniyat ishlari vazirligi‎‎
25‎ 1‎ “Taʼmirshunoslik” AJ ‎ Toshkent shahri‎ 25‎
26‎ 2‎ “Oʻzbekmuzeyshunoslik” IIChM‎ Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎Xalq taʼlimi vazirligi

27‎ 1‎ “Oʻzdavlattaʼlimloyihaqurilish” instituti ‎ Toshkent shahri‎ 100‎

Matbuot va axborot agentligi‎‎

28‎ 1‎ “Oʻzdavmatbuot” instituti‎ Toshkent shahri‎ 100‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi‎‎

29‎ 1‎ “OʻzLITTI” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎
30‎ 2‎ “OʻzshaharsozlikLITI” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎‎
32‎ 4‎ “Oʻzpoʻlatqurilmaloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎‎
33‎ 5‎ “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ ‎ Toshkent shahri‎ 25‎‎
34‎ 6‎ “ZPLITI” AJ‎ Toshkent shahri‎ 90‎
35‎ 7‎ Qishloqqurilishloyiha” MChJ ‎ Toshkent shahri‎ 25‎‎
36‎ 8‎ Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining loyihalash boʻlimi Toshkent shahri‎ 100‎

‎‎“Oʻzkommunxizmat” agentligi

37‎ 1‎ “Oʻzbekkommunloyiha” instituti ‎ Toshkent shahri‎ 100‎
38‎ 2‎ “Oʻzgazloyiha” loyihalashtirish instituti, shu jumladan filiallar:‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎
39‎ 3‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Qoraqalpogʻiston respublika filiali ‎ Nukus shahri‎ 100‎‎
40‎ 4‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Andijon viloyat ishlab chiqarish boʻlimi‎ Andijon shahri‎ 100‎‎
41‎ 5‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Buxoro viloyat ishlab chiqarish boʻlimi‎ Buxoro shahri ‎ 100‎‎
42‎ 6‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Qashqadaryo viloyat ishlab chiqarish boʻlimi‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
43‎ 7‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Navoiy viloyat ishlab chiqarish boʻlimi‎ Navoiy shahri ‎ 100‎‎
44‎ 8‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Namangan viloyat ishlab chiqarish boʻlimi‎ Namangan shahri ‎ 100‎‎
45‎ 9‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Samarqand viloyat ishlab-chiqarish boʻlimi‎ Samarqand shahri ‎ 100‎‎
46‎ 10‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Sirdaryo viloyat ishlab chiqarish boʻlimi‎ Guliston shahri‎ 100‎‎
47‎ 11‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Surxondaryo viloyat kompleks loyihalashtirish boʻlimi ‎ Termiz shahri‎ 100‎‎
48‎ 12‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Fargʻona viloyat ishlab-chiqarish boʻlimi‎ Qoʻqon shahri‎ 100‎‎
49‎ 13‎ “Oʻzgazloyiha” institutining Xiva viloyat ishlab-chiqarish boʻlimi‎ Urganch shahri ‎ 100‎‎
50‎ 14‎ “Taʼmirloyiha” loyihalashtirish institutining zonal filiali, shu jumladan filiallar: ‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎
51‎ 15‎ “Taʼmirloyiha” institutining Andijon filiali‎ Andijon shahri‎ 100‎‎
52‎ 16‎ “Taʼmirloyiha” institutining Jizzax filiali‎ Jizzax shahri‎ 100‎‎
53‎ 17‎ “Taʼmirloyiha” institutining Qashqadaryo filiali‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
54‎ 18‎ “Taʼmirloyiha” institutining Qarshi kompleks loyihalashtirish boʻlimi ‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
55‎ 19‎ “Taʼmirloyiha” institutining loyihalashtirish byurosi ‎ Namangan shahri‎ 100‎‎
57‎ 21‎ “Taʼmirloyiha” institutining kompleks loyihalashtirish boʻlimi ‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎
58‎ 22‎ “Taʼmirloyiha” institutining zonal filiali‎ Urganch shahri‎ 100‎‎

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎‎

59‎ 1‎ “Toshtemiryoʻlloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎

Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi‎‎

60‎ 1‎ “Boshtransloyiha” MChJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎

“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi

61‎ 1‎ “ToshqurilishmateriallariLITI” AJ‎ Toshkent shahri‎ 25‎

‎‎“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi

62‎ 1‎ “Yoʻl-loyiha” davlat byurosi‎ Toshkent shahri‎ 100‎
63‎ 2‎ “Akva servis” unitar korxonasi‎ Toshkent shahri‎‎ 100‎‎
64‎ 3‎ “Sifatlitaʼlim” Oʻquv-loyiha institutining shuʼba korxonasi‎ Toshkent shahri‎‎ 100‎‎
65‎ 4‎ “Oʻzyoʻlloyiha” instituti ‎ Toshkent shahri‎‎ 100‎‎
66‎ 5‎ “Oʻzavtoyoʻl” kompaniyasining loyihalashtirish ekspeditsiyasi‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
67‎ 6‎ “Qashqadaryoyoʻlloyiha” ekspeditsiyasining loyihalashtirish guruhi‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎
68‎ 7‎ “Sirdaryoyoʻlloyiha” instituti‎ Guliston shahri‎ 100‎‎
69‎ 8‎ Yoʻllarni loyihalashtirish ekspeditsiyasi, Guliston shahri‎ Guliston shahri‎ 100‎‎
70‎ 9‎ “Namanganyoʻlloyiha” instituti ‎ Namangan shahri ‎ 100‎‎
72‎ 11‎ “Andijonyoʻlloyiha” instituti‎ Andijon shahri ‎ 100‎‎

“Maishiy xizmat markazi” OAJ‎‎

73‎ 1‎ “Texmaishiyloyiha” OAJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎

‎‎Toshkent shahar hokimligi

74‎ 1‎ “Toshuyjoyloyiha” AJ‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎
75‎ 2‎ “Toshgiprogor” AJ‎ Toshkent shahri‎ 18‎
76‎ 3‎ “Toshkentboshplanliti” davlat unitar korxonasi‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎

