Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2014-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2014-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishi taʼminlansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (T. Nazarov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2014-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
tuman Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi (A. Qayumov) va tuman Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati (F. Usmonov) 2014-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman bosh arxitektori (U. Joʻrayev) 2014-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga muvofiq 2013-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (B. Toʻrayev) 2014-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga muvofiq tumanda istiqomat qiluvchi I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (B. Begabayev) 2014-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (S. Doʻstboboyev), Veterinariya xizmati (Sh. Mavlonov) 7-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
“Kitobtumangaz” filiali (Sh. Elboyev) 8-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Elektr tarmoqlari korxonasi (B. Majidov) 9-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (X. Mexrojov) 10-ilovaga muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida tegishli maʼlumotlar taqdim etsin.
5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi (R. Qarshiyeva) 2014-yil 1-fevralga qadar 5-ilovaga muvofiq tuman hududida 2012-2013-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi, tuman davlat notarial idoralari rahbarlari esa 6-ilovaga muvofiq 2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib borishi topshirilsin.
6. Kitob tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi (J. Raxmonov), qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda Uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi tavsiya etilsin.
7. Uchastka davlat soliq inspektori Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 11-ilovaga* muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilib, qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raislariga esa tavsiya etilsin.
* 11-ilova berilmaydi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari O. Kobulov zimmasiga yuklatilsin.
9. Tuman hokimining 2012-yil 19-noyabrdagi X-872/11-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim U. XUDAYQULOV
Kitob t.,
2014-yil 6-yanvar,
X-7/1-son
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Kitob tuman xududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 2014-yil 1-yanvar holatidagi inventarizatsiya qiymati toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | | | | |
ILOVA-1 |
| T/R | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Familiyasi, ismi, sharifi | Yashash manzili | Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana | Yer maydoni | Qurilish maydoni | Inventarizatsiya qiymati | Obyekt joylashgan manzil |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Kitob tuman hududida tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilish uchun dehqon xoʻjaliklari va boshqalar toʻgʻrisida 2014-yil 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | | |
ILOVA-2 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana | Yer maydoni | Obyekt joylashgan manzil |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Kitob tumanida istiqomat qiluvchi I-II gurux nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi 2014-yil 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | | |
ILOVA-3 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Imtiyoz boshlangan sanasi | Imtiyoz tugagan sanasi | Imtiyoz turi |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Kitob tumanida 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar mavjud roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi 1-yanvar holatiga
MAʼLUMOT
| | | | | | |
ILOVA-4 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Imtiyoz boshlangan sanasi | Imtiyoz tugagan sanasi | Imtiyoz turi |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Kitob tuman hududida 2013-2014-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | |
ILOVA-5 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Vafot etgan sana, yil, oy |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Kitob tumanida 2013-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOT
| | | | | | | | | |
ILOVA-6 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Meros hadya oldi-sotdi shartnomasi № sanasi | Meros hadya oldi-sotdi asosida egalik huquqi oʻtgan fuqaroning familiyasi, ismi va sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Ijara shartnomasi raqami va sanasi | Ijara miqdori |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Kitob tumanida belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | |
ILOVA-7 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Faoliyat turi | Sanitariya ruxsatnomasi olingan sanasi va raqami |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
Kitob tumanida 2014-yil 1-yanvar holatiga gaz resurslaridan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | |
ILOVA-8 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Faoliyat turi | Faoliyat koʻrsatayotganligi yoki koʻrsatmayotganligi toʻgʻrisida |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
Kitob tumanida 2014-yil 1-yanvar holatiga elektr energiya xizmatidan foydalanish boʻyicha shartnoma tuzgan xususiy tadbirkorlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
| | | | | |
ILOVA-9 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Faoliyat turi | Faoliyat koʻrsatayotganligi yoki koʻrsatmayotganligi toʻgʻrisida |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Tuman hokimining 2014-yil 6-yanvardagi X-7/1-sonli qaroriga
10-ILOVA
10-ILOVA
Kitob tumanidagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida
MAʼLUMOT
| | | | | |
ILOVA-10 |
| T/R | Familiyasi, ismi, sharifi | Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, berilgan sanasi) | Yashash manzili | Yuk avtomashinasining davlat raqami | Davlat rusumli |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |