03.05.2014 yildagi IV-27/69-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Yakkabogʻ tuman Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi ayrim mahalla va koʻchalarning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42 son, 483-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2014-yil 31-martdagi 04/556-sonli xulosasi va tuman hokimligining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimining hududlardagi ayrim koʻchalarning nomlarini oʻzgartirishga oid takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi nomlari oʻzgartiraladigan mahalla va koʻchalarning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Statistika boʻlimi (S. Rasulov), tuman Yer resurslari va davlat kadastri xizmati (N. Meyliyev), tuman arxitektori (N. Jumanov) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari, tuman hokimligi nomlari oʻzgartiriladigan mahalla va koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (M. Qodirov) nomlari oʻzgargan mahalla va koʻchalarda yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga, mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman arxitektori (N. Jumanov)ga hududlarda nomlari oʻzgartiriladigan aholi punktlarining tarkibiy qismlarining yangi nomlari yozilgan koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v. b. (D. Roʻziyev) va tuman hokimining oʻrinbosari (B. Doverov) zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror “Yakkabogʻ ovozi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi A. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakkabogʻ t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-27/69-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 3-maydagi IV-sessiyasi 27/69-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi nomlari oʻzgartiriladigan aholi punktlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Yakkabogʻ tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari nomlari boʻyicha‎

T/r‎ Amaldagi nomi‎ Taklif etiladigan yangi nomi‎
1.‎ Hamza mahallasi‎ Nurafshon‎
2.‎ Furqat mahallasi‎ Obod‎
3.‎ Oxunboboyev mahallasi‎ Bunyodkor‎

‎‎Yakkabogʻ tumanidagi koʻchalar nomlari boʻyicha

1.‎ Aygʻirkoʻl MFYdagi Abdulla Avloniy koʻchasi‎ Gulshan‎
2.‎ Choʻmich MFYdagi Nodirabegim koʻchasi‎ Oʻzbekiston‎
3.‎ Choʻmich MFYdagi Gʻofur Gʻulom koʻchasi‎ Majnuntol ‎
4.‎ Choʻmich MFYdagi Oybek koʻchasi‎ Elobod‎
5.‎ Bunyodkor MFYdagi Abdurahmon Jomiy koʻchasi‎ Nasaf‎
6.‎ Bunyodkor MFYdagi Ibn Sino koʻchasi‎ Yangibogʻ‎
7.‎ Bunyodkor MFYdagi Oxunboboyev koʻchasi‎ Turkiston‎
8.‎ Bunyodkor MFYdagi T. Jabborov koʻchasi‎ Farovon‎
9.‎ Jambul MFYdagi Sobir Raximov koʻchasi‎ Zafarobod‎
10.‎ Hamza MFYdagi Mirzo Ulugʻbek koʻchasi‎ Yuksalish‎
11.‎ Hamza MFYdagi Hamza koʻchasi‎ Nurafshon‎
12.‎ Furqat MFYdagi O. Xoʻjayev koʻchasi ‎ Gʻallazor‎
13.‎ Furqat MFYdagi Muqimiy koʻchasi‎ Ravshanlik‎
14.‎ Furqat MFYdagi S. Ayniy koʻchasi Charogʻon‎
15.‎ Furqat MFYdagi A. Toʻqay koʻchasi‎ Birodarlik‎
16.‎ Furqat MFYdagi Furqat koʻchasi‎ Obod‎
17.‎ Xoʻjailgʻor MFYdagi J. Jumayev koʻchasi‎ Yangi avlod‎
18.‎ Xoʻjailgʻor MFYdagi J. Mamatov koʻchasi‎ Ozod‎
19.‎ Xoʻjailgʻor MFYdagi Ch. Usmonov koʻchasi‎ Xurriyat‎
20.‎ Jambul MFYdagi E. Xoʻjantoyev koʻchasi‎ Saxovat‎
21.‎ Jambul MFYdagi A. Beruniy koʻchasi‎ Qaldirgʻoch‎
22.‎ Jambul MFYdagi F. Xoʻjayev koʻchasi‎ Boʻston‎
23.‎ Ibn Sino MFYdagi Geofizika ekspeditsiyasi koʻchasi ‎ Geologlar‎