Boshqalar‎‎

78‎ 1‎ “Qoraqalpoqarxdizaynloyiha” AJ‎ Nukus shahri‎ 100‎‎
79‎ 2‎ “Andijonfuqaroloyiha” AJ‎ Andijon shahri‎ 25‎
80‎ 3‎ “Buxoroviloyatloyiha” AJ‎ Buxoro shahri‎ 50‎
81‎ 4‎ “Oʻzgiprovodstroy Qarshiloyiha” AJ‎ �arshi shahri‎ 25‎
88‎ 11‎ “Temiryoʻlinshoottaʼmir” OAJ loyihalashtirish guruhi‎ Fargʻona shahri‎ 100‎‎
89‎ 12‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Yakka tartibda uy-joy qurilishini loyihalashtirish idorasi ‎ Nukus shahri‎ 100‎‎‎
91‎ 14‎ Buxoro viloyati Yakka tartibda uy-joy qurilishini loyihalashtirish guruhi‎ Buxoro shahri‎ 100‎‎‎
92‎ 15‎ Jizzax viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining loyihalashtirish byurosi ‎ Jizzax shahri‎ 100‎‎‎
94‎ 17‎ Toshkent viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi‎ Toshkent shahri‎ 100‎‎‎
95‎ 18‎ Parkent tumani “Meʼmor” firmasi‎ Parkent shahri‎ 100‎‎‎
97‎ 20‎ “Fargʻonafuqaroloyiha” instituti ‎ Fargʻona shahri‎ 100‎‎‎
98‎ 21‎ “Giprograjdanselstroy” instituti ‎ Termiz shahri‎ 100‎‎‎
99‎ 22‎ Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi‎ Termiz shahri‎ 100‎‎‎
100‎ 23‎ Sirdaryo viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish-loyihalashtirish boshqarmasi ‎ Guliston shahri‎ 100‎‎‎
101‎ 24‎ Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi “Xits-GUAS” markazi ‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
102‎ 25‎ Namangan viloyati Yakka tartibda uy-joy qurilishi boshqarmasi huzuridagi kichik korxona ‎ Namangan shahri‎ 100‎‎‎
103‎ 26‎ Kosonsoy tumani arxitektura boʻlimining loyihalashtirish guruhi‎ Namangan shahri‎ 100‎‎‎
104‎ 27‎ “Samtibloyiha” loyihalashtirish ustaxonasi‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
105‎ 28‎ Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish byurosi ‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
106‎ 29‎ “Oʻzqishloqqurilishloyiha”‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
107‎ 30‎ Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi ‎ Samarqand shahri‎ 100‎‎‎
108‎ 31‎ Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎‎
109‎ 32‎ “Vilxoʻjloyiha” instituti‎ Qarshi shahri‎ 100‎‎‎
111‎ 34‎ “Oʻzdavqishloqloyiha” institutining Qarshi filiali‎ Qarshi shahri‎‎ 100‎‎‎
112‎ 35‎ Kitob tumani arxitektura va qurilish boshqarmasining arxitektura-rejalashtirish byurosi ‎ Kitob shahri ‎ 100‎‎‎
113‎ 36‎ Arxitektura va qurilish boshqarmasining loyihalashtirish byurosi ‎ Navoiy shahri‎ 100‎‎‎
114‎ 37‎ Navoiy viloyati Arxitektura va qurilish boshqarmasining loyihalashtirish byurosi‎ Navoiy shahri‎ 100‎‎‎
115‎ 38‎ “Namanganinvestloyiha” instituti‎ Namangan shahri‎ 100‎‎‎
116‎ 39‎ “Namanganarxitektqurilish” instituti‎ Namangan shahri‎ 100‎‎‎
117‎ 40‎ “Fargʻonaagroloyiha” ‎ Fargʻona shahri ‎ 100‎‎‎
118‎ 41‎ “Meʼmorqurilishloyiha” ‎ Samarqand shahri ‎ 100‎‎‎
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom obyektlarni, shu jumladan foydalanishga tayyor holda quriladigan, markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar qurilishini tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagi markazlashtirilgan manbalarga joriy etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari va budjetdan ajratmalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat qarorlarida belgilangan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom buyurtmachi va pudratchining kelishuviga koʻra investitsiya loyihasini ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilmagan mablagʻ bilan taʼminlashning boshqa manbalari hisobiga amalga oshirishda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kapital qoʻyilmalarni qaytarish asosida budjet ajratmalari hisobidan ajratishda qarz mablagʻlarini qaytarish mexanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, mablagʻ bilan taʼminlovchi bank muassasasi va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlovchi organ:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan ajratmalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari (Davlat budjetining gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalarda — Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari);
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan tashqari) — jamgʻarmalarning tegishli tasarrufchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat qarorlarida belgilangan boshqa manbalar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan investitsiya kreditlari bundan mustasno — ushbu manbalarning tasarrufchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishlarning aniq roʻyxati — obyektlar roʻyxatini, shuningdek ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ishlar va xarajatlar hajmini oʻz ichiga oluvchi har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan moliyaviy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning titul roʻyxati — qurilishning butun davriga kapital qoʻyilmalar hajmini va uni sarflash yoʻnalishlarini koʻrsatgan, uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt boʻyicha tuziladigan moliyaviy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalovchi — loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun tanlov asosida tanlab olingan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) — tanlov asosida tanlab olingan qurilish industriyasi korxonasi, tayyorlovchi zavod yoki moddiy-texnika resurslarini, shu jumladan loyihani amalga oshirishda foydalaniladigan texnologiya va muhandislik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va (yoki) yetkazib beruvchi jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha — tarmoq tuzilmalarini rivojlantirish va joylashtirish sxemasi, shuningdek muhandislik izlanishlari va korxonalar, inshootlarni joylashtirishning variantli ishlanmalari, uning loyiha quvvati va boshqa texnik koʻrsatkichlari asosida tuzilgan mintaqalar boʻyicha ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish sxemasi tarkibida bajarilgan zarur hisob-kitoblar bilan birgalikda materiallar turkumi. Kapital qurilish loyihasida quyidagi asosiy masalalar hal etiladi: xomashyo va tayyor mahsulotning transport oqimlari sxemasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi, iqtisodiyotning turdosh tarmoqlari bilan aloqalar, ishlab chiqarishning hisob-kitobi va uni tashkil etish, ishlab chiqarishni kadrlar bilan taʼminlash, qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanish, binolar va inshootlarning hajmli–rejalashtirish, arxitektura va konstruktiv yechimlari, atrof muhit muhofazasi, izdan chiqqan yerlarni tiklash (rekultivatsiya) va yer qaʼri muhofazasi, quvvatlarni oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish hujjatlari — alohida binolar va inshootlarga hamda ish turlariga ish chizmalari komplekti. Murakkab obyektlar boʻyicha ish hujjatlarini tuzishda loyiha materiallarini aniqlashtiruvchi qoʻshimcha ishlar amalga oshiriladi. Ularga ish chizmalari umuman binoga va inshootga ishlab chiqiladi. Ish hujjatlarida mehnat sarfi va asosiy qurilish materiallariga xarajatlar oʻzgarishining hisob-kitobi keltirilgan boʻlishi, ixtisoslashtirish tuzilishi, asbob-uskunalar va buyumlarning tegishli turlariga esa – oʻlcham sxemalari tuzilishi, bino va inshootga qurilish ish chizmalarining pasporti tuzilishi kerak. Ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalovchiga yakka tartibda tayyorlanadigan buyurtma qilinadigan asbob-uskunalar va import asbob-uskunalar boʻyicha birlamchi maʼlumotlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Shartnomalar tuzish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga (keyingi oʻrinlarda matnda kapital qurilish deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnoma boʻyicha pudratchilar tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan yuridik shaxslar boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda qoʻshma faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq ish koʻruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurish shartnomasi boʻyicha pudratchilar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va konstruksiyalarini yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi munosabatlar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq boʻgʻinlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ham moddiy-texnika resurslarini oʻzaro bergan holda, ham ular berilmagan holda subpudrat tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta obyekt qurilishi doirasida vositachining ishi hamda moddiy-texnika resurslarini tashqariga realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan shartnomaviy joriy narx boʻyicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin oʻn kun muddatda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov savdolari shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan obyektlar boʻyicha ikkinchi va keyingi yillarga ishlarning qoldiq hajmi qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi asosiy bosh shartnomaga ilova qilinadigan qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shartnomaga ishlar hajmining koʻpayishi yoki loyihaning oʻzgartirilishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnoma bekor qilingan taqdirda barcha xarajatlar va zararlar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shartnoma tuzishda buyurtmachi va pudratchi alohida shartlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq unda boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar)ni tanlash bosh pudratchi tomonidan tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan bosh shartnoma boʻyicha majburiyatlar saqlanib qolinishi sharti bilan mustaqil amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Obyektlar qurilishiga shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafillik, kafolat shaklida va boshqa shakllarda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Obyekt qurilishi shartnomasida aks ettiriladigan oʻzaro hisob-kitob shartlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyihaoldi ishlarini tashkil etish, loyihaning, ish hujjatlarining (obyektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov hujjatlarining tasdiqlanadigan qismini kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalovchi va pudratchini (bosh pudratchini) tanlov savdolari orqali tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektini davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchiga qurish uchun birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish, pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik kuzatish va obyekt qurilishi ustidan texnik nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyektni belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatli davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Pudratchi tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish hujjatlarini ishlab chiqish va uning texnologiya qismini buyurtmachi bilan kelishgan holda qurilish jarayonida (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) uni ekspert kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va obyekt qurilishining aniq shartlari bilan bogʻliqlikda hajmlar va muddatlarda ishlab chiqarishga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq hamda belgilangan standartlarga, qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaga muvofiq qurilishni asbob-uskunalar, konstruksiyalar va qurilish materiallari bilan butlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha yechimlariga hamda qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda qurilish-montaj, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning ijroiya hujjatlarini, shu jumladan sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatlarini, foydalanilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarga texnik pasportlarni tuzish va buyurtmachiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyihalarga, boshqa talablarga va shartnoma majburiyatlariga muvofiq obyektni buyurtmachiga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasidagi vazifalarni aniq taqsimlash, shuningdek ularning mulkiy javobgarligi darajasi qonun hujjatlariga va tanlov savdosi shartlariga muvofiq aniq bir pudrat shartnomasini tuzishda aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Obyektni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi organlarining xulosasi asosida buyurtmachi tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Buyurtmachi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni bajarishga birlamchi–ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi kechiktirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodeziya — boʻlish asoslari hamda qurilish hududiga biriktirilgan punktlar va belgilar berilishi kechiktirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyekt, uning ayrim navbatlari, ishga tushirish kompleksi, binolar, inshootlar, ishlab chiqarishga tayyorlangan mahsulotlar yoki xizmatlar shartnoma shartlariga muvofiq qabul qilib olinishi asossiz ravishda kechiktirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlanmaganligi, bajarilgan ishlar tasdiqlanmaganligi va ularga haq toʻlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganlgi uchun pudratchi oldida mulkiy javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Pudratchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish hujjatlari sifatsiz ishlab chiqilganligi (obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt, uning navbati, bosqichi qurilishi oʻz vaqtida tugallanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha montaj tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan asbob-uskunalarni montaj qilishga moʻljallangan maydonlarni topshirish muddatlari buzilganligi (agar bu shartnoma va tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga ilova qilingan alohida shartlarda belgilangan yerlarni rekultivatsiya qilish boʻyicha ishlar muddatlari va hajmlarining buzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish jarayonida yoki oraliq qabul qilish jarayonida buyurtmachi, mualliflik nazorati va nazorat organlari tomonidan aniqlangan ishlar va konstruksiyalarda yoʻl qoʻyilgan chala ishlar va nuqsonlarni bartaraf etish kechikkanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqib yoki boshqa nuqsonlari boʻlgan holda bajarilgan hollarda buyurtmachi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, oʻz xohishiga koʻra pudratchidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuqsonlar oqilona muddatda qoplashsiz bartaraf etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish uchun belgilangan narx mutanosib miqdorda kamaytirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan buyurtmachining huquqi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, nuqsonlarni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pudratchi nuqsonlarni bartaraf etish oʻrniga bajarish muddati kechiktirilishi tufayli yetkazilgan zararlarni buyurtmachiga qoplagan holda ishni qaytadan tekin bajarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar pudratchi nuqsonlarni tomonlar tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmasa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot nuqsonni bartaraf etish ishlari qiymatini undirib olgan va nuqson oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi uchun koʻrilgan zarar qoplangan holda nuqsonni pudratchi hisobidan oʻz kuchlari bilan bartaraf etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmagan taqdirda shartnomaga muvofiq aybdor tomon boshqa tomonga qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda neustoyka toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan sanksiyalardan tashqari ularni buzgan tomon boshqa tomonga u tomonidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishida ifodalanadigan amaldagi zararlarni neustoyka (jarima, penya) bilan qoplanmagan summada qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Neustoyka (jarima, penya) toʻlanishi, shuningdek majburiyatlar zarur darajada bajarilmaganligi uchun zararlar qoplanishi tomonlarni shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishidan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Buyurtmachi pudratchining aybi bilan shartnomani bekor qilishga majbur boʻlgan taqdirda, pudratchining kafili (u mavjud boʻlgan taqdirda) buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq obyekt qurilishini qurilish toʻliq tamom boʻlgungacha davom ettirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi yoxud unga berilgan kafolatdan kelib chiquvchi moliyaviy majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafil ishni oʻz kuchlari bilan tamomlashi yoki oʻz xohishiga koʻra istalgan pudratchini jalb etgan holda tamomlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish pudratchining loyihada nazarda tutilgan ishlarning butun hajmini, shu jumladan maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni texnologiya va muhandislik asbob-uskunalari bilan butlash boʻyicha majburiyatlarini nazarda tutadi hamda tayyor qurilish mahsuloti yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi va pudratchi qatnashchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yangi qurilishda, ishlab turgan korxonani kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan jihozlashda majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Loyihalarni boshqa manbalar hisobiga amalga oshirishda obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki tanlov savdolari shartlariga qarab qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Foydalanishga tayyor holda qurish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun pudratchi subpudratchi tashkilotlarni jalb etishi mumkin, ularga nisbatan pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qurilishni qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan, shuningdek barcha namunaviy asbob-uskunalar va apparatlar, nostandartlashtirilgan, texnologik va energetika asbob-uskunalari bilan, shu jumladan maxsus materiallar bilan taʼminlash pudratchining vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda obyektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Foydalanishga tayyor holda qurishda obyektni mablagʻ bilan taʼminlash mablagʻ bilan taʼminlash jadvaliga muvofiq buyurtmachining avansi (30 foizgacha), joriy mablagʻ bilan taʼminlash (avans berish hisobga olingan holda 50 foizgacha), pudratchining oʻz mablagʻlari va bankning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Pudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish buyurtmachi tomonidan qurilish tamom boʻlgandan va obyekt foydalanishga topshirilganidan keyin amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 222-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida boʻladi va uning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Investitsiya loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash har qaysi obyekt boʻyicha ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasiga qatʼiy amal qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul roʻyxati asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati kapital qoʻyilmalarning tasdiqlangan limitiga muvofiq obyektlar qurilishining aniq roʻyxatida nazarda tutilgan qurilish uchun banklarning kreditlarini jalb etishda pudratchi uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ajratilgan mablagʻlardan buyurtmachi tomonidan qurilishlarning titul roʻyxatida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mablagʻ bilan taʼminlashni ochish uchun buyurtmachi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka (hududiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari) quyidagilar taqdim etiladi:
(44-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq roʻyxati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning titul roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining ruxsati.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur boʻlganda);
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻrtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan tuzilgan shartnomada va unga ilova qilinadigan mablagʻ bilan taʼminlash jadvalida quyidagilar hisobga olinishi zarur:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilishi yangidan boshlanayotgan tayyor holda foydalanishga topshiriladigan obyektlarni qurishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizini toʻlash;
(45-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) obyektlarni shartnoma asosida qurishda (2002-yilga oʻtuvchi obyektlar, obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari): joriy oyma-oy moliyalashtirish ishlarning amalda bajarilishidan kelib chiqib 5 foiz miqdoridagi qolgan qismini shartnomada qayd etilgan kafolatli muddat tamom boʻlgandan keyin, biroq moliyaviy yil tamom boʻlishidan kechikmay toʻlagan holda obyekt qiymatining kamida 95 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tasdiqlanadigan limitlar doirasida alohida obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash Yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengash tomonidan tasdiqlangan alohida sxemalar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektni foydalanishga tayyor holda qurilishini kreditlashda quyidagilar tijorat bankining kredit resurslari manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan Investitsiya dasturi boʻyicha kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish limiti doirasida markazlashtirilgan manbalardan mablagʻlarning (avans toʻlangandan va 50 foiz miqdorida joriy moliyalashtirilgandan keyin) pudrat qurilish tashkilotining asosiy depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bosh bankka vaqtinchalik asosida oyma-oy beriladigan qolgan qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi bankning oʻz mablagʻlari va jalb qilinadigan mablagʻlari.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 222-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mablagʻ bilan taʼminlovchi organga buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq moʻljalli roʻyxati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning titul roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan pudrat tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnoma nusxasi va tanlov savdolari natijalari toʻgʻrisida buyurtmachining hisoboti;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qaysi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ochilgan moliyalashtirishning har bir hisob raqami boʻyicha bank (hududiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari) rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(48-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur boʻlganda);
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mablagʻ bilan taʼminlovchi organ buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda investitsiya loyihasini mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Xizmat koʻrsatuvchi bank bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun buyurtmachiga har qaysi qurilish obyekti boʻyicha “talab qilib olinadigan” alohida ikkilamchi depozit hisob raqamlari (keyingi oʻrinlarda moliyalashtirish hisob raqamlari deb ataladi) ochiladi. Moliyalashtirish hisob raqamlaridan buyurtmachi taʼminoti boʻyicha xarajatlarga mablagʻ toʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Buyurtmachi taʼminotiga xarajatlar har oyda, alohida depozit hisob raqamidan belgilangan tartibda tasdiqlangan va moliyalashtiruvchi organlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Pudrat tashkilotlarining tanlov savdolarida ishtirokini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan, agar ularning oʻz aylanma mablagʻlari obyekt boʻyicha ishlar qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etgan taqdirda, qurilish davomida aylanma mablagʻlarning yetishmayotgan qismini belgilangan miqdorgacha toʻldirish uchun kredit ajratish toʻgʻrisida kafillik berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tanlov savdolari pudrat tashkiloti tomonidan yutib chiqilgan taqdirda unga kafolat bergan tijorat banklari ushbu tashkilotlarga qurilishning butun davrida ularni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida obyektni ishga tushirish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun obyekt qiymatining 20 foizigacha boʻlgan miqdorda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat tashkilotiga kredit berish uchun bank tomonidan buyurtmachini moliyalashtirish hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bankning maʼlumotnomasi asosida qurilishning har bir obyektiga alohida ssuda hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Kredit va foiz stavkalari miqdorlari, kreditni qaytarish va u boʻyicha foizlar toʻlash muddatlari va tartibi bank bilan pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan moliyalashtirish hisob raqamidan pul mablagʻlarini oʻtkazish buyurtmachi tomonidan toʻlov topshirigʻi taqdim etilgandan keyingi kun boshlanishidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Xizmat koʻrsatuvchi bank qonun hujjatlariga muvofiq mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Buyurtmachi toʻlov topshiriqlari qurilishning titul roʻyxatiga qatʼiy muvofiq boʻlishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Toʻlov topshiriqnomasiga bajarilgan ishlar qiymati toʻgʻrisidagi “maʼlumotnoma — schyot-faktura” ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda joriy mablagʻ bilan taʼminlash ishlarni bajarish va mablagʻ bilan taʼminlash jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Avans toʻlovi pudrat tashkilotining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Moliyalashtirish hisob raqamidan qurilishning titul roʻyxatiga va unda koʻrsatilgan kapital qoʻyilmalardan foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq boʻlmagan toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Joriy mablagʻ bilan taʼminlash mablagʻ bilan taʼminlovchi organ tomonidan amalda bajarilgan qurilish ishlari hajmi hisobga olingan holda har oyda 20-kundan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Investitsiya loyihasini amalga oshirish qatnashchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblar ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay, buyurtmachilar tomonidan moliya organiga mazkur Nizomga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan shakl boʻyicha markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalardan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi tomonidan moliya organiga mablagʻ bilan taʼminlash jadvaliga muvofiq qiymatining 50 foizi doirasida obyekt qurilishiga avans berish va joriy mablagʻ bilan taʼminlash uchun mablagʻ ajratishga buyurtmanoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirilayotgan kapital qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash sxemasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni
tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash
tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishni moliyalashtirish va kreditlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar ‎

Tadbirlar‎

Muddatlari‎

Masʼullar‎

1-bosqich‎

Tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq buyurtmachilar qurilishlarning aniq va titul roʻyxatlarini, kelgusi yillar loyihalash ishlarining aniq roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishib oladilar va tasdiqlaydilar‎

10-yanvargacha‎ Buyurtmachilar, pudratchilar‎
2-bosqich‎‎

Xizmat koʻrsatuvchi bankda moliyalashtirish boshlanadi ‎

yanvar‎ Buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar ‎
3-bosqich‎‎

Yilning dastlabki ikki oyida teng ulushlarda ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans ajratiladi‎

yanvar-fevral‎ Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar‎
4-bosqich‎‎

Obyekt moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq berilgan avans hisobga olingan holda obyekt qiymatining 50 foiziga miqdorda joriy moliyalashtiriladi‎

moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq‎ Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar ‎
5-bosqich‎‎

Pudratchi tomonidan qurilish obyekti qiymatining qolgan 50 foizini moliyalashtirish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda kredit rasmiylashtiriladi‎

moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq‎ Pudratchilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar‎
6-bosqich‎‎

Qurilish obyekti qiymatining 45 foizi miqdorida haq toʻlanadi‎

obyekt qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida ‎ Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar‎
7-bosqich‎‎

Qurilish obyekti qiymatining 5 foizi miqdorida haq toʻlanadi‎

kafolatli muddat tugagandan keyin‎ Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ 200__ yil “ ___ ” __________‎

‎‎Keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladigan ___________________________________
‎_____________________________________________________________________________
(buyurtmachining nomi)

‎‎nomidan_______________________________________________________________________
‎ asosida ish koʻruvchi (ustav, nizom, ishonchnoma)

‎‎______________________________________________________________________________
‎bir tomondan va (rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎keyingi oʻrinlarda “Pudratchi” deb yuritiladigan _____________________________________
‎ (yuridik shaxsning nomi)

nomidan _____________________________________________________________________
‎ (ustav, nizom, ishonchnoma) ‎‎

‎‎asosida ish koʻruvchi _____________________________________________________________
(rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎ikkinchi tomondan_____________________________________________________________
‎ (obyektning nomi)

‎‎obyektni foydalanishga tayyor holda qurishga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Tariflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur shartnomada quyidagi tariflar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatlari – naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan oʻzgarishlarning ushbu ishchi chizmalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi yozuvlar bilan birgalikda obyekt qurilishiga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va oʻrnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qoʻllanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, ayrim masʼuliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydoni – mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma boʻyicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi. Obyektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qoʻyiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik inshootlar – Pudratchi tomonidan qurilish maydonida oʻrnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan har qanday tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berkitiladigan ishlar – sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin boʻlmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma narxini boʻlib chiqish – ishlarning har bir bosqichi va/yoki turlari qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma boʻyicha obyektning umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Shartnoma mavzusi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2. Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga _____________________________________________
‎________________________________________________________________________________
‎ (loyihaning nomi) ‎

loyihada koʻzda tutilgan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish boʻyicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Shartnoma boʻyicha ishlar qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi tomonidan bajarilgan, tanlov savdosi (tender) natijasida aniqlangan va tender komissiyasining qarori (200__ yil “___”_______dagi ___-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yigʻimlar va ajratmalarni oʻz ichiga olgan holda joriy narxlarda ______________________________________________

_______________________________________________________________ ni tashkil etadi. ‎‎

‎(‎summa yozuv bilan)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish qiymatini koʻpaytirishga yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar hajmi Buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa oʻzgartirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish muddati bir yildan ortiq boʻlganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tegishli asoslar mavjud boʻlganda, sanab oʻtilgan oʻzgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi shartnomaga qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Pudratchining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi mazkur shartnomaning II boʻlimida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda unga ____—ilovaga muvofiq ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda oʻzining kuchlari va/yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_____—ilovaga muvofiq qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, oʻtqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlar bajarilishini taʼminlash, shuningdek yoritish chiroqlari oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur shartnoma boʻyicha obyektni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini oʻziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan boʻshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydoni qoʻriqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pudratchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha ishlarning oʻz kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda obyektning foydalanishga tayyor holda topshirilishi uchun Buyurtmachi oldida toʻliq mulkiy javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Buyurtmachining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur shartnomani bajarish uchun Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda mazkur shartnomaga __- ilovaga muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli boʻlgan qurilish maydonini obyekt qurilishi va qurilish tugallangungacha boʻlgan davrda dalolatnoma boʻyicha Pudratchiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan Pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchining barcha murojaatlarini oʻn kun muddatda koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish jadvaliga binoan Pudratchiga ___-ilovaga muvofiq avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 oy davomida Pudratchiga ishlarni qabul qilish uchun zarur boʻlgan ijro hujjatlari roʻyxatini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ishlarni bajarish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyuta “soʻmda” oʻzaro hisob-kitob qilinganda - tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik EAVga konvertatsiya qilgan holda milliy valyutada “soʻmda” oʻzaro hisob-kitob qilinganda - shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pudratchi mazkur shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq birinchi avans toʻlovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov savdolari natijasi boʻyicha aniqlangan qurilishning davom etish vaqti ishlar boshlangan kundan eʼtiboran ____ kunni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur shartnoma boʻyicha ishlar ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Toʻlovlar va hisob-kitoblar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachi Pudratchiga shartnoma boʻyicha ishlar umumiy joriy qiymatining 30 foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga 15 foizdan) boʻlgan holda avans oʻtkazadi, bu _____________soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirish uchun moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallari asos hisoblanadi ( -ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatining 50 foizigacha doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Obyektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 50 foizi uchun Buyurtmachi va Pudratchi oʻrtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va obyekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin ikki bosqichda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom boʻlgandan keyin - ishlar qiymatining 5 foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma boʻyicha obyektga mulk huquqini oʻzida saqlab qoladi. Obyekt Buyurtmachiga topshirilgunga qadar obyektning tasodifiy yoʻq qilinishi va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachi mazkur shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida bajarmagan taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda Buyurtmachi Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq toʻlashdan ozod qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ishlarni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Buyurtmachi qurilish maydonida oʻz vakilini – texnik auditorni tayinlaydi, u Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Texnik auditor ishlar bajarilishining va shartnomaning butun davri mobaynida ishlarning barcha turlari bilan toʻsiqsiz tanishish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pudratchi texnik auditorni ishlash uchun joy bilan taʼminlaydi. Texnik auditor Pudratchi tomonidan oʻtkaziladigan qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalarni hal qilish boʻyicha yigʻilishlarda muntazam ravishda qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Pudratchi ishlarni bajarish loyihasiga va mazkur shartnomaning VI boʻlimida koʻrsatilgan muddatlar bilan muvofiqlashtirilgan oʻz rejasi va jadvaliga binoan obyektda ishlarni bajarishni mustaqil ravishda tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Pudratchi obyektda ishlarni olib borish tartibini davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari bilan kelishadi va unga rioya etilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qurilish maydonida umumiy tartibni taʼminlash Pudratchining vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan bir vaqtda Pudratchiga ortiqcha tuproq va qurilish axlatini joylashtirish va yetishmayotgan tuproqni qazib olish uchun joy ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda qurilish maydonini belgilash boʻyicha ishlarni bajarish va obyektni privyazka qilish uchun Pudratchiga geodeziya nuqtalari, ularning koordinatlari va balandlik belgilarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Pudratchi geodeziya nuqtalariga, liniyalar va darajalarga nisbatan obyektning toʻgʻri va zarur tarzda belgilanishi, shuningdek balandlik belgilari, oʻlchamlari va boʻlish oʻqlarining muvofiqligi toʻgʻri joylashganligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirilgan boʻlish va geodeziya ishlarida xatolar aniqlansa, Pudratchi Buyurtmachi bilan kelishgan holda tegishli tuzatishlarni oʻz hisobidan kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Pudratchi geodeziya boʻlish ishlarida oʻrnatiladigan koordinatlar va balandliklar, geodeziya belgilarining joylashishi sxemalari va jadvallarini saqlaydi, ishlarni bajarish davrida va ular tugallangandan keyin ularni dalolatnoma boʻyicha Buyurtmachiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qurilish maydonida ishlarni bajarish davrida kommunikatsiyalarni vaqtincha ulashni va ulash nuqtalarida yangidan qurilgan kommunikatsiyalarni ulashni Pudratchi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Pudratchi oʻzi tomonidan qurilishda qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va tizimlar sifati loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan spetsifikatsiyalarga, davlat standartlariga, texnik shartlarga muvofiq boʻlishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega boʻlishini kafolatlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Alohida masʼuliyatli konstruksiyalar va berkitiladigan ishlar tayyor boʻlishiga qarab ularni qabul qilish boshlanishidan 2 kun oldin Pudratchi Buyurtmachini va “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qabul qilinadigan konstruksiyalar va ishlarning tayyorligi Buyurtmachi va Pudratchi tomonidan masʼul konstruksiyalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalari hamda ularning “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasi bilan kelishgan shartlarida berkitiladigan ishlar tekshiruvi dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Pudratchi Buyurtmachining ishlarni bajarish daftariga kiritilgan yozma ruxsatnomasidan keyingina keyingi ishlarni bajarishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agar berkitiladigan ishlar Buyurtmachining tasdigʻisiz bajarilgan boʻlsa yoki u bu haqda xabardor qilinmagan boʻlsa, yoki kechikib xabardor qilingan boʻlsa, u holda uning talabi boʻyicha Pudratchi Buyurtmachining koʻrsatmasiga muvofiq berkitiladigan ishlarning istalgan qismini oʻz hisobidan ochishga, soʻngra esa uni tiklashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi Buyurtmachining manfaatlariga jiddiy taʼsir qilmaydigan ish hujjatlaridan mayda chetga chiqishlarni Buyurtmachining roziligisiz amalga oshirsa, u agar bularning qurilish sifatiga taʼsir etmaganligini isbotlasa javobgar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agar Buyurtmachi Pudratchi va (yoki) uning subpudratchilari tomonidan ishlarning sifatsiz bajarilganligini aniqlasa, u holda Pudratchi oʻz kuchlari bilan va qurilish qiymatini koʻpaytirmasdan ushbu ishlarni ularning zarur sifatini taʼminlash uchun kelishilgan muddatda qayta bajarishga majburdir, ushbu shartnoma 34-bandining ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Pudratchi sifatsiz bajarilgan ishlarni kelishilgan muddatlarda tuzata olmasa, Pudratchi ularni tuzatishning kechikishi oqibatida yetkazilgan zararlarni Buyurtmachiga toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Pudratchi qurilish maydonini va unga tutash koʻcha polosasini, shu jumladan yoʻl uchastkalari va yoʻlaklarni supurib-sidiradi va ozoda saqlaydi, qurilish davrida maydondan qurilish axlatini Buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan joyga chiqarib tashlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ishlar boshlangan paytdan boshlab ular tugallangungacha Pudratchi ishlarni bajarish daftarini yuritadi. Daftarda butun ishlarning borishi, Buyurtmachi va Pudratchining oʻzaro munosabatlarida ahamiyatga ega boʻlgan hollar va holatlar (ishlarning boshlanishi va tamom boʻlishi sanasi, materiallar, asbob-uskunalar berilishi, xizmatlar koʻrsatilishi sanasi, ishlarning qabul qilib olinishi, oʻtkazilgan sinovlar, materiallar oʻz vaqtida yetkazib berilmasligi bilan bogʻliq toʻxtab qolishlar, qurilish texnikasining ishdan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qurilishni tugallashning uzil-kesil muddatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlar) aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki Pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida oʻz fikrini bayon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi daftarda Buyurtmachi tomonidan asosli ravishda koʻrsatilgan kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Ishlarni qoʻriqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Pudratchi ishlar boshlanishidan qurilish tugallangungacha va qurilishi tugallangan obyekt Buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingunga qadar chetlari toʻsilgan qurilish maydoni hududida materiallar, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va boshqa mol-mulk zarur darajada qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tiklangan binolar va imoratlar, shuningdek materiallar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk obyekt qabul qilib olinganidan keyin saqlanishi uchun Buyurtmachi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday qisman yoki toʻliq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari bir oydan koʻp vaqtga choʻzilsa, u holda Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar koʻrilishini muhokama qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agar tomonlar ikki oy ichida kelisha olmasalar, u holda tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda boʻlgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Obyektlar ularning foydalanishga tayyorligi toʻgʻrisida Pudratchining yozma bildirishnomasi Buyurtmachi tomonidan olingan kundan boshlab ___kun mobaynida qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Pudratchi qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish boshlanishidan 5 kun oldin mazkur shartnomaning V boʻlimiga muvofiq Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan belgilangan tarkibda ikki nusxada ijro hujjatlarini beradi. Pudratchi Buyurtmachiga ushbu hujjatlar toʻplami amalda bajarilgan ishlarga toʻliq mos kelishini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qabul qilib olingan paytdan boshlab obyekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Pudratchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ishlar toʻliq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlariga hamda qurilish meʼyorlari, qoidalari va texnik shartlariga muvofiq barcha ishlarni bajarish sifatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi tomonidan qurilish uchun qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiya va tizimlar sifatini, ularning loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan sertifikatsiyalarga, davlat standartlariga hamda texnik shartlarga muvofiqligini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni qabul qilish va obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan foydalanilganda muhandislik tizimlari va uskunalarning foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Obyekt va unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallardan foydalanish va ishlarning kafolatli muddati tomonlar qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolagan kundan boshlab kamida ___ oy etib belgilanadi. Obyekt tomining kafolatli muddati kamida ___ oy etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Agar obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlanib, ular bartaraf etilgunga qadar foydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar Pudratchi tomonidan uning oʻz hisobidan bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Pudratchi bajarilgan ishlardagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada koʻrsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda Buyurtmachi mazkur shartnomaning VII boʻlimida nazarda tutilgan kafolat summasini Pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar koʻrsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ularni tekshirib chiqish “Davarxitektqurilishnazorat” organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu tomonlarning ushbu masala boʻyicha xoʻjalik sudiga murojaat qilishini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. Shartnomani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Pudratchi tomonidan bir oydan koʻp vaqtga kechiktirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni tugatishning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga koʻpaygan holda, Pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish meʼyorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Pudratchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarning bajarilishi Pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Shartnoma bekor qilinganda Buyurtmachi va Pudratchining qoʻshma qaroriga koʻra tugallanmagan qurilish bir oy muddatda Buyurtmachiga beriladi, Buyurtmachi bajarilgan ishlar qiymatini Pudratchiga toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur boʻlim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV. Tomonlarning mulkiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda aybdor tomon:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi tomonga yetkazilgan zararlarni qoplaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda koʻrsatilgan oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganligi, oʻz vaqtida moliyalashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining ___foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar qiymatining ___foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Penya toʻlanishi Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga oʻzi tasdiqlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning ___foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Pudratchi obyektni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining ___foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi obyekt shartnomaviy joriy qiymatining ___foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagani uchun Pudratchi buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining ___ foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining __ foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Penya toʻlash Pudratchini ishlarni bajarishning yoki xizmatlar koʻrsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga, ish hujjatlariga muvofiq boʻlmasa, u holda Buyurtmachi “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasining xulosasi asosida obyektni qabul qilish va uning uchun haq toʻlashdan bosh tortishi, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada boʻlmagan ishlar qiymatining ___foizi miqdorida jarima undirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur moddada nazarda tutilgan jazolardan tashqari shartnomani buzgan tomon ikkinchi tomonga boshqa tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yoʻqotilishi yoki shikastlanishida, shu jumladan boy berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Muddat oʻtkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya toʻlash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV. Nizolarni hal etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo boʻladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etolmasa ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVI. Alohida shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli boʻlgan tomonlar oʻrtasidagi barcha oldingi yozma va ogʻzaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning oʻzaro kelishuvlari oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Pudratchi qurilish obyektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish huquqiga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Mazkur shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolashgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo boʻlishiga olib keladigan har qanday ahdlashuvni tomonlar mazkur shartnomaga qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Agar Pudratchi shartnoma boʻyicha ishlar yakunlangandan keyin qurilish maydonida oʻziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u holda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajarilgan ishlar uchun unga haq toʻlashni kechiktirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun amaldagi qonun hujjatlari normalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ____ nusxada tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buyurtmachi:‎

Pudratchi:‎

‎M.Oʻ. (imzo)‎

‎M.Oʻ. (imzo)‎

‎‎Yuridik xizmat yoki jalb qilingan advokat xulosasi:‎

‎‎Pudrat shartnomasiga ilova qilinadigan
‎ hujjatlar roʻyxati: ‎

‎1. Buyurtmachi va Pudratchining kafilligi.‎‎‎
2. Ishlarni (bosqichlarga boʻlgan holda) moliyalashtirish jadvali.‎‎‎
3. Ishlarni bajarish va asbob-uskunalarni oʻrnatish jadvali.‎‎‎
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Hududiy (respublika) gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalar uchun buyurtmachining bank rekvizitlari oʻrniga uning gʻaznachilik rekvizitlari koʻrsatiladi.
(XVII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yoʻli bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy oʻzgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan chora-tadbirlar kompleksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dastur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini taʼminlash uchun obyektni foydalanishga topshirishgacha bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga olib, har yili Dasturning asosiy koʻrsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq roʻyxati yangilangan holda uch yillik davrga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Dasturni shakllantirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan zarur hajmlarda, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek loyihalarni tanlab olishning amaliy mexanizmini shakllantirish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarni, ishlab chiqarishlarni va faoliyat sohalarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tarmoqlarni (taʼlim, sogʻliqni saqlash, uy-joy-kommunal xoʻjaligi) aholi turmush darajasi va sifatini oshirishni, isteʼmol talabini faollashtirishni taʼminlovchi hajmlarda birinchi navbatda investitsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo resurslarini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshli darajaga yetkazishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan trankontinental transport yoʻlaklariga integratsiyalash, logistika komplekslarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy oʻzgartirishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga muvofiq mablagʻ qoʻyishning oʻzaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini Dasturning aniq roʻyxatiga oldindan belgilangan mezonlar asosida kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari boshlangan obyektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan investitsiyalarni birinchi navbatda ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish koʻrsatkichlari, shu jumladan eksportga yoʻnatirilganlik, butlovchi buyumlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy mezonlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dasturda loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilish va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar boʻyicha joriy narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dasturni ishlab chiqishda yirik va oʻta muhim loyihalar alohida, katta boʻlmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dastur yigʻma jadvallari bilan tahliliy qismdan, aniq dasturdan va ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha barcha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Dasturning tahliliy qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tahliliy qism respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari bilan oʻzaro bogʻlangan holdagi kapital qoʻyilmalar hajmlari va moliyalashtirish manbalarini asoslashdan, Dastur samaradorligini baholash, loyihalarni tanlab olish mezonlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tahliliy qism tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va texnologik tarkibini hisobga olgan holda umuman Dastur, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, moliyalashtirish manbalari va hududlar, amalga oshirish yillari boʻyicha kapital qoʻyilmalar tarkibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning yalpi ichki mahsulot oʻsishiga, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy oʻzgarishiga, eksport va import tarkibiga, ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish hajmlariga taʼsirining prognozlashtirilayotgan natijalari hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dasturning barcha hisob-kitoblari tadrijiy tarzda, respublikani uch yillik davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari va investitsiya loyihalarining aniq dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Aniq dasturni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dasturning aniq roʻyxatiga markazlashtirilgan manbalar, Hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Aniq roʻyxat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani va mamlakat mudofaa qudratini tarkibiy oʻzgartirishni taʼminlovchi respublika iqtisodiyoti ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostidagi kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy soha obyektlarining prognozlashtirilayotgan hajmlari Dasturga yiriklashtirilgan, buyurtmachilar va obyektlar boʻyicha taqsimlamagan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar loyihalarni amalga oshirishning birinchi yilida ularni aniq dasturga kiritishning majburiy shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashlari, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari) mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbalarining va kreditlarning shartnomada belgilangan muddatda qaytarilishining tasdiqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Aniq dasturni shakllantirish jarayoni har bir loyiha boʻyicha mufassal axborot tayyorlash, loyihani ustuvorligi boʻyicha tanlab olish va roʻyxatni shakllantirishdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Har bir loyiha (loyihalar guruhi) boʻyicha axborot buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi hamda unda quyidagilar boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shakldagi loyiha pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish reja-jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq dasturni shakllantirish sanasida loyihani amalga oshirishning holati toʻgʻrisidagi mufassal axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Loyihaning pasporti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik tavsifnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga taʼsirni baholashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga koʻra samaradorlikni va amalga oshirish imkoniyatlarini baholashni, tashkiliy tadbirlarning koʻlamini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotga talab hajmi va xususiyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yechimning muqobil variantlari mavjudligini, shu jumladan faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy materiallar va ishchi kuchi resurslarining mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya xarajatlari miqdorlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Aniq loyiha uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan, uning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga koʻra amalga oshirish imkoniyatlari va maqbulligidan, tarmoqni rivojlantirishning strategik vazifalariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich tanlab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — loyiha aniq tarmoq va mintaqani rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda oldindan baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — loyiha iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Aniq dasturga iqtisodiy jihatdan samarasiz loyihalarni, shuningdek ilgari jalb qilingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzi boʻlgan korxonalar loyihalarini kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilar birinchi bosqichda loyihaning ustuvorligini belgilashning mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning tarmoqni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyodan va butlovchi buyumlardan foydalanish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirishga tayyorlanganligi darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirilgandan keyin foydalanish xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Har bir mezonning muhimligi darajasi tarmoqni rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ikkinchi bosqichda uch yillik davrda respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgartirishlar prognoziga muvofiq qoʻshimcha ravishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq (mintaqa)ning istiqboldagi prognoz oʻsish surʼatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatining prognoz oʻsish surʼatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqning umuman respublika boʻyicha makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga taʼsirining oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy omillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari qoʻyilgan investitsiyalar samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fondlar ahvoli va quvvatlardan foydalanish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning ijtimoiy ahamiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ikki bosqichda tanlab olish natijalariga koʻra Dasturga kiritiladigan obyektlarning aniq dasturi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning birinchi yili koʻrsatkichlari mavjud moliyaviy resurslar va boshqa resurslar bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi kerak hamda birinchi moliyaviy yilda oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkinchi va keyingi yillari koʻrsatkichlari har yili aniqlashtirilishi kerak, bunda boshlanmagan loyihalarning bir qismi yangi loyihalarga almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yigʻma roʻyxatga vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning ustuvor investitsiya takliflari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qurilishlarning aniq va titul roʻyxatlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Buyurtmachilar tasdiqlangan Investitsiya dasturi asosida vakolatli banklarda moliyalashtirishni rasmiylashtirish uchun har yili qurilishlarning aniq roʻyxatini va Dasturni amalga oshirishning ikkinchi va uchinchi yillariga kiritilgan obyektlar boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining aniq roʻyxatini aniqlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan manbalar va davlat korxonalari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq roʻyxatlari Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investorlar (buyurtmachilar) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq roʻyxatlari investorlar (buyurtmachilar) tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kredit resurslarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining aniq roʻyxatlari tegishli kredit shartnomasi yoki kreditlovchi bankning yozma roziligi mavjud boʻlganda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qurilishlarning aniq roʻyxati birinchi yil mobaynida tanlov savdolari yoki Yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengashning alohida qarorlari boʻyicha aniqlashtirilishi mumkin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Istisno hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tanlov savdolari natijalariga koʻra “boshqa xarajatlar” limiti hisobiga asbob-uskunalar xarid qilish limiti aniqlashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qurilishning titul roʻyxati tasdiqlangan limitlar doirasida qurilishning butun davriga tuziladi va Investitsiya dasturi tasdiqlangandan keyin 2 oydan kechiktirilmasdan tanlov savdolari natijalariga koʻra shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qurilishning titul roʻyxati investor (buyurtmachi) tomonidan pudratchi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qurilishning tasdiqlangan titul roʻyxatida kapital qoʻyilmalar limitlari umuman investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutiladi, bunda qurilish-montaj ishlari, asbob-uskunalar xarid qilish, loyiha-qidiruv ishlari xarajatlari va boshqa xarajatlar (pudratchi va buyurtmachi xarajatlari alohida koʻrsatiladi) qurilish yillari boʻyicha taqsimlangan holda ajratib koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tanlov savdolari natijalariga koʻra belgilangan qurilish qiymati birinchi moliyaviy yilda xarajatlar qiymati ortishi prognozini hisobga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Birinchi moliyaviy yilda qurilishning titul roʻyxatida loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlari koʻrsatkichlari aniqlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Investitsiya dasturini shakllantirish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Uch yillik Dasturni shakllantirish jarayoni bir yillik siklga ega boʻladi hamda yangilangan Dasturni har yilning oxirigacha tayyorlashni taʼminlovchi ilovaga muvofiq qatʼiy jadvalga tayanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar quyidagi tartibga amal qilishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirishning birinchi yiliga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq roʻyxati va moliyalashtirish bilan taʼminlangan (kelgusi yilga oʻtuvchi va yangidan boshlanayotgan) qurilishlarning aniq roʻyxati tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirishning ikkinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq roʻyxati va birinchi yildan oʻtuvchi qurilishlarning prognoz roʻyxati va Dasturni amalga oshirishning birinchi yilida loyiha hujjatlari tayyorlangan va tasdiqlangan, birinchi yilda tanlov savdolariga tayyorlanadigan yangidan boshlanadigan obyektlar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirishning uchinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq roʻyxati va tanlov savdolari natijalariga koʻra belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda qiymati belgilangan tartibda aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi yildan oʻtuvchi qurilishlarning prognoz roʻyxati, loyiha hujjatlari ikkinchi yilda tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan boshlanadigan obyektlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Dasturni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) markazlashtirilgan investitsiyalar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjetidan tashqari fondlar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat qarorlariga koʻra belgilanadigan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining, shu jumladan xorijiy tijorat banklarning kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy jismoniy shaxslar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Markazlashtirilgan investitsiyalar respublika xalq xoʻjaligini tarkibiy qayta qurishni, respublikaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolish va rivojlantirishni, amalga oshirish moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga mumkin boʻlmagan ijtimoiy muammolarni va boshqa muammolarni hal etishni taʼminlovchi respublika iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishlarida asosiy fondlarni yaratish va koʻpaytirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Markazlashtirilgan investitsiyalar faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishlarida davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash uchun uy-joy qurilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi qurilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashaydigan joylarning muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari obyektlari qurilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mudofaa va huquqni muhofaza qilish organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Dasturning amalga oshirilishi monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Dasturning amalga oshirilishi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshrilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Dasturining davlat monitoringi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini, va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan foydalangan holda roʻyobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlariga (texnik-iqtisodiy asoslashlar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha axborot bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo boʻladigan muammoli masalalarni kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Monitoring har chorakda statistika hisoboti va soʻrov yoʻli bilan Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi har choraklik axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga Dasturni shakllantirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya
dasturini shakllantirish tartibi
toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar ‎

Tadbirlar‎

Muddatlari‎

Masʼullar‎

1-bosqich‎ Iqtisodiyot vazirligi uch yillik davrga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflarni tayyorlashga oid metodik koʻrsatmalarni tarmoq vazirliklari va idoralari, aprel Iqtisodiyot vazirligi
2-bosqich‎‎

Buyurmachilar loyihalar boʻyicha dastlabki axborotni tayyorlaydi, ularni uch yillik davrda amalga oshirish uchun tanlab oladilar va takliflarni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar

may—iyun Buyurtmachilar
3-bosqich‎‎

Iqtisodiyot vazirligi taklifl�rni koʻrib chiqadi va oʻrtacha muddatli davrda aniq tarmoqni rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiq loyihalarni tanlab oladi

iyun—iyul Iqtisodiyot vazirligining tarmoq boʻlimlari
4-bosqich‎‎

Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va vakolatli banklar bilan birgalikda Investitsiya dasturiga kiritiladigan loyihalarni uzil-kesil tanlab oladi

avgust—sentyabr Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, vakolatli banklar
5-bosqich‎‎

Investitsiya dasturining loyihasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat tomonidan koʻrib chiqiladi va uning qaroriga koʻra ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasining komplekslari bilan kelishish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentiga taqdim etiladi

sentyabr �qtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat, Vazirlar Mahkamasining komplekslari
6-bosqich‎‎

Investitsiya dasturining loyihasiga Vazirlar Mahkamasi komplekslarining takliflari hisobga olingan holda tuzatish kiritiladi

sentyabr—oktyabr Iqtisodiyot vazirligi
7-bosqich‎‎

Investitsiya dasturining loyihasi tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi

oktyabr

Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti

8-bosqich‎‎ Investitsiya dasturini amalga oshirishning birinchi yiliga kiritiladigan yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolari oʻtkaziladi ‎ oktyabr—noyabr‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, buyurtmach�lar‎
9-bosqich‎‎‎ Tasdiqlangan Investitsiya dasturiga va oʻtkazilgan tanlov savdolariga muvofiq belgilangan tartibda shartnomalar tuziladi, qurilishlarning aniq va titul roʻyxatlari, kelgusi yillar loyihalash ishlarining aniq roʻyxatlari tasdiqlanadi ‎ dekabr‎ Buyurtmachilar, pudratchilar‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi hududiy xizmatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy nizom

1. Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmati (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi xizmati deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasining ayrim vazirliklari va idoralari tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi xizmati markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlar qurilishini boshqarish va texnik kuzatuv funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqa hududida yoki vazirliklar va idoralar tarkibida markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishini amalga oshiruvchi parallel ish koʻruvchi buyurtmachi xizmatlari tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buyurtmachi xizmati funksiyalari buyurtmachilarning mintaqalarda faoliyat koʻrsatayotgan budjetdan taʼminlanuvchi xizmatlarini (KQBB, KQB, KQB va boshqalar) yagona organ tarzida birlashtirish negizida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan injiniring kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda Kompaniya deb ataladi) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kompaniya obyektlarning, pudratchilar bilan tanlov savdolari natijalariga koʻra va qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan shartnomalar asosida boshqa obyektlarning foydalanishga tayyor holda qurilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompaniya tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha investitsiya jarayoni qatnashchilari ishini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kompaniya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, yuqori turuvchi organning qarorlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, belgilangan namunadagi shtamplar va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompaniya toʻgʻrisidagi nizom (uning ustavi) uni tashkil etgan organning qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Buyurtmachi xizmati (Kompaniya)ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha obyektlarini moʻljallangan muddatlarda foydalanishga topshirish prognozining bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha yechimlarining samaradorligini taʼminlash, arxitektura va shaharsozlik darajasi talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qoʻyilmalar samaradorligini oshirish, investitsiya sikli muddatlarini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Buyurtmachi xizmatining asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuklangan vazifalarga muvofiq Buyurtmachi xizmati (Kompaniya) quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) prognozlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralarning topshirigʻiga koʻra uch yillik davrda respublika Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish hamda keyinchalik belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish uchun unga yangi loyihalarni kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan investitsiya dasturlari va markazlashtirilgan manbalarning ajratilgan limitlari asosida keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishish uchun qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati loyihasini tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi bilan kelishgan holda qurilishning titul roʻyxatini tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, vazirliklar va idoralarga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari joylashtiriladigan tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish (yoʻllar, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz, suv taʼminoti, telefonlashtirish, radiolashtirish va boshqalar) masalalarini koʻrib chiqish va hal etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihalashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani ishlab chiqish uchun birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni va tanlov hujjatlarini tayyorlaydi, “loyiha” bosqichida loyihalashtirish boʻyicha ishlarga buyurtma tanlov asosida joylashtirilishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirishga topshiriq beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdosi gʻolibi bilan shartnoma tuzadi va hamda loyihani loyiha hujjatlarini berish ishlarining kalendar jadvalini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlar bilan eksperimental, ilmiy-tekshirish, arxeologiya ishlari va boshqa ishlarni bajarishga shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajaruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha va tanlov hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, kelishilishini, tasdiqlanishini, shuningdek ekspertizaning vakolatli organlari xulosalari hamda pudrat tashkilotlarining mulohazalari boʻyicha tegishli hujjatlarga tuzatish va qoʻshimchalar kiritilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qurilish maydonini tayyorlash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchun maydon tanlash va ajratish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchun yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi va belgilangan muddatlarda belgilangan tartibda pudratchilarga beradi, tegishli organlar va foydalanish xizmatlarining ruxsatnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr uzatishlarning havodagi liniyalari va aloqa liniyalari hududida, temir yoʻllar polasasida, qurilish maydonida joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlari (kabel, gaz quvurlari. kanalizatsiya tarmoqlari va boshqalar) oʻtadigan joylarda ishlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish davrida shaharlarda va boshqa aholi punktlarida oʻz gaz, suv, bugʻ va elektr taʼminoti boʻlmagan taqdirda qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq mavjud manbalardan olinadigan elektr energiyasi, gaz, suv va bugʻdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonni kesish va daraxtlar oʻtqazish, zarur hollarda esa daraxtlarni kesishga pudrat qurilish tashkilotlariga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilishi hududidagi buzilishi, boshqa joyga koʻchirilishi yoki rekonstruksiya qilinishi kerak boʻlgan uylarda yashovchi fuqarolarni koʻchiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga zarurat boʻlganda amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obyektning umumiy qiymati doirasida olib qoʻyiladigan meva, rezavor meva daraxtlari va ekinlar qiymatini, shuningdek fuqarolarga xususiy mulk huquqi bilan tegishli boʻlgan buzilishi kerak boʻlgan turar joylar va imoratlar qiymatini qoplaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlariga, xususiy tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan buziladigan binolar va inshootlarning qoldiq balans qiymati hisob-kitobini, shuningdek uning obyekt qurilishi loyihasiga kiritilishi asosliligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buziladigan imoratlar, inshootlardan chiqadigan qaytariladigan materiallar, shuningdek qoʻshimcha ravishda qazishda olinadigan materiallar sotilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchun geodezik ajratish asosi barpo etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarida roʻyxatdan oʻtkazadi, shuningdek pudrat tashkilotlarida faoliyat turiga va ishlarni bajarishga litsenziyalar, mualliflik va texnik nazorat borligini tekshiradi hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qurilish, moliyalashtirish, hisob va hisobot sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda qurish ishlari (xizmatlari) ijrochilarini tanlash boʻyicha tanlov savdolarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirishga va pudrat ishlariga loyiha va pudrat tashkilotlari, tanlov savdolarining gʻoliblari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha boshqarilishini va obyektlar qurilishi texnik kuzatilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida belgilangan yoki belgilangan tartibda aniqlangan kelishilgan shartnomaviy narx asosida qurilishlarning aniq va titul roʻyxatlarini tuzish va aniqlashtirish uchun takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlar shartnomaga muvofiq muddatidan oldin ishga tushirilganda pudratchiga beriladigan mukofot summasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishning kelishilgan jadvalini hisobga olgan, buning uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni moliyalashtiruvchi bankka taqdim etgan holda loyihalash ishlari va obyektlar qurilishi oʻz vaqtida ochilishi va joriy moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini yuritadi, tasdiqlangan shakllarga muvofiq faoliyat turlari boʻyicha hisobotlarni belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdim etadi hamda ularni ishonchliligi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda band boʻlgan pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovga taqdim etilgan maʼlumotnoma-schyot-fakturalarini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlarga belgilangan tartibda haq toʻlaydi (bajarilgan ishlar hajmi va qiymati toʻgʻrisida imzolangan maʼlumotnoma-schyot-fakturalar asosida), shuningdek qurilishi tugallangan obyekt boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi va zarur darajada bajarilmaganligi uchun pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga neustoyka (jarima, penya) toʻlash toʻgʻrisidagi daʼvolarni oʻz vaqtida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda ishlarni bajarish va obyekt qurilishini moliyalashtirish jadvallariga muvofiq pudratchiga avans beradi va uni joriy moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilishini kuzatib boradi va texnik nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish normalari va qoidalariga, boshqa amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib oladi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyektlar boʻyicha davlat qabul qilish komissiyasiga zarur hujjatlarni taqdim etadi (pudrat tashkilotlar bilan birgalikda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga qabul qilingan obyektlarni, ijro hujjatlarini, ishchi va davlat komissiyasining qabul qilish dalolatnomalarini barcha ilovalar bilan birgalikda foydalanuvchi organlar balansiga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ hujjatlar talablari buzilgan va loyiha hujjatlari yechimidan chetga chiqqan holda qurilgan obyektlar foydalanishga qabul qilib olinganligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Buyurtmachi xizmatining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi xizmati (Kompaniya) quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, oʻzi qarori bilan tashkil etilgan vazirliklar va idoralarning manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini tashkil etgan organning topshirigʻiga koʻra yangidan boshlanayotgan qurilishlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga belgilangan tartibda berilgan mol-mulkdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat ishlari bozorida marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni loyihalashtirish va qurish boʻyicha ishlarni bajarishga (xizmatlar koʻrsatishga) shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kompaniya oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kompaniya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi, unga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kompaniyani tashkil etgan organ majburiyatlarning taʼminlanishi uchun unga Kompaniya tomonidan qabul qilinadigan shartnoma majburiyatlariga teng boʻlgan garovga qoʻyiladigan mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqlarni berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Xoʻjalik faoliyati asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kompaniya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balans yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalashtirish va qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun Kompaniya xizmat koʻrsatuvchi bankda markazlashtirilgan manbalar hisobiga quriladigan har bir obyekt boʻyicha alohida depozit hisob raqamlari ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz xodimlari bilan hisob-kitob qilish va joriy taʼminot boshqa xarajatlariga haq toʻlash uchun Kompaniya hisob raqami ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kompaniya taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda moliya organida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq unga ajratilgan davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kompaniyaga biriktirilgan mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kompaniyaning tuzilmasi va shtatlar jadvali, lavozim maoshlari sxemasi, mehnatga haq toʻlash va mukofotlash tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi va joylashgan joyidagi moliya organida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya taʼminotiga xarajatlar obyektlar qurilishi qiymatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Kompaniyani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kompaniyani boshqarish Kompaniya uning qarori bilan tashkil etilgan tegishli organning buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazifalarni taqsimlash va xodimlar oʻrtasida oʻzaro bir-birining oʻrnini bosish tartibi Kompaniya direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kompaniya direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi va Kompaniyaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlar (korxonalar), shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya nomidan ish olib boradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda uni ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Pul va mulkiy tusdagi barcha hujjatlar Kompaniya direktori yoki uning oʻrinbosarlaridan biri, bosh buxgalter yoki direktor va bosh buxgalter tomonidan imzolangan ishonchnoma bilan vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi, muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Hisob, hisobot va Kompaniya faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kompaniya davlat budjet tashkilotlari uchun belgilanadigan qoidalar boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kompaniyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish, tekshirish yoki taftish qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Kompaniyani qayta tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kompaniya qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kompaniya belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 12-sentabrdagi
395-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qarori 4-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 13-sentabrdagi 420-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 52-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlarni oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 27-martdagi 152-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 19-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 25-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 146-modda; 2004-y., 19-son, 222-modda, 25-son, 288-modda; 2005-y., 10-11-son, 73-modda; 2006-y., 6-7-son, 33-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda, 43-son, 456-modda, 52-son, 560-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 31-son, 381-modda, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)